13.06.2019 yildagi 494-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 29.05.2020 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori

Ichimlik suv taʼminoti va kanalizatsiya tizimi obyektlarida texnologik audit oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha harakatlar strategiyasini “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi toʻgʻrisida” 2019-yil 17-yanvardagi PF-5635-son Farmoniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ichimlik suv taʼminoti va kanalizatsiya tizimi obyektlarida texnologik audit oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ular qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari — transport vaziri A.J. Ramatov, Oʻzbekiston Respublikasi uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vaziri M.X. Saliyev va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ichimlik suvdan foydalanishni nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻi A.A. Fattaxov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2019-yil 13-iyun,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
494-son

Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 13-iyundagi 494-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ichimlik suv taʼminoti va kanalizatsiya tizimi obyektlarida texnologik audit oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Nizom ichimlik suv taʼminoti va kanalizatsiya tizimi obyektlarida texnologik audit (keyingi oʻrinlarda texnologik audit deb ataladi) oʻtkazish tartibini belgilaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Texnologik audit oʻtkazish jarayonida ichimlik suv taʼminoti va kanalizatsiya tizimi obyektlarini ekspluatatsiya qiluvchi tashkilotning moliya-xoʻjalik faoliyatini oʻrganish nazarda tutilmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
inventarizatsiya pasporti — texnologik audit obyektlari toʻgʻrisida (inventar raqami, turi, markasi, seriyasi, ishga tushirilgan yili, foydalanish maqsadi va boshqalar) ichimlik suv taʼminoti va kanalizatsiya tizimi obyektlarini ekspluatatsiya qiluvchi tashkilotlar tomonidan tasdiqlangan hujjat;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ichimlik suv taʼminoti va kanalizatsiya tizimi obyekti — markazlashtirilgan ichimlik suv bilan taʼminlash va kanalizatsiya xizmatlari koʻrsatish inshootlari hamda ulardagi asbob-uskunalar va jihozlarni qamrab olgan yirik (sutkasiga 5 ming m3 va undan koʻp suv ishlab chiqaruvchi yoki oqova suvlarni qabul qiluvchi) va kichik (sutkasiga 5 ming m3 gacha suv ishlab chiqaruvchi yoki oqova suvlarni qabul qiluvchi) turdagi obyekt.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ichimlik suv taʼminoti va kanalizatsiya tizimi obyektlarini ekspluatatsiya qiluvchi tashkilotlar (ekspluatatsiya tashkilotlari) — markazlashtirilgan ichimlik suv bilan taʼminlash va kanalizatsiya xizmatlari koʻrsatish inshootlarini ekspluatatsiya qiluvchi yuridik shaxslar;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
texnologik audit — markazlashtirilgan ichimlik suv taʼminoti va kanalizatsiya inshootlarining ishlab chiqarish samaradorligini baholash uchun olib boriladigan maxsus tadqiqot;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
texnologik audit obyektlari — ichimlik suv taʼminoti va kanalizatsiya tizimi obyektlarida ishlab chiqarish jarayonida bevosita foydalaniladigan inshootlar, asbob-uskunalar va jihozlar;
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
texnologik audit oʻtkazuvchi — Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi huzuridagi Ichimlik suvidan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasining hududiy inspeksiyalari;
(3-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 28-maydagi 342-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.05.2020-y., 09/20/342/0686-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
texnologik audit oʻtkaziladigan obyektlarning inventarizatsiya pasporti — texnologik audit oʻtkazish uchun texnologik audit obyektlari toʻgʻrisida zarur maʼlumotlar aks ettirilgan holda rasmiylashtirilgan hujjat;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
texnologik audit pasporti — texnologik auditni oʻtkazuvchi tomonidan texnologik audit yakuniga koʻra rasmiylashtiriladigan hujjat;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
texnologik audit yakunlari boʻyicha hisobot — texnologik audit yakunlari boʻyicha texnologik audit obyektlari toʻgʻrisidagi umumiy maʼlumotlar hamda ularda amalga oshirilishi talab etiladigan tadbirlar boʻyicha xulosalarni qamrab olgan holda rasmiylashtirilgan hujjat.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Ichimlik suv taʼminoti va kanalizatsiya tizimi obyektlarini texnologik auditdan oʻtkazish ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq sxema boʻyicha amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Foydalanishga topshirilganiga kamida 10 yil boʻlgan ichimlik suv taʼminoti va kanalizatsiya tizimi obyektlarida quyidagi davriylikda majburiy tarzda bepul texnologik audit oʻtkaziladi:
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yirik turdagi ichimlik suv taʼminoti va kanalizatsiya tizimi obyektlarida har 3 yilda bir marta;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kichik turdagi ichimlik suv taʼminoti va kanalizatsiya tizimi obyektlarida har 5 yilda bir marta.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va topshiriqlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining topshiriqlariga asosan hamda ekspluatatsiya tashkilotlarining tashabbusi bilan navbatdan tashqari texnologik audit oʻtkazilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Ushbu Nizom talablaridan kelib chiqib davlat tasarrufidagi ekspluatatsiya tashkilotlarining ichimlik suv taʼminoti va kanalizatsiya tizimi obyektlarida texnologik audit oʻtkazish majburiy tarzda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tadbirkorlik subyektlari hisoblangan ekspluatatsiya tashkilotlarining ichimlik suv taʼminoti va kanalizatsiya tizimi obyektlarida texnologik audit, faqat ushbu tadbirkorlik subyektlarning tashabbusi bilan ixtiyoriy ravishda texnologik audit oʻtkazuvchi bilan kelishgan holda oʻtkaziladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Ekspluatatsiya tashkilotlarining suv taʼminoti va kanalizatsiya xizmatlari uchun tartibga solinadigan narxlarni (tariflarni) shakllantirish, deklaratsiya qilish (tasdiqlash) va belgilashda belgilangan muddatlarda texnologik auditdan oʻtkazilmagan inshootlarning foydalanish va saqlash xarajatlari hisobga olinmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Texnologik audit oʻtkazishni tashkil etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Texnologik audit oʻtkazishning boshlanish sanasi texnologik audit oʻtkazuvchi va ekspluatatsiya tashkilotlarining kelishuvlariga asosan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Ekspluatatsiya tashkilotlari tomonidan texnologik audit oʻtkaziladigan obyektlar boʻyicha ushbu Nizomga 2-ilovada keltirilgan shaklga muvofiq inventarizatsiya pasporti texnologik audit oʻtkazilishidan 20 kun avval tayyorlanadi va tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Ushbu Nizomning 8-bandiga asosan tasdiqlangan inventarizatsiya pasporti texnologik audit oʻtkazishning boshlanish sanasidan 10 kun avval texnologik auditdan oʻtkazuvchiga taqdim etilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Texnologik audit oʻtkazish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Texnologik audit quyidagi usullarda oʻtkaziladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) texnologik audit obyektlari boʻyicha ushbu Nizomga 2-ilovadagi shaklga muvofiq inventarizatsiya pasportiga asosan texnologik audit obyektlarining mavjudligini koʻzdan kechirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) texnologik audit obyektlarining sertifikatlari, ishlatish qoʻllanmalari mavjudligi va kadastr hujjatlariga toʻgʻri kelishi hamda standart talablariga javob berishini oʻrganish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) texnologik audit obyektlari foydalanish qoʻllanmalariga asosan foydalanilayotganligini hamda foydalanishda xavfsizlik qoidalari oʻrnatilganligini va ularga amal qilinishini oʻrganish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) ichimlik suv taʼminoti va kanalizatsiya tizimi obyektlari samaradorligini aniqlash;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) texnologik audit obyektlarida (zarur hollarda) hisoblagichlar oʻrnatilganligini oʻrganish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) texnologik audit obyektlarida rekonstruksiya va modernizatsiya qilish talab qilinishi (talab qilinmasligi) va bu turdagi ishlarni amalga oshirishni iqtisodiy tomondan samarasini aniqlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Texnologik audit oʻtkazuvchi va ekspluatatsiya tashkilotining masʼul xodimi, shuningdek, zaruratga koʻra, audit oʻtkazish uchun jalb qilingan mutaxassislar ishtirokida texnologik audit oʻtkaziladi va audit oʻtkazish jarayonida ushbu Nizomga 3-ilovadagi shaklga koʻra texnologik audit pasporti toʻldirilib, texnologik audit yakunida ushbu Nizomga 4-ilovaga koʻra texnologik audit hisoboti rasmiylashtiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Oʻtkazilgan texnologik audit natijalari boʻyicha hisobotda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ichimlik suv taʼminoti va kanalizatsiya tizimi obyektlarining umumiy loyihaviy quvvati;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ichimlik suv taʼminoti va kanalizatsiya tizimi obyektlarining auditdan oʻtgan vaqtdagi amaldagi quvvati;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ichimlik suv taʼminoti va kanalizatsiya tizimi obyektlarining samaradorligining aniq koʻrsatkichlari;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ichimlik suv taʼminoti va kanalizatsiya tizimi obyektlarining samaradorligini oshirish boʻyicha xulosalar;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
texnologik audit obyektlarida rekonstruksiya va modernizatsiya qilish talab qilinishi (talab qilinmasligi) va bu turdagi ishlarni amalga oshirishning iqtisodiy tomondan samarasi koʻrsatilgan boʻlishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Texnologik audit oʻtkazilgan ichimlik suv taʼminoti va kanalizatsiya tizimi obyektlarining samaradorligini oshirish boʻyicha taqdim etiladigan xulosalarda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tezkor muddatli — amalga oshirilishi natijasida inshootning samaradorligi (amaldagi quvvatga nisbatan) eng kamida 20 foizga ortishi mumkin boʻlgan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uzoq muddatli — amalga oshirilishi natijasida inshootning samaradorligi 90-100 foizga (loyihaviy quvvatga teng yoki 10 foizga past) yetishi mumkin boʻlgan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
doimiy — texnologik audit yakuniga yetganidan soʻng doimiy ravishda amalga oshirib borilishi natijasida inshoot samaradorligiga salbiy taʼsir koʻrsatadigan omillarning oldini olishi mumkin boʻlgan tadbirlar koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Texnologik audit natijalarini umumlashtirish va taqdim qilish tartibi
