Hujjat kuchini yo‘qotgan 10.05.2024 03.06.2019 yildagi 454-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 10.05.2024
Hujjat 03.06.2019 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Jismoniy tarbiya va sport” yagona axborot tizimini yaratish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 8-maydagi 272-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Sport vazirligi tashkil etilganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz koʻchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrsida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining “2019 — 2023-yillar davrida Oʻzbekiston Respublikasida jismoniy tarbiya va ommaviy sportni rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2019-yil 13-fevraldagi 118-son qaroriga muvofiq sportchilar, trenerlar, jismoniy tarbiya oʻqituvchilari (yoʻriqchilari) haqidagi maʼlumotlar, taʼlim tashkilotlari oʻquvchilari va talablarining sport fanlari boʻyicha topshirgan sinov imtihonlari natijalarini tizimlashtirish, shuningdek, respublikadagi jismoniy tarbiya-sogʻlomlashtirish va sport inshootlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarning tizimli monitoringini olib borish, bunday maʼlumotlar bilan almashish va ularni tahlil qilish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, tasarrufida taʼlim tashkilotlari hamda jismoniy tarbiya-sogʻlomlashtirish va sport inshootlari boʻlgan vazirliklar va idoralarning sportchilar, trenerlar, jismoniy tarbiya oʻqituvchilari (yoʻriqchilari) haqidagi maʼlumotlar, taʼlim tashkilotlari oʻquvchilari va talablarining sport fanlari boʻyicha sinov imtihonlarining tizimlashtirilgan natijalari, shuningdek, respublikadagi jismoniy tarbiya-sogʻlomlashtirish va sport inshootlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni oʻz ichiga olgan “Jismoniy tarbiya va sport” yagona axborot tizimini (keyingi oʻrinlarda Yagona tizim deb ataladi) yaratish haqidagi taklifiga rozilik berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yagona tizim idoraviy mansubligi va mulkchilik shaklidan qatʼiy nazar, davlat va nodavlat maktabgacha taʼlim, umumiy oʻrta taʼlim, kasb-hunar taʼlimi, oliy taʼlim tashkilotlarida, shuningdek, maktabdan tashqari sport taʼlimi tashkilotlarida (keyingi oʻrinlarda taʼlim tashkilotlari deb ataladi) joriy qilinishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligining “Sertifikatlashtirish va kompyuterlashtirish markazi” davlat korxonasi (keyingi oʻrinlarda Sertifikatlashtirish va kompyuterlashtirish markazi deb ataladi) tomonidan sportchilarni roʻyxatga va ularning faoliyatini hisobga olish boʻyicha “Skm sportsmen”, trenerlar haqidagi maʼlumotlar bazasi yuritilishini taʼminlovchi “Skm trener” hamda respublikadagi jismoniy tarbiya-sogʻlomlashtirish va sport inshootlarini pasportlashtirishni taʼminlovchi “Skm sportinshoot” kichik axborot tizimlarini oʻz ichiga olgan “Skm tizim” axborot tizimi (keyingi oʻrinlarda AT deb ataladi) ishlab chiqilgani maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Quyidagilar Yagona tizimning asosiy vazifalari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sportchilar, trenerlar, taʼlim tashkilotlarining jismoniy tarbiya oʻqituvchilari (yoʻriqchilari), shuningdek, respublikadagi jismoniy tarbiya-sogʻlomlashtirish va sport inshootlari haqidagi maʼlumotlarning tizimli monitoringini olib borish, bunday maʼlumotlar bilan almashish va ularning tahlil qilinishini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taʼlim tashkilotlari oʻquvchilari va talabalarining sport fanlari boʻyicha sinov imtihonlarini topshirish natijalarini tahlil qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sportchilar, trenerlar va respublikadagi jismoniy tarbiya-sogʻlomlashtirish hamda sport inshootlarini roʻyxatga va faoliyatini hisobga olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
www.sport.uz yagona maʼlumotlar portalida joylashtiriladigan sportchilar, trenerlar, taʼlim tashkilotlarining jismoniy tarbiya oʻqituvchilari (yoʻriqchilari) hamda respublikadagi jismoniy tarbiya-sogʻlomlashtirish va sport inshootlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarning dolzarbligini taʼminlash, shuningdek, maʼlumotlar Oʻzbekiston Respublikasi ochiq maʼlumotlar portaliga joylashtirilishini taʼminlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Quyidagilar Yagona tizimni yaratish va joriy qilish chora-tadbirlarini moliyalashtirish manbalari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi huzuridagi Jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish jamgʻarmasining 150,0 mln soʻm miqdoridagi mablagʻlari;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sertifikatlashtirish va kompyuterlashtirish markazining oʻz mablagʻlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻz tasarrufida taʼlim tashkilotlari boʻlgan vazirliklar va idoralarning budjetdan tashqari mablagʻlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tegishli taʼlim tashkilotlarining mablagʻlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xayriya mablagʻlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tegishli vazirlik va idoralarning taʼlim tashkilotlari kontingenti toʻgʻrisidagi mavjud maʼlumotlar bazalari bilan integratsiyalashtirish hamda maʼlumotlar almashish hisobga olingan holda, