07.06.2019 yildagi PQ-4352-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent shahrida “D.I. Mendeleyev nomidagi Rossiya kimyo-texnologiya universiteti” Federal davlat budjeti oliy taʼlim muassasasi filialini tashkil etish toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Respublika iqtisodiyotining sanoat tarmoqlari uchun malakali kadrlar tayyorlashni yanada takomillashtirish, oliy taʼlim sohasidagi xalqaro hamkorlikni kengaytirish, shuningdek, 2018-2019-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi oʻrtasida siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, transport-kommunikatsiyaviy va madaniy-gumanitar hamkorlikni yanada kengaytirish boʻyicha kelishuvlarni amalga oshirish yuzasidan amaliy tadbirlar rejasi (“Yoʻl xaritasi”)ni ijro etish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, “Oʻzkimyosanoat” AJ va “D.I. Mendeleyev nomidagi Rossiya kimyo-texnologiya universiteti” Federal davlat budjeti oliy taʼlim muassasasining (Rossiya Federatsiyasi) (keyingi oʻrinlarda — Universitet) Toshkent shahrida “D.I. Mendeleyev nomidagi Rossiya kimyo-texnologiya universiteti” Federal davlat budjeti oliy taʼlim muassasasi filialini tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin (keyingi oʻrinlarda — Filial).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Quyidagilar Filial faoliyatining asosiy yoʻnalishlari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublikaning sanoat tarmoqlaridagi muhim ilmiy-texnologik vazifalarni hal etishga qodir boʻlgan yuqori malakali muhandis-texnik kadrlarni xalqaro taʼlim standartlariga muvofiq tayyorlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nanomateriallar kimyoviy texnologiyasi, materialshunoslik va materiallarni korroziyadan saqlash, materiallarga badiiy ishlov berish texnologiyasi va sanoat ishlab chiqarishining boshqa sohalarida fundamental va amaliy ilmiy tadqiqotlar olib borish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taʼlim hamda ilm-fanning uzluksizligi va izchilligi, shuningdek, ularni jahon taʼlimi va ilm-fani hamjamiyatiga integratsiya qilish hisobiga mutaxassislar va ilmiy-pedagogik kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
muhandis-texnik va ilmiy kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish va modernizatsiya qilishga yoʻnaltirilgan yangi taʼlim dasturlari hamda oʻqitish shakllarini ishlab chiqish va tatbiq etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taʼlim, ilm-fan va ishlab chiqarishning yaqin integratsiyalashuvi uchun shart-sharoitlar yaratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ilmiy-pedagogik salohiyatning rivojlanishini qoʻllab-quvvatlash, pedagogik texnologiyalar va oʻqitish usullarini faol takomillashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taʼlim hamda ilmiy-texnikaviy sohalarda xorijiy mamlakatlarning yetakchi taʼlim muassasalari, ilmiy-tadqiqot markazlari va biznes hamjamiyati bilan uzoq muddatli munosabatlarni rivojlantirish va mustahkamlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Belgilansinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Filial Universitetning alohida tarkibiy boʻlinmasi — oliy taʼlim muassasasi hisoblanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Filial, Universitet bilan kelishgan holda, taʼlimning bakalavriat yoʻnalishlari va magistratura mutaxassisliklarining kadrlarga boʻlgan ehtiyojini hisobga olib, barcha darajalardagi mutaxassislarni tayyorlash, qayta tayyorlash, malakasini oshirish, shu jumladan ilmiy-pedagog kadrlarni tayyorlash ishlarini amalga oshiradi;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Filialda oʻqitish rus tilida, Rossiya Federatsiyasining federal taʼlim standartlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi bilan kelishilgan holda Universitet tomonidan tasdiqlangan oʻquv rejalari va dasturlar asosida amalga oshiriladi;
(3-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 10-apreldagi PF-58-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.04.2026-y., 06/26/58/0342-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Filialning taʼlim faoliyati 2019/2020 oʻquv yilidan boshlanadi;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Filialga abituriyentlarni qabul qilish, taʼlim faoliyati va Filial bitiruvchilarini attestatsiyadan oʻtkazish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi bilan kelishilgan holda Universitet tomonidan belgilanadigan talab, tartib va muddatlarga muvofiq amalga oshiriladi;
(3-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 10-apreldagi PF-58-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.04.2026-y., 06/26/58/0342-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Filial bitiruvchilariga oʻqishni bitirganlaridan soʻng Oʻzbekiston Respublikasida oliy taʼlim toʻgʻrisidagi hujjat sifatida tan olinadigan belgilangan namunadagi diplom beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Maʼlumot uchun qabul qilinsinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) Universitet quyidagilarni taʼminlashda koʻmaklashadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻquv jarayoniga ilgʻor pedagogik va axborot texnologiyalari, fan va texnikaning eng yangi yutuqlarini joriy etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Filial mutaxassislarining malakasini oshirish va professor-oʻqituvchilar tarkibini qayta tayyorlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Filial