Hujjat kuchini yo‘qotgan 04.08.2023 10.08.2018 yildagi 645-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 04.08.2023
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qishloq xo‘jaligi korxonalari faoliyatiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 3-avgustdagi 330-sonli “Qishloq xo‘jaligi sohasiga ilg‘or raqamli texnologiyalarni joriy qilishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid davlat Dasturi to‘g‘risida” 2018-yil 22-yanvardagi PF-5308-son Farmoni ijrosini ta’minlash hamda qishloq xo‘jaligi korxonalari faoliyatiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy qilish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi hamda “O‘zbekiston respublika tovar-xomashyo birjasi” aksiyadorlik jamiyatining Qishloq xo‘jaligi vazirligi va uning hududiy bo‘linmalari huzurida yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan Yagona elektron axborot markazini (keyingi o‘rinlarda Markaz deb ataladi) tashkil etish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilab qo‘yilsinki, Yagona elektron axborot markazi faoliyatini tashkil etish bilan bog‘liq bo‘lgan barcha xarajatlar manfaatdor vazirlik va idoralarning mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Quyidagilar Markazning asosiy vazifalari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qishloq xo‘jaligida foydaniladigan yer maydonlari, ekinlarni joylashtirish, kontraktatsiya shartnomalari, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasidan (keyingi o‘rinlarda Jamg‘arma deb ataladi) ajratilgan kreditlar, fermer xo‘jaliklariga yetkazib berilgan resurslar va ko‘rsatilgan xizmatlar, shuningdek, qabul qilib olinadigan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari hajmlari va ular uchun amalga oshirilgan to‘lovlarning monitoringini yuritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamg‘arma tomonidan ajratilgan kreditlar, mineral o‘g‘itlar hamda yonilg‘i-moylash materiallarini yetkazib berishning fermer xo‘jaliklari kesimida kafolatlangan hajmlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarning elektron bazasini yuritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tuman hokimining ekin yerlarini uzoq muddatli ijaraga berish va ekinlarni joylashtirish to‘g‘risidagi qarori, yer ijara shartnomasi, kontraktatsiya, ta’minot va xizmat ko‘rsatish shartnomalari reyestrini yuritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qishloq xo‘jaligi korxonalariga interaktiv davlat xizmatlaridan, jumladan, internet tarmog‘idagi shaxsiy kabinet orqali foydalanishda ko‘maklashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish va sotish jarayoniga elektron tijorat amaliyotini joriy etish hamda qishloq xo‘jaligi korxonalari o‘rtasida ushbu imkoniyatlardan foydalanishni keng targ‘ib qilish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Belgilab qo‘yilsinki, 2019-yil 1-yanvardan boshlab qishloq xo‘jaligi korxonalarida ish yuritish hujjatlari Yagona elektron axborot markazi tizimi orqali elektron hujjat shaklida tayyorlanishi va elektron raqamli imzo yordamida tasdiqlanishiga to‘liq o‘tiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastr qo‘mitasi Davlat statistika qo‘mitasi bilan birgalikda 2018-yilning 1-oktabriga qadar fermer va dehqon xo‘jaliklari hamda qishloq xo‘jaligi korxonalarining yagona elektron bazasini (STIR raqamlari va kontur kesimida) shakllantirsin va uning tizimli yangilanib borilishini ta’minlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi “O‘zpaxtasanoat” AJ, “O‘zdonmahsulot” AK, “O‘zneftmahsulot” AJ, ATB “Agrobank”, O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda Markazga quyidagi ma’lumotlarning muntazam yetkazib berilishi ta’minlansin:
(5-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 15-dekabrdagi 752-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.12.2021-y., 09/21/752/1166-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish uchun mineral o‘g‘it, yonilg‘i-moylash mahsulotlari, urug‘lik va boshqa moddiy resurslarni yetkazib berish hamda xizmatlar ko‘rsatish bo‘yicha shartnomalar tuzilganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mineral o‘g‘it, yonilg‘i-moylash mahsulotlari, urug‘lik va boshqa moddiy resurslar yetkazib berilishi va xizmatlar ko‘rsatilishi hamda ular bo‘yicha tuzilgan shartnomalarning bajarilishi to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yetishtiriladigan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining hajmlari, turlari va qiymati bo‘yicha tuzilgan shartnomalar to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qishloq xo‘jaligi korxonalariga Jamg‘armadan ajratilgan kreditlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Qishloq xo‘jaligi korxonalari faoliyatiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy qilish chora-tadbirlari dasturi (keyingi o‘rinlarda Dastur deb ataladi) ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Manfaatdor vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlarning rahbarlari zimmasiga Dasturda nazarda tutilgan tadbirlar o‘z vaqtida, sifatli va samarali amalga oshirilishi uchun shaxsiy javobgarlik yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi, “O‘zbekoziqovqatxolding” xolding kompaniyasi bilan birgalikda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining elektron savdo maydonchasini qishloq xo‘jaligi korxonalari uchun Yagona elektron axborot markazi doirasida bepul tashkil etsin hamda ushbu ma’lumotlarni “O‘zbekiston respublika tovar-xomashyo birjasi” aksiyadorlik jamiyatining ko‘rgazma-yarmarka savdolarida realizatsiya qilinishi, axborot tizimlarida avtomatlashtirilgan tartibda joylashtirib borilishini ta’minlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Vazirlik va idoralar o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari Z.T. Mirzayev va O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vaziri B.T. Yusupov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2018-yil 10-avgust,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
645-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 10-avgustdagi 645-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qishloq xo‘jaligi korxonalari faoliyatiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy qilish chora-tadbirlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
DASTURI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Amalga oshiriladigan tadbirlar nomi

Moliyalashtirish manbai

Amalga oshirish muddati

Mas’ullar

I. Qishloq xo‘jaligi korxonalarida yetishtirilgan mahsulotlar hajmlari va turlari haqidagi ma’lumotlarning yagona elektron bazasini yaratish

1.

Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtiriladigan yer maydonlari va ekin turlarining joylashtirilishi bo‘yicha yagona elektron ma’lumotlar bazasini (konturlar kesimida) ishlab chiqish.

Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastr qo‘mitasi va Q�shloq xo‘jaligi vazirligi mablag‘lari

2018-yil sentyabr

Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastr qo‘mitasi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari

2.

Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtiruvchilarga kreditlar ajratilishini elektron hujjatlar asosida tashkil etish hamda real vaqt rejimida monitoringini yuritish.

“Agrobank” ATB, “O‘zbekoziqovqatxolding” XK, Qishloq xo‘jaligi vazirligi, “O‘zpaxtasanoat” AJ, “O‘zdonmahsulot” AK mablag‘lari

2018-yil sentyabr

“Agrobank” ATB, “O‘zbekoziqovqatxolding” XK, Qishloq xo‘jaligi vazirligi,
“O‘zpaxtasanoat” AJ, “O‘zdonmahsulot” AK Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari

3.

Qishloq xo‘jaligi ekinlarning holati, agrotexnik tadbirlarning to‘liq va o‘z vaqtida bajarilishi yuzasidan yagona elektron monitoring tizimini joriy etish.

Manfaatdor
tashkilotlarning
o‘z mablag‘lari

2018-yil dekabr

Qishloq xo‘jaligi vazirligi,
O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari

4.

Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish uchun mineral o‘g‘it, yonilg‘i-moylash mahsulotlari, urug‘lik va boshqa moddiy resurslarning yetkazib berilishi, xizmatlar ko‘rsatilishi va shartnoma majburiyatlari bajarilishini monitoring qilish bo‘yicha yagona elektron tizimni tashkil etish.

Manfaatdor
tashkilotlarning
o‘z mablag‘lari

2018-yil
noyabr

Qishloq xo‘jaligi vazirligi, O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari hamda boshqa tashkilotlar

5.

Tayyorlov korxonalari tomonidan qabul qilib olingan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining hajmlari va turlari, shuningdek, mahsulotlar uchun yakuniy to‘lovlarning to‘liq va o‘z vaqtida amalga oshirilishini real vaqt rejimida monitoring qilish bo‘yicha yagona elektron axborot tizimini joriy etish.

“O‘zdonmahsulot” AK, “O‘zpaxtasanoat” AJ, “O‘zbekoziqovqatxolding” XK mablag‘lari

2018-yil
noyabr

“O‘zdonmahsulot” AK, “O‘zpaxtasanoat” AJ,
“O‘zbekoziqovqatxolding” XK,
“Agrobank” ATB,
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari

II. Qishloq xo‘jaligi sohasidagi milliy veb-saytlar faoliyatini takomillashtirish

6.

Agroonline.uz (Qishloq xo‘jaligi vazirligi),
oziq-ovqat.uz (“O‘zbekoziqovqatxolding” XK), agromart.uz (Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi) va boshqa qishloq xo‘jaligi sohasidaixtisoslashtirilgan veb-saytlarning faoliyatini yanada takomillashtirish, ular orqali interaktiv davlat xizmatlari ko‘rsatish imkoniyatlarini yaratish.

Xalqaro moliya institutlari
va tashkilotlar hamda
manfaatdor vazirlik
va idoralar mablag‘lari

2018-yil
noyabrdan
boshlab
doimiy

Qishloq xo‘jaligi vazirligi,
O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi, “O‘zbekoziqovqatxolding” XK,
Axborot texnologiyalari
va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari

7.

Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari uchun yaratilgan elektron axborot tizimlari hamda veb-saytlarning imkoniyatlari, ulardan samarali foydalanish usullari bo‘yicha joylarda sayyor o‘quvlarni tizimli tashkil etish.

Xalqaro moliya institutlari
va tashkilotlar hamda
manfaatdor vazirlik
va idoralar mablag‘lari

2018-yil
avgust-dekabr

O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi,
Axborot texnologiyalari
va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyat hokimliklari

III. Mahsulot tayyorlovchi, qayta ishlovchi va eksport qiluvchi korxonalar tomonidan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining birja savdolarida xarid qilinishini ta’minlash

8.

Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari tomonidan yetishtirilayotgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining hajmlari va turlari bo‘yicha ma’lumotlarni mahsulot tayyorlovchi, qayta ishlovchi hamda eksport qiluvchi tashkilotlarga real vaqt rejimida yetkazib berish imkonini beruvchi yagona elektron axborot tizimini yaratish.

Manfaatdor
tashkilotlarning
o‘z mablag‘lari

2018-yil
noyabr

Qishloq xo‘jaligi vazirligi,
Axborot texnologiyalari
va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, “O‘zbekoziqovqatxolding” XK, O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari

9.

Etishtirilayotgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining hajmlari va turlari bo‘yicha ko‘rgazma-yarmarka savdolari platformasida hamda agromart.uz axborot tizimida avtomatlashtirilgan tartibda e’lonlar joylashtirishni yo‘lga qo‘yish.

Manfaatdor
tashkilotlarning
o‘z mablag‘lari

2018-yil
noyabr

“O‘zbekiston respublika
tovar-xomashyo birjasi” AJ,
Qishloq xo‘jaligi vazirligi,
O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa
yer egalari kengashi,
Qishloq xo‘jaligi vazirligi, “O‘zbekoziqovqatxolding” XK, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari

(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 11.08.2018-y., 09/18/645/1692-son; 31.10.2020-y., 09/20/666/1433-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.12.2021-y., 09/21/752/1166-son)