Hujjat kuchini yo‘qotgan 31.10.2023 04.06.2019 yildagi PF-5738-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 31.10.2023
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Farmoni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Respublika boʻysunuvidagi shaharlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Koʻchirma]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur Farmon Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 31-oktabrdagi PF-186-sonli “Harbiylashtirilgan tuzilmalar faoliyatini moliyaviy va moddiy-texnik taʼminlash sohasidagi islohotlar samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasida maʼmuriy-hududiy tuzilish masalalarini hal etish tartibi toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq hamda hududlarni jadal ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, shaharlarning rezerv va imkoniyatlarini toʻliq ishga solish, bu boradagi strategik va eng muhim istiqbolli vazifalarni samarali hal etishda davlat boshqaruvi hamda mahalliy ijroiya hokimiyati organlarining muvofiqlashtirilgan faoliyatini taʼminlash maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ijro etuvchi tuzilmasida ilovaga muvofiq 12 ta shtat birlikdan iborat Respublika boʻysunuvidagi shaharlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻlimi (keyingi oʻrinlarda boʻlim deb yuritiladi) tashkil etilsin va uning faoliyati bevosita Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri tomonidan muvofiqlashtirilishi belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Boʻlimning shtat birliklari Toshkent viloyati hokimligi boshqaruv apparati tuzilmasining 2 ta va Toshkent viloyati Turizmni rivojlantirish departamentining 10 ta shtat birliklarini qisqartirish hisobiga shakllantirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Quyidagilar Boʻlimning asosiy vazifalari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent viloyatining Angren, Bekobod, Olmaliq va Chirchiq shaharlarini, Sirdaryo viloyatining Shirin shahrini, Navoiy viloyatining Zarafshon shahrini va Surxondaryo viloyatining Sariosiyo tumani Shargʻun shaharchasini (keyingi oʻrinlarda shaharlar deb ataladi) rivojlantirishning istiqbolli vazifalarini samarali hal etish boʻyicha davlat boshqaruvi va mahalliy ijroiya hokimiyati organlarining muvofiqlashtirilgan faoliyatini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shaharlar iqtisodiyotining raqobatbardoshligini tubdan oshirish, innovatsion faoliyatni rivojlantirish, eksport qiluvchi korxonalarni qoʻllab-quvvatlashni kuchaytirish, fermer xoʻjaliklari, tadbirkorlik subyektlarining eksportdagi ishtirokini har tomonlama ragʻbatlantirish boʻyicha amaliy chora-tadbirlarni ishlab chiqish va ularning amalga oshirilishini tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shaharlarning ishlab chiqarishga jalb etilmagan rezerv va imkoniyatlarini toʻliq ishga solish, mehnat hamda ishlab chiqarish salohiyatini aniqlash, mavjud mineral-xomashyo resurslaridan, mehnat va ishlab chiqarish salohiyatidan samarali foydalanish, mahalliy budjetlarning daromad qismini kengaytirish, subvensiyaviyligini qisqartirish chora-tadbirlarini amalga oshirish, korxonalarning moliyaviy barqarorligini oshirish yuzasidan zaruriy choralarni belgilash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat boshqaruv organlari va xoʻjalik birlashmalari bilan birgalikda shaharlarning sanoat salohiyatini jadal rivojlantirish, mineral-xomashyo va qishloq xoʻjaligi xomashyosini sanoat yoʻli bilan chuqur qayta ishlash boʻyicha yangi yuqori texnologik ishlab chiqarishni barpo etish, yuqori qoʻshilgan qiymatli raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishni tashkil etish va shu asosda eksportga yetkazib beriladigan mahsulotlar hajmi va turlarini koʻpaytirish boʻyicha dasturiy chora-tadbirlarning ishlab chiqilishi va amalga oshirilishini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shaharlarning oʻziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda ularni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirilishini nazorat qilish, oʻz vaqtida va sifatli bajarilishiga toʻsqinlik qilayotgan muammoli masalalarni aniqlab, ularni tezkor hal etish, shu jumladan qabul qilingan hududiy dasturlarga oʻzgartirishlar kiritish boʻyicha takliflar tayyorlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shaharlarda aholi daromadlari oʻsishini taʼminlash, xarid qobiliyati darajasini oshirish va ichki isteʼmol bozorini toʻldirish, aholini elektr energiyasi, tabiiy gaz va koʻmir bilan