Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni, 02.12.2004 yildagi 706-II-son
Кучга кириш санаси
24.01.2005
Рус
Eng
Ўзб
O’zb
O‘zb|Рус
|
Oʻzbekiston Respublikasining qonuni XALQ DEPUTATLARI VILOYAT, TUMAN VA SHAHAR KENGASHI DEPUTATINING MAQOMI TOʻGʻRISIDA Ushbu Qonun xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatining (bundan buyon matnda deputat deb yuritiladi) huquqlarini, majburiyatlarini hamda deputatlik faoliyatining asosiy kafolatlarini belgilaydi. I. Umumiy qoidalar 1-modda. Deputat Tegishli xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashiga (bundan buyon matnda xalq deputatlari Kengashi deb yuritiladi) saylangan hamda Oʻzbekiston Respublikasining Saylov kodeksiga muvofiq tegishincha viloyat, tuman va shahar saylov komissiyasi tomonidan roʻyxatga olingan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi deputat hisoblanadi. (1-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 4-sentabrdagi OʻRQ-563-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.09.2019-y., 03/19/563/3685-son) 2-modda. Deputat faoliyatining huquqiy asoslari Deputat oʻz faoliyatini Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni, ushbu Qonun va boshqa qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiradi. (2-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) 3-modda. Deputat vakolatlarining muddati Deputat tegishli xalq deputatlari Kengashining vakolatlari muddatiga saylanadi. Saylov okrugining hududi boshqa maʼmuriy-hududiy birlik tarkibiga oʻtkazilganda yoki uning hududida yangi maʼmuriy-hududiy birlik tashkil etilgan taqdirda ushbu saylov okrugidan saylangan deputatning vakolatlari saqlab qolinadi. Bunda deputat saylov okrugining hududi joylashgan xalq deputatlari Kengashi yoxud yangi tashkil etilgan maʼmuriy-hududiy birlikda shakllantirilgan xalq deputatlari Kengashi tarkibiga kiradi, deputatning vakolatlari muddati esa mazkur xalq deputatlari Kengashining vakolatlari muddatiga muvofiq boʻladi. (3-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2022-yil 16-iyundagi OʻRQ-779-sonli Qonuniga asosan ikkinchi qism bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.06.2022-y., 03/22/779/0528-son) Deputatning vakolatlari quyidagi hollarda muddatidan ilgari tugatiladi: u oʻz vakolatlarini zimmasidan soqit qilish toʻgʻrisida yozma ariza bergan taqdirda; u qonunga koʻra deputatlik vakolatlarini amalga oshirishiga nomuvofiq boʻlgan lavozimga saylangan yoki tayinlangan taqdirda; tegishli xalq deputatlari Kengashining, mazkur Kengash tomonidan tuzilgan, oʻzi tarkibiga saylangan komissiyaning majlislarida bir kalendar yil ichida oʻttiz yoki undan ortiq ish kuni uzrli sabablarsiz ishtirok etmagan taqdirda; chet davlatning doimiy yashash guvohnomasini yoki chet davlat hududida doimiy yashash huquqini tasdiqlovchi boshqa hujjatni olgan taqdirda; (3-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 2-iyuldagi OʻRQ-934-sonli Qonuniga asosan toʻrtinchi va beshinchi xatboshilar bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.07.2024-y., 03/24/934/0469-son) unga nisbatan sudning ayblov hukmi qonuniy kuchga kirgan taqdirda; u chaqirib olingan taqdirda; sud uni muomalaga layoqatsiz deb topgan taqdirda; u sudning qonuniy kuchga kirgan qarori asosida bedarak yoʻqolgan deb topilgan yoki vafot etgan deb eʼlon qilingan taqdirda; u Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligini yoʻqotgan taqdirda; u vafot etgan taqdirda. Alohida hollarda deputatning vakolatlari tegishli xalq deputatlari Kengashi qaroriga binoan muddatidan ilgari tugatilishi mumkin. Deputat degan yuksak nomga dogʻ tushiruvchi xulq-atvor bunday masalani koʻrib chiqish uchun asos boʻlishi mumkin. Ushbu modda uchinchi qismining toʻrtinchi xatboshisida nazarda tutilgan hollarda deputatning vakolatlari tegishli xalq deputatlari Kengashining qaroriga binoan muddatidan ilgari tugatiladi. (3-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 2-iyuldagi OʻRQ-934-sonli Qonuniga asosan beshinchi qism bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.07.2024-y., 03/24/934/0469-son) Deputatning vakolatlarini boshqa shaxsga topshirish mumkin emas. 4-modda. Deputatning guvohnomasi va koʻkrak nishoni Deputatda guvohnoma va koʻkrak nishoni boʻladi, bu guvohnoma bilan nishon unga deputat sifatida roʻyxatga olinganidan keyin tegishli saylov komissiyasi tomonidan beriladi. Deputat guvohnoma va koʻkrak nishonidan oʻz vakolatlari muddati mobaynida foydalanadi. Deputatning guvohnomasi va koʻkrak nishoni toʻgʻrisidagi namunaviy nizom, shuningdek, bunday guvohnoma va nishon namunalari hamda tavsiflari Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi tomonidan tasdiqlanadi. II. Deputatning huquqlari va majburiyatlari 5-modda. Deputatning huquqlari Deputat tegishli xalq deputatlari Kengashi majlislarida koʻrib chiqilayotgan barcha masalalar boʻyicha hal qiluvchi ovoz huquqidan foydalanadi. Deputat: tegishli xalq deputatlari Kengashining doimiy hamda muvaqqat komissiyalariga saylash va saylanishga; tegishli xalq deputatlari Kengashining majlisida koʻrib chiqilishi uchun masalalar taklif etishga; tegishli xalq deputatlari Kengashi majlisining kun tartibi, muhokama qilinayotgan masalalarni koʻrib chiqish tartibi hamda bu