Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Kongress-koʻrgazma tadbirlarini davlatlararo, hukumatlararo va idoralararo darajalarda tashkil etish va oʻtkazish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasida xalqaro konferensiyalar, koʻrgazmalar, yarmarkalar, forumlar va boshqa tadbirlarni sifatli tashkil etish va oʻtkazish, mamlakatimizning xorijdagi imijini yanada oshirish, investitsiya, savdo-iqtisodiy, diplomatik hamkorlikning dolzarb masalalarini, tashqi iqtisodiy, tashqi siyosiy, madaniy-gumanitar va boshqa faoliyat turlari yoʻnalishlarini muhokama qilish uchun yagona maydoncha yaratish maqsadida:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi va Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligining:
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzurida “InterForum” davlat unitar korxonasini (keyingi oʻrinlarda — “InterForum” DUK) tashkil etish;
(1-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 28.09.2020-y., 06/20/6075/1330-son)
Keyingi tahrirga qarang.
“InterForum” DUK taʼsischiligida “InterNotel” masʼuliyati cheklangan jamiyatini (keyingi oʻrinlarda — “InterNotel” MCHJ) tashkil etish toʻgʻrisidagi takliflari maʼqullansin.
2. Quyidagilar “InterForum” DUKning asosiy vazifalari etib belgilansin:
tashqi iqtisodiy va tashqi siyosiy faoliyat, shuningdek, madaniy-gumanitar, maʼnaviy-maʼrifiy hamda boshqa yoʻnalishlarda davlatlararo, hukumatlararo va idoralararo darajalarda xalqaro kongress-koʻrgazma tadbirlarini (keyingi oʻrinlarda — tadbirlar) tashkil etish va oʻtkazish;
Keyingi tahrirga qarang.
belgilangan tartibda tadbirlarni axborot jihatdan taʼminlash, oʻtkaziladigan tadbirlarni atroflicha yoritish maqsadida, shu jumladan xorijiy ommaviy axborot vositalari bilan hamkorlik qilish;
Oʻzbekiston Respublikasida tadbirlarni oʻtkazish bilan bogʻliq masalalar boʻyicha xorijiy sheriklar va ishbilarmon doiralar bilan samarali muloqotni tashkil etish;
tadbirlarni oʻtkazish konsepsiyalarida koʻrsatilgan tashkiliy, texnik va logistik talablarni bajarish;
Oʻzbekiston Respublikasi va xorijda tadbirlar tashkil etish va oʻtkazish, shu jumladan media jihatdan qoʻllab-quvvatlashni oʻz ichiga olgan kompleks tijorat xizmatlarini koʻrsatish.
3. Belgilansinki:
“InterNotel” MCHJ kompleks mehmonxona xizmatlarini koʻrsatish maqsadida tashkil etilmoqda;
“InterForum” DUK “Xalqaro hamkorlik markazi” va “Oʻzekspomarkaz“ milliy koʻrgazma kompleksi” aksiyadorlik jamiyatlarining ustav kapitallaridagi (jamgʻarmalaridagi) davlat aksiyalari (ulushlari) paketlari boʻyicha aksiyador huquqini amalga oshiradi;
Oldingi tahrirga qarang.
“International Hotel Tashkent” mehmonxonasining tutash hududi bilan bino va inshootlari, shuningdek, unda joylashgan ilgari ““Interservis” respublika xoʻjalik hisobidagi tashqi savdo birlashmasi” davlat korxonasiga tegishli boʻlgan mol-mulk begʻaraz ravishda majburiyatlar bilan “InterHotel” MCHJga oʻtkaziladi.
(3-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 28.09.2020-y., 06/20/6075/1330-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi bilan birgalikda bir oy muddatda binolar, inshootlar va boshqa mol-mulklarni, shu jumladan davlat aksiyalari (ulushlari) paketlari oʻtkazilishini, Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi esa ularni qabul qilib olinishini hamda kelgusida maqsadli foydalanilishini taʼminlasin.
4. Quyidagilar:
Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi “InterForum” davlat unitar korxonasining tashkiliy tuzilmasi 1-ilovaga muvofiq;
Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi “InterForum” davlat unitar korxonasining boshqaruv apparati tuzilmasi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
5. Belgilansinki:
a) “InterForum” DUKning direktori Oʻzbekiston Respublikasi investitsiyalar va tashqi savdo vaziri tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi;
Keyingi tahrirga qarang.
b) “InterForum” DUK oʻzining mustaqil balansi, Oʻzbekiston Respublikasi tijorat banklarida milliy va xorijiy valyutadagi hisob raqamlari, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi va oʻz nomi tushirilgan muhrga ega;
v) “InterForum” DUKning sof foydasi qisman Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligining budjetdan tashqari Rivojlanish va moddiy ragʻbatlantirish jamgʻarmasiga yoʻnaltiriladi;
Keyingi tahrirga qarang.
