14.05.2019 yildagi PQ-4320-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Baxshichilik san’atini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalqimizning milliy o‘zligini, qadimiy tarixi va tilini, uning hayot tarzi, an’ana va urf-odatlarini o‘zida mujassam etadigan, umumbashariy madaniyatning ajralmas qismi sifatida tan olingan baxshichilik san’ati atoqli baxshi-shoirlarimiz, folklorshunos olimlarimizning fidoyi mehnati, ijodiy tafakkuri bilan asrlardan asrlarga o‘tib kelmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalqimizning yuksak badiiy dahosi bilan yaratilgan ushbu noyob san’atni asrab-avaylash va rivojlantirish bo‘yicha mamlakatimizda muayyan ishlar amalga oshirilmoqda. Bu borada yurtimizda “Alpomish” dostonining ming yilligi keng nishonlangani, Termiz shahrida bu ulug‘ badiiy obida sharafiga, Samarqand shahrida atoqli baxshilarimiz xotirasiga bag‘ishlangan yodgorlik majmualari bunyod etilgani, davlatimiz tomonidan “O‘zbekiston Respublikasi xalq baxshisi” faxriy unvoni ta’sis qilinganini qayd etish lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bugungi kunda Termiz shahrida baxshichilik maktabi, respublikamizdagi bolalar musiqa va san’at maktablarida folklor sinflari faoliyat ko‘rsatmoqda. Yurtimizda ko‘p tomlik “Qoraqalpoq folklori” to‘plamlari chop etildi, 100 tomlik “O‘zbek xalq ijodi yodgorliklari” majmuasi nashr etilmoqda. Baxshi-shoirlar tomonidan ijro etilayotgan asarlarni yozib olish, ularni ilmiy o‘rganish ishlari davom etmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yaqinda Termiz shahrida ilk bor o‘tkazilgan Xalqaro baxshichilik san’ati festivali xalqaro miqyosdagi yirik madaniy hodisa sifatida keng e’tirof etilgani alohida e’tiborga loyiq.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ayni vaqtda hozirgi globallashuv davrida, tijorat vositasiga aylangan “ommaviy madaniyat”, shou-biznesning salbiy ta’siri tobora kuchayib borayotgan bir sharoitda folklor san’atiga e’tibor va qiziqish susayib borayotgani, ko‘p joylarda unutilib, himoya va muhofazaga muhtoj bo‘lib turgani kuzatilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalqimiz madaniyatining hayotbaxsh sarchashmasi bo‘lgan baxshichilik san’atini yanada rivojlantirish, uning milliy madaniyatimiz va san’atimizdagi o‘rni va ahamiyatini yuksaltirish, yosh avlodni milliy o‘zlikni anglash, Vatanga sadoqat, tarixiy merosga hurmat ruhida tarbiyalash maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, Fanlar akademiyasi, Yozuvchilar uyushmasi va Surxondaryo viloyati hokimligining Termiz shahrida davlat muassasasi shaklida Respublika Baxshichilik san’ati markazini (keyingi o‘rinlarda — Markaz) hamda uning huzurida yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lgan Baxshichilik san’atini rivojlantirish jamg‘armasini (keyingi o‘rinlarda — Jamg‘arma) tashkil etish haqidagi takliflari ma’qullansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Markazning asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
baxshichilik san’atining ilmiy-nazariy va amaliy asoslarini chuqur o‘rganish va mustahkamlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sohada shakllangan ijodiy maktablarning o‘ziga xos ijro uslublari, “ustoz–shogird” an’analarini qayta tiklash va rivojlantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
baxshi-shoirlar, folklorshunos olimlar, o‘qituvchi va mutaxassislarning ijodiy va ilmiy faoliyatini qo‘llab-quvvatlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
madaniyat markazlari, bolalar musiqa va san’at maktablari va boshqa ta’lim muassasalari qoshida baxshichilik san’ati to‘garaklarini tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
baxshi-shoirlar ijodiga keng yo‘l ochib berish, ommaviy bayramlar va madaniy tadbirlarda ularning faol ishtirokini ta’minlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
baxshichilik san’atining sara namunalarini to‘plash va fondini yaratish, ularning audio va video variantlarini ko‘paytirish, bu sohani yurtimizda va dunyoda keng targ‘ib etish uchun axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan, televideniye va Internet imkoniyatlaridan samarali foydalanish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
baxshichilik san’ati yo‘nalishida xalqaro hamkorlikni kuchaytirish, bu borada o‘zaro tajriba almashishni yo‘lga qo‘yish, jumladan, turli xalqaro anjumanlar va tanlovlar, konsertlar va mahorat darslarini tashkil etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Jamg‘armaning asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
moliyaviy va tashkiliy yo‘nalishlarda kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish asosida baxshichilik san’atini yanada rivojlantirishga ko‘maklashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mamlakatimizda faoliyat ko‘rsatayotgan baxshi-shoir, oqin va jirovlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Madaniyat vazirligi tizimidagi muassasalarni baxshichilik san’atiga oid zarur adabiyotlar, o‘quv qo‘llanmalar va davriy nashrlar bilan ta’minlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