masalalarning mohiyati yuzasidan takliflar kiritish va mulohazalar bildirishga; tegishli xalq deputatlari Kengashi tomonidan saylanadigan, tayinlanadigan yoki tasdiqlanadigan mansabdor shaxslarning nomzodlari boʻyicha fikr bildirishga; tegishli xalq deputatlari Kengashining majlisida munozaralarda ishtirok etishga, maʼruzachi va raislik qiluvchiga savollar berishga; deputat soʻrovi bilan murojaat etishga; oʻz takliflarini asoslab berish uchun soʻzga chiqishga va ovoz berish sabablari yuzasidan izoh berishga; tegishli xalq deputatlari Kengashining majlisida raislik qiluvchiga majlisda muhokama qilinayotgan masala yuzasidan oʻz nutqi, taklifi yoki mulohazasi matnini topshirishga; tegishli xalq deputatlari Kengashi tarkibidagi oʻzi aʼzo boʻlgan organning qaroriga qoʻshilmagan taqdirda oʻz nuqtai nazarini tegishli xalq deputatlari Kengashining majlisida bayon etishga yoki bu haqda mazkur xalq deputatlari Kengashi rahbariga yozma ravishda maʼlum qilishga; tegishli hududlarni rivojlantirish dasturlarining bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshirishga; (5-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 18-apreldagi OʻRQ-476-sonli Qonuniga asosan oʻn birinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 19.04.2018-y., 03/18/476/1087-son) tegishli xalq deputatlari Kengashiga hisobdor yoki uning nazorati ostidagi har qanday organ yoxud mansabdor shaxsning hisoboti yoki axborotini mazkur xalq deputatlari Kengashining majlislarida eshitish toʻgʻrisida taklif kiritishga; Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarining ijro etilishini, shuningdek, tegishli xalq deputatlari Kengashi qarorlarining bajarilishini tekshirish toʻgʻrisida koʻrib chiqilishi uchun masalalar taklif etishga; tegishli xalq deputatlari Kengashi majlislarining stenogrammalari bilan tanishishga; saylovchilar bilan, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organi, siyosiy partiya tashkiloti bilan uchrashuvlar oʻtkazishga; fuqarolarning huquqlari va qonun bilan muhofaza qilinadigan manfaatlarini buzish hollari yoki qonunchilikni buzishning boshqa hollari maʼlum boʻlib qolgan taqdirda ularga darhol chek qoʻyish choralarini koʻrish talabi bilan tegishli organlar hamda mansabdor shaxslarga murojaat etishga haqli. (5-moddaning ikkinchi qismi oʻn oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) Deputat qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin. (5-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) 6-modda. Deputatning majburiyatlari Deputat tegishli xalq deputatlari Kengashining majlislarida hamda mazkur Kengash tomonidan tuzilgan qaysi komissiya tarkibiga saylangan boʻlsa, shu komissiyaning majlislarida qatnashishi, ovoz berishda tegishli xalq deputatlari Kengashining Reglamentida belgilangan tartibda shaxsan ishtirok etishi shart. Deputatning tegishli xalq deputatlari Kengashining hamda qaysi komissiya tarkibida boʻlsa, shu komissiyaning majlisida ishtirok etish imkoniyati boʻlmagan taqdirda, bu haqda mazkur xalq deputatlari Kengashi yoki komissiya rahbariga oldindan xabar qilishi shart. Deputatning zimmasida qonun hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlar ham boʻlishi mumkin. (6-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) 7-modda. Deputatning saylovchilar bilan, uni deputatlikka nomzod qilib koʻrsatgan siyosiy partiya bilan olib boradigan ishlari (7-moddaning nomi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 4-sentabrdagi OʻRQ-563-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.09.2019-y., 03/19/563/3685-son) Tegishli xalq deputatlari Kengashining deputati oʻz okrugi saylovchilari bilan, uni deputatlikka nomzod qilib koʻrsatgan siyosiy partiya bilan aloqa bogʻlab turadi, tegishli xalq deputatlari Kengashida ularning manfaatlarini ifoda etadi. (7-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 4-sentabrdagi OʻRQ-563-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.09.2019-y., 03/19/563/3685-son) Deputat oʻziga saylovchilardan tushgan murojaatlarni qonunchilikda belgilangan tartibda koʻrib chiqadi, ularni hal etish chora-tadbirlarini koʻradi, jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslarning vakillarini qabul qiladi. (7-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) Deputat vaqti-vaqti bilan, lekin yiliga kamida toʻrt marta saylovchilarga oʻz faoliyati toʻgʻrisida axborot beradi. (7-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 18-apreldagi OʻRQ-476-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 19.04.2018-y., 03/18/476/1087-son) Deputatga saylovchilar bilan olib boriladigan ishlar uchun tegishli xalq deputatlari Kengashining reglamentida belgilanadigan tartibda muayyan kunlar ajratiladi. Saylovchilar bilan uchrashuvlar oʻtkazish uchun deputatga zarur shart-sharoit taʼminlanadi. Ijro etuvchi hokimiyat organlari uning iltimosiga koʻra bino ajratilishini tashkil etadilar, deputatning saylovchilar bilan uchrashuvlari oʻtkaziladigan, deputat tomonidan fuqarolar qabul qilinadigan vaqt va joy haqida fuqarolarga xabar beradilar, qabul va uchrashuvlarda ishtirok etish uchun deputatning taklifiga binoan oʻzlarining masʼul vakillarini yuboradilar, shuningdek, deputatning joylardagi ishiga koʻmaklashish yuzasidan boshqa chora-tadbirlar koʻradilar. Saylovchilarning ishonchini oqlay olmagan, shuningdek uni deputatlikka nomzod qilib koʻrsatgan siyosiy partiya oldidagi oʻz majburiyatlarini bajarmagan deputat qonunda belgilangan tartibda chaqirib olinishi mumkin. (7-moddaning oltinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 4-sentabrdagi OʻRQ-563-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.09.2019-y., 03/19/563/3685-son) 8-modda. Deputat soʻrovi Deputat tegishli hududda joylashgan davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining mansabdor shaxslariga ularning vakolatlariga kiradigan masalalar yuzasidan asoslantirilgan tushuntirish berish yoki oʻz nuqtai nazarini bayon qilish talabi bilan deputat soʻrovi yuborishga haqlidir. Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining mansabdor shaxslari deputat soʻroviga javobni deputatga mazkur soʻrov olingan kundan eʼtiboran oʻn kundan kechiktirmay yuboradilar. Deputat soʻroviga javob oʻz nomiga soʻrov yuborilgan mansabdor shaxs yoki uning vazifalarini vaqtincha bajarayotgan shaxs tomonidan imzolanadi. (8-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2020-yil 10-avgustdagi OʻRQ-631-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.08.2020-y., 03/20/631/1153-son) Sudlarning raislariga, prokurorlarga, surishtiruv va tergov organlarining rahbarlariga yoʻllangan deputat soʻrovi ularning ish yurituvidagi muayyan ishlar va materiallarga taalluqli boʻlishi mumkin emas. Deputat soʻrovlari boʻyicha axborot tegishli xalq deputatlari Kengashining majlisida muhokama qilinishi mumkin. 9-modda. Deputatlik odobi Deputat odob qoidalariga qatʼiy rioya etishi lozim. Deputatning oʻz maqomidan fuqarolarning, jamiyat va davlatning qonuniy manfaatlariga ziyon yetkazadigan tarzda foydalanishiga yoʻl qoʻyilmaydi. Deputatning odob-axloq qoidalari tegishli xalq deputatlari Kengashi tomonidan tasdiqlanadi. Deputatning odob-axloq qoidalari buzilgan taqdirda deputatning xulq-atvori toʻgʻrisidagi masala tegishli xalq deputatlari Kengashi yoki uning odob-axloq komissiyasi tomonidan koʻrib chiqilishi mumkin. (9-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 2-iyuldagi OʻRQ-934-sonli Qonuniga asosan ikkinchi va uchinchi qismlar bilan almashtirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.07.2024-y., 03/24/934/0469-son) 91-modda. Deputatning odob-axloq qoidalari deputat tomonidan buzilganligi uchun qoʻllaniladigan choralar Deputatning odob-axloq qoidalari deputat tomonidan buzilganligi uchun deputatga nisbatan quyidagi taʼsir choralari qoʻllanilishi mumkin: deputatning odob-axloq qoidalarini buzishga yoʻl qoʻyilmasligi koʻrsatib oʻtilgan holda deputatga ogohlantirish berish; deputatdan tegishli xalq deputatlari Kengashi, shuningdek oʻzi tarkibiga saylangan komissiya majlislarida uzr soʻrashni talab qilish; deputatning odob-axloq qoidalari buzilishiga deputat tomonidan yoʻl qoʻyilganligi faktini tegishli xalq deputatlari Kengashi majlisida oʻqib eshittirish; deputatning vakolatlarini muddatidan ilgari tugatish. Deputatning odob-axloq qoidalari buzilgan taqdirda, odob-axloq komissiyasi yoki tegishli xalq deputatlari Kengashi qaroriga asosan deputatning xulq-atvori toʻgʻrisidagi masala koʻrib chiqiladi va unga nisbatan ushbu modda birinchi qismining ikkinchi, uchinchi va toʻrtinchi xatboshilarida nazarda tutilgan taʼsir choralari qoʻllaniladi. Ushbu modda birinchi qismining beshinchi xatboshisida nazarda tutilgan taʼsir chorasi tegishli xalq deputatlari Kengashining qaroriga asosan qoʻllaniladi. (91-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 2-iyuldagi OʻRQ-934-sonli Qonuniga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.07.2024-y., 03/24/934/0469-son) III. Deputat faoliyatining asosiy kafolatlari 10-modda. Deputatning huquqlari, shaʼni va qadr-qimmatini muhofaza qilish Har bir deputatga oʻz vakolatlarini moneliksiz hamda samarali amalga oshirishi uchun shart-sharoit kafolatlanadi, uning huquqlari, shaʼni va qadr-qimmati muhofaza qilinadi. Deputatning shaʼni va qadr-qimmatiga tajovuz qilgan shaxslar qonunga muvofiq maʼmuriy, jinoiy yoki oʻzga tarzda javobgar boʻladilar. Deputatni haqorat qilish, shuningdek, unga nisbatan tuhmat qilish qonunda belgilangan javobgarlikka sabab boʻladi. Deputatlik vakolatlarini amalga oshirishiga toʻsqinlik qilish maqsadida deputatga qanaqa tarzda boʻlmasin taʼsir koʻrsatishga yoʻl qoʻyilmaydi. Deputat oldidagi oʻz vazifalarini bajarmaydigan, uning ishiga toʻsqinlik qiladigan, bila turib unga yolgʻon axborot beradigan, deputat faoliyatining kafolatlarini buzadigan mansabdor shaxslar qonunchilikka muvofiq javobgar boʻladilar. (10-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) 11-modda. Deputatning daxlsizlik huquqi Deputat oʻzining vakolatlari muddati mobaynida daxlsizlik huquqiga ega boʻladi. Tegishli xalq deputatlari Kengashining roziligisiz deputat mazkur hududda jinoiy javobgarlikka tortilishi, ushlab turilishi, qamoqqa olinishi yoki sud tartibida beriladigan maʼmuriy jazoga tortilishi mumkin emas. Deputat tegishli xalq deputatlari Kengashida ovoz berish chogʻida fikr bildirganligi yoki nuqtai nazarini bayon etganligi uchun hamda oʻz vakolatlarini amalga oshirishi bilan bogʻliq boshqa