1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xo‘jaligi / 09.14.17.00 Qishloq xo‘jaligidagi shartnomalar / 09.14.17.03 Qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqaruvchilarini moddiy-texnik jihatdan ta’minlash;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xo‘jaligi / 09.14.17.00 Qishloq xo‘jaligidagi shartnomalar / 09.14.17.04 Agrosanoat ishlab chiqarish sohasida lizing (shuningdek, 03.11.06.04 ga qarang);
3.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xo‘jaligi / 09.14.17.00 Qishloq xo‘jaligidagi shartnomalar / 09.14.17.05 Agrosanoat ishlab chiqarish sohasidagi kreditlash, hisob-kitob, sug‘urta (shuningdek, 07.22.06.01 ga qarang)]
[TSZ:
1.Iqtisodiyot / Qishloq xo‘jaligi]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarning moddiy-texnik bazasini yanada mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 28-apreldagi 206-sonli “Agrar va oziq-ovqat sohalarini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qishloq xo‘jaligi texnikasi parkini yangilash va modernizatsiya qilish, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtiruvchilarni sifatli va arzon texnika bilan ta’minlash, ularga o‘z vaqtida servis xizmati ko‘rsatish hamda raqobatbardosh qishloq xo‘jaligi texnikasini ishlab chiqarishni moliyalashtirishga bozor mexanizmini keng tatbiq etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Qishloq xo‘jaligi texnikasini kredit va lizing shartlarida, shuningdek, qishloq xo‘jaligi texnikasi uchun avtopilot uskunasini xarid qilishni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash tartibi to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 29-avgustdagi 549-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.08.2025-y., 09/25/549/0791-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi Qishloq xo‘jaligini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi bilan birgalikda qishloq xo‘jaligi texnikasini yetkazib berishni o‘z vaqtida moliyalashtirishni ta’minlasin.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 29-avgustdagi 549-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.08.2025-y., 09/25/549/0791-son)
[OKOZ:
1.21.00.00.00 O‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.03.00.00 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Qishloqni lizing shartlarida qishloq xo‘jaligi texnikasi bilan ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2000-yil 2-noyabrdagi 424-son qaroriga 2-ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — iqtisodiyot va moliya vaziri J.A. Qo‘chqorov zimmasiga yuklansin.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 29-avgustdagi 549-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.08.2025-y., 09/25/549/0791-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2019-yil 12-iyul,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
578-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 12-iyuldagi 578-son qaroriga 1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qishloq xo‘jaligi texnikasini kredit va lizing shartlarida, shuningdek, qishloq xo‘jaligi texnikasi uchun avtopilot uskunasini xarid qilishni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash tartibi to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Nizom qishloq xo‘jaligi korxonalari samaradorligini oshirish hamda ularni zamonaviy yuqori unumli qishloq xo‘jaligi texnikasi bilan ta’minlash, shuningdek, qishloq xo‘jaligi texnikasi uchun avtopilot uskunasini xarid qilishni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash maqsadida subsidiya ajratish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Subsidiya.mf.uz” axborot portali — qishloq xo‘jaligi texnikalari, lazerli qurilmaga ega avtomatlashtirilgan yer tekislagich agregati xarid qiymatining bir qismini hamda ular kredit va lizing shartlarida xarid qilinganda, foiz xarajatlarining bir qismini, shuningdek, avtopilot uskunasini xarid qilish uchun ajratiladigan kredit bo‘yicha foiz xarajatlarining bir qismini qoplab berish uchun subsidiya ajratish bilan bog‘liq amaliyotlar bajariladigan O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining axborot tizimi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
avtopilot uskunasi — qishloq xo‘jaligi texnikalarini inson aralashuvisiz yoki kam aralashuv bilan boshqarishga imkon beradigan elektron-mexanik tizim;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
subsidiya — qarz oluvchi tomonidan yangi qishloq xo‘jaligi texnikasi lizing yoki kredit shartlarida xarid qilinganda, ularning foiz xarajatlarini tijorat banklari yoki lizing tashkilotlari tomonidan belgilangan foiz stavkasining 10 foizlik punktidan, shuningdek, yangi avtopilot uskunasini xarid qilish uchun tijorat banki tomonidan ajratiladigan kreditning 14 foiz punktidan yuqori, biroq 8 foizlik punktidan oshmagan qismini qoplab berish uchun O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan ajratiladigan O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasining (keyingi o‘rinlarda — Jamg‘arma) pul mablag‘lari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarz oluvchi — qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtiruvchi yuridik va jismoniy shaxslar, paxta-to‘qimachilik ishlab chiqarish tashkilotlari va klasterlari hamda mexanizatsiya xizmatlarini ko‘rsatuvchi tashkilotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qishloq xo‘jaligi texnikasi — mahalliy ishlab chiqaruvchi korxonalarda ishlab chiqarilgan qishloq