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Texnologik auditdan oʻtkazuvchi tomonidan oʻtkazilgan texnologik audit natijalari boʻyicha barcha hujjatlar (inshootlarning inventarizatsiya pasportlari, texnologik audit pasportlari, hisobotlar va boshqa tegishli hujjatlar) texnologik audit natijalari boʻyicha hisobot rasmiylashtirilgandan soʻng 10 kun muddatda Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi huzuridagi Ichimlik suvidan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi markaziy apparatiga (keyingi oʻrinlarda — Suvinspeksiya) va ekspluatatsiya tashkilotlariga taqdim etiladi.
(15-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 28-maydagi 342-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.05.2020-y., 09/20/342/0686-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Suvinspeksiya tomonidan texnologik audit natijalari boʻyicha hujjatlar qabul qilingan kundan boshlab 10 kun muddatda oʻrganib chiqilib, texnologik audit obyektlari samaradorligini oshirish boʻyicha xulosalar Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligiga (keyingi oʻrinlarda vazirlik deb ataladi) taqdim etiladi.
(16-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 28-maydagi 342-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.05.2020-y., 09/20/342/0686-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Ushbu Nizomning 15-bandiga muvofiq taqdim etilgan takliflar asosida ular taqdim etilgan kundan boshlab 10 kun muddatda vazirlik tomonidan aniq muddatlari belgilangan chora-tadbirlar ishlab chiqilib, ijrosini nazorat qilish uchun Suvinspeksiyaga kiritiladi.
(17-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 28-maydagi 342-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.05.2020-y., 09/20/342/0686-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Texnologik audit oʻtkazuvchining huquq va majburiyatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Texnologik audit oʻtkazuvchi quyidagi huquqlarga ega:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ekspluatatsiya tashkilotlaridan texnologik audit oʻtkazish uchun zarur boʻlgan maʼlumotlarni olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ekspluatatsiya tashkilotlari tomonidan taqdim etiladigan maʼlumotlar puxta va sifatli tayyorlanishini talab qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ekspluatatsiya tashkilotlarini xabardor qilgan holda texnologik audit oʻtkazish sanalariga oʻzgartirish kiritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
texnologik audit oʻtkazish uchun zarur boʻlgan mutaxassislarni jalb etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Texnologik audit oʻtkazuvchi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Texnologik audit oʻtkazuvchi quyidagilarga majbur:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
texnologik auditni ushbu Nizom va boshqa qonun hujjatlari talablariga amal qilgan holda oʻtkazish;
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻtkazilgan texnologik audit natijalari Suvinspeksiya tomonidan sifatsiz deb topilgan taqdirda qayta texnologik auditdan oʻtkazish;
(19-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 28-maydagi 342-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.05.2020-y., 09/20/342/0686-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ekspluatatsiya tashkilotlarining talabiga asosan ularning texnologik auditdan oʻtkazilgan obyektlari boʻyicha berilgan xulosalarning asoslanishini va bu boradagi qonun hujjatlari talablari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni taqdim etish;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
texnologik audit oʻtkazish davomida maʼlum boʻlgan axborotning maxfiyligiga rioya etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Texnologik audit oʻtkazuvchi zimmasiga qonun hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlar yuklanishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Ushbu Nizomning 15-bandiga asosan Suvinspeksiyaga taqdim etilgan hujjatlarni tahlil qilishning imkoni yoʻqligi, ulardagi noaniqliklar va ularni rasmiylashtirishga qoʻyilgan talablar bajarilmaganligi hamda texnologik audit natijasida berilgan xulosalar notoʻgʻri va amaliyotga toʻgʻri kelmasligi oʻtkazilgan texnologik auditni sifatsiz deb topishga asos boʻladi.
(20-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 28-maydagi 342-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.05.2020-y., 09/20/342/0686-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-bob. Yakunlovchi qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Texnologik audit sifatli va ushbu Nizomga amal qilgan holda, belgilangan muddatlarda oʻtkazilishiga, shuningdek, audit yakunlariga asosan ichimlik suv taʼminoti va kanalizatsiya tizimi obyektlari samaradorligini oshirish boʻyicha berilgan xulosalarning toʻgʻri rasmiylashtirilishiga hamda ularning natijadorligiga texnologik audit oʻtkazuvchilar qonun hujjatlariga muvofiq javobgar hisoblanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Texnologik audit oʻtkazish jarayonida texnologik audit obyektlariga yetkazilgan zararlar va ushbu jarayonda maʼlum boʻlgan maxfiy maʼlumotlarni oshkor qilish natijasida ekspluatatsiya tashkilotlariga yetkazilgan zarar uchun texnologik audit oʻtkazuvchi qonun hujjatlariga muvofiq javob beradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ichimlik suv taʼminoti va kanalizatsiya tizimi obyektlarini texnologik auditdan oʻtkazish toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ichimlik suv taʼminoti va kanalizatsiya tizimi obyektlarini texnologik auditdan oʻtkazish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SXEMASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Bosqichlar

