O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining2019-yil 25-martdagi 244-son “O‘zbekiston Respublikasiga xorijdan ishchi kuchini jalb qilish va undan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
1. O‘zbekiston Respublikasi mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirining 2004-yil 4-avgustdagi 81-son “O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga chet elda mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun ruxsatnomalar berish (amal qilish muddatini uzaytirish), yuridik shaxslarga xorijiy ishchi kuchini jalb qilish uchun ruxsatnomalar berish (amal qilish muddatini uzaytirish) va xorijiy fuqarolarga O‘zbekiston Respublikasi hududida mehnat faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi tasdiqnomalari berish (amal qilish muddatini uzaytirish) uchun tariflarni tasdiqlash to‘g‘risida”gi buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1398, 2004-yil 16-avgust) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2004y., 33-son, 377-modda) o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilsin.