13.09.2018 yildagi -son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan
Belarus Respublikasi Hukumati oʻrtasida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzaro savdoga koʻmaklashish tizimi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bitim

Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati va Belarus Respublikasi Hukumati, keyingi oʻrinlarda “Tomonlar” deb ataluvchilar,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1994-yil 15-aprelda imzolangan Bojxona ishlarida hamkorlik va oʻzaro yordam toʻgʻrisidagi Bitim qoidalarini inobatga olib,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlar davlatlarining iqtisodiy va ijtimoiy manfaatlarini himoya qilish maqsadida hamkorlik darajasini oshirishga intilib,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlar davlatlari oʻrtasida olib oʻtiladigan tovarlar va transport vositalarining bojxona nazorati samaradorligini oshirish zaruriyatini tan olib,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlar davlatlari oʻrtasida olib oʻtiladigan tovarlar va transport vositalarining bojxona nazoratini soddalashtirish uchun shart-sharoitlar yaratish va uning muddatini qisqartirish maqsadida,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻzaro savdoga koʻmaklashish tizimini rivojlantirish va uning xavfsizligini taʼminlash maqsadida,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
quyidagilar toʻgʻrisida kelishib oldilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlar mazkur Bitimni amalga oshirish uchun Tomonlar davlatlarining quyidagi bojxona organlariga vakolat taqdim etadilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasida — Davlat bojxona qoʻmitasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belarus Respublikasida — Davlat bojxona qoʻmitasiga.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzaro savdoga koʻmaklashish tizimi (keyingi oʻrinlarda — OʻSKT) axborot almashinuvining texnik shartlariga muvofiq tovarlar va transport vositalari olib oʻtilishi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar almashinuviga asoslangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Taqdim etiladigan axborotlar tarkibi mazkur Bitimning ajralmas qismi hisoblanadigan Ilovaga muvofiq shakllantiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Axborot almashinuvi OʻSKT qoʻllaniladigan tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilarining tovar yetkazmalariga nisbatan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Tomonlar davlatlari bojxona organlari axborot almashinuvining texnik shartlarini ishlab chiqadilar va tasdiqlaydilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. OʻSKT transportlarning barcha turlari va tovarlarning barcha turlariga nisbatan qoʻllaniladigan keng tarqalgan amaliyotni oʻzida ifodalaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. OʻSKT oʻzbek va belarus tashqi iqtisodiy faoliyat qatnashchilari tarafidan ixtiyoriylik asosida qoʻllaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Tomonlar davlatlarining bojxona organlari OʻSKTda ishtirok etmaydigan tashqi iqtisodiy faoliyat qatnashchilariga nisbatan bunday tartibga solishning ixtiyoriylik xususiyatiga zarar yetkazishi mumkin boʻlgan mazkur Bitimga nisbatan ziddiyatlarga yoʻl qoʻymaydilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. OʻSKT shaffof, oldindan bashorat qilinishi mumkin va diskriminatsiyadan xoli boʻlishi lozim. OʻSKTni qoʻllash amaliyoti nosogʻlom raqobatni keltirib chiqarmasligi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻSKT tatbiq etiladigan tashqi iqtisodiy faoliyat qatnashchilari quyidagi imtiyozlarga ega boʻladilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) Tomonlar davlatlari milliy qonunchiligiga muvofiq oʻtkazish va manzil punktlarida bojxona rasmiylashtiruvining ustuvor tartibi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) bojxona rasmiyatchiligini, imkoni mavjud hollarda, soddalashtirish, shu jumladan, rasmiylashtirish vaqtini qisqartirish maqsadida alohida yoʻlaklar ajratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) oʻtkazish va manzil punktlarida bojxona koʻrigini qoʻllamaslik, Tomonlar davlatlari bojxona qonunchiligining buzilishi xavfi aniqlangan holatlar bundan mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Tomonlar davlatlari bojxona organlari mazkur Bitim doirasida olingan axborotlarni Tomonlar davlatlari oʻrtasida olib oʻtiladigan tovarlar va transport vositalariga nisbatan bojxona operatsiyalarini (bojxona rasmiylashtiruvini) takomillashtirish va bojxona nazorati oʻtkazish maqsadlarida qoʻllanilishini kafolatlaydilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Tomonlar