harakatlari uchun javobgarlikka tortilishi mumkin emas, shu jumladan, vakolatlari muddati tugaganidan keyin ham javobgarlikka tortilishi mumkin emas. Agar shunday xatti-harakatlar munosabati bilan deputat haqorat qilishga, tuhmat qilishga yoki qonunda javobgarlik nazarda tutilgan boshqa qonunbuzarliklarga yoʻl qoʻygan boʻlsa, u daxlsizlik huquqidan mahrum qilingan taqdirda javobgarlikka tortiladi. (11-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) 12-modda. Deputatni daxlsizlik huquqidan mahrum qilish tartibi Deputatni daxlsizlik huquqidan mahrum qilish toʻgʻrisidagi masala tegishincha viloyat, tuman, shahar prokurorining yoki yuqori turuvchi prokurorning taqdimnomasiga binoan xalq deputatlari Kengashi tomonidan oʻn kun ichida hal etiladi. Senator etib saylangan deputatni daxlsizlik huquqidan mahrum qilish masalasi “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatining va Senati aʼzosining maqomi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunida belgilangan tartibda hal etiladi. Deputatni javobgarlikka tortishga rozilik olish toʻgʻrisida quyi prokuror tomonidan kiritilgan taqdimnomani yuqori turuvchi prokuror chaqirtirib olishi mumkin. Deputatni jinoiy javobgarlikka tortishga, ushlab turishga, qamoqqa olishga yoki unga nisbatan sud tartibida beriladigan maʼmuriy jazoni qoʻllashga rozilik olish toʻgʻrisidagi prokuror taqdimnomasi tegishli xalq deputatlari Kengashi tomonidan koʻrib chiqiladi. (12-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 14-yanvardagi OʻRQ-666-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.01.2021-y., 03/21/666/0032-son) Xalq deputatlari Kengashining deputatni daxlsizlik huquqidan mahrum qilishga rozilik berish masalasiga doir qarori darhol tegishli prokurorga yuboriladi. Deputatni daxlsizlik huquqidan mahrum qilishga rozilik olgan prokuror ish yuritish tamomlangan kundan eʼtiboran uch kunlik muddat ichida tegishli xalq deputatlari Kengashiga ishni tergov qilish, sudda koʻrib chiqish natijalari toʻgʻrisida xabar qilishi shart. Tegishli xalq deputatlari Kengashining deputatni daxlsizlik huquqidan mahrum qilishga rozilik berishni rad etishi unga nisbatan jinoyat ishini yuritishni yoki sud tartibida beriladigan maʼmuriy jazoni nazarda tutadigan maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ishni yuritishni istisno etadigan va bunday ishlarni tugatishga sabab boʻladigan holat hisoblanadi. Xalq deputatlari Kengashining qaroriga rozi boʻlmagan taqdirda, yuqori turuvchi prokuror tegishincha yuqori Kengashga, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesiga yoki Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senatiga qarorni bekor qilish va masalani tegishli xalq deputatlari Kengashi qayta koʻrib chiqishi uchun topshirish toʻgʻrisida taqdimnoma kiritishga haqlidir. (12-moddaning yettinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 17-oktabrdagi OʻRQ-976-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.10.2024-y., 03/24/976/0833-son) Agar deputat oʻzi xalq deputatlari Kengashi deputati boʻlgan viloyat, tuman yoki shahar hududidan tashqarida jinoyat yoki maʼmuriy huquqbuzarlik sodir etgan boʻlsa, deputatni jinoiy javobgarlikka tortishga, ushlab turishga, qamoqqa olishga yoki unga nisbatan sud tartibida beriladigan maʼmuriy jazoni qoʻllashga rozilik olish talab qilinmaydi. 13-modda. Deputatning mansabdor shaxslar tomonidan darhol qabul qilinish huquqi Deputat oʻz vakolatlarini amalga oshirayotganda guvohnomasini koʻrsatib, tegishli viloyat, tuman va shahar hududida joylashgan korxonalar, muassasalar hamda tashkilotlarga moneliksiz kirish huquqidan, shuningdek, ularning rahbarlari hamda boshqa mansabdor shaxslari tomonidan darhol qabul qilinish huquqidan foydalanadi. Faoliyati davlat siri hamda qonun bilan qoʻriqlanadigan boshqa sir bilan bogʻliq korxonalar, muassasalar, tashkilotlarga deputatning kirish tartibi qonunda belgilanadi. 14-modda. Deputatlik faoliyatini ishlab chiqarish yoki xizmat vazifasini bajarish bilan uygʻun tarzda olib borish Deputat oʻz vakolatlarini ishlab chiqarish yoki xizmat vazifalaridan ajralmagan holda amalga oshiradi. Korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning rahbarlari deputatni u oʻz deputatlik vazifalarini bajaradigan vaqtda, uning ish joyini (lavozimini) saqlagan holda, ishdan ozod qilishlari shart. Deputatlik vazifalarini bajarayotgan vaqtda deputatning oʻrtacha ish haqi saqlanib qoladi. 15-modda. Deputatni harbiy yigʻinlardan ozod qilish Deputat oʻz vakolatlari amal qilayotgan muddat mobaynida harbiy yigʻinlardan ozod qilinadi. 16-modda. Deputat faoliyatining axborot hamda moddiy-texnika taʼminoti Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashi kotibiyati tegishli xalq deputatlari Kengashi deputatini hujjatlar, zarur axborot va maʼlumot materiallari bilan taʼminlaydi, shuningdek, deputatlik faoliyati bilan bogʻliq masalalar boʻyicha mutaxassislarning maslahatlarini uyushtiradi. (16-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2020-yil 14-sentabrdagi OʻRQ-636-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.09.2020-y., 03/20/636/1276-son) Deputatga texnik vositalar, aloqa vositalari va maʼlumotlar bazalaridan foydalanish uchun shart-sharoit yaratiladi. 