madaniyat va san’at muassasalari qoshidagi baxshichilik to‘garaklarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, ularni zarur cholg‘ular va jihozlar bilan ta’minlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
baxshichilik san’ati bilan bog‘liq ilmiy-tadqiqotlar, nashr ishlari hamda kompleks ilmiy ekspeditsiyalarni moliyalashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
baxshichilik san’atiga doir homiylikni rivojlantirish, sohaga xorijiy sarmoya va grantlarni jalb etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonunchilikda belgilangan manbalardan tushadigan mablag‘larni jamg‘arish, ulardan maqsadli va samarali foydalanishni ta’minlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Baxshichilik san’atini yanada rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi 1-ilovaga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Respublika Baxshichilik san’ati markazining tarkibiy tuzilmasi 2-ilovaga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Respublika Baxshichilik san’ati markazi huzuridagi Baxshichilik san’atini rivojlantirish jamg‘armasi Kengashining tarkibi 3-ilovaga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Respublika Baxshichilik san’ati markazi huzuridagi Baxshichilik san’atini rivojlantirish jamg‘armasi ijrochi direksiyasi tuzilmasi 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi madaniyat vaziriga, zarurat bo‘lganda, Markaz va Jamg‘arma tuzilmalariga xodimlarning belgilangan umumiy soni doirasida o‘zgartirishlar kiritish huquqi berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikki oy muddatda Markaz va Jamg‘arma faoliyatini tashkil etish to‘g‘risidagi qaror loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin. Bunda Jamg‘arma mablag‘larini shakllantirish manbalari nazarda tutilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Moliya vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi hamda Surxondaryo viloyati hokimligi bilan birgalikda ikki oy muddatda Termiz shahridagi baxshichilik maktabi negizida baxshichilik san’atiga ixtisoslashtirilgan Respublika maktab-internatini tashkil etish yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda baxshichilik san’ati rivoji uchun zarur bo‘lgan musiqa cholg‘ulari (do‘mbira, sibizg‘a, chanqovuz, qo‘shnay, g‘ajirnay, bo‘lamon, qo‘biz kabilar) ishlab chiqaradigan ustalar faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, ustaxonalar uchun joy ajratish, maxsus yog‘och va metall mahsulotlari bilan ta’minlash choralarini belgilasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston kompozitorlari va bastakorlari uyushmasi bilan birgalikda baxshi-shoir, jirov va oqinlar tomonidan ijro etiladigan asarlar kuylarini notalashtirish ishlarini bosqichma-bosqich amalga oshirsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
YUNESKO ishlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy komissiyasi bilan birgalikda o‘zbek xalqining ko‘hna va betakror san’ati namunasi bo‘lgan baxshichilik san’atini YUNESKOning Insoniyat nomoddiy madaniy merosining reprezentativ ro‘yxatiga kiritish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Surxondaryo, Qashqadaryo, Xorazm viloyatlarida baxshichilik san’ati davlat ansambllarini, ushbu san’at turi rivojlangan boshqa hududlarda esa viloyat ansambllarini tashkil etsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tegishli hududlarda bolalar musiqa va san’at maktablari qoshida baxshichilik san’ati sinflarini tashkil etsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Surxondaryo viloyati hokimligi Markaz va Jamg‘arma uchun bino ajratish, uning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash hamda avtotransport vositasi bilan ta’minlash choralarini ko‘rsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. O‘zbekiston Milliy axborot agentligi, O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi va boshqa ommaviy axborot vositalariga ustoz baxshilar va dostonchilar, yosh ijrochilar, baxshichilik san’ati durdonasi hisoblangan mashhur dostonlar haqida ko‘rsatuv va eshittirishlar, maqolalar tayyorlash va e’lon qilib borish hamda mazkur qarorda belgilangan tadbirlarni keng yoritish tavsiya etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining o‘rinbosari F.Sh. Mahmudov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2019-yil 14-may,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-4320-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 14-maydagi PQ-4320-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Baxshichilik san’atini yanada rivojlantirish bo‘yicha
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
CHORA-TADBIRLAR REJASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Chora-tadbir nomi

