04.06.2019 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1376-1
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 04.06.2019 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
buyrugʻi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Idoraviy normativ-huquqiy hujjatni davlat reyestridan chiqarish toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2019-yil 4-iyunda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1376-1]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Idoraviy normativ-huquqiy hujjatni davlat reyestridan chiqarish boʻyicha 2018-yil 30-maydagi xulosaga muvofiq hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 13-apreldagi PQ-3666-son “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 9-oktabrdagi 469-son “Vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralar meʼyoriy hujjatlarining qonuniyligini taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi hamda 2000-yil 19-maydagi 197-son “Vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralarning meʼyoriy hujjatlarini qabul qilish tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi qarorlariga asosan, buyuraman:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 10-yanvardagi 18-son “Bilet operatsiyalarining yagona elektron tizimini yaratish va joriy qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi hamda 2019-yil 18-apreldagi 329-son “Davlat teatrlari va konsert-tomosha muassasalari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorlariga asosan respublika teatr va tomosha muassasalarida chiptalar boʻyicha ishlarni yuritishning yangi tartibi joriy etilganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Normativ-huquqiy hujjatlar toʻgʻrisida”gi Qonunning 36-moddasiga asosan yangi normativ-huquqiy hujjat qabul qilinganligi munosabati bilan ilgari qabul qilingan barcha hujjatlar yoki ularning qismlari, agar ular yangi huquqiy normalarga zid boʻlsa yoki amalda oʻz ahamiyatini yoʻqotgan, lekin rasman oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilmagan boʻlsa, oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilishi kerakligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, Madaniyat vazirligi, Moliya vazirligi va Markaziy bankiga 2019-yil 29-aprelda kiritilgan “Respublika teatr va tomosha muassasalarida chiptalar boʻyicha ishlarni yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorni (roʻyxat raqami 1376, 2004-yil 23-iyun) Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 10-yanvardagi 18-son “Bilet operatsiyalarining yagona elektron tizimini yaratish va joriy qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi hamda 2019-yil 18-apreldagi 329-son “Davlat teatrlari va konsert-tomosha muassasalari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorlariga muvofiqlashtirish haqidagi 1-6/33-725/8-son taqdimnoma talablari bajarilmaganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligining “Respublika teatr va tomosha muassasalarida chiptalar boʻyicha ishlarni yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorni (roʻyxat raqami 1376, 2004-yil 23-iyun) Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestridan chiqarish haqida 2019-yil 22-maydagi 1146/02-10-son xati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 9-oktabrdagi 469-son qarori bilan tasdiqlangan Vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralar tomonidan qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarni huquqiy ekspertizadan va davlat roʻyxatidan oʻtkazish toʻgʻrisidagi nizomning 18-bandiga asosan vazirlik va idoralar tomonidan Adliya vazirligining davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan normativ hujjatlarni qonunchilikka muvofiq holga keltirish haqidagi taqdimnomasi bajarilmagan taqdirda Adliya vazirligi meʼyoriy hujjatni davlat reyestridan chiqarishga haqli ekanligi va bu meʼyoriy hujjatni yuridik kuchga ega emas deb hisoblash uchun asos boʻlishi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash davlat qoʻmitasi, Madaniyat ishlari vazirligi, Moliya vazirligi, Markaziy banki Boshqaruvining 2004-yil 23-apreldagi 01/06-10-son, 2-son, 66-son, 255-V-son bilan tasdiqlangan “Respublika teatr va tomosha muassasalarida chiptalar boʻyicha ishlarni yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 1376, 2004-yil 23-iyun) Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestridan chiqarilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Mazkur buyruq davlat roʻyxatidan oʻtkazilsin va bu haqda Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestriga tegishli yozuv kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Qonun hujjatlarini tahlil qilish va turkumlash boshqarmasi ushbu idoraviy normativ-huquqiy hujjatni “Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami” — “Sobraniye zakonodatelstva Respubliki Uzbekistan”da hamda Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasida eʼlon qilinishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Mazkur buyruqning ijrosini nazorat qilish vazirning birinchi oʻrinbosari M. Istamov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazir R. DAVLETOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2019-yil 4-iyun,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
242-mh-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.06.2019-y., 10/19/1376-1/3225-son)