Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.09.2024 06.06.2019 yildagi 462-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.09.2024
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2019-yil hosili uchun qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtiruvchilarga urug‘lik kartoshka yetkazib berish va ichki iste’mol bozorini ijtimoiy muhim turdagi oziq-ovqat mahsulotlari bilan kafolatli to‘ldirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 6-maydagi 266-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida”gi qaroriga asosan 2024-yil 1-sentabrdan o‘z kuchini yo‘qotadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Respublikada kartoshkachilik sohasini yanada rivojlantirish, kartoshkaning hosildor navlari urug‘ fondini yaxshilash, shuningdek, Vazirlar Mahkamasining “2019-yil hosili uchun qishloq xo‘jaligi ekinlarini oqilona joylashtirish va mahsulot yetishtirishning prognoz hajmlari to‘g‘risida” 2019-yil 29-martdagi 259-son qaroriga muvofiq asosiy va g‘alladan bo‘shaydigan maydonlarga urug‘lik va iste’mol kartoshkasini ekishga jalb etilgan qishloq xo‘jaligi korxonalari, dehqon va fermer xo‘jaliklarini sifatli urug‘lik kartoshka bilan ta’minlash va ichki bozorga ijtimoiy muhim turdagi oziq-ovqat mahsulotlarini kafolatli yetkazib berish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi, “Kartoshka yetishtiruvchilar” uyushmasi, Andijon, Jizzax, Qashqadaryo, Namangan, Samarqand, Surxondaryo, Sirdaryo, Toshkent va Farg‘ona viloyatlari hokimliklarining 2019-yil hosili uchun “Kartoshka yetishtiruvchilar” uyushmasining (keyingi o‘rinlarda Uyushma deb ataladi) “Bo‘stonliq kartoshkachilik markazi” MChJ tomonidan yetkazib beriladigan hamda chetdan keltiriladigan urug‘lik kartoshka hajmlari to‘g‘risidagi takliflari 1-ilovaga muvofiq ma’qullansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Andijon, Jizzax, Qashqadaryo, Namangan, Samarqand, Surxondaryo, Sirdaryo, Toshkent va Farg‘ona viloyatlari hokimliklari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir hafta muddatda “Bo‘stonliq kartoshkachilik markazi” MChJ tomonidan zaxirada saqlanayotgan va chetdan keltiriladigan urug‘lik kartoshka hajmlarini tumanlar kesimida joylashtirsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10 kun muddatda “Bo‘stonliq kartoshkachilik markazi” MChJ tomonidan zaxirada saqlanayotgan va boshqa xo‘jalik subyektlari tomonidan chetdan keltiriladigan urug‘lik kartoshka hajmlarini Vazirlar Mahkamasining “2019-yil hosili uchun qishloq xo‘jaligi ekinlarini oqilona joylashtirish va mahsulot yetishtirishning prognoz hajmlari to‘g‘risida” 2018-yil 29-martdagi 259-son qarori doirasida kartoshka ekishga jalb etilgan fermer xo‘jaliklari va boshqa qishloq xo‘jaligi korxonalari tomonidan shartnomalar asosida xarid qilishda amaliy yordam ko‘rsatsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10 kun muddatda “Bo‘stonliq kartoshkachilik markazi” MChJ tomonidan zaxiraga jamg‘arilgan urug‘lik kartoshkani imtiyozli tariflarda (bir kilogramm urug‘lik kartoshka uchun 5 so‘m miqdorida) sertifikatlanishini ta’minlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘simliklar karantini davlat inspeksiyasi bilan birgalikda 2019-yil hosili uchun chetdan keltirilgan urug‘lik kartoshkaning sifatini nazoratga olsin, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtiruvchilar tomonidan muvofiqlik sertifikati mavjud bo‘lgan urug‘likning ekilishini ta’minlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chetdan keltirilgan “elita” klassidagi kartoshka urug‘idan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtiruvchilar tomonidan 2020-yil hosili uchun ekilgan yerlarni aprobatsiyadan o‘tkazilishi va sifatli urug‘lik kartoshkaga muvofiqlik sertifikati berilishini tashkil etsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 2019-yil hosili uchun kartoshka ekadigan fermer xo‘jaliklari va boshqa qishloq xo‘jaligi korxonalariga urug‘lik kartoshka xarid qilish uchun 136 mlrd.so‘mni O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Yagona g‘azna hisobvarag‘ida jamlangan vaqtincha bo‘sh mablag‘lar hisobidan, istisno tariqasida, tijorat banklariga 2019-yilning 1-iyuliga qadar yillik 8 foiz stavkada bir yil muddatga depozitga joylashtirsin.
(4-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 16-iyuldagi 594-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 17.07.2019-y., 09/19/594/3441-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tijorat banklariga 2019-yil hosili uchun kartoshka ekadigan fermer xo‘jaliklari va boshqa qishloq xo‘jaligi korxonalariga yillik 10 foiz stavkada kreditlar ajratish tavsiya etilsin.
(4-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 16-iyuldagi 594-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 17.07.2019-y., 09/19/594/3441-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Belgilansinki, 2019-yil hosili uchun urug‘lik va iste’mol kartoshkasi ekishga jalb etilgan fermer xo‘jaliklariga ajratiladigan kreditlar bo‘yicha hisoblanadigan foiz stavkasining 50 foizi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan qoplanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati chetdan keltirilayotgan urug‘lik kartoshkaning qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtiruvchilarga o‘z vaqtida va sifatli yetkazib berilishini ta’minlash maqsadida tadbirlarga jalb etilgan xo‘jalik subyektlariga imtiyozli (50%) tariflarda temir yo‘l xizmatlari ko‘rsatish choralarini ko‘rsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi Uyushma, Moliya vazirligi va viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda 2019-yil 1-oktabrga qadar 2020-yil hosili uchun zaxira qilinadigan urug‘lik kartoshka hajmlari va moliyalashtirish manbalari to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat ta’minoti ilmiy-ishlab chiqarish markazining Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot instituti Uyushma va viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda fermer xo‘jaliklariga kartoshka navlarining xususiyatlaridan kelib chiqib, o‘tkaziladigan agrotexnik tadbirlar yuzasidan amaliy seminarlarni tashkil etsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar qiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha maslahatchisi A.D. Vaxabov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2019-yil 6-iyun,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
462-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 6-iyundagi 462-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2019-yil hosili uchun “Kartoshka yetishtiruvchilar” uyushmasining “Bo‘stonliq kartoshkachilik markazi” MChJ tomonidan yetkazib beriladigan hamda chetdan keltiriladigan urug‘lik kartoshka
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
HAJMLARI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Hududlar