Ijro muddati

Moliyalashtirish manbalari

Mas’ul ijrochilar

1.

Respublika Baxshichilik san’ati markazi, Baxshichilik san’atini rivojlantirish jamg‘armasining ustavini ishlab chiqish va o‘rnatilgan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkazish.

2019-yil
1-iyul

Madaniyat vazirligi (B. Sayfullayev),
tegishli vazirliklar va idoralar

2.

Respublika Baxshichilik san’ati markazi, Baxshichilik san’atini rivojlantirish jamg‘armasi ijrochi direksiyasining shtatlarini va muassasalar xodimlari mehnatiga haq to‘lash tartibini ishlab chiqish va belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2019-yil

1-iyul

Madaniyat vazirligi (B. Sayfullayev),
Moliya vazirligi (B. Ashrafxonov),

tegishli vazirliklar va idoralar

3.

Respublika Baxshichilik san’ati markazi, Baxshichilik san’atini rivojlantirish jamg‘armasi faoliyat yo‘nalishlari va funksiyalarini inobatga olib, xodimlarning lavozim yo‘riqnomasini ishlab chiqish.

2019-yil

1-iyul

Madaniyat vazirligi (B. Sayfullayev),
Moliya vazirligi (B. Ashrafxonov),

tegishli vazirliklar va idoralar

4.

Madaniyat va san’atga ixtisoslashtirilgan maktablarda baxshichilik sinflari va kurslarini ochish, O‘zbekiston san’at va madaniyat institutida baxshichilik va dostonchilik ta’lim yo‘nalishlarini tashkil etish.

2019-yil
1-sentabr

Madaniyat vazirligi (B. Sayfullayev),
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (I. Majidov),

tegishli vazirliklar
va idoralar

5.

Respublika Baxshichilik san’ati markazini baxshi-shoirlar tomonidan yaratilgan va ijro etilayotgan doston, terma, aytimlarni sifatli yozib olish va targ‘ib etish uchun zarur bo‘lgan ovoz yozish hamda zamonaviy videotexnika vositalari bilan ta’minlash.

2019-yil

1-dekabr

Mahalliy budjet mablag‘lari
va homiylik xayriyalari

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

6.

Folklor asarlarini audio va video disklarga yozib olish, ko‘paytirish va sotishni yo‘lga qo‘yish.

2019-yil

1-dekabr

Baxshichilik san’atini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari

Madaniyat vazirligi (B. Sayfullayev),
Fanlar akademiyasi (B. Yuldashev),

tegishli vazirliklar

va idoralar

7.

Baxshichilik san’ati yo‘nalishida “ustoz-shogird” an’analarining saqlanishi va rivojlanishini ta’minlash maqsadida jamoatchilik asosida “O‘zbekiston baxshilar uyushmasi”ni va uning hududiy bo‘limlarini tashkil etish.

2019-yil
1-avgust

Madaniyat vazirligi (B. Sayfullayev),
Fanlar akademiyasi (B. Yuldashev),

tegishli vazirliklar
va idoralar

8.

Baxshichilik san’ati yo‘nalishida xalqaro hamkorlikni kuchaytirish orqali chet davlatlar bilan o‘zaro tajriba almashishni yo‘lga qo‘yish.

2019-2020-yillarda

Baxshichilik san’atini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari

Madaniyat vazirligi (B. Sayfullayev),
Tashqi ishlar vazirligi (A. Komilov),
tegishli vazirliklar va idoralar

9.

Madaniyat markazlarini baxshichilik san’atiga doir adabiyotlar bilan ta’minlash.

2019-yil
1-dekabr

Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari

Madaniyat vazirligi (B. Sayfullayev),
Fanlar akademiyasi (B. Yuldashev), Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar
va Toshkent shahar hokimliklari

10.

2019-yili Termiz shahrida o‘tkazilgan I Xalqaro baxshichilik san’ati festivali haqidagi kitob-albomni nashrga tayyorlash va chop etish.