Masʼullar

Tadbirlar

Bajarish
muddatlari

1-bosqich

Ichimlik suv taʼminoti va kanalizatsiya inshootlarini ekspulatatsiya qiluvchi tashkilotlar (keyingi oʻrinlarda ekspulatatsiya tashkilotlari deb ataladi)

Texnologik audit obyektlari boʻyicha inventarizatsiya pasportlarini tayyorlash va tasdiqlash

Texnologik audit oʻtkazilishidan
20 kun oldin

2-bosqich

Ekspulatatsiya tashkilotlari

Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi huzuridagi Ichimlik suvidan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasining hududiy inspeksiyalari (keyingi oʻrinlarda hududiy inspeksiyalar deb ataladi) zarur hujjatlarni taqdim etish

Texnologik audit oʻtkazilishidan
10 kun oldin

3-bosqich

Hududiy inspeksiyalar

Ichimlik suv taʼminoti va kanalizatsiya tizimi obyektlarida texnologik audit oʻtkazish

10 kungacha

4-bosqich

Hududiy inspeksiyalar

Oʻtkazilgan texnologik audit natijalari boʻyicha barcha hujjatlarni rasmiylashtirish va Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi huzuridagi Ichimlik suvidan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi (keyingi oʻrinlarda — Suvinspeksiya) va ekspulatatsiya tashkilotlariga taqdim etish

10 kun

5-bosqich

Suvinspeksiya

Oʻtkazilgan texnologik audit obyektlari samaradorligini oshirish boʻyicha xulosalarni Oʻzbekiston Respublikasi
Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligiga taqdim etish