uzluksiz taʼminlash, taʼlim, sogʻliqni saqlash, madaniyat va sport sohalarini rivojlantirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shaharlarda “Obod mahalla” dasturi, shu jumladan muhandislik, yoʻl-transport va telekommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirish, transport xizmati koʻrsatishni yanada yaxshilash, koʻrsatilayotgan uy-joy kommunal xizmatlar darajasi va sifatini tubdan oshirish, sifatli ichimlik suvi va sanitariya jihatidan tozalash tizimi, aholi punktlarini obodonlashtirish, uy-joy sharoitlarini yaxshilash, arzon va qulay uy-joylar qurish boʻyicha chora-tadbirlarning oʻz vaqtida, toʻliq va sifatli bajarilishi ustidan tizimli nazoratni amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shaharlarni rivojlantirish boʻyicha respublika darajasida hal etilishi lozim boʻlgan muammolarni davlat boshqaruvi organlari va xoʻjalik birlashmalarini jalb qilgan holda oʻz vaqtida hamda toʻlaqonli hal etish boʻyicha taʼsirchan choralar koʻrish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Belgilansinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Boʻlim oʻz faoliyatini Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri rahbarligida amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shaharlarni rivojlantirish boʻyicha amalga oshirilgan ishlar natijalari har chorakda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Rayosati yigʻilishlarda koʻrib chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bir oy muddatda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Respublika boʻysunuvidagi shaharlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻlimi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Respublika boʻysunuvidagi shaharlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻlimiga biriktiriladigan davlat boshqaruvi organlari hamda oʻzaro hamkorligi taʼminlanadigan tashkilotlar roʻyxatini belgilasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Boʻlimni moliyalashtirish, shu jumladan, xodimlarining mehnatiga haq toʻlash, moddiy-texnika taʼminoti va ularning faoliyati bilan bogʻliq boshqa xarajatlarni qoplash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan zarur mablagʻlar ajratsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda qonun hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida ikki oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi va Milliy teleradiokompaniyasi ommaviy axborot vositalarida mazkur Farmonning mazmun-mohiyatini keng yoritish boʻyicha chiqishlar va tematik koʻrsatuvlar tashkil qilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Z.Sh. Nizomiddinov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2019-yil 4-iyun,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PF-5738-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 4-iyundagi PF-5738-son Farmoniga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Respublika boʻysunuvidagi shaharlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻlimining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TUZILMASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Oʻzbekiston Respublikasining
Bosh vaziri

 


Respublika boʻysunuvidagi shaharlarni

ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻlimining mudiri


Boʻlim mudirining
oʻrinbosari



Angren shahrini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalari boʻyicha bosh mutaxassis

1

Bekobod shahrini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalari boʻyicha bosh mutaxassis

1

Olmaliq shahrini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalari boʻyicha bosh mutaxassis

1

Chirchiq shahrini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalari boʻyicha bosh mutaxassis

1

Shirin shahrini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalari boʻyicha bosh mutaxassis

1

Zarafshon shahrini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalari boʻyicha bosh mutaxassis

1



Shargʻun shaharchasini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalari boʻyicha bosh mutaxassis

1

Dastur va “yoʻl xaritalari”ni ishlab chiqish va monitoringini olib borish masalalari boʻyicha bosh mutaxassis

1

Tahliliy maʼlumotlarni umumlashtirish
va maʼlumotlar bazasini shakllantirish masalalari boʻyicha bosh mutaxassis

1

Inspektor

1

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xodimlarining umumiy cheklangan soni — 12 nafar, shu jumladan boshqaruv xodimlari soni — 11 nafar.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.06.2019-y., 06/19/5738/3272-son)