davlatlari bojxona organlari tarafidan olingan axborotlar faqatgina bojxona maqsadlarida foydalaniladi va axborot taqdim etgan Tomon davlati bojxona organining yozma roziligisiz uchinchi shaxslarga taqdim etilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlar davlatlari bojxona organlari Tomonlar davlatlari oʻrtasida olib oʻtiladigan tovarlar va transport vositalari toʻgʻrisidagi elektron axborot almashinuvini tashkillashtirishda Birlashgan Millatlar Tashkiloti, Butunjahon bojxona tashkiloti normalari, standartlari va tavsiyalariga, Tomonlar davlatlarining milliy qonunchiligiga rioya etishlari hamda axborot almashinuvi boʻyicha xalqaro ilgʻor tajribani inobatga olishlari lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlar davlatlari bojxona organlari mazkur Bitim qoidalari buzilgan taqdirda, Tomonlar davlatlari milliy qonunchiligiga muvofiq barcha zarur choralarni koʻrishlari hamda bir-birlarini bunday qonunbuzarliklar, shuningdek, Tomonlar davlatlari oʻrtasida olib oʻtiladigan tovarlar va transport vositalari toʻgʻrisida axborot almashinuvi natijasida olingan maʼlumotlardagi tafovutlar va (yoki) ularni qalbakilashtirish holatlari yuzasidan xabardor qilishlari lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlar davlatlari bojxona organlari quyidagi maqsadlarda bevosita aloqalarni oʻrnatishga vakolatli boʻlgan bojxona organlarining masʼul shaxslar roʻyxatini belgilaydilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) axborot almashinuvi texnik shartlari hamda axborotni qayta ishlash va uzatish texnologiyalari, shuningdek, axborotni himoya qilish boʻyicha talablarni ishlab chiqish va kelishish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) mazkur Bitimni qoʻllash jarayonida yuzaga kelgan texnik muammolarni hal etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Tomonlar davlatlari bojxona organlari mazkur Bitim imzolangan sanadan boshlab oʻn ikki oy muddatli Tomonlar davlatlari bojxona organlarining oʻzaro yozma kelishuviga koʻra muddatlari uzaytirilishi mumkin boʻlgan pilot loyihasi oʻtkazilishini va amalga oshirilishini tashkil qiladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Pilot loyihasini amalga oshirishning birinchi uch oyi davomida Tomonlar davlatlari bojxona organlari OʻSKT doirasida quyidagilarni kelishadilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) axborot almashinuvining texnik shartlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) taqdim etiladigan axborotning roʻyxati, tarkibi va formati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) axborotni himoyalashga boʻlgan talablar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) Tomonlar davlatlari bojxona organlari oʻrtasida oʻzaro hamkorlikni tashkil etishning tartibi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) OʻSKT doirasida olib oʻtiladigan tovarlar va transport vositalarga nisbatan bojxona operatsiyalari (bojxona rasmiylashtiruvi) amalga oshiriladigan Tomonlar davlatlari bojxona organlari roʻyxati.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Tomonlar davlatlari bojxona organlari pilot loyihasini oʻtkazishga tayyor ekanliklari toʻgʻrisida hamda unda ishtirok etuvchi bojxona organlari roʻyxati haqida bir-birlarini yozma ravishda xabardor qiladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Pilot loyihasini amalga oshirishning keyingi toʻqqiz oyi davomida Tomonlar davlatlari bojxona organlari OʻSKTni amaliy roʻyobga chiqaradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Bitim qoidalarini talqin qilish va (yoki) amalga oshirish bilan bogʻliq boʻlgan Tomonlar oʻrtasidagi kelishmovchiliklar muzokaralar va maslahatlashuvlar oʻtkazish orqali hal etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlarning oʻzaro kelishuviga koʻra mazkur Bitimga alohida bayonnomalar bilan rasmiylashtiriladigan oʻzgartirish va (yoki) qoʻshimchalar kiritilishi mumkin. Bunday oʻzgartirish va (yoki) qoʻshimchalar mazkur Bitimning ajralmas qismi hisoblanadi hamda mazkur Bitimning 12-moddasida nazarda tutilgan tartibda kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Bitim imzolangan sanadan boshlab vaqtincha qoʻllaniladi va Tomonlar uning kuchga kirishi uchun zarur boʻlgan ichki davlat protseduralarini bajarganliklari toʻgʻrisida diplomatik kanallar orqali soʻnggi xabarnoma olingan sanadan boshlab kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur Bitim nomuayyan muddatga tuziladi va Tomonlardan biri diplomatik kanallar orqali uning amal qilishini tugatish niyati toʻgʻrisida yozma xabarnoma yuborish orqali uni tugatishi mumkin. Mazkur holatda ushbu Bitimning amal qilishi bunday xabarnoma olingan sanadan boshlab uch oy oʻtgach tugatiladi. Bitim amal qilishining tugatilishi boshlangan tranzit operatsiyalariga daxl qilmaydi. Bitim amal qilishining tugatilishi amalga oshirilayotgan protseduralarga ham daxl qilmaydi. Bunday protseduralar mazkur Bitim qoidalariga muvofiq tugallanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent shahrida 2018-yil 13-sentabrda ikki asl nusxada, har biri oʻzbek va rus tillarida tuzildi, barcha matnlar teng autentikdir. Mazkur Bitim qoidalarini talqin qilishda kelishmovchiliklar yuzaga kelgan taqdirda, rus tilidagi matn ustuvor hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(imzolar)

Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Belarus Respublikasi Hukumati oʻrtasida oʻzaro savdoga koʻmaklashish tizimi toʻgʻrisidagi Bitimga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Taqdim etiladigan maʼlumotlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tarkibi *
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Deklaratsiya turi (olib oʻtishning yoʻnalishi/eksport protseduralari).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Deklaratsiyaning roʻyxat raqami.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Deklaratsiyani amalga oshiradigan bojxona organi kodi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Deklaratsiyaning roʻyxatga olish/rasmiylashtirish sanasi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalqaro yuk tashish kitobchasining raqami.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Chegara oʻtkazish/chiqib ketish organi punkti tavsiflagichi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Joʻnatuvchining STIR.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Joʻnatuvchining nomi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Joʻnatuvchining manzili.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qabul qiluvchining STIR.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qabul qiluvchining nomi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qabul qiluvchining manzili.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tovarning umumiy miqdori.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Joyning miqdori.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Joʻnatish davlati (nomi/kodi).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Borish moʻljallangan davlat (nomi/kodi).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Savdo qilayotgan davlat (nomi/kodi).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tovarning kelib chiqish davlati (nomi/kodi).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tovar raqami.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tovarning TIF TN boʻyicha kodi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Deklaratsiyaga muvofiq tovarning nomi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tovarning brutto ogʻirligi, kg.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tovarning netto ogʻirligi, kg.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Valyuta nomi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tovarning faktura qiymati/tovarning narxi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tovarning bojxona qiymati.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tovarning yuk joylari soni.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Konteynyerlar soni.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Konteynyerlar raqamlari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoʻshimcha oʻlchov birligining nomi (kodi).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoʻshimcha oʻlchov birligi soni.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Deklaratsiyada koʻrsatilgan hujjatlar toʻgʻrisida maʼlumot:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
deklaratsiyada koʻrsatilgan hujjatlar raqamlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
deklaratsiyada koʻrsatilgan hujjatlarning tuzilishi sanasi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Transport vositasi/konteynerning raqami (joʻnatishda).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Transport vositasi/konteynerining raqami (chegarada).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Transport vositasi turi (chegarada).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tovarlarni yetkazib berish shartlari nomi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tovarni yetkazib berish joyining geografik nomi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
*Tomonlar davlatlari milliy qonunchiligi talablariga muvofiq Tomonlar davlatlari bojxona organlari axborot tizimlarida shunday maʼlumotlar mavjud boʻlgan taqdirda.