13.09.2018 yildagi -son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan
Belarus Respublikasi Hukumati oʻrtasida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bojxona ishlarida hamkorlik va oʻzaro yordam toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bitim
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati va Belarus Respublikasi Hukumati, keyingi oʻrinlarda “Ahdlashuvchi Tomonlar” deb ataluvchilar,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kontrabanda va bojxona qonunchiligining buzilishi oʻz davlatlarining moliyaviy, savdo, iqtisodiy va ijtimoiy manfaatlariga ziyon yetkazishidan, shuningdek, milliy xavfsizligiga tahdid solishidan kelib chiqib,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovarlarni olib kirish va olib chiqishda undiriladigan bojxona bojlari, soliqlar va yigʻimlarni toʻgʻri hisoblashni hamda undirishni taʼminlash, shuningdek, ularga nisbatan taqiqlash, cheklash va nazorat qilishga doir shartlarning belgilangan tartibda ijrosini taʼminlash muhimligini inobatga olib,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ahdlashuvchi Tomonlarning bojxona organlari oʻrtasida yaqindan hamkorlik orqali bojxona huquqbuzarliklari bilan kurashishni yanada samarali amalga oshirish mumkinligini anglagan holda,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1953-yil 5-dekabrdagi Bojxona hamkorligi kengashining oʻzaro maʼmuriy yordam toʻgʻrisidagi Tavsiyalarini eʼtiborga olib,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1961-yil 30-martdagi Giyohvandlik vositalari toʻgʻrisidagi Yagona konvensiya va 1972-yil 25-martda qabul qilingan 1961-yildagi Giyohvandlik vositalari toʻgʻrisidagi Yagona konvensiyaga tuzatishlar toʻgʻrisidagi Protokol, 1971-yil 21-fevraldagi Psixotrop moddalar toʻgʻrisidagi Konvensiya, shuningdek, 1988-yil 20-dekabrdagi Birlashgan Millatlar Tashkilotining Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarning noqonuniy muomalasiga qarshi kurashish toʻgʻrisidagi Konvensiyasining qoidalarini eʼtiborga olib,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
quyidagilar toʻgʻrisida kelishib oldilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-modda
Taʼriflar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Bitim maqsadlarida qoʻllaniladigan atamalar quyidagilarni anglatadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bojxona qonunchiligi — tovarlar, yoʻlovchilarning qoʻl va bagaj yuklari, valyuta va boshqa boyliklari, xalqaro pochta joʻnatmalarini olib kirish, olib chiqish va tranzit olib oʻtish, bojxona boji, yigʻimlari hamda boshqa toʻlovlarni undirish, bojxona toʻlovlari boʻyicha imtiyozlar berishni, taqiq va cheklovlar oʻrnatishni tartibga soluvchi hamda qoʻllanilishi va amal qilishini taʼminlash bevosita Ahdlashuvchi Tomonlarning bojxona organlari zimmasiga yuklatilgan Ahdlashuvchi Tomonlar davlatlarining normativ- huquqiy hujjatlari majmui;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bojxona huquqbuzarligi — bojxona qonunchiligining har qanday buzilishi yoxud uni buzishga har qanday urinish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bojxona organlari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasida — Davlat bojxona qoʻmitasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belarus Respublikasida — Davlat bojxona qoʻmitasi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
soʻrayotgan bojxona organi — mazkur Bitimga muvofiq bojxona ishlarida koʻmaklashish toʻgʻrisida soʻrovnoma yoʻllaydigan bojxona organi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
soʻralayotgan bojxona organi — mazkur Bitimga muvofiq bojxona ishlarida koʻmaklashish toʻgʻrisida soʻrovnoma oladigan bojxona organi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
axborot — taqdim etish shaklidan qatʼi nazar shaxslar, predmetlar, faktlar, hodisalar va jarayonlar toʻgʻrisidagi har qanday maʼlumotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
