ILOVA
ILOVA
|
|
Subyektlar |
|
Tadbirlar |
|
Muddatlar | |
|
I. Yer kadastriga oid axborotni agroonline.uz dasturi orqali shakllantirish va yangilab borish | ||||||
|
1-bosqich |
|
Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar yer resurslari va davlat kadastri boshqarmalari, tuman (shahar) yer resurslari va davlat kadastri boʻlimlari, Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi, irrigatsiya tizimlari havza boshqarmalari, tumanlar (Quvasoy shahar) irrigatsiya boʻlimlari, Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi, viloyatlar qishloq xoʻjaligi boshqarmalari, tumanlar (Quvasoy shahri) qishloq xoʻjaligi boʻlimlari, Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashlari, tumanlar fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashlari |
|
yer uchastkasining yerdan foydalanuvchilari boʻyicha nomi, xoʻjalik va huquqiy rejimi, joylashgan joyi (manzili), chegarasi, kontur raqami, maydoni, yer toifalari va turlari; tuproqning unumdorligi (ball boniteti), sifat xususiyatlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar; qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlarning suv bilan taʼminlanganlik darajasi, shu jumladan, ularning manbai, yil mavsumlari boʻyicha suv bilan taʼminlanish koʻrsatkichlari; sugʻorish uchun suv chiqarish usullari (oqar suv yoki nasos orqali yetkazib berish usuli), ilgʻor va zamonaviy texnologiyalar, shuningdek, tomchilatib sugʻorishning joriy qilinganligi; tuproqlarning meliorativ holati, yer osti suvlarining satxi va tarkibi, kollektor-drenaj tarmoqlarining holati; sugʻoriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash va shoʻrlanganlik darajasini pasaytirish boʻyicha joriy yil va kelajakka moʻljallangan Davlat dasturiga kiritilgan tadbirlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar; sugʻorish tarmoqlari va inshootlarini, nasos stansiyalarini kapital va joriy taʼmirlash dasturlari. qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlarga ekilishi belgilangan (ekinlarni joylashtirish rejasi, jumladan, asosiy, takroriy, oraliq va qator orasi) qishloq xoʻjaligi ekinlarining turlari boʻyicha, shu jumladan, urugʻlik ekinlari turlari; mavjud bogʻlar, tokzorlar, tutzorlar va boshqa mevali daraxtzorlarning holati (intensiv usulda ekilgan bogʻlar, tokzorlar va tutzorlar); mavjud chorva mollari va parrandalar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar (turi, bosh soni, yoʻnalishi va ixtisoslashuvi), shuningdek, baliqchilik va asalarichilik toʻgʻrisidagi maʼlumotlar; vaqtincha tarqatilmasdan turgan qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlardan foydalanish boʻyicha imkoniyatlar (qaysi yoʻnalishdagi qishloq xoʻjaligi korxonalari, tashkilotlar va muassasalar tashkil etish taklifi) toʻgʻrisidagi maʼlumotlar; fermer xoʻjaliklari yoʻnalishi (ixtisosligi), shu jumladan, koʻp tarmoqli fermer xoʻjaliklari; faoliyat yuritayotgan, shu jumladan, zarar bilan faoliyat yuritayotgan past rentabelli hamda oʻz faoliyatida zamonaviy texnika va texnologiyalardan keng foydalanib yuqori rentabellik darajasiga erishgan fermer xoʻjaliklari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar. |
|
Doimiy har chorakda birinchi oyning 5 sanasiga yangilab boriladi |
|
|
|
|
|
|
|
|
|
2-bosqich |
|
Qishloq xoʻjaligi vazirligi va uning hududiy boʻlinmalari huzurida tashkil etilgan yuridik shaxs maqomiga ega boʻlmagan Yagona elektron axborot markazi |
|
Yer kadastriga doir axborotni umumlashtiradi va vazirliklar va idoralar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va tumanlar hokimliklariga elektron shaklda taqdim etib boradi. |
|
Har chorakda birinchi oyning 5-kunigacha yangilab boriladi |
|
|
|
|
|
|
|
|
|
3-bosqich |
|
Vazirliklar va idoralar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va tumanlar hokimliklari rasmiy veb-saytlari |
|
Yer kadastriga doir axborot tushganidan soʻng oʻzlarining rasmiy veb-saytlariga joylashtiradi, bunda: foydalanishi cheklangan yer kadastriga doir axborot, ochiq yer kadastriga doir axborotdan vazirliklar, idoralar va tashkilotlarning, shuningdek, ochiq yer kadastriga doir axborotdan barcha yuridik va jismoniy shaxslarning foydalanishi imkoniyatini yaratadi. |
|
3 ish kuni mobaynida |