17-modda. Deputatning transportda tekin yurish huquqi Deputat tegishli viloyat, tuman, shahar hududida havo, temir yoʻl, avtomobil yoʻlovchilar transportida (taksi va shahar yoʻlovchilar transporti bundan mustasno) tekin yurish, shuningdek, yoʻl pattalarini navbatsiz sotib olish huquqidan foydalanadi. Deputatning transportda tekin yurish tartibi va shartlari, transport tashkilotlari bilan bu borada hisob-kitob qilish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati tomonidan belgilanadi. Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV Toshkent sh., 2004-yil 2-dekabr, 706-II-son (Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 3-4-son, 20-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 19.04.2018-y., 03/18/476/1087-son; 05.09.2019-y., 03/19/563/3685-son; 10.08.2020-y., 03/20/631/1153-son, 15.09.2020-y., 03/20/636/1276-son; 15.01.2021-y., 03/21/666/0032-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son; 16.06.2022-y., 03/22/779/0528-son; 04.07.2024-y., 03/24/934/0469-son; 19.10.2024-y., 03/24/976/0833-son) |
Закон Республики Узбекистан О СТАТУСЕ ДЕПУТАТА ОБЛАСТНОГО, РАЙОННОГО И ГОРОДСКОГО КЕНГАША НАРОДНЫХ ДЕПУТАТОВ Настоящий Закон определяет права, обязанности и основные гарантии деятельности депутата областного, районного и городского Кенгаша народных депутатов (далее — депутат). I. Общие положения Статья 1. Депутат Депутатом является гражданин Республики Узбекистан, избранный в соответствующий областной, районный, городской Кенгаш народных депутатов (далее — Кенгаш народных депутатов) и зарегистрированный соответственно областной, районной и городской избирательной комиссией в соответствии с Избирательным кодексом Республики Узбекистан. (статья 1 в редакции Закона Республики Узбекистан от 4 сентября 2019 года № ЗРУ-563 — Национальная база данных законодательства, 05.09.2019 г., № 03/19/563/3685) Статья 2. Правовые основы деятельности депутата Депутат осуществляет свою деятельность в соответствии с Конституцией Республики Узбекистан, Законом Республики Узбекистан «О государственной власти на местах», настоящим Законом и другими законодательными актами. Статья 3. Срок полномочий депутата Депутат избирается на срок полномочий соответствующего Кенгаша народных депутатов. В случае передачи территории избирательного округа в состав другой административно-территориальной единицы или образования на его территории новой административно-территориальной единицы полномочия депутата, избранного от этого избирательного округа, сохраняются. При этом депутат входит в состав Кенгаша народных депутатов, расположенного на территории избирательного округа, или Кенгаша народных депутатов, сформированного на вновь образованной административно-территориальной единице, а срок полномочий депутата соответствует сроку полномочий данного Кенгаша народных депутатов. (статья 3 дополнена частью второй Законом Республики Узбекистан от 16 июня 2022 года № ЗРУ-779 — Национальная база данных законодательства, 16.06.2022 г., № 03/22/779/0528) Полномочия депутата прекращаются досрочно в случае: письменного заявления о сложении им своих полномочий; избрания или назначения его на должность, занятие которой по закону несовместимо с осуществлением полномочий депутата: неучастия без уважительных причин тридцать или более рабочих дней в течение одного календарного года на заседаниях соответствующего Кенгаша народных депутатов, образованной данным Кенгашем комиссии, в состав которой он избран; получения вида на постоянное жительство иностранного государства или иного документа, подтверждающего право на постоянное проживание на территории иностранного государства; (части третьей статьи 3 дополнен абзацами четвертым и пятым Законом Республики Узбекистан от 2 июля 2024 года № ЗРУ-934 — Национальная база данных законодательства, 04.07.2024 г., № 03/24/934/0469) вступления в законную силу в отношении его обвинительного приговора суда; его отзыва; признания его судом недееспособным; признания его безвестно отсутствующим либо объявления его умершим на основании решения суда, вступившего в законную силу; утраты им гражданства Республики Узбекистан; его смерти. В исключительных случаях полномочия депутата могут быть прекращены досрочно по решению соответствующего Кенгаша народных депутатов. Основанием для рассмотрения такого вопроса может быть поведение, порочащее высокое звание депутата. В случаях, предусмотренных абзацем четвертым части третьей настоящей статьи, полномочия депутата прекращаются досрочно по решению соответствующего Кенгаша народных депутатов. (статья 3 дополнена частью пятой Законом Республики Узбекистан от 2 июля 2024 года № ЗРУ-934 — Национальная база данных законодательства, 04.07.2024 г., № 03/24/934/0469) Полномочия депутата не подлежат передаче другому лицу. Статья 4. Удостоверение и нагрудный знак депутата Депутат имеет удостоверение и нагрудный знак, которые выдаются ему соответствующей избирательной комиссией после регистрации в качестве депутата. Удостоверением и нагрудным знаком депутат пользуется в течение срока своих полномочий. Типовое Положение об удостоверении и нагрудном знаке депутата, а также их образцы и описания утверждаются Центральной избирательной комиссией Республики Узбекистан. II. Права и