giyohvandlik vositasi — 1961-yil 30-martdagi Giyohvandlik vositalari toʻgʻrisidagi Yagona konvensiyaning I va II Roʻyxatlariga keyingi oʻzgartirish va qoʻshimchalar bilan kiritilgan har qanday tabiiy yoki sintetik modda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
psixotrop modda — 1971-yil 21-fevraldagi Psixotrop moddalar toʻgʻrisidagi Konvensiyaning I, II, III va IV Roʻyxatlariga kiritilgan har qanday tabiiy yoki sintetik modda yoxud har qanday tabiiy material;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
prekursorlar — 1988-yil 20-dekabrdagi Birlashgan Millatlar Tashkilotining Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarning noqonuniy muomalasiga qarshi kurashish toʻgʻrisidagi Konvensiyasiga Ilovaning I va II jadvallariga kiritilgan har qanday modda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nazorat ostida yetkazib berish — noqonuniy muomalaga qaratilgan yoki bunda gumon qilinayotgan giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va ularning prekursorlarini, shuningdek, boshqa tovarlar olib oʻtilishida ishtirokchi boʻlgan yoxud bunda gumon qilinayotgan shaxslarni aniqlash maqsadida Ahdlashuvchi Tomonlarning vakolatli organlari ruxsati bilan hamda nazorati ostida ularni olib kirish, olib chiqish, tranzit olib oʻtishga ruxsat beruvchi uslub;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shaxsiy maʼlumotlar — aniqlangan yoki aniqlanayotgan jismoniy shaxsning shaxsini aniqlash imkonini beradigan maʼlumotlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-modda
Bitimning qoʻllanilish doirasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ahdlashuvchi Tomonlar oʻz davlatlarining bojxona organlari orqali mazkur Bitim qoidalariga muvofiq quyidagilar boʻyicha bir-birlariga oʻzaro yordam koʻrsatadilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) bojxona qonunchiligining lozim darajada qoʻllanilishini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) bojxona huquqbuzarligining oldini olish, surishtirish va unga qarshi kurashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) bojxona qonunchiligini qoʻllashga doir hujjatlarni taqdim etish va ular haqida xabar qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) mazkur Bitimni amalga oshirish uchun zarur boʻlgan boshqa axborot va maʼlumotlar almashish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur Bitim doirasidagi yordam, soʻralayotgan bojxona organi davlatining hududida amal qilayotgan qonunchilikka muvofiq, uning vakolati va imkoniyatlari doirasida amalga oshiriladi. Zarur boʻlganda, soʻralayotgan bojxona organi davlatining hududida amal qilayotgan qonunchilikka muvofiq, bojxona organlari yordam boshqa vakolatli organ tomonidan koʻrsatilishi uchun choralar koʻrishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-modda
Axborot taqdim etish va undan foydalanish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Bojxona organlari soʻrovnomaga asosan, quyidagilarni taʼminlashda yordam berishi mumkin boʻlgan axborotni bir-birlariga taqdim etadilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) bojxona organlari tomonidan bojxona bojlari, soliqlari, toʻlovlari va yigʻimlarini undirish, tovarlarning bojxona qiymati va ularning tarifli tasniflanishini aniqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) Ahdlashuvchi Tomonlar davlatlarining bojxona hududi orqali harakatlanadigan tovarlarga taalluqli taqiqlar va cheklashlarga amal qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) bir yoki ikkala Ahdlashuvchi Tomon tarafidan tuzilgan boshqa shartnomalarda belgilanmagan tovarlarning kelib chiqish milliy qoidalarini qoʻllash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Soʻralayotgan bojxona organi soʻralayotgan axborotga ega boʻlmagan taqdirda, soʻralayotgan bojxona organi davlatining hududida amal qilayotgan qonunchilikka muvofiq, u ushbu axborotni olish uchun tegishli choralarni koʻrishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Soʻralayotgan bojxona organi mazkur moddaning 2-bandida koʻrsatilgan axborotni oʻz nomidan harakat qilib, soʻrab oladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-modda
