Xorazm viloyati Bogʻot tumani hokimining
Qarori
Ijtimoiy muhofazaga muhtoj, ish topishda qiynalayotgan va mehnat bozorida teng shartlarda raqobatlasha olmaydigan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlarining eng kam sonini belgilash toʻgʻrisida
Mazkur qaror Xalq deputatlari Xorazm viloyati Kengashining 2021-yil 26-maydagi 27-141-sonli “Xorazm viloyati mahalliy davlat hokimiyati organlarining eskirgan va oʻz ahamiyatini yoʻqotgan normativ tusdagi qarorlarini bekor qilish toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan 2021-yil 3-iyundan oʻz kuchini yoʻqotadi.
Oʻzbekiston Respublikasining 1993-yil 2-sentabrdagi “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasining “Aholini ish bilan taʼminlash toʻgʻrisida”gi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasida nogironlarni ijtimoiy himoya qilish toʻgʻrisida”gi qonunlariga hamda hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 5-dekabrdagi “Ijtimoiy muhofazaga muhtoj, ish topishda qiynalayotgan va mehnat bozorida teng shartlarda raqobatlasha olmaydigan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlarining eng kam sonini belgilash va zahiraga qoʻyish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 965-sonli qarori bilan tasdiqlangan Nizomga asosan tumanda ijtimoiy muhofazaga muhtoj, ish topishda qiynalayotgan va mehnat bozorida teng shartlarda raqobatlasha olmaydigan shaxslarni ish bilan taʼminlash maqsadida qaror qilaman:
1. Bogʻot tumanida 2019-yil uchun ijtimoiy muhofazaga muhtoj, ish topishda qiynalayotgan va mehnat bozorida teng shartlarda raqobatlasha olmaydigan shaxslarni ishga joylashtirish uchun zaxiraga qoʻyiladigan ish oʻrinlari yaratadigan korxonalar, muassasalar va tashkilotlar roʻyxati 1-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
2. Ushbu qarorning 1-ilovasida koʻrsatilgan korxonalar, muassasa va tashkilotlarda xodimlarning roʻyxat boʻyicha oʻrtacha sonidan kelib chiqqan holda 185 nafar kishini tashkil etadigan ish oʻrni 100 foizi miqdorida, shu jumladan:
a) oʻn toʻrt yoshgacha va nogiron bolalari boʻlgan yolgʻiz va koʻp bolali ota-onalar uchun 11 foiz (21 kishi);
b) umumiy oʻrta va oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalarini tamomlagandan keyin kasbni egallagan yoshlar, shuningdek, oliy taʼlim muassasalarining davlat grantlari boʻyicha taʼlim olgan bitiruvchilari uchun 75 foiz (139 kishi);
v) safarbarlik chaqiruvi zaxirasida xizmatni oʻtagan va Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari saflaridan muddatli harbiy xizmatdan boʻshatilgan shaxslar uchun 3 foiz (5 kishi);
g) nogironligi boʻlgan shaxslar uchun 3 foiz (5 kishi);
d) pensiyaoldi yoshidagi shaxslar uchun 3 foiz (6 kishi);
e) jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan yoki sudning qaroriga koʻra tibbiy tusdagi majburlov choralari qoʻllanilishidan ozod qilingan shaxslar uchun 4 foiz (7 kishi);
yo) odam savdosi qurbonlari uchun 1 foiz (2 kishi) miqdorida ish oʻrinlari zahirasi belgilansin.