kutubxona fondini shakllantirish hamda uni zamonaviy oʻquv, oʻquv-uslubiy va ilmiy-texnikaviy adabiyotlar bilan toʻldirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) Toshkent kimyo-texnologiya instituti Filialning akademik hamkori hisoblanadi va u:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Filialning professor-oʻqituvchilari tarkibini shakllantirishga koʻmaklashadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ilmiy-metodik yordam koʻrsatadi va laboratoriya va ilmiy-tadqiqot ishlarini bajarish uchun laboratoriya xonalari, oʻquv adabiyotlari va uskunalarni begʻaraz asosda taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent shahridagi “D.I. Mendeleyev nomidagi Rossiya kimyo-texnologiya universiteti” Federal davlat budjeti oliy taʼlim muassasasi filialida kadrlar tayyorlash boʻyicha bakalavriat taʼlimining asosiy yoʻnalishlari va magistratura mutaxassisliklari 1-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent shahridagi “D.I. Mendeleyev nomidagi Rossiya kimyo-texnologiya universiteti” Federal davlat budjeti oliy taʼlim muassasasi filialining Vasiylik kengashi tarkibi (keyingi oʻrinlarda — Vasiylik kengashi) 2-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent shahridagi “D.I. Mendeleyev nomidagi Rossiya kimyo-texnologiya universiteti” Federal davlat budjeti oliy taʼlim muassasasi filialini tashkil etish boʻyicha Tashkiliy komissiya tarkibi 3-ilovaga muvofiq maʼqullansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Tashkiliy komissiya:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2019-yil 1-avgustga qadar Filialni joylashtirish boʻyicha bino va inshootlardagi zarur taʼmirlash va jihozlash ishlarini amalga oshirsin, shuningdek, Filial talabalari va oʻqituvchilari yashashi uchun yotoqxona tayyorlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2019-yil 25-avgustga qadar Filialni joylashtirish hamda uni zarur mebel, inventar, zamonaviy oʻquv va laboratoriya uskunalari, kutubxona fondi, kompyuter va boshqa orgtexnika bilan taʼminlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Belgilab qoʻyilsinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) Filialga qabul kvotalari manfaatdor vazirlik va idoralarning tegishli kadrlarga boʻlgan ehtiyojini hisobga olib, Universitet hamda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi bilan kelishilgan holda, Filial Vasiylik kengashining qarori bilan tasdiqlanadi;
(7-band “a” kichik bandining birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 10-apreldagi PF-58-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.04.2026-y., 06/26/58/0342-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat granti asosida taʼlim olgan Filial bitiruvchilari respublika tashkilotlariga besh yildan kam boʻlmagan muddatga majburiy ishlab berish sharti bilan ishga taqsimlanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) Filial faoliyatini moliyalashtirish:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
talabalarni davlat grantlari boʻyicha oʻqitish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligiga ajratiladigan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan, biroq Filialga oʻqishga qabul qilinadigan talabalar umumiy sonining 40 foizidan ortiq boʻlmagan miqdorda;
(7-band “b” kichik bandining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 10-apreldagi PF-58-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.04.2026-y., 06/26/58/0342-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
talabalarni toʻlov-kontrakt asosida oʻqitishdan tushadigan mablagʻlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vasiylik kengashi qarorlari asosida shakllantiriladigan pul mablagʻlari, yuridik va jismoniy shaxslarning homiylik xayriyalari hamda maqsadli badallari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqaro moliya institutlari grantlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Filial Toshkent shahri, Mirzo Ulugʻbek tumani, TTZ-1 mavzesi, 47-uyda joylashgan Mirzo Ulugʻbek sanoat kasb-hunar kolleji binosiga bepul foydalanish huquqi asosida joylashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilab qoʻyilsinki, Mirzo Ulugʻbek sanoat kasb-hunar kolleji oʻquvchilari oʻquv jarayonini Mirzo Ulugʻbek sanoat kasb-hunar kolleji binosida oʻqishlari bitgunga qadar davom ettiradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. “Oʻzkimyosanoat” AJ korxonalarining ularning mablagʻlari hisobidan Filialni tashkil etish, uning moddiy-texnika va oʻquv bazasini shakllantirish bilan bogʻliq tashkiliy tadbirlarni, shu jumladan bino va inshootlarini rekonstruksiya qilish, kapital taʼmirlash, zarur mebel, inventar, zamonaviy oʻquv va laboratoriya uskunalari, kompyuter va boshqa orgtexnika, kutubxona fondi bilan taʼminlash ishlarini moliyalashtirish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Belgilab qoʻyilsinki, Filialga Universitetdan jalb qilinadigan professor va oʻqituvchilarning xizmat safari xarajatlari oʻquv jarayonining ehtiyojlaridan kelib chiqib, tuzilgan shartnomalarga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Filialga oʻqituvchilik va ilmiy faoliyat olib borish uchun taklif etiladigan xorijlik professor-oʻqituvchilarning yashash hamda transport xarajatlarini tuziladigan shartnomalar asosida, Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari uchun belgilangan tariflarda toʻlashga ruxsat berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Belgilansinki, Filial taʼminoti uchun budjet ajratmalari 2019-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetining ijtimoiy soha boʻyicha tasdiqlangan xarajatlar parametrlari doirasida ajratiladi, 2020-yildan boshlab esa mazkur sohaning yillik xarajatlar parametrlarida nazarda tutiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Universitet va “Oʻzkimyosanoat” AJ bilan hamkorlikda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikki oy muddatda taʼsis hujjatlari ishlab chiqilishi va kelishilishi, Filialning belgilangan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtkazilishi va uning tashkiliy tuzilmasi tasdiqlanishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2019-yil 1-avgustga qadar Filialning tanlov asosida malakali professor-oʻqituvchilar tarkibi bilan toʻldirilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Filialga ikkita yengil avtotransport, jumladan bitta xizmat va bitta navbatchi avtotransport vositasini saqlashga limit ajratilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Filial buyurtmanomalariga binoan mazkur qarorni amalga oshirish doirasida jalb qilinadigan xorijiy professor-oʻqituvchilar tarkibi va maʼmuriy xodimlar hamda ularning oila aʼzolari uchun kirish vizalari konsullik hamda boshqa yigʻimlar undirilmasdan, belgilangan tartibda rasmiylashtirilishini taʼminlasin.
(15-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 10-apreldagi PF-58-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.04.2026-y., 06/26/58/0342-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Filial buyurtmanomalariga binoan mazkur qarorni amalga oshirish doirasida jalb qilinadigan xorijiy professor-oʻqituvchilar tarkibi va maʼmuriy xodimlar hamda ularning oila aʼzolari uchun davlat boji undirilmasdan belgilangan tartibda koʻp martalik vizalar berilishi va uzaytirilishini, shuningdek, ularning yashash manzillari boʻyicha vaqtinchalik roʻyxatdan oʻtkazilishi hamda uning muddati uzaytirilishini taʼminlasin.
(16-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 10-apreldagi PF-58-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.04.2026-y., 06/26/58/0342-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Filial buyurtmanomalariga binoan chet el fuqarolariga Oʻzbekiston Respublikasi hududida mehnat faoliyatini olib borish uchun tasdiqnomalar berilishini (muddati uzaytirilishini) taʼminlasin.
(17-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 10-apreldagi PF-58-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.04.2026-y., 06/26/58/0342-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. 2022-yil 1-iyunga qadar Filial faoliyatini taʼminlash va uni jihozlash uchun belgilangan tartibda shakllantiriladigan roʻyxatlar boʻyicha olib kelinadigan, Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydigan oʻquv va ilmiy laboratoriya jihozlari, kompyuter texnikasi, dasturiy mahsulotlar, oʻquv va ilmiy-metodik adabiyot, inventar va moddiy-texnik resurslar bojxona toʻlovlaridan (bojxona yigʻimlaridan tashqari) ozod etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi A.A. Abduvaxitov va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.A. Abduhakimov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2019-yil 7-iyun,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-4352-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 7-iyundagi PQ-4352-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent shahridagi “D.I. Mendeleyev nomidagi Rossiya kimyo-texnologiya universiteti” Federal davlat budjeti oliy taʼlim muassasasi filialida kadrlar tayyorlash boʻyicha bakalavriat taʼlimining asosiy yoʻnalishlari va magistratura mutaxassisliklari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Materialshunoslik, nanomateriallar va nanotizimlar texnologiyalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Materiallarga badiiy ishlov berish texnologiyasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Sintetik biologik faol moddalar, kimyo-farmatsevtika preparatlari va pardoz vositalari texnologiyasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Texnologik jarayon va ishlab chiqarish xavfsizligi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Magistratura mutaxassisliklari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Materialshunoslik va materiallarni korroziyadan saqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Nanomateriallar kimyoviy texnologiyasi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh. Bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari va magistratura mutaxassisliklari roʻyxatiga Vasiylik kengashi tomonidan buyurtmachi tashkilotlarning kadrlarga boʻlgan ehtiyojlarini inobatga olib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi hamda Toshkent shahridagi “D.I. Mendeleyev nomidagi Rossiya kimyo-texnologiya universiteti” Federal davlat budjeti oliy taʼlim muassasasi bilan kelishilgan holda oʻzgartirish va (yoki) qoʻshimchalar kiritilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 7-iyundagi PQ-4352-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent shahridagi “D.I. Mendeleyev nomidagi Rossiya kimyo-texnologiya universiteti” Federal davlat budjeti oliy taʼlim muassasasi filialining Vasiylik kengashi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tarkibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