Tovarlarning harakatlanishi toʻgʻrisida axborot
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bojxona organlari soʻrovnomaga muvofiq bir-birlariga quyidagilarni tasdiqlovchi har qanday axborotni taqdim etadilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) Ahdlashuvchi Tomonlardan birining davlati bojxona hududiga olib kirilgan tovarlar boshqa Ahdlashuvchi Tomon davlati bojxona hududidan qonuniy olib chiqilganligini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) Ahdlashuvchi Tomonlardan birining davlati bojxona hududidan olib chiqilgan tovarlar boshqa Ahdlashuvchi Tomon davlati bojxona hududiga qonuniy olib kirilganligini, basharti bunday holatlar mavjud boʻlsa, bu tovarlarga qoʻllanilgan bojxona tartib- taomillarini koʻrsatgan holda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) Ahdlashuvchi Tomonlardan birining davlati bojxona hududidan imtiyozlar taqdim etilgan holda olib chiqilayotgan tovarlar boshqa Ahdlashuvchi Tomon davlati bojxona hududiga lozim tarzda olib kirilganligini, mazkur tovarlarga nisbatan qoʻllanilgan bojxona nazoratining choralari boʻyicha axborot taqdim etgan holda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-modda
Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va ularning prekursorlari noqonuniy muomalasi haqidagi axborotlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Bojxona organlari giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va ularning prekursorlari noqonuniy muomalasining oldini olish, uni bartaraf etish va giyohvandlik vositalarining noqonuniy muomalasini surishtirish boʻyicha harakatlarni faollashtirish maqsadida, bir-birlariga soʻrovnomalarsiz va qisqa muddatda quyidagilar toʻgʻrisida axborot taqdim qiladilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va ularning prekursorlari noqonuniy muomalasi bilan shugʻullanayotganligi maʼlum boʻlgan yoki bunda gumon qilinayotgan shaxslar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va ularning prekursorlari noqonuniy muomalasi uchun foydalanilayotganligi maʼlum boʻlgan yoki bunday foydalanishda gumon qilinayotgan transport vositalari va konteynyerlar, pochta va kuryerlik joʻnatmalari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Bojxona organlari giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va ularning prekursorlari noqonuniy muomalasida qoʻllanilayotgan usullar, shuningdek, ularni nazorat qilishning yangi uslublari toʻgʻrisida bir-birlarini dastlabki soʻrovsiz xabardor qiladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ushbu moddaning 1 va 2-bandlariga muvofiq bojxona organlari tomonidan olingan axborot Ahdlashuvchi Tomonning huquqni muhofaza qiluvchi organlariga hamda giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va ularning prekursorlari noqonuniy muomalasiga qarshi kurashish vakolatiga ega boʻlgan boshqa davlat organlariga taqdim etilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-modda
Boshqa axborotlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bojxona organlari oʻz tashabbusi yoki soʻrovnomaga muvofiq bir-birlariga bojxona huquqbuzarligi bilan bogʻliq boʻlgan, xususan, quyidagilarga taalluqli axborotlarni taqdim etadilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) bojxona huquqbuzarligini sodir etgan yoki boshqa Ahdlashuvchi Tomon davlati hududida amal qilayotgan bojxona qonunchiligini buzishda gumon qilinayotgan jismoniy va yuridik shaxslarga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) noqonuniy muomalada boʻlgan tovarlarga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) boshqa Ahdlashuvchi Tomon davlati hududidagi amaldagi bojxona qonunchiligini buzish maqsadida foydalanilgan, foydalanilayotgan yoki foydalanilishi mumkinligi toʻgʻrisida maʼlumot yoki shubhalar mavjud boʻlgan transport vositalari va konteynyerlarga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) bojxona huquqbuzarligini sodir etishning yangi usullari va vositalariga.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-modda