обязанности депутата Статья 5. Права депутата Депутат пользуется правом решающего голоса по всем вопросам, рассматриваемым на заседании соответствующего Кенгаша народных депутатов. Депутат вправе: избирать и быть избранным в постоянные и временные комиссии соответствующего Кенгаша народных депутатов; предлагать вопросы для рассмотрения на заседании соответствующего Кенгаша народных депутатов; вносить предложения и замечания по повестке дня заседания соответствующего Кенгаша народных депутатов, порядку рассмотрения и существу обсуждаемых вопросов; высказывать мнение по кандидатурам должностных лиц, избираемых, назначаемых или утверждаемых соответствующим Кенгашем народных депутатов; участвовать в прениях, задавать вопросы докладчику и председательствующему на заседании соответствующего Кенгаша народных депутатов; обращаться с депутатским запросом; выступать с обоснованием своих предложений и по мотивам голосования давать справки; передать председательствующему на заседании соответствующего Кенгаша народных депутатов текст своего выступления, предложения или замечания по обсуждаемому на заседании вопросу; в случае несогласия с решением органа соответствующего Кенгаша народных депутатов, в состав которого он входит, изложить свою точку зрения на заседании соответствующего Кенгаша народных депутатов или сообщить о ней в письменной форме руководителю соответствующего Кенгаша народных депутатов; осуществлять контроль за реализацией программ развития соответствующих территорий; (часть вторая статьи 5 дополнена абзацем одиннадцатым Законом Республики Узбекистан от 18 апреля 2018 года № ЗРУ-476 — Национальная база данных законодательства, 19.04.2018 г., № 03/18/476/1087) вносить предложения о заслушивании на заседаниях соответствующего Кенгаша народных депутатов отчета или информации любого органа либо должностного лица, подотчетного или подконтрольного соответствующему Кенгашу народных депутатов; предлагать к рассмотрению вопросы о проведении проверок исполнения законов Республики Узбекистан, а также выполнения решений соответствующего Кенгаша народных депутатов; знакомиться со стенограммами заседаний соответствующего Кенгаша народных депутатов; проводить встречи с избирателями, органом самоуправления граждан, организацией политической партии; обращаться к соответствующим органам и должностным лицам с требованием принять меры по немедленному пресечению обнаруженных нарушений прав и охраняемых законом интересов граждан или иных нарушений законодательства. Депутат может иметь и иные права в соответствии с законодательными актами. Статья 6. Обязанности депутата Депутат обязан принимать участие в заседаниях соответствующего Кенгаша народных депутатов, образуемых им комиссий, в состав которых он избран, лично участвовать в голосовании в порядке, установленном Регламентом соответствующего Кенгаша народных депутатов. Депутат в случае невозможности участвовать на заседании соответствующего Кенгаша народных депутатов, комиссии, в состав которой он входит, обязан заблаговременно сообщить об этом руководителю соответствующего Кенгаша народных депутатов либо комиссии. Депутат может нести и иные обязанности в соответствии с законодательными актами. Статья 7. Работа депутата с избирателями, политической партией, выдвинувшей его кандидатом в депутаты (наименование статьи 7 в редакции Закона Республики Узбекистан от 4 сентября 2019 года № ЗРУ-563 — Национальная база данных законодательства, 05.09.2019 г., № 03/19/563/3685) Депутат соответствующего Кенгаша народных депутатов поддерживает связь с избирателями своего округа, политической партией, выдвинувшей его кандидатом в депутаты, выражает их интересы в соответствующем Кенгаше народных депутатов. (часть первая статьи 7 в редакции Закона Республики Узбекистан от 4 сентября 2019 года № ЗРУ-563 — Национальная база данных законодательства, 05.09.2019 г., № 03/19/563/3685) Депутат рассматривает в порядке, установленном законодательством, поступившие к нему обращения избирателей, принимает меры к их разрешению, ведет прием физических лиц и представителей юридических лиц. (часть вторая статьи 7 в редакции Закона Республики Узбекистан от 18 апреля 2018 года № ЗРУ-476 — Национальная база данных законодательства, 19.04.2018 г., № 03/18/476/1087) Депутат периодически, но не реже четырех раз в год, информирует избирателей о своей деятельности. (часть третья статьи 7 в редакции Закона Республики Узбекистан от 18 апреля 2018 года № ЗРУ-476 — Национальная база данных законодательства, 19.04.2018 г., № 03/18/476/1087) Депутату предоставляются соответствующие дни для работы с избирателями в порядке, определяемом Регламентом соответствующего Кенгаша народных депутатов. Депутату обеспечиваются необходимые условия для проведения встреч с избирателями. По его просьбе исполнительные органы власти организуют выделение помещений, извещают граждан о времени и месте проведения встреч депутата с избирателями, приема депутатом граждан, направляют по приглашению депутата для участия в приемах и встречах своих ответственных представителей, а также принимают другие меры по оказанию депутату содействия в его работе на местах. Депутат, не оправдавший доверия избирателей, а также не выполняющий своих обязанностей перед