O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Vazirlar Mahkamasining “Kam ta’minlangan oilalarga ijtimoiy nafaqalar va moddiy yordam tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2013-yil 15-fevraldagi 44-son qaroriga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 5-martdagi 122-sonli “Transport vositalarini majburiy texnik ko‘rikdan o‘tkazish tartibini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Moliya organlari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 18-martdagi PQ-2847-son qaroriga muvofiq, shuningdek, davlatning ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashiga muhtoj bo‘lgan oilalarning farovonligi darajasini, ijtimoiy va mehnat faolligini yanada oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Vazirlar Mahkamasining “Kam ta’minlangan oilalarga ijtimoiy nafaqalar va moddiy yordam tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2013-yil 15-fevraldagi 44-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2013-y., 2-son, 10-modda) ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — moliya vaziri J.A. Qo‘chqorov va O‘zbekiston Respublikasi bandlik va mehnat munosabatlari vaziri Sh.D. Kudbiyev zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2019-yil 15-iyul,
588-son
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 15-iyuldagi 588-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Vazirlar Mahkamasining “Kam ta’minlangan oilalarga ijtimoiy nafaqalar va moddiy yordam tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2013-yil 15-fevraldagi 44-son qaroriga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar
1. 2-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“2. O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari hududlariga 8 — 10 ta fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organiga 1 xodim hisobidan tuman (shahar) aholi bandligiga ko‘maklashish markazlarining malakali mutaxassislari biriktirilishini ta’minlasin”.
2. 3-banddagi “Moliya vazirligi” so‘zlari “Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
3. 1-ilovada:
a) 12-bandning birinchi xatboshidagi “doimiy yashash (ro‘yxatdan o‘tish)” so‘zlari “yashash joyi (doimiy yoki asosan yashab turgan joyi)” so‘zlari bilan almashtirilsin;
b) 13-bandda:
quyidagi mazmundagi beshinchi xatboshi qo‘shilsin:
“asosan yashab turgan joyi bo‘yicha nafaqa va moddiy yordam olish uchun — doimiy yashash (doimiy propiska) joyi bo‘yicha bolali oilalarga nafaqa, bola parvarishi bo‘yicha nafaqa va moddiy yordam tayinlanmaganligi va to‘lanmaganligi to‘g‘risida fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi tomonidan berilgan ma’lumotnoma”;
beshinchi va oltinchi xatboshilar tegishli ravishda oltinchi va yettinchi xatboshilar deb hisoblansin;
v) 16-bandning ikkinchi va uchinchi xatboshilaridagi “moliya bo‘limi” so‘zlari “aholi bandligiga ko‘maklashish markazi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
g) 22-bandda:
oltinchi xatboshiga “yordamdan” so‘zidan keyin “hamda Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 13-sentabrdagi 731-son qarori bilan amalga kiritilgan un va qolipli non xarid qilish bo‘yicha qo‘shimcha xarajatlarni qoplash uchun har oylik pul kompensatsiyasi” so‘zlari qo‘shilsin;
quyidagi mazmundagi xatboshi qo‘shilsin:
“Xar bir oila — tadbirkor” dasturi doirasida mikrokredit olingan sanadan boshlab oxirgi 12 oy mobaynida oilaviy tadbirkorlikni amalga oshirishdan olingan daromadlar oilaning jami daromadiga kiritilmaydi”;
d) 24-bandda:
quyidagi mazmundagi yettinchi xatboshi qo‘shilsin:
oilaning “Xar bir oila — tadbirkor” dasturi doirasida oilaviy tadbirkorlikda band bo‘lgan, biroq ushbu dastur bo‘yicha mikrokredit olingan sanadan boshlab ko‘pi bilan 12 oy band bo‘lgan a’zolari”;
yettinchi xatboshi sakkizinchi xatboshi deb hisoblansin;
e) 35-bandning ikkinchi xatboshidagi “moliya bo‘limi” so‘zlari “aholi bandligiga ko‘maklashish markazi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
j) 47-bandga “bo‘limiga” so‘zidan keyin “va tuman (shahar) aholi bandligiga ko‘maklashish markaziga” so‘zlari qo‘shilsin;
z) 48-bandga quyidagi mazmundagi xatboshi qo‘shilsin:
“Tuman (shahar) aholi bandligiga ko‘maklashish markazlari hisobot oyidan keyingi oyning 15-kunigacha hisobotlarni fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligiga, viloyatlar va Toshkent shahar bandlik bosh boshqarmalariga taqdim etadilar, ular hisobot davridan keyingi oyning 20-kunigacha hisobotlarni O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligiga taqdim etadilar”;
i) 50-banddagi “Nazorat-taftish bosh boshqarmasi” so‘zlari “Davlat moliyaviy nazorati departamenti” so‘zlari bilan almashtirilsin;
k) 51-bandning birinchi va ikkinchi xatboshilari quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“51. Bolali oilalarga nafaqa, bola parvarishi bo‘yicha nafaqa va moddiy yordam tayinlashning asoslanganligi monitoringini olib borish fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organining tegishli hududiga biriktirilgan tuman (shahar) aholi bandligiga ko‘maklashish markazi xodimi tomonidan amalga oshiriladi.
Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi hududiga biriktirilgan tuman (shahar) aholi bandligiga ko‘maklashish markazi xodimiga monitoring funksiyalaridan tashqari:”;
l) 52-bandning to‘rtinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“nafaqalar va moddiy yordam tayinlash va to‘lashning belgilangan tartibiga rioya etilishi monitoringi olib borilishini ta’minlash uchun — ushbu fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi hududiga biriktirilgan tuman (shahar) aholi bandligiga ko‘maklashish markazining xodimi zimmasiga yuklanadi”;
m) Nizomga 1-ilovaning “Subyektlar” ustunidagi “moliya bo‘limi” so‘zlari “aholi bandligiga ko‘maklashish markazi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 16.07.2019-y., 09/19/588/3432-son)