18.06.2019 yildagi 511-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sirdaryo viloyatida agrosanoat klasterini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tarkibiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish va qishloq xo‘jaligida klaster ishlab chiqarishini rivojlantirishga to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar jalb etish, yuqori qo‘shilgan qiymatli raqobatbardosh mahsulotlarni yetishtirish va chuqur qayta ishlashni tashkil etish hamda shu asosda agrar sektorda ish unumdorligini va mehnatga haq to‘lash darajasini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi va “Industrial Innovation Group LLC” kompaniyasi (Birlashgan Arab Amirliklari) (keyingi o‘rinlarda –”Industrial Innovation Group LLC” kompaniyasi deb ataladi) o‘rtasida 2019-yil 20-mart kuni Investitsiyalar to‘g‘risida bitim imzolanganligi;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mazkur bitimda 181,9 mln. yevro miqdorida to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb etish hisobiga Sirdaryo viloyatida tarkibida sellyuloza mavjud bo‘lgan ekinlar (kannabis (Cannabis sativa L.), zig‘ir (Linum usitatissimum L.) va boshqa qishloq xo‘jaligi ekinlari)ni yetishtirish, qishloq xo‘jaligi xomashyosini chuqur qayta ishlash va raqobatbardosh, eksportbop mahsulotlarni ishlab chiqarishni tashkil etish nazarda tutilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
(1-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 7-dekabrdagi 770-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 07.12.2020-y., 09/20/770/1603-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Investitsiya va tashqi savdo vazirligi, Sirdaryo viloyati hokimligi hamda “Industrial Innovation Group LLC” kompaniyasining:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sirdaryo viloyatida to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb etish hisobiga tarkibida sellyuloza mavjud bo‘lgan ekinlar va almashlab ekishda qatnashadigan boshqa turdagi ekinlarni o‘rnatilgan tartibda yetishtirish va qayta ishlashni to‘liq siklini yaratishni nazarda tutuvchi agrosanoat klasterini (keyingi o‘rinlarda agrosanoat klasteri deb ataladi) tashkil qilish loyihasini amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
agrosanoat klasterini yaratish uchun “RS Success Agro” mas’uliyati cheklangan jamiyatini (keyingi o‘rinlarda “RS Success Agro” MChJ deb ataladi) tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“RS Success Agro” MChJga qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish uchun belgilangan tartibda 2019-yilda 5 ming gektar yer maydonini uzoq muddatli ijaraga berish hamda uni 5 yil davomida 25 ming gektarga yetkazish to‘g‘risidagi takliflariga rozilik berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Quyidagilar agrosanoat klasterining asosiy vazifalari etib belgilansin:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ilg‘or ilmiy yutuqlarni, sellyuloza mavjud bo‘lgan ekinlar (kannabis, zig‘ir) va boshqa qishloq xo‘jaligi ekinlarini yetishtirishning zamonaviy va samarali uslublarini, ilg‘or agrotexnik va suv tejamkor texnologiyalarni joriy etish;
(3-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 7-dekabrdagi 770-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 07.12.2020-y., 09/20/770/1603-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb etgan xolda kannabis hamda zig‘ir tolasi va urug‘ini qayta ishlashning samarali usullarini va ularni chuqur qayta ishlash texnologiyalarini joriy etish;
(3-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 7-dekabrdagi 770-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 07.12.2020-y., 09/20/770/1603-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qishloq xo‘jaligi homashyosini chuqur qayta ishlash va raqobatbardosh, eksportbop mahsulotlarni ishlab chiqarish;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ilmiy va ta’lim muassasalari bilan birgalikda kannabis va zig‘irni dastlabki qayta ishlash, seleksiya va urug‘chilik yo‘nalishida, qishloq xo‘jaligi ekinlarining yangi navlari va duragay urug‘larini yaratish bo‘yicha tadqiqotlar o‘tkazish.
