O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining
buyrug‘i
Pochta aloqasi xizmatlarini ko‘rsatish qoidalariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2019-yil 1-iyulda ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 2219-11]
O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 23-maydagi O‘RQ-542-son “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga jinoyat protsessi ishtirokchilarining huquqlari himoya qilinishini ta’minlash bilan bog‘liq o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonuniga va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 21-maydagi PF-5723-son “Mehnatga haq to‘lash, pensiyalar va boshqa to‘lovlar miqdorlarini aniqlash tartibini takomillashtirish to‘g‘risida”gi Farmoniga muvofiq buyuraman:
1. O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi bosh direktorining 2011-yil 22-fevraldagi 1-yu-son buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2219, 2011-yil 18-aprel) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2011-y., 16-son, 167-modda) bilan tasdiqlangan Pochta aloqasi xizmatlarini ko‘rsatish qoidalariga ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Vazir Sh.SADIKOV
Toshkent sh.,
2019-yil 20-iyun,
199-mx-son
O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining 2019-yil 20-iyundagi 199-mx-son buyrug‘iga
ILOVA
ILOVA
Pochta aloqasi xizmatlarini ko‘rsatish qoidalariga kiritilayotgan o‘zgartirishlar
1. 97-banddagi “eng kam oylik ish haqining” degan so‘zlar “bazaviy hisoblash miqdorining” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
2. 100-bandning birinchi va ikkinchi xatboshisidagi “eng kam ish haqi miqdorining” degan so‘zlar “bazaviy hisoblash miqdorining” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
3. 101-banddagi “Davlat veterinariya qo‘mitasi” degan so‘zlar “Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
4. 107-bandning “a” va “b” kichik bandlaridagi hamda 125-bandning “a” va “b” kichik bandlaridagi “eng kam oylik ish haqining” degan so‘zlar “bazaviy hisoblash miqdorining” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
5. 3-ilovaning 3-bandi “v” kichik bandida:
ikkinchi xatboshidagi “Intellektual mulk agentligi” degan so‘zlar “Adliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk agentligi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
oltinchi xatboshining o‘zbekcha matnidagi “idoralari” degan so‘z “organlari” degan so‘z bilan almashtirilsin;
yettinchi xatboshidagi “Davlat veterinariya qo‘mitasi” degan so‘zlar “Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 01.07.2019-y., 10/19/2219-11/3355-son)