10 kun

6-bosqich

Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi

Texnologik audit obyektlari samaradorligini oshirish boʻyicha taqdim etilgan xulosalar asosida aniq muddatlari belgilangan chora-tadbirlarni ishlab chiqish
va
Suvinspeksiyaga kiritish

10 kun

7-bosqich

Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi

Texnologik obyektlar samaradorligini oshirish boʻyicha ishlab chiqilgan chora-tadbirlar bajarilishini taʼminlash

doimiy

(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 28-maydagi 342-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.05.2020-y., 09/20/342/0686-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ichimlik suv taʼminoti va kanalizatsiya tizimi obyektlarini texnologik auditdan oʻtkazish toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA

Texnologik audit oʻtkaziladigan obyektlarning inventarizatsiya
PASPORTI

Hudud (viloyat, shahar) nomi

Tuman (shahar) nomi

Obyekt nomi

Obyekt manzili

Obyektdan foydalanuvchi tashkilot nomi

T/r

Texnologik audit obyektlari nomi

Inventar raqami

Turi

Markasi

Seriyasi

Ishga tushirilgan (foydalanishga qabul qilingan) yili

Foydalanish maqsadi

Holati

1

2

3

4

5

6

7

8

9

Yer osti quduqlari

Yer usti suv olish nuqtalari (gidropostlar)

Tindirgichlar

Rezurvuarlar

Filtrlar

Laboratoriya

Oʻlchov vositalari

Quvurlar (inshoot ichki quvurlari)

Elektr jihozlari (transformator va boshqalar)

Nasoslar

Kompressorlar

Suv minorasi

Boshqalar

rahbari

Obyektdan foydalanuvchi tashkilot
nomi

(imzo)

(F.I.O.)

bosh buxgalteri

Obyektdan foydalanuvchi tashkilot
nomi

(imzo)

(F.I.O.)

Sana

Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ichimlik suv taʼminoti va kanalizatsiya tizimi obyektlarini texnologik auditdan oʻtkazish toʻgʻrisidagi nizomga
3-ILOVA

Texnologik audit pasporti

Hudud (viloyat, shahar) nomi

Tuman (shahar) nomi

Obyekt nomi

Obyekt manzili

Obyektdan foydalanuvchi tashkilot nomi

T/r

Texnologik audit obyektlari nomi

Inventar raqami

Foydalanish maqsadi

Texnik hujjatlarning mavjudligi (pasport, spetsifikatsiya, foydalanish yoʻriqnomasi)

Quvvati

FIK
(%)

Holati

Obyekt boʻyicha qisqacha taklif

Loyihaviy

Amaldagi

1

2

3

4

5

6

7

8

9

10

Yer osti quduqlari

Yer usti suv olish nuqtalari (gidropostlar)

Tindirgichlar

Rezurvuarlar

Filtrlar

Laboratoriya

Oʻlchov vositalari

Quvurlar (inshoot ichki quvurlari)

Elektr jihozlari (transformator va boshqalar)

Nasoslar

Kompressorlar

Suv minoralari

Boshqalar

Inventarizatsiya pasportida koʻrsatilgan amalda mavjud boʻlmagan audit obyektlari

rahbari

Obyektdan foydalanuvchi tashkilot nomi

(imzo)

(F.I.O.)

bosh buxgalteri

Obyektdan foydalanuvchi tashkilot nomi

(imzo)

(F.I.O.)

rahbari

Inshoot nomi

(imzo)

(F.I.O.)

Texnologik audit oʻtkazuvchi mutaxassisning lavozimi

(imzo)

(F.I.O.)

Texnologik audit oʻtkazuvchi mutaxassisning lavozimi

(imzo)

(F.I.O.)

Sana

Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ichimlik suv taʼminoti va kanalizatsiya tizimi obyektlarini texnologik auditdan oʻtkazish toʻgʻrisidagi nizomga
4-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

‎‎__________________________________________________________________________
‎ (texnologik audit oʻtkazilgan obyekt nomi va joylashgan hudud)
‎oʻtkazilgan texnologik audit yakunlari boʻyicha
HISOBOT

‎‎________________________
(hudud nomi)

‎‎____ yil “____” _______________

‎‎I. Texnologik audit oʻtkazishga asos
‎___________________________________________________________________________________________

‎‎‎II. Obyekt boʻyicha umumiy maʼlumot

‎Manzil: ____________________________________________________________________________________

‎‎Telefon: ____________, e-mail: _______________, ishga tushirilgan sana ____ yil “____” _________________
‎Yuqori turuvchi yoki boshqaruvchi tashkilot: ________________________________________________________
‎Foydalanish maqsadi: _________________________________________________________________________

‎III. Oʻrganilgan audit obyektlari

‎‎Obyektdagi inshootlar, texnika, asbob va uskunalarning barchasi inventarizatsiya pasporti asosida oʻrganib chiqildi.
‎1. Yer osti quduqlari:

‎‎________________________________________________________________________________
(audit koʻrigidan oʻtkazgan xodim F.I.O., ish joyi va lavozimi, yer osti quduqlari soni hamda holati, normativ-huquqiy hujjatlar bilan asoslagan holda)

2. Yer usti suv olish nuqtalari (gidropostlar):

‎‎________________________________________________________________________________
(audit koʻrigidan oʻtkazgan xodim F.I.O., ish joyi va lavozimi, suv olish nuqtalari soni hamda holati, normativ-huquqiy hujjatlar bilan asoslagan holda)

‎‎3. Tindirgichlar:

‎‎_________________________________________________________________________________
(audit koʻrigidan oʻtkazgan xodim F.I.O., ish joyi va lavozimi, tindirgichlar soni hamda holati, normativ-huquqiy hujjatlar bilan asoslagan holda)

4. Filtrlar:‎

_____________________________________________________________________________________________
‎(audit koʻrigidan oʻtkazgan xodim F.I.O., ish joyi va lavozimi, filtrlar soni hamda holati, normativ-huquqiy hujjatlar bilan asoslagan holda)‎‎

5. Laboratoriya: ‎

‎‎_____________________________________________________________________________________________
‎(audit koʻrigidan oʻtkazgan xodim F.I.O., ish joyi va lavozimi, soni hamda holati, normativ-huquqiy hujjatlar bilan asoslagan holda)

6. Oʻlchov vositalari:‎

‎‎_____________________________________________________________________________________________
‎(audit koʻrigidan oʻtkazgan xodim F.I.O., ish joyi va lavozimi, oʻlchov vositalar soni, turi hamda holati, normativ-huquqiy hujjatlar bilan asoslagan holda)

7. Quvurlar (inshoot ichki):‎‎‎

_____________________________________________________________________________________________
‎(audit koʻrigidan oʻtkazgan xodim F.I.O., ish joyi va lavozimi, koʻrsatkichlari boʻyicha quvurlar uzunligi hamda holati, normativ-huquqiy hujjatlar bilan asoslagan holda)‎‎

8. Elektr jihozlari:‎

‎‎_____________________________________________________________________________________________
‎(audit koʻrigidan oʻtkazgan xodim F.I.O., ish joyi va lavozimi, elektr jihozlari soni, turi hamda holati, normativ-huquqiy hujjatlar bilan asoslagan holda)

9. Nasoslar:‎

‎‎_____________________________________________________________________________________________
‎(audit koʻrigidan oʻtkazgan xodim F.I.O., ish joyi va lavozimi, koʻrsatkichlari boʻyicha nasoslar soni, turi, hamda holati, normativ-huquqiy hujjatlar bilan asoslagan holda)

10. Kompressorlar:‎

‎‎_____________________________________________________________________________________________
‎(audit koʻrigidan oʻtkazgan xodim F.I.O., ish joyi va lavozimi, kompressorlar soni, turi hamda holati, normativ-huquqiy hujjatlar bilan asoslagan holda)

11. Suv minoralari:‎

‎‎_____________________________________________________________________________________________
‎(audit koʻrigidan oʻtkazgan xodim F.I.O., ish joyi va lavozimi, koʻrsatkichlari boʻyicha minoralar soni hamda holati, normativ-huquqiy hujjatlar bilan asoslagan holda)

12. Boshqalar:‎

‎‎_____________________________________________________________________________________________
‎(audit koʻrigidan oʻtkazgan xodim F.I.O., ish joyi va lavozimi, soni hamda holati, normativ-huquqiy hujjatlar bilan asoslagan holda)

‎‎
‎IV. Asosiy maqsadi boʻyicha quvvati

‎1. Loyihaviy quvvati (barcha amalga oshirilgan rekonstruksiyalarni inobatga olgan holda) yiliga ______________ ming m3. ‎‎
‎2. 20____ yilda amalda manbadan ichimlik suv ishlab chiqarish uchun olingan suv miqdori________ ming m3, ishlab chiqarilgan suv miqdori__________ ming m3 tashkil etgan.