2019-yil
1-dekabr

Baxshichilik san’atini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari

Madaniyat vazirligi (B. Sayfullayev), Fanlar akademiyasi (B. Yuldashev), Yozuvchilar uyushmasi (S. Saidov), “Hunarmand” uyushmasi (U. Abdullayev), Badiiy akademiya
(A.Nuridinov), tegishli vazirliklar va idoralar

11.

Madaniyat va san’at muassasalari qoshida baxshichilik san’ati, folklor san’ati, dostonchilik, xalfa qo‘shiqlari, shuningdek, chanqovuz, sibizg‘a, qo‘shnay, bo‘lamon, qo‘biz, nog‘ora singari qadim cholg‘ular sinflari va to‘garaklarini bosqichma-bosqich tashkil etish.

2019-2020-yillar

Mahalliy budjet va markazlarning o‘z mablag‘lari

Madaniyat vazirligi (B. Sayfullayev), Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar
va Toshkent shahar hokimliklari

12.

Baxshichilik san’ati yo‘nalishida baxshilar, oqinlar va jirov ijrochilarining respublika ko‘rik-tanlovini tashkil etish va o‘tkazish.

2020-yildan boshlab ikki yilda bir marta

Baxshichilik san’atini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari

Madaniyat vazirligi (B. Sayfullayev),

Fanlar akademiyasi (B. Yuldashev),
Yozuvchilar uyushmasi (S. Saidov), Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar
va Toshkent shahar hokimliklari

13.

“O‘zbekiston baxshilari” kitob-albomining ikkinchi tomini nashrga tayyorlash va chop etish.

2020-yil
1-avgust

Baxshichilik san’atini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari

Madaniyat vazirligi (B. Sayfullayev), Fanlar akademiyasi (B. Yuldashev), tegishli vazirliklar
va idoralar

14.

O‘zbek xalq og‘zaki ijodiyotini jahonga targ‘ib etish maqsadida “Xalq ijodiyoti” veb-saytini tashkil etish.

2020-yil
1-mart

Baxshichilik san’atini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari

Madaniyat vazirligi (B. Sayfullayev),

Axborot texnologiyalari
va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Sadikov), tegishli vazirliklar va idoralar

15.

Joylarda baxshichilik yo‘nalishlarida ansambllar tashkil etgan holda, mahallalar, madaniyat markazlari, istirohat bog‘lari, ta’lim muassasalari hamda san’at saroylarida “Doston” kechalari va taniqli baxshi-shoirlar bilan ijodiy uchrashuvlarni tashkil etish.

Reja-jadval asosida

Homiylik xayriya mablag‘lari

Madaniyat vazirligi (B. Sayfullayev), Fanlar akademiyasi (B. Yuldashev), Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar
va Toshkent shahar hokimliklari

16.

O‘qituvchilikka jalb etilgan baxshilarning muntazam malakasini oshirib borish.

Reja asosida

Bolalar musiqa va san’at maktablari, madaniyat markazlari mablag‘lari

Madaniyat vazirligi (B. Sayfullayev),
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (I. Majidov), tegishli vazirliklar
va idoralar

17.

Baxshilar ijrosidagi dostonlarni izchil to‘plash maqsadida kompleks ilmiy ekspeditsiyalar uyushtirish.

Reja asosida

Baxshichilik san’atini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari

Madaniyat vazirligi (B. Sayfullayev),
Fanlar akademiyasi (B. Yuldashev),
tegishli vazirliklar va idoralar

18.

Baxshichilik sohasida shakllangan ijodiy maktablar, “ustoz–shogird” an’analarini qayta tiklash va rivojlantirish.

Doimiy

Baxshichilik san’atini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari

Madaniyat vazirligi (B. Sayfullayev),
tegishli vazirliklar va idoralar

19.

Baxshi-shoirlar, folklorshunos olimlar, o‘qituvchi va mutaxassislarning ijodiy va ilmiy faoliyatini har tomonlama rag‘batlantirish.

Doimiy

Baxshichilik san’atini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari

Madaniyat vazirligi (B. Sayfullayev),
Moliya vazirligi (B. Ashrafxonov),
tegishli vazirliklar va idoralar

20.

Hozirga qadar 15 tomi bosmadan chiqqan, jami 100 tomdan iborat etib belgilangan “O‘zbek xalq ijodi yodgorliklari” majmuasini 2030-yilgacha to‘liq nashrdan chiqarish.