Hujjatlarni topshirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Bojxona organlari oʻz tashabbusi yoki soʻrovnomaga muvofiq bir-birlariga boshqa Ahdlashuvchi Tomon davlati hududida amal qilayotgan bojxona qonunchiligining buzilishiga olib keladigan yoki olib kelishi mumkin boʻlgan, rejalashtirilayotgan yoki amalga oshirilgan harakatlar toʻgʻrisidagi axborotni oʻzida ifodalagan guvohlik koʻrsatmalarining yozuvlari yoki hujjatlarning tasdiqlangan nusxalarini taqdim etadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur Bitim doirasida taqdim etiladigan hujjatlar ushbu maqsadlar uchun taqdim etilgan har qanday shakldagi kompyuter axboroti bilan ham almashtirilishi mumkin. Shu bilan birga, ushbu axborotni talqin qilish va foydalanish uchun zarur boʻlgan materiallar ham taqdim etilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8-modda
Bojxona rasmiyatchiliklarini soddalashtirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bojxona organlari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) oʻzaro kelishuv boʻyicha bojxona operatsiyalari (bojxona rasmiylashtiruvi)ning amalga oshirilishini tezlashtirish boʻyicha hamda bojxona nazorati samaradorligini oshirish boʻyicha, shu jumladan, xavfni boshqarish tizimini qoʻllagan holda zarur choralarni koʻradilar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) bir-birlarining bojxona identifikatsiya belgilarini (plombalar, muhr, shtamplar), bojxona hujjatlarini tan oladilar, zarurat tugʻilganda, tashilayotgan tovarlarga oʻzlarining bojxona taʼminlov belgilarini qoʻyadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9-modda
Tovarlar va transport vositalari ustidan maqsadli nazorat
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bir Ahdlashuvchi Tomon davlatining bojxona organi oʻz tashabbusi yoki boshqa Ahdlashuvchi Tomon davlatining bojxona organi soʻroviga binoan oʻz vakolatlari va imkoniyatlari doirasida, quyidagilar ustidan maqsadli nazoratni amalga oshiradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) tovarlar, soʻrayotgan bojxona organining axborotiga koʻra, bojxona huquqbuzarligini sodir etgan yoki bunda gumon qilinuvchi harakatlanayotgan shaxslar, shu jumladan, bunday shaxslar tomonidan tovarlarni soʻralayotgan bojxona organi davlati bojxona hududiga yoki ushbu hududdan tashqariga olib oʻtilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) soʻrayotgan bojxona organining axborotiga koʻra, uning davlati bojxona hududiga noqonuniy olib oʻtilgan, transport vositasida yoxud omborda boʻlgan tovarlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) soʻrayotgan bojxona organi tarafidan Ahdlashuvchi Tomonlardan birining davlati bojxona hududida bojxona huquqbuzarligini sodir etish uchun foydalanilganlikda gumon qilinayotgan transport vositalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) soʻrayotgan bojxona organi tarafidan Ahdlashuvchi Tomonlardan birining davlati bojxona hududida bojxona huquqbuzarligini sodir etish uchun foydalanilganlikda gumon qilinayotgan binolar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10-modda
Nazorat ostida yetkazib berish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Bojxona organlari oʻzaro kelishuvga koʻra, milliy qonunchilik bilan belgilab berilgan oʻz vakolatlari doirasida, bojxona qonunchiligi buzilishiga daxldor shaxslarni aniqlash maqsadida, nazorat ostida yetkazib berish usulidan foydalanishlari mumkin. Basharti nazorat ostida yetkazib berish usulini qoʻllash toʻgʻrisidagi qaror bojxona organi vakolatiga kirmasa, u buning uchun tegishli vakolatga ega boʻlgan milliy organ tomonidan bunday qaror qabul qilinishi masalasi yuzasidan tashabbus bilan chiqadi hamda u bilan hamkorlik qiladi yoki bu ishni bunday organga topshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ahdlashuvchi Tomonlar bojxona organlarining oʻzaro kelishuviga muvofiq amalga oshiriladigan nazorat ostida yetkazib berish uslubi qoʻllanilgan noqonuniy tovarlar partiyasi ushlab qolinishi va giyohvandlik vositalar hamda psixotrop moddalar olib qolinmasdan yoki olib qolinib, butunlay yoki qisman almashtirilgan holda oʻz harakatini davom ettirishga ijozat berilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Nazorat ostida yetkazib berishdan foydalanish toʻgʻrisidagi qaror har bir alohida holat uchun qabul qilinadi va zarur hollarda unda moliyaviy xarajatlarni tartibga solish yuzasidan kelishuvlar hisobga olinishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11-modda