g) quyidagilar “InterForum” DUKning mablagʻlarini shakllantirish manbalari hisoblanadi:
pullik xizmatlardan kelib tushadigan mablagʻlar;
xalqaro moliya institutlari va tashkilotlarining grantlari va kreditlari;
yuridik va jismoniy, shu jumladan xorijiy shaxslarning homiylik xayriyalari;
yuridik shaxslarning ustav kapitalidagi (jamgʻarmasidagi) “InterForum” DUKga tegishli aksiyalar (ulushlar) paketlari boʻyicha olinadigan daromadlar;
“InterForum” DUKning vaqtincha boʻsh turgan mablagʻlarini tijorat banklarining depozitlariga joylashtirishdan olinadigan daromadlar;
qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar;
d) “InterForum” DUK va uning tarkibiy tuzilmasiga kiruvchi tashkilotlarga tadbirlarni tashkil etish va oʻtkazish uchun zarur boʻlgan tovarlarni yetkazib berish, ishlarni bajarish, xizmatlar koʻrsatishga oid shartnomalarni tovarlarni (ishlar, xizmatlar) yetkazib beruvchilar yoki ularning rasmiy dilerlari (distribyutorlari, subpudratchilari) bilan shartnomalarni belgilangan tartibda ekspertizadan oʻtkazgan holda eng yaxshi takliflarni tanlash asosida tuzishga istisno tariqasida ruxsat etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
6. “InterForum” DUK 2022-yil 1-yanvarga qadar respublikada ishlab chiqarilmaydigan, belgilangan tartibda roʻyxati shakllantiriladigan materiallar va boshqa tovar-moddiy boyliklarni olib kirishda bojxona boji toʻlovlaridan ozod etilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
7. “InterForum” DUK Toshkent shahri, Yunusobod tumani, Amir Temur shoh koʻchasi, 107B-uy manzilida bepul foydalanish huquqi asosida joylashtirilsin.
8. Toshkent shahri, Mirobod tumani, I. Karimov koʻchasi, 1-uy va T. Shevchenko koʻchasi, 34a-uy manzilida joylashgan bino va inshootlar tutash hududi bilan birga, shu jumladan ularda mavjud mol-mulk Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi balansiga operativ boshqaruv huquqi asosida oʻtkazilsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi va Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki bir oy muddatda binolar, inshootlarni tutash hududi bilan birga, shu jumladan ularda mavjud mol-mulkni Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligiga oʻtkazilishini, vazirlik esa ularni qabul qilib olinishini hamda kelgusida maqsadli foydalanilishini taʼminlasin.
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligiga Toshkent shahri, Mirobod tumani, I. Karimov koʻchasi, 1-uy manzilida joylashgan binoda qurilish-montaj ishlarini olib borish uchun toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar tuzishga ruxsat berilsin.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-sonli Farmoniga asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 28.09.2020-y., 06/20/6075/1330-son)
9. Belgilansinki, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi “Toshkent shahrida “Delta city“ koʻp funksiyali kompleksini qurish“ investitsiya loyihasini amalga oshirish boʻyicha masʼul organ hisoblanadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi direktori D.R. Li va Toshkent shahar hokimi J.A. Artikxodjayev bir oy muddatda “Posco E&C” kompaniyasining (Koreya Respublikasi) vakolatli shaxslari bilan “Toshkent shahrida “Delta city”“ koʻp funksiyali kompleksini qurish“ investitsiya loyihasini poytaxtning boshqa qismida amalga oshirish boʻyicha muzokaralar oʻtkazsin va natijalar, shu jumladan ushbu investitsiya loyihasini boshqarish mexanizmlari yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga takliflar kiritsin.
10. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 4-iyuldagi “Toshkent shahrida “Delta city” xalqaro yuqori texnologiyali innovatsiya markazi“ loyihasini amalga oshirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida“gi PQ-3833-son qarorining 1, 3, 4, 5-bandlari va 6-bandining “b” kichik bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
11. Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi bir oy muddatda:
“InterForum” DUK va “InterNotel” MCHJning ustavlari belgilangan tartibda ishlab chiqilishi, tasdiqlanishi va ularning davlat roʻyxatidan oʻtkazilishini taʼminlasin;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi bilan birgalikda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
12. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari E.M. Gʻaniyev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2019-yil 7-iyun,
PQ-4355-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 7-iyundagi PQ-4355-son qaroriga
1-ILOVA
1-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi “InterForum” davlat unitar korxonasining
tashkiliy tuzilmasi
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 7-iyundagi PQ-4355-son qaroriga
2-ILOVA
2-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi “InterForum” davlat unitar korxonasining boshqaruv apparati
tuzilmasi
Izoh: Oʻzbekiston Respublikasi investitsiyalar va tashqi savdo vaziri boshqaruv xodimlari shtat birliklari sonini belgilaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 08.06.2019-y., 07/19/4355/3258-son; 28.09.2020-y., 06/20/6075/1330-son)