политической партией, выдвинувшей его кандидатом в депутаты, может быть отозван в установленном законом порядке. (часть шестая статьи 7 в редакции Закона Республики Узбекистан от 4 сентября 2019 года № ЗРУ-563 — Национальная база данных законодательства, 05.09.2019 г., № 03/19/563/3685) Статья 8. Депутатский запрос Депутат вправе направить депутатский запрос должностным лицам органов государственной власти и управления, расположенных на соответствующей территории, с требованием дать обоснованное разъяснение или изложить свою позицию по вопросам, входящим в их ведение. Ответ на депутатский запрос должностные лица органов государственной власти и управления обязаны направить депутату не позднее десяти дней со дня получения депутатского запроса. Ответ на депутатский запрос подписывается должностным лицом, на имя которого был направлен запрос, или лицом, временно исполняющим его обязанности. (часть вторая статьи 8 в редакции Закона Республики Узбекистан от 10 августа 2020 года № ЗРУ-631 — Национальная база данных законодательства, 10.08.2020 г., № 03/20/631/1153) Депутатский запрос, адресованный председателям судов, прокурорам, руководителям органов дознания и следствия, не может касаться конкретных дел и материалов, находящихся в их производстве. Информация по депутатским запросам может быть обсуждена на заседании соответствующего Кенгаша народных депутатов. Статья 9. Этика депутата Депутат должен строго соблюдать нормы этики. Недопустимо использование депутатом своего статуса в ущерб законным интересам граждан, общества и государства. Правила этики депутата утверждаются соответствующим Кенгашем народных депутатов. В случае нарушения правил этики депутата вопрос о поведении депутата может быть рассмотрен соответствующим Кенгашем народных депутатов или его комиссией по этике. (часть вторая статьи 9 заменена частями второй и третьей Законом Республики Узбекистан от 2 июля 2024 года № ЗРУ-934 — Национальная база данных законодательства, 04.07.2024 г., № 03/24/934/0469) Статья 91. Меры, применяемые за нарушение депутатом правил этики депутата За нарушение правил этики депутата к депутату могут быть применены следующие меры воздействия: вынесение предупреждения депутату с указанием на недопустимость нарушения правил этики депутата; требование от депутата принести извинения на заседаниях соответствующего Кенгаша народных депутатов, а также комиссии, в состав которой он избран; оглашение факта допущения нарушения депутатом правил этики депутата на заседании соответствующего Кенгаша народных депутатов; досрочное прекращение полномочий депутата. В случае нарушения правил этики депутата вопрос о поведении депутата рассматривается и к нему применяются меры воздействия, предусмотренные абзацами вторым, третьим и четвертым части первой настоящей статьи, на основании решения комиссии по этике или соответствующего Кенгаша народных депутатов. Мера воздействия, предусмотренная абзацем пятым части первой настоящей статьи, применяется на основании решения соответствующего Кенгаша народных депутатов. (статья 91 введена Законом Республики Узбекистан от 2 июля 2024 года № ЗРУ-934 — Национальная база данных законодательства, 04.07.2024 г., № 03/24/934/0469) III. Основные гарантии деятельности депутата Статья 10. Защита прав, чести и достоинства депутата Каждому депутату гарантируются условия для беспрепятственного и эффективного осуществления его полномочий, защищаются его права, честь и достоинство. Лица, посягающие на честь и достоинство депутата, несут административную, уголовную или иную ответственность в соответствии с законом. Оскорбление депутата, а равно клевета в отношении его влекут ответственность, установленную законом. Недопустимо воздействие в какой бы то ни было форме на депутата с целью воспрепятствовать исполнению им своих полномочий. Должностные лица, не выполняющие своих обязанностей перед депутатом, препятствующие его работе, предоставляющие ему заведомо ложную информацию, нарушающие гарантии деятельности депутата, несут ответственность в соответствии с законодательством. Статья 11. Неприкосновенность депутата Депутат обладает неприкосновенностью в течение срока своих полномочий. Депутат не может быть на соответствующей территории привлечен к уголовной ответственности, задержан, заключен под стражу или подвергнут административному взысканию, налагаемому в судебном порядке, без согласия соответствующего Кенгаша народных депутатов. Депутат не может быть привлечен к ответственности за высказывание мнения или выражения позиции при голосовании в соответствующем Кенгаше народных депутатов и другие действия, связанные с реализацией своих полномочий, в том числе по истечении срока его полномочий. Если в связи с такими действиями депутат допустил оскорбления, клевету или иные нарушения, ответственность за которые предусмотрена законом, он привлекается к ответственности в случае лишения его неприкосновенности. Статья 12. Порядок лишения депутата неприкосновенности Вопрос о лишении депутата неприкосновенности решается Кенгашем народных депутатов по представлению соответственно прокурора области, района, города либо вышестоящего прокурора в течение десяти дней. Вопрос о лишении неприкосновенности депутата, избранного