Surishtiruv
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Soʻrovnomaga koʻra soʻralayotgan bojxona organi soʻrayotgan bojxona organi davlatining hududida amalda boʻlgan bojxona qonunchiligini buzayotgan yoki buzishi mumkin boʻlgan xatti-harakatlarga taalluqli surishtiruvni oʻtkazadi hamda surishtiruv natijalarini soʻrayotgan bojxona organiga maʼlum qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ushbu moddaning 1-bandida koʻrsatilgan surishtiruvlar soʻralayotgan bojxona organi davlatining hududida amalda boʻlgan qonunchilikka muvofiq amalga oshiriladi. Bunda soʻralayotgan bojxona organi oʻz nomidan harakat qilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Soʻralayotgan bojxona organi soʻrayotgan bojxona organining mansabdor shaxslariga surishtiruvlar oʻtkazilayotganda hozir boʻlish uchun ruxsat berishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Ahdlashuvchi Tomonlar davlatlaridan birining bojxona organi vakillari mazkur Bitim doirasida boshqa Ahdlashuvchi Tomon davlati hududida boʻlsalar, ular har qanday paytda ham oʻzlarining rasmiy vakolatlarini tasdiqlashga tayyor boʻlishlari lozim. Ular formali kiyim-boshda boʻlmasliklari va oʻzlari bilan qurol olib yurmasliklari lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12-modda
Ekspertlar va guvohlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ahdlashuvchi Tomon davlatlaridan birining bojxona organi soʻroviga koʻra, bojxona qonunchiligining buzilishi munosabati bilan boshqa Ahdlashuvchi Tomon davlatining bojxona organi oʻz mansabdor shaxslariga soʻrayotgan Ahdlashuvchi Tomonning vakolatli organlarida ular tomonidan oʻz xizmat majburiyatlarini bajarish paytida aniqlangan faktlar boʻyicha ekspert yoki guvoh sifatida ishtirok etishga, shuningdek, soʻralayotgan bojxona organi davlatining bojxona qonunchiligiga muvofiq dalillar taqdim etishga vakolat berishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Soʻrovnomada soʻralayotgan bojxona organining mansabdor shaxsi qaysi vakolatli organda, qaysi ish yuzasidan, qaysi bosqichda va kim sifatida ishtirok etishi aniq koʻrsatilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Zarurat boʻlganda, soʻralayotgan bojxona organi berilayotgan vakolatlarda oʻz mansabdor shaxsi koʻrsatma berishi va dalillar keltirishi mumkin boʻlgan chegarani aniq koʻrsatishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Ekspert yoki guvoh sifatida jalb qilinayotgan mansabdor shaxs, agar oʻz davlati yoki soʻrayotgan Ahdlashuvchi Tomon davlati qonunlariga muvofiq bunday huquq unga berilgan boʻlsa, guvohlik koʻrsatmasi yoki bayonot berishdan bosh tortish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13-modda
Axborot va hujjatlardan foydalanish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzaro yordam koʻrsatish doirasida olingan axborot, hujjat va boshqa maʼlumotlardan faqatgina mazkur Bitimni amalga oshirish maqsadlarida foydalaniladi va ularni taqdim etgan bojxona organining yozma roziligisiz oʻzgalarga taqdim etilishi hamda ulardan boshqa maqsadlarda foydalanilishi mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur Bitimga muvofiq har qanday shaklda taqdim qilingan barcha axborot maxfiylik xususiyatiga ega boʻlishi lozim. Unga xizmat siri rejimi kafolatlangan boʻlishi hamda bunday axborotni olgan Ahdlashuvchi Tomon davlati hududida amal qiluvchi qonunchilikka muvofiq oʻxshash axborot va hujjatlar uchun mavjud boʻlgan himoya bilan taʼminlangan boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ushbu moddaning 1-bandi qoidalari bojxona qonunchiligining