‎‎
‎V. Texnologik audit natijasida mutaxassislar xulosalari

‎‎1. Inshoot boʻyicha aniq koʻrsatkichlar bilan batafsil xulosa:
‎_____________________________________________________________________________________________

‎2. Yer osti quduqlari boʻyicha aniq koʻrsatkichlar bilan batafsil xulosa:
_____________________________________________________________________________________________
‎_____________________________________________________________________________________________
‎_____________________________________________________________________________________________
‎_____________________________________________________________________________________________
‎3. Ichimlik suv belgilangan sifatda ishlab chiqarilishi yuzasidan laboratoriya holati boʻyicha aniq koʻrsatkichlar bilan batafsil xulosa:
‎_____________________________________________________________________________________________
‎_____________________________________________________________________________________________
‎_____________________________________________________________________________________________
‎_____________________________________________________________________________________________
‎4. Laboratoriya, nasoslar, oʻlchov vositalari, jihozlar, filtrlar, tindirgichlar, kompressorlarning standartlarga mosligi boʻyicha aniq koʻrsatkichlar bilan batafsil xulosa:
‎_____________________________________________________________________________________________
‎_____________________________________________________________________________________________
‎_____________________________________________________________________________________________
‎_____________________________________________________________________________________________
‎5. Filtrlar, tindirgichlar, minoralar, ishlab chiqarishda ishtirok etuvchi boshqa inshootlar, ularning xavfsizligi, qurilish meʼyorlariga amal qilinganligi boʻyicha aniq koʻrsatkichlar bilan batafsil xulosa:
‎_____________________________________________________________________________________________
‎_____________________________________________________________________________________________
‎_____________________________________________________________________________________________
‎_____________________________________________________________________________________________
‎6. Elektr jihozlari va ishlab chiqarishda bevosita ishtirok etayotgan elektr tarmoqlari, ularning oʻlchash vositalari, aniq koʻrsatkichlar bilan batafsil xulosa:
‎_____________________________________________________________________________________________
‎_____________________________________________________________________________________________
‎_____________________________________________________________________________________________
‎_____________________________________________________________________________________________

‎‎
‎VI. Inshoot samaradorligini oshirish boʻyicha amalga oshirilishi lozim boʻlgan tadbirlar

1. Tezkor muddatli:
‎_____________________________________________________________________________________________
‎_____________________________________________________________________________________________
‎_____________________________________________________________________________________________
‎2. Uzoq muddatli:

‎3. Doimiy

‎4. Texnologik audit obyektlarida:
‎Rekonstruksiya va modernizatsiya qilish talab qilinadigan obyektlar
‎_____________________________________________________________________________________________
‎_____________________________________________________________________________________________
‎_____________________________________________________________________________________________
‎Rekonstruksiya va modernizatsiya qilish talab qilinmaydigan obyektlar
‎_____________________________________________________________________________________________
‎_____________________________________________________________________________________________
‎_____________________________________________________________________________________________
‎Rekonstruksiya va modernizatsiya qilinishi iqtisodiy tomondan samarasiz boʻlgan obyektlar
‎_____________________________________________________________________________________________
‎_____________________________________________________________________________________________
‎_____________________________________________________________________________________________
‎‎Texnologik auditdan oʻtkazuvchilar:

(imzo)‎

F.I.O.‎

(imzo)‎

F.I.O.‎

Sana:‎

Tanishdim:‎

‎‎Suv taʼminoti va kanalizatsiya
‎ inshootlarini ekspluatatsiya
‎qiluvchi tashkilot rahbari

(imzo) ‎

F.I.O.‎‎

Keyingi tahrirga qarang.