Hujjat kuchini yo‘qotgan 24.07.2021 13.04.2019 yildagi PQ-4286-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 24.07.2021
Hujjat 13.04.2019 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Surxondaryo viloyatida 900 MVt quvvatga ega kombinatsiyalangan siklli issiqlik elektr stansiyasining qurilishi” investitsiya loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Koʻchirma]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 24-iyuldagi PQ-5193-sonli “Surxondaryo viloyatida quvvati 1500-1600 MVt boʻlgan bugʻ-gaz elektr stansiyasi qurilishini tashkil etish boʻyicha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mamlakatimizning energetika tarmogʻini jadal rivojlantirish, uning raqobatbardoshligini oshirish, shuningdek elektr energiyasini ishlab chiqarishning yangi quvvatlarini qurishga toʻgʻridan toʻgʻri xorijiy investitsiyalarni faol jalb qilishni taʼminlash maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasining Turkiya Respublikasi bilan hamkorligi doirasida Energetika vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Moliya vazirligi huzuridagi Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligi tomonidan “Yildirim Enerji Nolding A.Ş” (Turkiya) kompaniyasi (keyingi oʻrinlarda — investor) bilan Surxondaryo viloyatida 900 MVt quvvatli kombinatsiyalangan siklli issiqlik elektr stansiyasini qurish loyihasini (keyingi oʻrinlarda — investitsiya loyihasi) amalga oshirish toʻgʻrisida kelishuvga erishilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Moliya vazirligi huzuridagi Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligining:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) investor kafolati asosida jalb qilinadigan toʻgʻridan toʻgʻri xorijiy investitsiya va kreditlar hisobiga moliyalashtirish orqali Surxondaryo viloyatida 900 MVt umumiy quvvatli kombinatsiyalangan siklli issiqlik elektr stansiyasini qurish hamda uni elektr energiyasini sotib olish toʻgʻrisida kelishuv kuchga kirgan kundan boshlab 36 oy mobaynida foydalanishga topshirish toʻgʻrisidagi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) “Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ va investor oʻrtasida elektr energiyasini sotib olish toʻgʻrisida kelishuvni 30 yil muddatga tuzish toʻgʻrisidagi takliflariga rozilik berilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi investitsiya loyihasi doirasida ishlab chiqarilgan elektr energiyasining uch oylik sotib olish hajmini qoplash uchun “Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJga foizsiz budjet ssudasi ajratilishini koʻzda tutsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
investitsiya loyihasini amalga oshirish uchun investitsiya kelishuvini investor bilan Oʻzbekiston Respublikasi nomidan belgilangan tartibda tuzsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
investitsiya kelishuvi tuzilgandan soʻng ikki hafta muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligi bilan birgalikda investitsiya loyihasini amalga oshirish boʻyicha tarmoq jadvalini tasdiqlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligiga Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi bilan birgalikda investitsiya loyihasini amalga oshirish doirasida investor bilan tuziladigan kelishuvlar va kontraktlarni tayyorlashda koʻmaklashish va ekspertiza qilish uchun “White & Case” xalqaro yuridik kompaniyasini toʻgʻridan toʻgʻri muzokaralar orqali jalb qilishga ruxsat berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Surxondaryo viloyati hokimligi Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi bilan birgalikda bir oy muddatda investorga investitsiya loyihasini amalga oshirish muddatiga teng davrga foydalanish uchun bepul asosda yer uchastkasining belgilangan tartibda ajratilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligi, Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi, Transport vazirligi investitsiya loyihasini amalga oshirish uchun ajratiladigan yer uchastkasi chegarasi oldiga zarur boʻlgan muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari, shu jumladan suv taʼminoti, gaz taʼminoti, elektr energiyasi taʼminoti va kanalizatsiya oʻtkazib berilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Investitsiya loyihasini amalga oshirish doirasida, istisno tariqasida quyidagilar ozod etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) 2023-yil 1-yanvarga qadar belgilangan tartibda shakllantiriladigan roʻyxatlar boʻyicha chetdan olib kelinadigan, shu jumladan “vaqtincha olib kirish” bojxona rejimida olib kiriladigan Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydigan materiallar, uskuna, maxsus va transport texnikalari, ularning ehtiyot qismlari, priborlar va asboblar, texnik va loyiha hujjatlari, dasturiy taʼminot — bojxona toʻlovlaridan (bojxona yigʻimlaridan tashqari);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) import qilinadigan materiallar, mashina va mexanizmlar, butlovchi buyumlar va uzellar, texnologik jihoz, priborlar, ehtiyot qismlar, asboblar — respublikada akkreditatsiyadan oʻtgan tegishli sinov laboratoriyalari mavjud boʻlmagan holda majburiy sertifikatsiya amaliyotidan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Investorga 2020-yil 1-avgustga qadar, istisno tariqasida, investitsiya loyihasini amalga oshirish doirasida loyihalash ishlarini va moliyalashtirishni qurilish-montaj ishlari bilan parallel ravishda olib borishga ruxsat berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi investitsiya loyihasini amalga oshirish doirasida loyiha-smeta hujjatlarining davlat ekspertizasini hamda qurilish-montaj ishlarining sifatli bajarilishi ustidan tegishli darajadagi davlat arxitektura-qurilish nazoratini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi investorning buyurtmanomalariga koʻra investitsiya loyihasini amalga oshirishda qatnashuvchi xorijiy mutaxassislarga kirish vizalarini konsullik va boshqa yigʻimlarni undirmagan holda belgilangan tartibda rasmiylashtirilishi va muddati uzaytirilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi investorning buyurtmanomalari koʻra investitsiya loyihasini amalga oshirishda qatnashuvchi xorijiy mutaxassislarga koʻp martalik vizalar berilishi va muddati uzaytirilishini, shuningdek, ularning vaqtincha yashash joyi boʻyicha vaqtinchalik propiska qilinishi hamda muddati uzaytirilishini davlat bojini undirmagan holda belgilangan tartibda taʼminlasin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari E.M. Gʻaniyev va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining maslahatchisi A.S. Sultanov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2019-yil 13-aprel,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-4286-son