xo‘jaligida mexanizatsiya ishlarini bajaradigan barcha turdagi traktorlar, kombaynlar, tirkamalar va agregatlar, shuningdek, 2026-yil 1-yanvarga qadar xorijdan tayyor holda olib kelinadigan, aniq donalab ekuvchi ko‘p funksiyali chigit ekish seyalkalari, g‘alla o‘rish kombaynlari hamda paxta terish mashinalari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti parametrlarida qishloq xo‘jaligi texnikalarini sotib olish uchun ajratilgan kredit va lizing bo‘yicha, shuningdek, avtopilot uskunasini xarid qilishga ajratilgan kredit bo‘yicha hisoblangan foizining bir qismini qoplab berish uchun ko‘zda tutilgan mablag‘larni Jamg‘armaga ajratadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda xarajatlarni qoplashning ushbu miqdori O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining asosiy foiz stavkasining o‘zgarishiga qarab O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan qayta ko‘rib chiqilishi mumkin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tijorat banklarida resurslar taqchilligi yuzaga kelganda, qishloq xo‘jaligi texnikalarini sotib olishga kreditlar ajratish uchun O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi G‘aznachilik xizmati qo‘mitasining (keyingi o‘rinlarda — G‘aznachilik qo‘mitasi) vaqtincha bo‘sh turgan mablag‘larini tijorat banklariga belgilangan tartibda joylashtiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Qishloq xo‘jalik texnikasini lizing yoki kredit shartlarida xarid qilish uchun ajratilgan lizing yoki kredit foizini qoplash uchun subsidiya ushbu Nizomga 1-ilovadagi sxemaga muvofiq ajratiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tijorat banki tomonidan qishloq xo‘jaligi korxonasiga kredit shartlarida qishloq xo‘jalik texnikasiga avtopilot uskunasini xarid qilish uchun ajratilgan kredit foizini qoplash uchun subsidiya ushbu Nizomga 2-ilovadagi sxemaga muvofiq amalga ajratiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Qarz oluvchiga ushbu Nizom talablari asosida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
lizing hamda kredit shartlarida xarid qilingan qishloq xo‘jaligi texnikasining foiz to‘lovini qisman qoplab berish uchun subsidiya lizing tashkiloti, tijorat banki va Jamg‘arma o‘rtasida tuziladigan Bosh bitimga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kredit shartlarida xarid qilinadigan avtopilot uskunasining foiz to‘lovini qisman qoplab berish uchun subsidiya tijorat banki va Jamg‘arma o‘rtasida tuziladigan Bosh bitimga muvofiq ajratiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Subsidiya miqdori qarz oluvchi va lizing tashkiloti yoki tijorat banki o‘rtasida tuziladigan shartnoma shartlarida aks ettirilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Qishloq xo‘jaligi texnikalarini sotib oluvchiga lizing yoki kredit foizini qoplash uchun subsidiya tijorat banki va lizing tashkiloti tomonidan belgilangan foiz stavkasining 10 foizlik punktidan, shuningdek, avtopilot uskunasi xarid qilish uchun ajratilgan kreditning 14 foizlik punktidan yuqori, biroq 8 foizlik punktidan oshmagan qismi miqdorida ajratiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda qarz oluvchining lizing yoki kredit shartnomasi barcha turdagi kombaynlar va dvigatel quvvati 100 ot kuchidan ko‘p bo‘lgan traktorlar uchun 10 yil muddatga, qolgan traktorlar, osma va tirkama texnikalar, shuningdek, avtopilot uskunasini xarid qilish uchun 7 yildan kam bo‘lmagan muddatga rasmiylashtirilgan bo‘lishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kredit yoki lizing oluvchilarning so‘roviga asosan ushbu bandda ko‘rsatilgan muddatlar qisqartirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Subsidiya O‘zbekiston Respublikasi rezidenti hisoblangan qonunchilikda belgilangan tartibda faoliyat ko‘rsatuvchi lizing tashkiloti va tijorat banklariga ajratiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Qishloq xo‘jaligi texnikalarini xarid qilishda subsidiya ajratish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Subsidiya:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) lizing oluvchilar tomonidan qishloq xo‘jaligi texnikasini shartnomada ko‘rsatilgan qiymatining 15 foizidan kam bo‘lmagan miqdorda avans to‘langanda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) lizing yoki kredit shartnomasida belgilangan foiz stavkasining 10 foizlik punktdan, avtopilot uskunasi xarid qilish uchun ajratilgan kreditning 14 foizlik punktidan yuqori, biroq 8 foizlik punktidan oshmagan qismini qoplash uchun ajratiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Qarz oluvchi tomonidan qishloq xo‘jaligi texnikasini lizing yoki kredit shartlarida xarid qilishda lizing tashkiloti yoki tijorat bankiga quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) ariza;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) sug‘urta polisi yoki kafillik yoxud qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa ta’minot turlari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Tijorat banki tomonidan quyidagi holatlarda kredit ajratish rad etiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarz oluvchining bank kreditlari bo‘yicha muddati o‘tgan qarzdorligi mavjud bo‘lganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarz oluvchi salbiy kredit tarixiga ega bo‘lganda (kredit to‘lovi 6-marta 60 kundan kechiktirilgan bo‘lsa).