buzilishi bilan bogʻliq qoʻzgʻatilgan har qanday sud yoki maʼmuriy ishlarni olib borish davomida axborot, hujjatlar va boshqa maʼlumotlardan foydalanishni cheklamaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Mazkur Bitim maqsadlariga muvofiq va uning qoʻllanilishi doirasida bojxona organlari quyidagi hollarda axborot va hujjatlardan dalillar sifatida foydalanishlari mumkin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) ular bayonnomalar, hisobotlar va guvohlik koʻrsatmalarida keltirilgan boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) ishlarni koʻrib chiqishda va sud ishlarini koʻrishda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) ular bojxona tekshiruvlarini oʻtkazish toʻgʻrisidagi dalolatnomalarda keltirilgan boʻlsa.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunday axborot va hujjatlardan sud organlarida dalil sifatida foydalanish va ularning dalil kuchi milliy qonunchilikka muvofiq belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14-modda
Shaxsiy maʼlumotlarning muhofazasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Bitimga muvofiq shaxsiy maʼlumotlar taqdim etilganda, Ahdlashuvchi Tomonlar oʻzlarining milliy qonunchiligiga muvofiq va mazkur Bitimning 13-moddasi 2-bandi qoidalarini hisobga olgan holda, ushbu maʼlumotlarning muhofazasini taʼminlaydilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15-modda
Taqdim etish va xabardor qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soʻralayotgan bojxona organi soʻrovnomaga asosan va oʻz davlati hududida amalda boʻlgan qonunchilikka muvofiq, soʻrayotgan bojxona organining mazkur Bitim doirasiga taalluqli hujjatlari va qarorlari toʻgʻrisida soʻralayotgan bojxona organi davlatida boʻlgan yoki tashkil etilgan manfaatdor jismoniy yoki yuridik shaxsni xabardor etadi yoki ularni bunday shaxsga taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16-modda
Soʻrovnomaning shakli va mazmuni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Bitimga muvofiq yuborilgan soʻrovnomalar, yozma shaklda rus tilida bayon etilishi lozim. Soʻrovnomalarni bajarish uchun zarur boʻlgan hujjatlar ularga ilova qilinishi mumkin. Kechiktirib boʻlmaydigan holatlarda ogʻzaki soʻrovnoma qabul qilinishi mumkin, ammo u darhol bojxona organi rahbari yoxud rahbar oʻrinbosari imzosi bilan yozma shaklda tasdiqlanishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur Bitimga muvofiq yuborilgan soʻrovnomalarda quyidagi maʼlumotlar aks ettirilishi lozim:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) soʻrayotgan bojxona organi va soʻralayotgan bojxona organining nomi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) mazkur Bitimga havola;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) soʻrovnomaning predmeti va sababi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) ishga aloqador normativ-huquqiy hujjatlarga, shuningdek, boshqa hujjatlarga havolalar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) tekshiruv oʻtkazilayotgan shaxslar toʻgʻrisidagi aniq va toʻliq maʼlumotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) ishga taalluqli holatlar bayoni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
j) soʻralayotgan axborotlar roʻyxati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
z) bojxona organi rahbari yoxud rahbar oʻrinbosari imzosi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Soʻrovnoma u olingandan boshlab bir oydan oshmagan muddatda ijro etiladi. Soʻrovnomani ijro etish muddatini ikki haftagacha qisqartirish zarurati boʻlganda, soʻrovnoma matnida bunday qisqartirish sababini koʻrsatgan holda alohida shart nazarda tutiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Basharti soʻrovnoma uni rasmiylashtirish boʻyicha talablarga mos boʻlmasa, bunday soʻrovnomani toʻgʻirlash yoki qayta ishlash talab qilinishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17-modda
