20.06.2019 yildagi 517-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xorijiy fuqarolarni Oʻzbekiston Respublikasi taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilish va oʻqitish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish kiritish haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oliy taʼlim muassasalarida taʼlim sifatini oshirish va ularning mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda faol ishtirokini taʼminlash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2018-yil 5-iyundagi PQ-3775-son qaroriga muvofiq hamda respublika oliy taʼlim muassasalariga xorijiy fuqarolarni oʻqishga qabul qilish tizimini soddalashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 4-avgustdagi 169-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2008-y., 8-son, 42-modda) bilan tasdiqlangan Xorijiy fuqarolarni Oʻzbekiston Respublikasi taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilish va oʻqitish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 11 va 12-bandlari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“11. Oliy taʼlim muassasalariga umumiy oʻrta yoki oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi maʼlumotiga muvofiq boʻlgan maʼlumotga ega xorijiy fuqarolar qabul qilinishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Xorijiy fuqarolar oliy taʼlim muassasalari bakalavriatiga oliy taʼlim muassasasi tomonidan belgilanadigan tartibda oʻtkaziladigan suhbat natijasiga koʻra qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilangan tartibda taqdim etilgan suhbat natijalari Oʻzbekiston Respublikasi taʼlim muassasalariga qabul qilish boʻyicha davlat komissiyasi tomonidan koʻrib chiqiladi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining xorijiy fuqarolarni oliy taʼlim muassasasiga oʻqishga qabul qilish yuzasidan qaror qabul qilishi uchun asos hisoblanadi. Oʻzbekiston Respublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirining buyrugʻi asosida oliy taʼlim muassasalari rahbarlari oʻqishga qabul qilish toʻgʻrisida tegishli buyruq chiqaradilar”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari A.A. Abduxakimov hamda oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri I.U. Madjidov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2019-yil 20-iyun,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
517-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 21.06.2019-y., 09/19/517/3320-son)