Тизимнинг ушбу имкониятидан фойдаланиш учун Сиз авторизация қилинишингиз керак!
Рўйхатдан ўтишни хоҳлайсизми? Ёки тизимга ўз логинингиз билан кирасизми?

Авторизация қилиш Рўйхатдан ўтиш

Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 26-apreldagi 309-son “Ichki ishlar organlarining muayyan yashash joyiga ega bo‘lmagan shaxslarni reabilitatsiya qilish markazlari to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga asosan muayyan yashash joyiga ega bo‘lmagan shaxslarni ma’muriy javobgarlikdan ozod etish, pasport va yashash guvohnomasini rasmiylashtirishda davlat bojini qoplash uchun tegishli xujjatlarni rasmiylashtirish hamda sudlarga va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlariga taqdim etish tartibini belgilaydi.
2. O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 21 va 3081-moddalariga asosan ichki ishlar organlarining migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘linmalari muayyan yashash joyiga ega bo‘lmagan shaxslarni ma’muriy javobgarlikdan ozod qilish to‘g‘risida taqdimnoma bilan sudga murojaat qiladi.
3. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 26-apreldagi 309-son qarori bilan tasdiqlangan Ichki ishlar organlarining muayyan yashash joyiga ega bo‘lmagan shaxslarni reabilitatsiya qilish markazlari to‘g‘risidagi nizomga asosan muayyan yashash joyiga ega bo‘lmagan shaxslarning pasport yoki yashash guvohnomasini rasmiylashtirishi uchun davlat bojlari tuman (shahar) ichki ishlar organlari migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘limlarining (bundan buyon matnda MvaFRB deb yuritiladi) talabnomasiga asosan Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjet mablag‘lari hamda qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan qoplanadi.

Hujjatda xato topganingizda, uni belgilab Ctrl+Enter ni bosing.

© O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi davlat muassasasi