сенатором, решается в порядке, установленном Законом Республики Узбекистан «О статусе депутата Законодательной палаты и члена Сената Олий Мажлиса Республики Узбекистан». Вышестоящий прокурор может отозвать представление о получении согласия на привлечение депутата к ответственности, внесенное нижестоящим прокурором. Представление прокурора о получении согласия на привлечение депутата к уголовной ответственности, задержание, заключение под стражу или применение административного взыскания, налагаемого в судебном порядке, рассматривается соответствующим Кенгашем народных депутатов. (часть третья статьи 12 в редакции Закона Республики Узбекистан от 14 января 2021 года № ЗРУ-666 — Национальная база данных законодательства, 15.01.2021 г., № 03/21/666/0032) Постановление Кенгаша народных депутатов по вопросу дачи согласия на лишение депутата неприкосновенности незамедлительно направляется соответствующему прокурору. Прокурор, получивший согласие на лишение депутата неприкосновенности, в трехдневный срок со дня окончания производства по делу обязан сообщить в соответствующий Кенгаш народных депутатов о результатах расследования, рассмотрения дела в суде. Отказ соответствующего Кенгаша народных депутатов дать согласие на лишение депутата неприкосновенности является обстоятельством, исключающим в отношении его производство по уголовному делу или производство по делу об административном правонарушении, предусматривающим административное взыскание, налагаемое в судебном порядке, и влекущим прекращение таких дел. При несогласии с решением Кенгаша народных депутатов вышестоящий прокурор вправе войти соответственно в вышестоящий Кенгаш, Жокаргы Кенес Республики Каракалпакстан или Сенат Олий Мажлиса Республики Узбекистан с представлением об отмене решения и передаче вопроса на повторное рассмотрение соответствующего Кенгаша народных депутатов. (часть седьмая статьи 12 в редакции Закона Республики Узбекистан от 17 октября 2024 года № ЗРУ-976 — Национальная база данных законодательства, 19.10.2024 г., № 03/24/976/0833) Получение согласия на привлечение депутата к уголовной ответственности, задержание, заключение под стражу или применение административного взыскания, налагаемого в судебном порядке, не требуется, если преступление или административное правонарушение совершено депутатом за пределами территории области, района или города, депутатом Кенгаша народных депутатов которого он является. Статья 13. Право депутата на безотлагательный прием должностными лицами Депутат при осуществлении своих полномочий пользуется правом беспрепятственного посещения по предъявлению удостоверения расположенных на территории соответствующей области, района и города предприятий, учреждений и организаций, а также правом безотлагательного приема их руководителями и другими должностными лицами. Порядок посещения депутатом предприятий, учреждений, организаций, деятельность которых связана с государственной и иной охраняемой законом тайной, устанавливается законом. Статья 14. Сочетание депутатской деятельности с выполнением производственных или служебных обязанностей Депутат осуществляет свои полномочия без отрыва от производственной или служебной деятельности. Руководители предприятий, учреждений и организаций обязаны освобождать депутата от работы с сохранением за ним места работы (должности) на время выполнения депутатом своих депутатских обязанностей. На время выполнения депутатских обязанностей за депутатом сохраняется средний заработок. Статья 15. Освобождение депутата от военных сборов Депутат на период срока своих полномочий освобождается от военных сборов. Статья 16. Информационное, материально-техническое обеспечение деятельности депутата Секретариат областного, районного, городского Кенгаша народных депутатов обеспечивает депутата соответствующего Кенгаша народных депутатов документами, необходимыми информационными и справочными материалами, а также консультациями специалистов по вопросам, связанным с его деятельностью. (часть первая статьи 16 в редакции Закона Республики Узбекистан от 14 сентября 2020 года № ЗРУ-636 — Национальная база данных законодательства, 15.09.2020 г., № 03/20/636/1276) Депутату создаются условия для пользования техническими средствами, средствами связи и базами данных. Статья 17. Право депутата на бесплатный проезд Депутат на территории соответствующей области, района, города пользуется правом бесплатного проезда на воздушном, железнодорожном, автомобильном пассажирском транспорте (за исключением такси и городского пассажирского транспорта), а также правом внеочередного приобретения проездных документов. Порядок и условия бесплатного проезда депутата, порядок связанных с этим расчетов с транспортными организациями определяются Правительством Республики Узбекистан. Президент Республики Узбекистан И. КАРИМОВ г. Ташкент, 2 декабря 2004 г., № 706-II (Собрание законодательства Республики Узбекистан, 2005 г., № 3-4, ст. 20; Национальная база данных законодательства, 19.04.2018 г., № 03/18/476/1087; 05.09.2019 г., № 03/19/563/3685; 10.08.2020 г., № 03/20/631/1153, 15.09.2020 г., № 03/20/636/1276; 15.01.2021 г., № 03/21/666/0032; 16.06.2022 г., № 03/22/779/0528; 04.07.2024 г., № 03/24/934/0469; 19.10.2024 г., № 03/24/976/0833) |