3. Shaxslarning koʻrsatib oʻtilgan toifalari uchun ish oʻrinlari sanitariya-gigiyena meʼyorlariga va xodim oʻz mehnat majburiyatlarini toʻsiqsiz bajarishini taʼminlaydigan mehnat qilish sharoitlariga, shu jumladan, quyidagilarga muvofiq boʻlishi kerak, shu jumladan:
a) 14 yoshgacha va nogiron bolalari boʻlgan yolgʻiz va koʻp bolali ota-onalar uchun — bolalarni tarbiyalash va mehnat majburiyatlari boʻyicha majburiyatlar bajarilishini birga qoʻshib olib borish imkonini beruvchi ishning moslashuvchan jadvaliga ega boʻlgan ish oʻrinlari;
b) umumiy oʻrta va oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalarini tamomlagandan keyin kasbni egallagan yoshlar, shuningdek, oliy taʼlim muassasalarining davlat grantlari boʻyicha taʼlim olgan bitiruvchilari uchun — ularning kasbiy tayyorgarligiga muvofiq boʻlgan ish oʻrinlari;
v) safarbarlik chaqiruvi zaxirasida xizmatni oʻtagan va Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari saflaridan muddatli harbiy xizmatdan boʻshatilgan shaxslar uchun — ularning professional tayyorgarligiga mos boʻlgan ish oʻrinlari;
g) nogironlar uchun — mehnat sharoitlari boʻyicha attestatsiyadan oʻtkazilgan va xodimga ularning sogʻligi holatini va mehnat faoliyatiga toʻgʻri kelmaydigan belgilangan zidliklar hisobga olingan holda mehnat operatsiyalarini toʻsiqsiz bajarish imkonini beradigan ish oʻrinlari;
d) pensiyaoldi yoshidagi shaxslar uchun — ularning kasbiy tayyorgarligiga mos boʻlgan yoki maxsus malakani talab etmaydigan ish oʻrinlari;
e) jazoni ijro etish muassasalaridan yoki sudning qaroriga koʻra tibbiy tusdagi majburlov choralari qoʻllanilgan shaxslar uchun — ularning kasbiy tayyorgarligini hisobga olgan holda yoki maxsus malakani talab etmaydigan ish oʻrinlari;
yo) odam savdosi qurbonlari uchun — ularning kasbiy tayyorgarligini hisobga olgan holda yoki maxsus malakani talab etmaydigan ish oʻrinlari xarakterli talablarga muvofiq boʻlgan mehnat sharoitlarini taʼminlaydigan ish oʻrinlari tashkil qilinsin.
4. Korxonalar, muassasalar va tashkilotlarda ijtimoiy muhofazaga muhtoj, ish topishda qiynalayotgan va mehnat bozorida teng shartlarda raqobatlasha olmaydigan shaxslarni ishga joylashtirish uchun zahiraga qoʻyilayotgan kasb va lavozimlar roʻyxati 2-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
* 1-2-ilovalar berilmaydi.
5. Korxonalar, muassasalar va tashkilotlar rahbarlari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 5-dekabrdagi 965-son Qarori bilan tasdiqlangan “Ijtimoiy muhofazaga muhtoj, ish topishda qiynalayotgan va mehnat bozorida teng shartlarda raqobatlasha olmaydigan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlarining eng kam sonini belgilash va zahiraga qoʻyish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Nizomga muvofiq ijtimoiy muhofazaga muhtoj, ish topishda qiynalayotgan va mehnat bozorida teng shartlarda raqobatlasha olmaydigan shaxslar uchun koʻrsatilgan ish oʻrinlari tashkil etilishini taʼminlasinlar.
6. Ijtimoiy muhofazaga muhtoj, ish topishda qiynalayotgan va mehnat bozorida teng shartlarda raqobatlasha olmaydigan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlarining eng kam sonini belgilash toʻgʻrisidagi mazkur qaror ijrosini bajarmagan, shuningdek, ularni ishga qabul qilishni asossiz ravishda rad etgan korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning mansabdor shaxslariga nisbatan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda maʼmuriy javobgarlik belgilanishi uqtirilgan.
7. Tuman Bandlikka koʻmaklashish markazi besh kun muddatda ushbu qarorni 1-ilovada koʻrsatilgan korxona, tashkilot va muassasalar rahbarlari eʼtiboriga yetkazsin.
8. Mazkur qaror qabul qilinishi munosabati bilan Bogʻot tuman hokimining 2017-yil 12-oktabrdagi 2218k-sonli qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
9. Ushbu qaror tuman hokimligining rasmiy nashri hisoblangan “Bogʻot Sadosi” gazetasida eʼlon qilinsin va rasman elon qilingan kuchga kirishi belgilansin.
10. Tuman hokimligi bosh yuriskonsulti (Z. Matyaqubov):
a) mazkur qarorni tuman hokimligining bogothokimiyat.uz rasmiy veb-saytiga joylashtirsin;
b) tuman Bandlikka koʻmaklashish markazi bilan birgalikda ushbu qarorning mazmun mohiyatini aholiga yetkazish maqsadida tushuntirish ishlarini olib borsin.
11. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish tuman hokimining birinchi oʻrinbosari S. Qurbonov zimmasiga yuklatilsin.
Hokim v.b. O. XOLBOYEV
Bogʻot t.,
2018-yil 29-sentabr,
10-2884-son