2019 — 2030-yillar

Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi

Fanlar akademiyasi (B. Yuldashev),
Prezident Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi (K. Allamjonov), Madaniyat vazirligi (B. Sayfullayev)

21.

Baxshi-shoirlar ijodiga keng yo‘l ochib berish maqsadida ommaviy bayramlar va madaniy tadbirlarda ularning faol ishtirokini ta’minlash.

Doimiy

Tashabbuskor mablag‘lari

Madaniyat vazirligi (B. Sayfullayev),
tegishli vazirliklar va idoralar

22.

Axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan, televideniye va internet imkoniyatlaridan samarali foydalanish orqali baxshichilik san’atini keng targ‘ib etish.

Doimiy

Madaniyat va san’atni rivojlantirish hamda Baxshichilik san’atini rivojlantirish jamg‘armalari mablag‘lari

Madaniyat vazirligi (B. Sayfullayev),
Axborot texnologiyalari
va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Sadikov), tegishli vazirliklar va idoralar

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 14-maydagi PQ-4320-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Respublika Baxshichilik san’ati markazining tarkibiy
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TUZILMASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Bosh direktor

Badiiy kengash



Bosh direktorning ijodiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari

Bosh administrator

Bosh hisobchi


Xalqaro aloqalarni rivojlantirish bo‘limi

2

Kadrlar bo‘yicha bosh mutaxassis


“Ustoz-shogird” maktabi bo‘limi

6


Baxshichilik san’ati tarixiy ekspozitsiyasi bo‘limi

2

Yuriskonsult


Baxshichilik cholg‘u asboblarini ishlab chiqarishni rivojlantirish bo‘limi

2


Xo‘jalik mudiri


Baxshichilik san’atini

ilmiy rivojlantirish bo‘limi

3


AKT va matbuot xizmati xodimi

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Boshqaruv xodimlarining cheklangan umumiy soni — 23 nafar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xizmat ko‘rsatuvchi va texnik xodimlar soni belgilangan normativlarga muvofiq aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 14-maydagi PQ-4320-son qaroriga
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Respublika Baxshichilik san’ati markazi huzuridagi Baxshichilik san’atini rivojlantirish jamg‘armasi Kengashining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TARKIBI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

B.S. Sayfullayev

O‘zbekiston Respublikasi madaniyat vaziri, Kengash raisi

lavozimiga ko‘ra

Moliya vazirining birinchi o‘rinbosari, Kengash raisining o‘rinbosari

I.U. Majidov

O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri

R.A. Usmanov

Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari

M.M. Hojimatov

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisining birinchi o‘rinbosari

T.A. Bobolov

Surxondaryo viloyati hokimi

I.J. Yuldashev

O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti rektori

A. Mansurov

O‘zbekiston davlat konservatoriyasi prorektori

lavozimiga ko‘ra

Respublika Baxshichilik san’ati markazi huzuridagi Baxshichilik san’atini rivojlantirish jamg‘armasining ijrochi direktori, Kengash kotibi

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh: Kengash a’zolari boshqa ishga o‘tgan taqdirda uning tarkibiga ushbu lavozimlarga yangidan tayinlangan shaxslar yoki tegishli vazifalarni bajarish zimmasiga yuklatilgan shaxslar kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 14-maydagi PQ-4320-son qaroriga
4-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Respublika Baxshichilik san’ati markazi huzuridagi Baxshichilik san’atini rivojlantirish jamg‘armasi ijrochi direksiyasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TUZILMASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Respublika Baxshichilik san’ati markazi huzuridagi Baxshichilik san’atini rivojlantirish jamg‘armasi Kengashi


Jamg‘armaning ijrochi direktori



Ijrochi direktor o‘rinbosari

Moliya bo‘limi

4


Dasturlarni amalga oshirish va strategik

rivojlanish boshqarmasi boshlig‘i

Buxgalteriya

2


Baxshichilik san’atini rivojlantirish bo‘limi

5

Kadrlar bo‘yicha bosh mutaxassis


Marketing va kommunikatsiyalar bo‘limi

5

Yuridik byuro

2


Matbuot kotibi

Axborot texnologiyalari bo‘yicha bosh mutaxassis

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Boshqaruv xodimlarining cheklangan umumiy soni — 24 nafar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xizmat ko‘rsatuvchi va texnik xodimlar soni belgilangan normativlarga muvofiq aniqlanadi.