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Qarz oluvchi tomonidan ushbu Nizomning 9-bandiga muvofiq barcha zarur hujjatlar taqdim etilgandan so‘ng lizing tashkiloti yoki tijorat banki arizani 3 ish kunida ko‘rib chiqadi hamda ijobiy xulosa qabul qilinganda qarz oluvchi bilan shartnoma tuzadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Lizing tashkiloti yoki tijorat bankining kredit qo‘mitasi tomonidan kredit ajratishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qilinganda, qarz oluvchiga rad etish sabablari bayon etilgan yozma ma’lumot taqdim etishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarz oluvchi qayta murojaat qilish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Lizing tashkiloti yoki tijorat banki qarz oluvchi tomonidan o‘ziga tegishli foiz to‘lovi to‘langandan so‘ng hisoblangan foizning bir qismini qoplash uchun quyidagi hujjatlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni “Subsidiya.mf.uz” axborot portaliga kiritadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) lizing tashkiloti yoki tijorat banki o‘rtasida qarz oluvchi bilan tuzilgan shartnoma raqami, sanasi, foizi, muddati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) qarz oluvchi tomonidan to‘langan o‘ziga tegishli foiz to‘lovi summasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) qishloq xo‘jaligi texnikasi va/yoki lazerli yer tekislagich agregatining:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nomi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
rusumi/modeli;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
zavod raqami (kuzov shassi raqami);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
dvigatelning zavod raqami (lazerli yer tekislagich va boshqa agregatlar bundan mustasno);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi texnik pasport, lazerli yer tekislagich agregati va boshqa agregatlarning texnik guvohnoma raqami, sanasi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuqorida qayd etilgan hujjatlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar “Subsidiya.mf.uz” axborot portaliga kiritilganda, qarz oluvchi tomonidan o‘ziga tegishli foiz to‘lovini to‘langani to‘g‘risidagi ma’lumot va buyurtmanoma avtomatik ravishda shakllanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agarda hujjatlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar axborot tizimida to‘liq yoki mavjud bo‘lmasa, buyurtmanoma shakllanmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Taqdim etilgan hujjatlarning to‘liqligi, lizing yoki kredit ajratish va ular bo‘yicha subsidiya olishning barcha jarayoni ushbu Nizom talablariga muvofiqligi yuzasidan mas’uliyat lizing tashkiloti va tijorat banklarining rahbarlariga yuklanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Jamg‘armada Qishloq xo‘jaligi texnikalari va lazerli qurilmaga ega avtomatlashtirilgan yer tekislagich agregati qiymatining, shuningdek, ular kredit yoki lizing shartlarida xarid qilinganda, foiz xarajatlarining bir qismini qoplash uchun subsidiya ajratishni ko‘rib chiquvchi komissiya (keyingi o‘rinlarda — komissiya) tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Komissiya a’zolari tarkibi Jamg‘armani boshqarish departamenti direktori tomonidan shakllantiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Komissiya a’zolarining har biriga “Subsidiya.mf.uz” axborot portalida shaxsiy kabinet ochiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Komissiya “Subsidiya.mf.uz” axborot portali orqali kelib tushgan buyurtmanoma va unga ilova qilingan hujjatlarni besh ish kunida o‘rganib chiqadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Komissiya:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu Nizomning 12-bandiga muvofiq taqdim etilgan hujjatlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarning to‘liqligini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarz oluvchi tomonidan o‘ziga tegishli lizing yoki kredit uchun foiz to‘lovi summasi to‘langanini o‘rganadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘rganish jarayoni yakunlangandan so‘ng bir ish kunida Komissiya subsidiya ajratish yoki ajratishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qiladi. Bunda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
komissiya a’zolari “Subsidiya.mf.uz” axborot portalida buyurtmanoma beruvchiga ajratiladigan subsidiyani “subsidiya ajratish” yoki “subsidiya ajratishni rad etish” tugmasi orqali asoslantirgan holda elektron imzo (QR-kod) bilan tasdiqlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
komissiya a’zolarining uchdan ikki qismining qarori subsidiya ajratish to‘g‘risida ijobiy bo‘lganda, buyurtmanoma beruvchiga subsidiya ajratish to‘g‘risida qaror qabul qilingan hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Quyidagi holatlarda buyurtmanomani ko‘rib chiqish rad etiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) ushbu Nizomning 12-bandiga muvofiq taqdim etilgan hujjatlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar to‘liq bo‘lmaganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) qarz oluvchi tomonidan o‘ziga tegishli lizing yoki kredit uchun foiz to‘lovi to‘lanmaganda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Lizing tashkiloti yoki tijorat banki “Subsidiya.mf.uz” axborot portali orqali subsidiya ajratish ma’qullangani yoki rad etilgani to‘g‘risida ma’lumotga ega bo‘ladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Subsidiya ajratish ma’qullanganda, “Subsidiya.mf.uz” axborot portalida qishloq xo‘jaligi texnikasi va lazerli yer tekislagich agregatining shartnomadagi to‘lov grafigiga asosan ajratiladigan subsidiya miqdori avtomatik ravishda aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Subsidiya bir ish kunida “Subsidiya.mf.uz” axborot portali orqali O‘zbekiston Respublikasi respublika budjetidan subsidiya uchun ajratilgan mablag‘lar doirasida G‘aznachilik qo‘mitasida Jamg‘armaga ochilgan maxsus g‘azna hisobvarag‘idan lizing tashkiloti yoki tijorat bankining buyurtmanomada ko‘rsatilgan bank hisobvarag‘iga avtomatik ravishda o‘tkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Avtopilot uskunasini xarid qilish uchun subsidiya ajratish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Subsidiya qishloq xo‘jaligi texnikasiga xarid qilingan avtopilot uskunasi uchun ajratiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Subsidiya:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) kredit oluvchilar tomonidan avtopilot uskunasining shartnomada ko‘rsatilgan qiymatining 20 foizidan kam bo‘lmagan miqdorda avans to‘langanda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) kredit shartnomasida belgilangan foiz stavkasining 14 foizlik punktdan yuqori, biroq 8 foiz punktidan oshmagan qismini qoplash uchun ajratiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Tijorat banki qarz oluvchi tomonidan o‘ziga tegishli foiz to‘lovini to‘lagandan so‘ng, hisoblangan foizning 14 foiz punktdan yuqori, biroq 8 foiz punktidan oshmagan qismini qoplash uchun “Subsidiya.mf.uz” axborot portaliga quyidagi hujjatlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni kiritadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) tijorat banki bilan qarz oluvchi o‘rtasida tuzilgan shartnoma raqamini, sanasini, foizini, muddatini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) qarz oluvchi tomonidan o‘ziga tegishli foiz to‘lovi to‘langani to‘g‘risida ma’lumot;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) avtopilot uskunasining:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nomi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
rusumi/modeli;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishlab chiqarilgan sanasi, oyi, yili;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
zavod raqamini.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuqorida qayd etilgan hujjatlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar “Subsidiya.mf.uz” axborot portaliga kiritilganda, qarz oluvchi tomonidan o‘ziga tegishli foiz to‘lovi to‘langani to‘g‘risida ma’lumot va buyurtmanoma avtomatik shakllanadi. Agarda hujjatlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar axborot tizimda mavjud bo‘lmasa, buyurtmanoma shakllanmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Taqdim etilgan hujjatlarning to‘liqligi yoki kredit ajratish va ular bo‘yicha subsidiya olishning barcha jarayoni ushbu Nizom talablariga muvofiqligi yuzasidan mas’uliyat tijorat banklarining rahbarlariga yuklanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Komissiya avtopilot uskunasini xarid qilish bo‘yicha “Subsidiya.mf.uz” axborot portali orqali kelib tushgan buyurtmanoma va ilova qilingan hujjatlarni uch ish kunida o‘rganadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘rganish jarayonlari yakunlangandan so‘ng bir ish kunida komissiya subsidiya ajratish yoki ajratishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qiladi va shu kunning o‘zida tijorat banki “Subsidiya.mf.uz” axborot portalida subsidiyani ajratish ma’qullangani yoki rad etilgani to‘g‘risida ma’lumotga ega bo‘ladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Komissiya a’zolari “Subsidiya.mf.uz” axborot portalida buyurtmanoma beruvchiga ajratiladigan subsidiyani “subsidiya ajratish” yoki “subsidiya ajratishni rad etish” tugmasi orqali asoslantirgan holda elektron imzo (QR-kod) bilan tasdiqlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Komissiya a’zolarining uchdan ikki qismining qarori “subsidiya ajratish” to‘g‘risida ijobiy bo‘lganda, buyurtmanoma beruvchiga subsidiya ajratish to‘g‘risida qaror qabul qilingan hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Quyidagi holatlarda buyurtmanomani ko‘rib chiqish rad etiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) kredit oluvchi tomonidan o‘ziga tegishli foiz to‘lovi to‘lanmaganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) hujjatlardagi ma’lumotlar avtopilot uskunasi ma’lumotlariga mos bo‘lmaganda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Subsidiya ajratish ma’qullanganda, “Subsidiya.mf.uz” axborot portalida ajratiladigan subsidiya miqdori avtomatik tarzda aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ajratiladigan subsidiya miqdori aniqlangandan so‘ng bir ish kunida O‘zbekiston Respublikasi respublika budjetidan subsidiya uchun ajratilgan mablag‘lar doirasida G‘aznachilik qo‘mitasida Jamg‘armaga ochilgan maxsus g‘azna hisobvarag‘idan “Subsidiya.mf.uz” axborot portali orqali subsidiya tijorat bankining buyurtmanomada ko‘rsatilgan bank hisobvarag‘iga avtomatik tarzda o‘tkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Subsidiyani hisoblash va ajratishni to‘xtatish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Subsidiya ushbu Nizom talablari asosida rasmiylashtirilgan lizing va kredit muddatidan kelib chiqib, haqiqatda qoldiq qarz summasiga hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda to‘lov jadvali bo‘yicha muddati o‘tgan qarzdorlikka qayta subsidiya hisoblanishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarz oluvchi lizing yoki kreditni uni muddati o‘tgandan so‘ng qaytarganda, ajratiladigan subsidiya tasdiqlangan to‘lov jadvalida qayd etilgan summadan oshmasligi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Qarz oluvchi shartnomaning to‘lov jadvaliga muvofiq o‘ziga tegishli bo‘lgan lizing yoki kredit foiz to‘lovlarini (subsidiya sifatida beriladigan foizdan tashqari) to‘liq to‘lagan bo‘lishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Subsidiya lizing tashkiloti uchun har chorakda, tijorat banki uchun har oyda keyingi oyning 20-kunigacha taqdim etilgan buyurtmanomalar bo‘yicha hisoblangan joriy foizlar miqdorida hisob-kitob qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Jamg‘arma tomonidan lizing tashkiloti yoki tijorat banki hisobvarag‘iga qarz oluvchi uchun hisoblangan foiz to‘lovini qisman qoplash uchun o‘tkazib berilgan subsidiya ushbu qarz oluvchining hisoblangan foiz to‘lovlari uchun hisob-kitob qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Ajratilgan subsidiya qarz oluvchiga hisoblangan subsidiya miqdoridan ko‘p bo‘lgan taqdirda, ortiqcha mablag‘lar 2 bank ish kunidan kechiktirmasdan Jamg‘arma hisobvarag‘iga qaytarib o‘tkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Lizing yoki kredit shartnomasining shartlari o‘zgargan taqdirda, ilgari tasdiqlangan va hisoblangan subsidiya miqdori oshirilmaydi va subsidiya muddati uzaytirilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Jamg‘arma tomonidan ajratilgan subsidiyadan maqsadli foydalanishni, to‘lovlarning va hisob-kitoblarning to‘g‘ri amalga oshirilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasi tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maqsadsiz foydalanilgan subsidiya mablag‘lari Bosh bitim shartlariga asosan Jamg‘armaga qaytariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33. Subsidiya ajratilishi quyidagi hollarda to‘xtatiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) lizing yoki kredit shartnomasi bo‘yicha subsidiya maqsadsiz sarflangani aniqlanganda, qarz oluvchi tomonidan lizing yoki kredit asosiy qarzining tegishli qismi to‘lov jadvalida belgilangan sanadan boshlab 90 kun davomida to‘liq to‘lanmasa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) qarz oluvchi tomonidan lizing yoki kredit shartnomasi bo‘yicha majburiyatlar to‘liq bajarilganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) qarz oluvchining subsidiya olishni to‘xtatish to‘g‘risidagi murojaati mavjud bo‘lganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) lizing yoki kredit shartnomasi to‘liq bekor qilinganda hamda qarz majburiyatlari boshqa shaxsga o‘tkazilganda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Yakunlovchi qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34. Taraflar o‘rtasida yuzaga keladigan nizolar belgilangan tartibda sud tomonidan hal etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qishloq xo‘jaligi texnikasini kredit va lizing shartlarida, shuningdek, qishloq xo‘jaligi texnikasi uchun avtopilot uskunasini xarid qilishni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash tartibi to‘g‘risidagi nizomga 1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qishloq xo‘jalik texnikasini lizing yoki kredit shartlarida xarid qilish uchun ajratilgan lizing yoki kredit foizini qoplash uchun subsidiya ajratish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SXEMASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bosqichlar
Subyektlar
Tadbirlar
Muddatlar
1-bosqich
Qishloq xo‘jaligi korxonasi
Lizing tashkiloti yoki tijorat bankka qishloq xo‘jaligi texnikasini lizing yoki kredit shartlarida xarid qilish uchun ariza taqdim etadi.
O‘z xohishiga ko‘ra
2-bosqich
Lizing tashkiloti yoki tijorat banki
Qishloq xo‘jaligi korxonasi tomonidan qishloq xo‘jaligi texnikasini lizing yoki kredit shartlarida xarid qilish uchun taqdim etilgan arizani ko‘rib chiqadi.
3 bank ish kuni
3-bosqich
Lizing tashkiloti yoki tijorat banki
Ijobiy xulosa qabul qilinganda qishloq xo‘jaligi korxonasiga qishloq xo‘jaligi texnikasini lizing yoki kredit shartlarida xarid qilish uchun lizing yoki kredit ajratadi.
Xulosa qabul qilingandan keyin 1 bank ish kuni
4-bosqich
Lizing tashkiloti yoki tijorat banki
Qishloq xo‘jaligi korxonasiga qishloq xo‘jaligi texnikasini lizing yoki kredit shartlarida xarid qilish uchun ajratgan lizing yoki kredit foizini tegishli miqdorda qoplash uchun subsidiya ajratish yuzasidan Qishloq xo‘jaligini davlat tomonidan ko‘llab-quvvatlash jamg‘armasiga “Subsidiya.mf.uz” axborot portali orqali buyurtmanoma taqdim etadi.
Hisobot davridan keyingi oyning 20 sanasiga kadar
5-bosqich
Komissiya
(Jamg‘arma)
1. “Subsidiya.mf.uz” axborot portali orqali kelib tushgan buyurtmanoma va unga ilova qilingan hujjatlarni o‘rganib chiqadi.
5 ish kunida
2. O‘rganish jarayoni yakunlangandan so‘ng subsidiya ajratish yoki ajratishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qiladi.
1 ish kunida
6-bosqich
Jamg‘arma
Komissiya subsidiya ajratish to‘g‘risida qaror qabul qilganda, “Subsidiya.mf.uz” axborot portali orqali O‘zbekiston Respublikasi respublika budjetidan subsidiya uchun ajratilgan mablag‘lar doirasida G‘aznachilik qo‘mitasida Qishloq xo‘jaligini davlat tomonidan ko‘llab-quvvatlash jamg‘armasiga ochilgan maxsus g‘azna hisobvarag‘idan lizing tashkiloti yoki tijorat bankining buyurtmanomada ko‘rsatilgan bank hisobvarag‘iga avtomatik ravishda o‘tkazadi.
Bosh bitimda belgilangan muddatda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qishloq xo‘jaligi texnikasini kredit va lizing shartlarida, shuningdek, qishloq xo‘jaligi texnikasi uchun avtopilot uskunasini xarid qilishni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash tartibi to‘g‘risidagi nizomga 2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tijorat banki tomonidan qishloq xo‘jaligi korxonasiga kredit shartlarida qishloq xo‘jalik texnikasiga avtopilot uskunasini xarid qilishga ajratilgan kredit foizini qoplash uchun subsidiya ajratish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SXEMASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bosqichlar
Subyektlar
Tadbirlar
Muddatlar
1-bosqich
Qishloq xo‘jaligi korxonasi
Tijorat bankka kredit shartlarida qishloq xo‘jaligi texnikasi uchun avtopilot uskunasini xarid qilish uchun ariza taqdim etadi.
O‘z xohishiga ko‘ra
2-bosqich
Tijorat banki
Qishloq xo‘jaligi korxonasi tomonidan kredit shartlarida qishloq xo‘jaligi texnikasi uchun avtopilot uskunasini xarid qilish uchun taqdim etilgan arizani ko‘rib chiqadi.
3 bank ish kuni
3-bosqich
Tijorat banki
Ijobiy xulosa qabul qilinganda, qishloq xo‘jaligi korxonasiga qishloq xo‘jaligi texnikasi uchun avtopilot uskunasini xarid qilish uchun kredit ajratadi.
Xulosa qabul qilingandan keyin 1 bank ish kuni
4-bosqich
Tijorat banki
Qishloq xo‘jaligi korxonasiga qishloq xo‘jaligi texnikasiga avtopilot uskunasini xarid qilish uchun ajratgan kredit foizini tegishli miqdorda qoplash uchun subsidiya ajratish yuzasidan Qishloq xo‘jaligini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasiga “Subsidiya.mf.uz” axborot portali orqali buyurtmanoma taqdim etadi.
Hisobot davridan keyingi oyning 20 sanasiga kadar
5-bosqich
Komissiya
(Jamg‘arma)
1. “Subsidiya.mf.uz” axborot portali orqali kelib tushgan buyurtmanoma va unga ilova qilingan hujjatlarni o‘rganib chiqadi.
3 ish kunida
2. O‘rganish jarayoni yakunlangandan so‘ng subsidiya ajratish yoki ajratishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qiladi.
1 ish kunida
6-bosqich
Jamg‘arma
Komissiya subsidiya ajratish to‘g‘risida qaror qabul qilganda, O‘zbekiston Respublikasi respublika budjetidan subsidiya uchun ajratilgan mablag‘lar doirasida G‘aznachilik qo‘mitasida Qishloq xo‘jaligini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasiga ochilgan maxsus g‘azna hisobvarag‘idan “Subsidiya.mf.uz” axborot portali orqali subsidiya tijorat bankining buyurtmanomada ko‘rsatilgan bank hisobvarag‘iga avtomatik tarzda o‘tkazadi.
Bosh bitimda belgilangan muddatda
(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 29-avgustdagi 549-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.08.2025-y., 09/25/549/0791-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 12-iyuldagi 578-son qaroriga 2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining “Qishloqni lizing shartlarida qishloq xo‘jaligi texnikasi bilan ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2000-yil 2-noyabrdagi 424-son qaroriga kiritilayotgan o‘zgartirishlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“1. Belgilansinki, yangi zamonaviy g‘alla o‘rish kombayni va paxta terish mashinasini va ular bilan agregatlashtirilib ishlatiladigan traktorni (keyingi o‘rinlarda qishloq xo‘jalik texnikasi deb ataladi) qishloq xo‘jaligi korxonalari va ularga xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotlarga (keyingi o‘rinlarda lizing oluvchilar deb ataladi) quyidagi lizing shartlarida yetkazib beriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
zamonaviy qishloq xo‘jaligi texnikasi qiymatining 20 foizi avans sifatida lizing oluvchilar tomonidan o‘z mablag‘lari hisobiga to‘lanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
zamonaviy qishloq xo‘jaligi texnikasi qiymatining 80 foizi lizing tashkilotlari tomonidan ularga O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi (keyingi o‘rinlarda Jamg‘arma deb ataladi) tomonidan qaytariladigan qarz asosida ajratiladigan mablag‘lar hisobiga moliyalashtiriladi.”
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“2. Lizing tashkilotlariga quyidagi vazifalar yuklansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
lizing oluvchilarning qishloq xo‘jaligi texnikasini yetkazib berish yuzasidan berilgan buyurtmalarini umumlashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qishloq xo‘jaligi texnikasini yetkazib berish yuzasidan buyurtmalarni joylashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
joylashtirilgan buyurtmalarga muvofiq yetkazib beriladigan qishloq xo‘jaligi texnikasi uchun o‘z vaqtida avans to‘lash va uzil-kesil hisob-kitob qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
lizing shartnomalarini tuzish, yangi qishloq xo‘jaligi texnikasini lizingga berish, lizing to‘lovlarini o‘z vaqtida undirilishini va Jamg‘armaga to‘lanishini ta’minlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamg‘arma bilan tuzilgan har bir qarz shartnomasi bo‘yicha ajratilgan mablag‘larning hisobini o‘z vaqtida yuritish va ularni hisoblangan foizlari bilan to‘lash.”
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“4. Zamonaviy qishloq xo‘jaligi texnikasini lizing shartlarida yetkazib berish tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamg‘armaga har yili, 1-oktabrdan boshlab va uning kelgusi yilga tushumlar va xarajatlari balansi tasdiqlangungacha bo‘lgan davrda, zamonaviy qishloq xo‘jaligi texnikasi ishlab chiqarilishini ta’minlash uchun ishlab chiqaruvchi korxonalar yoki ularning rasmiy dileriga avans berish uchun lizing tashkilotlari buyurtmanomalari bo‘yicha mablag‘lar ajratishga ruxsat etilsin. Avans berish har oylik ulushlar bilan, oldi-sotdi shartnomasida ko‘rsatilgan yetkazib berish muddatidan kechikmay, ushbu shartnomada kelgusi yilda yetkazib berish nazarda tutilgan hajmlar va yetkazib berish muddatlaridan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, qishloq xo‘jaligi texnikasi ishlab chiqaruvchi mahalliy korxonalar va lizing tashkilotlari texnika qiymatining 80 foizi miqdorida avans to‘lovlarini olganidan so‘ng lizing oluvchilarga qishloq xo‘jaligi texnikasining avans to‘langan kundan boshlab 120 kun muddatda yetkazib berilishini ta’minlaydilar.”
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“lizing muddatini fermer, dehqon xo‘jaliklari uchun 10 yil, qishloq xo‘jaligiga xizmat ko‘rsatuvchi boshqa tashkilotlar uchun 7 yil etib belgilanishini nazarda tutadi.”
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uchinchi xatboshidagi “Agrobank” ATB” va “O‘zagrolizing” AJ” so‘zlari tegishlicha “tijorat banklari” va “lizing tashkilotlari” so‘zlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
to‘rtinchi xatboshidagi “Nazorat-taftish bosh boshqarmasi” so‘zlari “Davlat moliyaviy nazorati departamenti” so‘zlari bilan almashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Zamonaviy qishloq xo‘jaligi texnikasini lizing shartlarida yetkazib berish tartibi to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Nizom mahalliy ishlab chiqaruvchilar tomonidan ishlab chiqarilgan yangi zamonaviy g‘alla o‘rish kombayni va paxta terish mashinasi va ular bilan agregatlashtirilib ishlatiladigan traktorni (keyingi o‘rinlarda qishloq xo‘jaligi texnikasi deb ataladi) lizing shartlarida yetkazib berishni tartibga soladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi qishloq xo‘jaligi uchun zarur qishloq xo‘jaligi texnikasini turlari bo‘yicha shakllantirilgan ma’lumotni hisobot yilining 1-sentabriga qadar Moliya vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasiga (keyingi o‘rinlarda Jamg‘arma deb ataladi) taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Taqdim etilgan ma’lumot asosida Jamg‘arma O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan birgalikda qishloq xo‘jaligi texnikasini lizing shartlarida yetkazib berishni moliyalashtirish uchun mablag‘lar manbalarini shakllantiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Jamg‘arma o‘zining veb-sahifasida kelgusi yil uchun qishloq xo‘jaligi texnikasini lizing shartlarida yetkazib berishga qarz mablag‘larini ajratish to‘g‘risidagi ma’lumotni joylashtiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Jamg‘armaning veb-sahifasiga joylashtirilgan ma’lumotlar asosida respublikada faoliyat yurituvchi barcha lizing tashkilotlari qishloq xo‘jaligi texnikasini lizing shartlarida yetkazib berish bo‘yicha dastlabki buyurtmanomalarni Jamg‘armaning veb-sahifasiga joylashtiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Jamg‘arma veb-sahifaga joylashtirilgan dastlabki buyurtmanomalar tahlili asosida lizing tashkilotlari bilan qishloq xo‘jaligi texnikasini lizing shartlarida yetkazib berishga qarz mablag‘larini ajratish to‘g‘risida Bosh bitim tuzadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Lizing tashkilotlari qishloq xo‘jaligi texnikasi ishlab chiqaruvchilar yoki ularning rasmiy dilerlari bilan qishloq xo‘jaligi texnikasini yetkazib berish, to‘lov tartibi va muddati ko‘rsatilgan oldi-sotdi shartnomalari tuzadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Lizing tashkilotlari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamg‘arma bilan moliyaviy resurslar jalb etish uchun shartnoma tuzadi. Bunda lizing bo‘yicha daromad foizi miqdori, shuningdek, lizing oluvchilar tomonidan to‘lanadigan lizing to‘lovlaridan ushlab qolinadigan lizing tashkiloti va bank xizmatlari uchun to‘lovlar miqdori kelishib olinadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tijorat banklari bilan moliyaviy agent funksiyalarini bajarish yuzasidan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sug‘urta tashkilotlari bilan sug‘urta qonunchiligiga muvofiq shartnomalar tuzadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Lizing tashkilotlari lizing oluvchilar bilan qishloq xo‘jaligi texnikasini lizing shartlarida yetkazib berish shartnomalarini tuzadi. Har bir shartnomaga lizing to‘lovi jadvali ilova qilinadi. Bunda shartnomalar 3 nusxada tuziladi va bir nusxasi tijorat bankiga jo‘natiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Lizing oluvchilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