(3-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 7-dekabrdagi 770-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 07.12.2020-y., 09/20/770/1603-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. “Industrial Innovation Group LLC” kompaniyasi va “RS Success Agro” MChJ tomonidan 2019 — 2023-yillarda amalga oshiriladigan investitsiya loyihalarining prognoz parametrlari ilovaga muvofiq ma’qullansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi Innovatsion rivojlanish vazirligi hamda boshqa tegishli vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda xalqaro tajribadan kelib chiqqan holda, respublikada texnik kanop (Cannabis sativa L.)ni yetishtirish, qayta ishlash va uning mahsulotlaridan foydalanishga doir tegishli normativ-huquqiy bazani takomillashtirish yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Sirdaryo viloyati hokimligi O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Suv xo‘jaligi vazirligi, Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi bilan birgalikda xo‘jaliklararo sug‘orish va meliorativ tarmoqlarining texnik holatidan kelib chiqib, belgilangan tartibda ta’mirlash-tiklash ishlarini amalga oshirsin hamda Sirdaryo viloyatiga belgilangan limit doirasida ekin maydonlarini suv bilan ta’minlasin.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilansinki, qabul qilingan investitsiya majburiyatlari bajarilmagan yoki lozim darajada bajarilmagan taqdirda, ushbu qarorga asosan berilgan yer uchastkalaridan foydalanilmaganda, ulardan oqilona foydalanilmagan yoxud tuproq unumdorligining pasayishiga, kimyoviy va radioaktiv ifloslanishiga, atrof-muhitning buzilishiga, respublika hududida karantin o‘simliklari va obyektlarining paydo bo‘lishi va tarqalishiga olib keluvchi usullardan foydalanilganda, shuningdek, amaldagi qonunchilik talablari bajarilmagan taqdirda yer uchastkasiga egalik qilish va undan foydalanish huquqi qonunchilik hujjatlari talablariga muvofiq bekor qilinadi.
(6-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Belgilab qo‘yilsinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fermer xo‘jaliklari uchun nazarda tutilgan lizing bo‘yicha qishloq xo‘jaligi texnikalarini xarid qilish, o‘simliklarni kimyoviy himoya qilish vositalari va boshqa moddiy resurslarni yetkazib berish shartlari va tartib-qoidalari “RS Success Agro” MChJ uchun ham tatbiq etiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“RS Success Agro” MChJ hududiy shart-sharoitlarini hisobga olgan holda sellyulozali o‘simliklarning seleksiya navlarini mustaqil ravishda qonunchilikda belgilangan tartibda olib kirish va joylashtirish, ekinlarni ilmiy asoslangan tarzda almashlab ekish, shuningdek, o‘z mahsulotlarini erkin tasarruf qilish, narx siyosati va sotish, shu jumladan eksport qilish hajmlarini mustaqil belgilash huquqlarga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. “RS Success Agro” MChJ tomonidan o‘z ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun belgilangan tartibda shakllantiriladigan ro‘yxatlar bo‘yicha respublikada ishlab chiqarilmaydigan va olib kelinadigan urug‘lar, uskunalar, maxsus transport vositalari va texnika, butlovchi qismlar, xomashyo va materiallar, shu jumladan qurilish materiallari, issiqxona komplekslari 2022-yil 1-yanvargacha bojxona to‘lovlaridan (bojxona yig‘imlaridan tashqari) ozod qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi agrosanoat klaster obyektlarining elektr tarmoqlariga ulanishini, energiya iste’mol qiluvchi qurilmalarni loyiha tashabbuskorlari mablag‘lari hisobiga belgilangan tartibda zarur quvvat bilan ta’minlashni amalga oshirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi huzuridagi “Geoinnovatsiya markazi” davlat unitar korxonasi “RS Success Agro” MChJ buyurtmanomalariga binoan uning tarkibiga kiruvchi tashkilotlarga paxta xomashyosi va boshqa qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish jarayonini uchuvchisiz uchish apparatlaridan foydalangan holda samarali boshqarish, nazorat qilish va monitoring olib borishda belgilangan tartibda amaliy ko‘mak bersin
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Qishloq xo‘jaligi vazirligi buyurtmanomalariga binoan investitsiya loyihasini amalga oshirishda ishtirok etadigan xorijiy mutaxassislarga ko‘p martalik kirish vizalarining konsullik va boshqa yig‘imlarsiz rasmiylashtirilishini ta’minlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi “RS Success Agro” MChJ buyurtmanomalariga binoan investitsiya loyihalarini amalga oshirishda ishtirok etadigan xorijiy mutaxassislarga davlat boji to‘lamasdan ko‘p martalik vizalar rasmiylashtirilishini, berilishini va muddati uzaytirilishini, shuningdek, vaqtinchalik ro‘yxatdan o‘tkazish, yashash joyida ro‘yxatdan o‘tish va ularning muddatini uzaytirilishini ta’minlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha maslahatchisi A.D. Vaxabov, O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vaziri J.A. Xodjayev va Sirdaryo viloyati hokimi G‘.G‘. Mirzayev zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2019-yil 18-iyun,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
511-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 18-iyundagi 511-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Industrial Innovation Group LLC” kompaniyasi va “RS Success Agro” MChJ tomonidan 2019-2023-yillarda amalga oshiriladigan investitsiya loyihalarining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PROGNOZ PARAMETRLARI*
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Investitsiya loyihasining nomi**

Amalga oshirish muddatlari

Maydon, ga/ miqdori, dona

Hisoblangan yillik quvvat

Qiymati
(yevro)

1.

Kannabis, zig‘ir va almashlab ekishda qatnashadigan boshqa turdagi ekinlarni yetishtirish (sellyulozali va moyli ekinlardan xomashyo ishlab chiqarish)

2019-yil

5 798 ga

80 000 tn xomashyo

19 641 481

2020-yil

10 000 ga

160 000 tn xomashyo

22 768 404

2021-yil

15 000 ga

240 000 tn xomashyo

26 362 120

2022-yil

20 000 ga

320 000 tn xomashyo

29 955 836

2023-yil

25 000 ga

400 000 tn xomashyo

33 549 552

2.

Sellyulozali xomashyoga birlamchi ishlov berish liniyasi (sellyulozali tola ishlab chiqarish)

2019-yil

3 dona

76 500 tn tola

12 000 000

2020-yil

3 dona

153 000 tn tola

12 000 000

2021-yil

2 dona

204 000 tn tola

8 000 000

2022-yil

2 dona

255 000 tn tola

8 000 000

2023-yil

2 dona

306 000 tn tola

8 000 000

3.

Yog‘-moy ishlab chiqarish liniyasi

2019-yil

1 dona

18 900 tn
kanop va zig‘ir yog‘i

150 000

4.

Omuxta yem ishlab chiqarish liniyasi

2019-yil

1 dona

105 000 tn

omuxta yem

700 000

5.

Deking ishlab chiqarish liniyasi

2019-yil

1 dona

28 050 tn deking

350 000

6.

Arbolit ishlab chiqarish liniyasi

2019-yil

1 dona

400 000 tn arbolit

100 000

2020-yil

1 dona

800 000 tn arbolit

100 000

2021-yil

1 dona

1 200 000 tn arbolit

100 000

7.

Yog‘och uni ishlab chiqarish liniyasi

2019-yil

1 dona

65 000 tn yog‘och uni

100 000

8.

Investitsiya loyihalarining umumiy qiymati

2019 — 2023-yillar

181 877 393

shu jumladan:

2019-yil

33 041 481

2020-yil

34 868 404

2021-yil

34 462 120

2022-yil

37 955 836

2023-yil

41 549 552

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* “RS Success Agro” MChJ muassislarining qaroriga ko‘ra investitsiya loyihalarining prognoz parametrlariga o‘zgartirishlar kiritilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
** Investitsiya loyihalarining yakuniy parametrlari biznes-rejalarni ishlab chiqish natijalari bo‘yicha belgilanadi.
(ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 7-dekabrdagi 770-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 07.12.2020-y., 09/20/770/1603-son)
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 19.06.2019-y., 09/19/511/3306-son; 07.12.2020-y., 09/20/770/1603-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)