20.06.2019 yildagi 516-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Osiyo taraqqiyot banki ishtirokida “Toshkent viloyatining shahar va tumanlarida suv ta’minoti hamda kanalizatsiya tizimini rekonstruksiya qilish va qurish (2 bosqich)” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent viloyatining Yangiyo‘l va Chinoz tumanlarida aholi va xo‘jalik yurituvchi subyektlarni sifatli ichimlik suv bilan ta’minlashni yanada yaxshilash, shuningdek, Osiyo taraqqiyot banki bilan hamkorlikni kengaytirish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Quyidagilar ma’lumot uchun qabul qilinsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2019-yil 4-mayda O‘zbekiston Respublikasi va Osiyo taraqqiyot banki (keyingi o‘rinlarda OTB deb ataladi) o‘rtasida “Toshkent viloyatining shahar va tumanlarida suv ta’minoti hamda kanalizatsiya tizimini rekonstruksiya qilish va qurish (2 bosqich)” loyihasini (keyingi o‘rinlarda loyiha deb ataladi) amalga oshirish uchun qiymati 105,3 million AQSh dollari miqdorida qarz bitimi imzolandi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
loyihani amalga oshirishda O‘zbekiston Respublikasining ulushi soliq va bojxona imtiyozlarini taqdim etish ko‘rinishida 19,4 million AQSh dollari ekvivalentini tashkil etadi;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
loyihani amalga oshirish muddati 8 yil (2019 — 2026 yy.) etib belgilangan.
(1-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 19-avgustdagi 517-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 20.08.2024-y., 09/24/517/0632-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Toshkent viloyatining shahar va tumanlarida suv ta’minoti hamda kanalizatsiya tizimini rekonstruksiya qilish va qurish (2 bosqich)” loyihasini texnik-iqtisodiy asoslashning asosiy texnik-iqtisodiy parametrlari 1-ilovaga* muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Toshkent viloyatining shahar va tumanlarida suv ta’minoti hamda kanalizatsiya tizimini rekonstruksiya qilish va qurish (2 bosqich)” loyihasi bo‘yicha OTB qarz mablag‘larini qaytarish va foizlarni to‘lash prognoz jadvali 2-ilovaga* muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Toshkent viloyatining shahar va tumanlarida suv ta’minoti hamda kanalizatsiya tizimini rekonstruksiya qilish va qurish (2 bosqich)” loyihasi doirasida OTB qarz mablag‘lari bo‘yicha xizmat ko‘rsatish bilan bog‘liq xarajatlarni qoplash yuzasidan ulushlar taqsimotining prognozi 3-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* 1 — 3-ilovalar rus tilidagi matnda berilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Belgilab qo‘yilsinki:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“O‘zsuvta’minot” aksiyadorlik jamiyati (keyingi o‘rinlarda “O‘zsuvta’minot” AJ deb ataladi), Toshkent viloyati hokimligi va “Toshkent viloyati suv ta’minoti” MChJ loyihaning amalga oshirilishi va OTB qarz mablag‘laridan maqsadli hamda samarali foydalanish uchun mas’ul ijro etuvchi organlar hisoblanadi;
(3-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 29-dekabrdagi 786-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.12.2021-y., 09/21/786/1216-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
loyihani amalga oshirish davrida OTB qarzi bo‘yicha foizlar OTB qarz mablag‘lari hisobidan to‘lanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OTB qarz mablag‘larini qaytarish va loyihani amalga oshirish yakunlangandan so‘ng foizlarni to‘lash bilan bog‘liq xarajatlar 2024-yildan boshlab, Toshkent viloyati “Suvoqava” DUK mablag‘lari va yetishmagan qismi bo‘yicha Toshkent viloyatining mahalliy budjeti hisobidan ushbu qarorga 3-ilovaga muvofiq prognozga asosan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Quyidagilarga:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi moliya vaziriga O‘zbekiston Respublikasi, “O‘zsuvta’minot” AJ, Toshkent viloyati hokimligi va “Toshkent viloyati suv ta’minoti” MChJ o‘rtasida OTB qarz mablag‘larini qayta kreditlash bitimini (keyingi o‘rinlarda qayta kreditlash to‘g‘risida bitim deb ataladi) imzolash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“O‘zsuvta’minot” AJ boshqaruv raisi va “Toshkent viloyati suv ta’minoti” MChJ direktoriga OTB bilan loyiha bitimini va qayta kreditlash bitimini imzolash;
(4-bandning ikkinchi va uchinchi xatboshilari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 29-dekabrdagi 786-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.12.2021-y., 09/21/786/1216-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent viloyati hokimiga qayta kreditlash bitimini imzolash vakolati berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi belgilangan tartibda qarz bitimi hamda qayta kreditlash to‘g‘risidagi bitim bo‘yicha yuridik xulosa bersin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. O‘zbekiston Respublikasi uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vaziri, “O‘zsuvta’minot” AJ boshqaruv raisi va Toshkent viloyati hokimiga:
(6-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 29-dekabrdagi 786-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.12.2021-y., 09/21/786/1216-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tasdiqlangan texnik-iqtisodiy asoslash parametrlariga muvofiq loyihaning o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirilishini ta’minlaydigan tashkiliy-texnik tadbirlar o‘tkazilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OTB qarz mablag‘laridan maqsadli foydalanish va qayta kreditlash to‘g‘risidagi bitimga muvofiq OTB qarz mablag‘larini qaytarish va qarz bo‘yicha foizlarni to‘lash uchun zarur bo‘lgan mablag‘lar Toshkent viloyati “Suvoqava” DUKda o‘z vaqtida jamlanib borilishini ta’minlash uchun shaxsiy javobgarlik yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Toshkent viloyati hokimligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
suv inshootlari va tarmoqlarini qurish uchun zarur bo‘lgan yer uchastkalari belgilangan tartibda ajratilishini ta’minlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2024-yildan boshlab, Toshkent viloyati mahalliy budjeti parametrlarida OTB qarz mablag‘lari bo‘yicha foizlarni to‘lash va asosiy qarzni qaytarish uchun Toshkent viloyati “Suvoqava” DUKning ushbu maqsadlarga yo‘naltiriladigan o‘z mablag‘lariga qo‘shimcha ravishda mablag‘larni nazarda tutsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. “O‘zsuvta’minot” AJga loyihani muvofiqlashtirish va boshqarish vazifasi yuklansin.
(8-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 29-dekabrdagi 786-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.12.2021-y., 09/21/786/1216-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Moliya vazirligi 2020-yil va keyingi yillar uchun mo‘ljallangan O‘zbekiston Respublikasi Investitsiya dasturlariga loyihaning belgilangan tartibda kiritilishini ta’minlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari — transport vaziri A.J. Ramatov, Bosh vazirning investitsiyalar va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari E.M. Ganiyev va O‘zbekiston Respublikasi uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vaziri M.X. Saliyev zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2019-yil 20-iyun,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
516-son
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 21.06.2019-y., 09/19/516/3318-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.12.2021-y., 09/21/786/1216-son; 20.08.2024-y., 09/24/517/0632-son)