lizingga olinadigan qishloq xo‘jaligi texnikasi qiymatining 20 foizini lizing tashkilotlariga to‘laydilar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
lizingga olinadigan qishloq xo‘jaligi texnikasini o‘z mablag‘lari hisobiga sug‘urta tashkilotlarida sug‘urta qiladilar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
lizing shartlarida rasmiylashtirilgan qishloq xo‘jaligi texnikasining qoplanmagan qiymatini hamda hisoblangan lizing foizini fermer, dehqon xo‘jaliklari 10 yil muddatgacha, qishloq xo‘jaligiga xizmat ko‘rsatuvchi boshqa tashkilot va korxonalar 7 yil muddatgacha lizing tashkilotlariga to‘laydilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Lizing tashkilotlari lizing oluvchilar to‘lagan avans mablag‘laridan kelib chiqib qishloq xo‘jaligi texnikasi qiymatining 60 foizigacha avans to‘lovini to‘lashga pul mablag‘larini ajratish uchun buyurtmanomalarni Jamg‘armaga taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu buyurtmanomalar asosida Jamg‘arma pul mablag‘larini kelgusi davr uchun lizing tashkilotining tijorat bankidagi Jamg‘arma bilan hisob-kitoblar (23216) hisobvarag‘iga (keyingi o‘rinlarda amaliyot hisobvarag‘i deb ataladi) o‘tkazadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Lizing tashkiloti shartnomada belgilangan muddatda yetkazib beriladigan qishloq xo‘jaligi texnikasi qiymatining 80 foizi miqdorida ishlab chiqaruvchi korxonalar yoki ularning rasmiy dilerlariga amaliyot hisobvarag‘idan avans mablag‘ini to‘laydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Lizing tashkiloti tomonidan qishloq xo‘jaligi texnikasi lizingga rasmiylashtirilgandan keyin shartnoma shartlariga muvofiq lizing oluvchiga yetkazib beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Lizing tashkiloti qishloq xo‘jaligi texnikasini lizing oluvchiga yetkazib berganligini tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etgandan keyin qishloq xo‘jaligi texnikasi qiymatining qolgan yakuniy 20 foizi miqdoridagi pul mablag‘lari Jamg‘arma tomonidan lizing tashkilotining amaliyot hisobvarag‘iga o‘tkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Har oyda, kechi bilan oyning 5-kuni, lizing tashkiloti hizmat ko‘rsatuvchi tijorat bankiga oldingi oyda tuzilgan shartnomalar bo‘yicha lizing to‘lovi jadvali nusxalarini taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Lizing oluvchilar lizing shartnomalarida belgilangan muddatlarda va miqdorlarda lizing tashkilotlariga lizing to‘lovlari (asosiy qarz va foiz)ni to‘laydilar. To‘langan mablag‘lar to‘liq miqdorda amaliyot hisobvarag‘iga o‘tkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Lizing tashkilotlari tuzilgan qarz shartnomalariga muvofiq jalb etilgan qarz mablag‘lar bo‘yicha asosiy qarz va foizlarni shartnomada belgilangan muddatlarda Jamg‘armaga to‘lanishini ta’minlaydi. Lizing bo‘yicha foizlar Jamg‘arma, lizing tashkiloti va tijorat banki o‘rtasida tuziladigan Bosh bitimga muvofiq taqsimlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Lizing tashkiloti va tijorat banki Jamg‘arma mablag‘larining harakati, mablag‘lardan foydalanishi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni har oyning 5-kuniga, shuningdek, choraklik, yillik buxgalteriya hisobotlarini chorak tugagandan keyingi oyning 20-kuniga qadar Jamg‘armaga taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Lizing oluvchilar tomonidan majburiyatlar bajarilmaganda lizing tashkiloti, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda undirish choralarini ko‘radi. Undirilgan pul mablag‘lari lizing tashkilotining amaliyot hisobvarag‘iga o‘tkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Lizing tashkiloti va unga hizmat ko‘rsatuvchi tijorat banki va ularning hududiy filiallari rahbarlari, shuningdek, lizing oluvchilarning rahbarlari va bosh buxgalterlari Jamg‘arma mablag‘larini maqsadga muvofiq ishlatilmaganligi, hisob-kitob qilish tartibi buzilganligi uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar”.
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.07.2019-y., 09/19/578/3419-son; 16.01.2020-y., 09/20/25/0054-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 11.11.2021-y., 07/21/7/1058-son; 21.02.2022-y., 09/22/78/0151-son; 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son; 29.07.2022-y., 07/22/335/0685-son; 06.08.2022-y., 09/22/431/0716-son; 03.03.2025-y., 09/25/135/0208-son; 30.08.2025-y., 09/25/549/0791-son)