Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining
Qarori
Tijorat banklari tomonidan yosh oilalarga imtiyozli asosda kreditlar berish tartibi toʻgʻrisida nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2019-yil 4-iyulda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1697-5]
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2019-yil 13-dekabrdagi 30/12-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan qabul qilingan ayrim normativ-huquqiy hujjatlarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 3208, 30.12.2019-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi Qonuniga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 21-maydagi PF-5723-son “Mehnatga haq toʻlash, pensiyalar va boshqa toʻlovlar miqdorlarini aniqlash tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi Farmoniga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2007-yil 9-iyundagi 17/2-son qarori (roʻyxat raqami 1697, 2007-yil 18-iyul) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 29-30-son, 308-modda) bilan tasdiqlangan Tijorat banklari tomonidan yosh oilalarga imtiyozli asosda kreditlar berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qaror 2019-yil 1-sentabrdan eʼtiboran kuchga kiradi.
Markaziy bank raisi M. NURMURATOV
Toshkent sh.,
2019-yil 22-iyun,
14/17-son
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2019-yil 22-iyundagi 14/17-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Tijorat banklari tomonidan yosh oilalarga imtiyozli asosda kreditlar berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. 1-bandning toʻrtinchi xatboshisidagi “eng kam oylik ish haqining” degan soʻzlar “bazaviy hisoblash miqdorining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
2. 12-bandning ikkinchi va uchinchi xatboshilaridagi “eng kam oylik ish haqining” degan soʻzlar “bazaviy hisoblash miqdorining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.07.2019-y., 10/19/1697-5/3378-son)