Xalq deputatlari Toshkent shahar kengashining
qarori
Toshkent shahridagi baʼzi geografik obyektlarga nom berish va ularning nomlarini oʻzgartirish toʻgʻrisida
“Geografik obyektlarning nomlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 10-moddasi (“Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami”, 2011-y, 41-son, 448-modda), Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 16-oktabrdagi “Geografik obyektlarning nomlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonuniga muvofiq geografik obyektlarning nomlari sohasidagi ishlarni tartibga solish chora-tadbirlari haqida”gi 295-sonli (“Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami”, 2012-y, 41-42-son, 483-modda) qarori, Toshkent shahar hokimining 2012-yil 24-oktabrdagi 845-sonli qaroriga muvofiq, Geografik obyektlarni nomlash va qayta nomlash masalalari boʻyicha Toshkent shahar komissiyasining xulosasiga asosan, xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi qaror qiladi:
1. Geografik obyektlarni nomlash va qayta nomlash masalalari boʻyicha shahar komissiyasining baʼzi geografik obyektlar nomlarini tartibga keltirish toʻgʻrisidagi takliflari maʼqullansin.
2. Nom berilgan va nomlari oʻzgargan Toshkent shahridagi baʼzi geografik obyektlar roʻyxati ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Yer resurslari va davlat kadastri boshqarmasi (Gʻ. Rasulov), Obodonlashtirish bosh boshqarmasi (A. Rizashov), Ichki ishlar bosh boshqarmasi (R. Djurayev), tuman hokimliklari, hokimlik tizimidagi boshqarma, tashkilot va muassasalar:
Baʼzi geografik obyektlarga yangi nomlar berilishi va nomlari oʻzgartirilishi munosabati bilan tegishli ishlarni amalga oshirish yuzasidan bir oylik muddatda belgilangan tartibda zarur choralar koʻrilsin hamda hujjatlarga tegishli oʻzgartirishlar kiritilsin.
4. “Toshkent oqshomi” va “Vecherniy Tashkent” gazetalari tahririyati (A. Akromov), Toshkent shahar hokimligi Matbuot xizmati (Sh. Abdullayev) hamda Axborot va kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish boʻlimi (P. Xaliulin) mazkur qaror rasmiy eʼlon qilinishini va www.toshkent.uz veb-saytiga joylashtirilishini taʼminlasin.
5. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
6. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining ijtimoiy-madaniy rivojlanish masalalari boʻyicha doimiy komissiyasi va Toshkent shahar hokimining oʻrinbosari E. Shukurov zimmasiga yuklatilsin.
Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi raisi oʻrinbosari T. MATIBAYEV
Toshkent sh.,
2019-yil 30-may,
442/52-5-son
Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining 2019-yil 30-maydagi 442/52-5-sonli qaroriga
ILOVA
ILOVA
Nom berilgan va nomlari oʻzgargan Toshkent shahri Yunusobod tumandagi
geografik obyekti
| T/r | Joyning hozirgi nomi | Joyning yangi nomi | Izoh |
|
1. |
Quloqtepa koʻchasi |
Rixsiliy koʻchasi |
Hududdagi mahallalarning taklifi hamda Geografik obyektlarni nomlash va qayta nomlash masalalari boʻyicha shahar komissiyasining qarori asosida |