Yordam koʻrsatish boʻyicha majburiyatlardan istisnolar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Agar soʻralayotgan bojxona organi soʻrovnomani bajarish oʻz davlatining suvereniteti, jamoat tartibi, xavfsizligi yoki boshqa muhim manfaatlariga zarar yetkazadi yoxud ishlab chiqarish, tijorat yoki kasbga oid sirlarning oshkor boʻlishiga olib keladi deb hisoblasa, bunday holda soʻrovnomani bajarish rad etilishi, soʻrovnoma qisman bajarilishi yoki muayyan talab yoki shartlarga rioya etilgan holda bajarilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Basharti soʻrovnomani bajarish mumkin boʻlmasa, u holda soʻrayotgan bojxona organi bu haqida sabablar koʻrsatilgan holda kechiktirmasdan xabardor etilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Basharti soʻrayotgan bojxona organi soʻrovnoma yuborsa, ammo shu kabi soʻrovnoma soʻralayotgan bojxona organidan kelib tushgan taqdirda oʻzi bunday yordam koʻrsata olmasa, u holda mazkur organ soʻrovnomada bu holatni koʻrsatishi lozim. Bunday soʻrovnomani bajarish soʻralayotgan bojxona organi ixtiyoriga qoldiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18-modda
Xarajatlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ahdlashuvchi Tomonlar mazkur Bitimni bajarish bilan bogʻliq xarajatlarni qoplash boʻyicha barcha talablarni rad etadilar, ekspertlar, guvohlar xizmati, ogʻzaki va yozma tarjimonlar xizmati uchun haq toʻlash yuzasidan xarajatlarni undirish bundan mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19-modda
Bitimni amalga oshirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Bitimni amalga oshirish bojxona organlari zimmasiga yuklanadi, ular mazkur Bitimni amalga oshirish uchun zarur boʻlgan aniq tadbirlarni oʻzaro kelishib oladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Bojxona organlari oʻzlarining huquqni muhofaza qiluvchi boʻlinmalari oʻrtasida bevosita aloqalar oʻrnatishni nazarda tutishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Mazkur Bitim qoidalarini qoʻllash maqsadida, bojxona organlari oʻz vakolatlari doirasida oʻzaro qiziqish uygʻotadigan masalalar boʻyicha, shu jumladan, ishlab chiqilgan va kelishilgan texnik shartlar asosida axborot almashish haqida alohida idoralararo xususiyatdagi xalqaro shartnomalar (hujjatlar) tuzishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20-modda
Bitimning hududiy amal qilishi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Bitim Ahdlashuvchi Tomonlar davlatlari hududida qoʻllaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21-modda
Nizolarni hal etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Bitim qoidalarini talqin qilish va qoʻllashda yuzaga keladigan har qanday nizo va kelishmovchiliklar Ahdlashuvchi Tomonlar oʻrtasida muzokara va maslahatlashuvlar orqali hal etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22-modda
Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ahdlashuvchi Tomonlarning oʻzaro kelishuviga koʻra mazkur Bitimga uning ajralmas qismi hisoblanadigan va alohida bayonnomalar bilan rasmiylashtiriladigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23-modda
Bitimning kuchga kirishi va amal qilish muddati
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Bitim Ahdlashuvchi Tomonlar uning kuchga kirishi uchun zarur boʻlgan davlat ichki protseduralarini bajarganliklari toʻgʻrisida diplomatik kanallar orqali oxirgi yozma xabarnoma olingan sanadan boshlab oltmish kundan soʻng kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur Bitim nomuayyan muddatga tuziladi va Ahdlashuvchi Tomonlardan biri diplomatik kanallar orqali uning amal qilishini tugatish niyati toʻgʻrisida yozma xabarnoma yuborish orqali tugatishi mumkin. Mazkur holatda ushbu Bitimning amal qilishi bunday xabarnoma olingan sanadan boshlab olti oy oʻtgach tugatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent shahrida 2018-yil 13-sentabrda ikki asl nusxada, har biri oʻzbek va rus tillarida tuzildi, bunda barcha matnlar bir xil kuchga ega. Mazkur Bitim qoidalarini talqin qilishda kelishmovchiliklar yuzaga kelgan taqdirda, rus tilidagi matn ustuvor hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(imzolar)