Jami yetkazib beriladigan urug‘lik kartoshka hajmi, tonna

shundan:

“Bo‘stonliq kartoshkachilik markazi” MChJ tomonidan yetkazib beriladigan urug‘lik hajmi, tonna

import hisobidan

urug‘lik kartoshka yetkazib
beruvchi xo‘jalik
subyektlari nomi

yetkazib beriladigan urug‘lik hajmi, tonna

Andijon viloyati

1100

400

“Kashtan elit agrofirmasi” MChJ

700

Jizzax viloyati

800

500

“Agrover” MChJ

300

Qashqadaryo viloyati

1000

“Lavr Farm” MChJ

1000

Namangan viloyati

1500

300

“Agrover” MChJ

200

“Bananza Trade Export” MChJ

1000

Samarqand viloyati

15595

2100

“Olmazor Agro tayyorlov savdo” MChJ

2000

“Yang Fortuna Logistika” MChJ

3000

“Bananza Trade Export” MChJ

1500

“Agromax Export Impex” MChJ

1500

“Jizzax kartoshkachilik
markazi” MChJ

500

“Lavr Farm” MChJ

1000

“Atlant International” MChJ

1000

“GMG Agro Trading” MChJ

1000

“Agro Gold Premium” MChJ

500

“Agrover” MChJ

500

“Kashtan elit agrofirmasi” MChJ

995

Toshkent viloyati

6000

6000

-

-

Farg‘ona viloyati

1500

“Agromax Export Impex” MChJ

1500

Sirdaryo viloyati

900

“Atlant International” MChJ

900

Jami:

28395

9300

19095

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 6-iyundagi 462-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan o‘zgartirishlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 27-dekabrdagi 1100-F-son farmoyishining 2-bandi uchinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qish va bahor mavsumi zaxirasi uchun chetdan iste’mol kartoshkasi va guruch mahsulotlarini keltirish maqsadida tijorat banklariga 70,0 mlrd. so‘mni yillik 8 foiz stavkada 2019-yil 27-dekabrgacha bo‘lgan muddatga qaytarish sharti bilan joylashtirsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 30-sentabrdagi 829-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.09.2019-y., 09/19/829/3832-son)
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 07.06.2019-y., 09/19/462/3240-son, 17.07.2019-y., 09/19/594/3441-son, 30.09.2019-y., 09/19/829/3832-son)