1. O.Sh. Temirov

“Oʻzkimyosanoat” AJ boshqaruvi raisi, Vasiylik kengashi raisi

2. I.U. Majidov

Oʻzbekiston Respublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri, Vasiylik kengashi raisining oʻrinbosari

3. A.X. Kamilov

Oʻzbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri

4. B.B. Ashrafxonov

Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining oʻrinbosari

5. B.Sh. Usmonov

Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va sanoat vazirining oʻrinbosari

6. B.K. Zaripov

“Oʻzsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi raisi

7. U.X. Sayidov

“Oʻzbekneftgaz” AJ boshqaruvi raisining birinchi oʻrinbosari

8. A.G. Majuga

“D.I.Mendeleyev nomidagi Rossiya kimyo-texnologiya universiteti” Federal davlat budjeti oliy taʼlim muassasasirektori (kelishilgan holda)

9. Lavozimiga koʻra

Toshkent shahridagi “D.I. Mendeleyev nomidagi Rossiya kimyo-texnologiya universiteti” Federal davlat budjeti oliy taʼlim muassasasifiliali rahbari

10. Sh.Ch. Aslanov

“Shoʻrtangazkimyo majmuasi” MCHJ direktori

11. U.T. Isroilov

“Uz-KorGasChemica” MCHJ qoʻshma korxonasi boshqaruvi raisi

12. Sh.A. Mutalov

Toshkent kimyo-texnologiya instituti rektori

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh. Vasiylik kengashi aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimlarga yangidan tayinlangan yoki zimmasiga tegishli funksiyalarni bajarish yuklatilgan shaxslar kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 7-iyundagi PQ-4352-son qaroriga
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent shahridagi “D.I.Mendeleyev nomidagi Rossiya kimyo-texnologiya universiteti” Federal davlat budjeti oliy taʼlim muassasasi filialini tashkil etish boʻyicha Tashkiliy komissiya
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tarkibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

1. I.U. Majidov

Oʻzbekiston Respublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri, Tashkiliy komissiya raisi

2. B.Sh. Usmonov

Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va sanoat vaziri oʻrinbosari, Tashkiliy komissiya raisi oʻrinbosari

3. I.T. Neʼmatov

Oʻzbekiston Respublikasi tashqi ishlar vazirining birinchi oʻrinbosari

4. Sh.M. Sadikov

Oʻzbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri

5. Lavozimi boʻyicha

Oʻzbekiston Respublikasi qurilish vaziri

6. M.B. Azimov

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi raisi

7. O.Sh. Temirov

“Oʻzkimyosanoat” AJ boshqaruvi rais

8. U.X. Saidov

“Oʻzbekneftgaz” AJ boshqaruvi raisining birinchi oʻrinbosari

9. J.A. Ortiqxoʻjayev

Toshkent shahar hokimi

10. Lavozimiga koʻra

“D.I.Mendeleyev nomidagi Rossiya kimyo-texnologiya universiteti” Federal davlat budjeti oliy taʼlim muassasasifiliali (kelishilgan holda)

11. Sh.Ch. Aslanov

“Shoʻrtangazkimyo majmuasi” MCHJ direktori

12. U.T. Isroilov

“Uz-KorGasChemica” MCHJ qoʻshma korxonasi boshqaruvi raisi

13. Sh.A. Mutalov

Toshkent kimyo-texnologiya instituti rektori

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh. Tashkilish komissiya aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimlarga yangidan tayinlangan yoki zimmasiga tegishli funksiyalarni bajarish yuklatilgan shaxslar kiritiladi.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.06.2019-y., 07/19/4352/3245-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.04.2026-y., 06/26/58/0342-son)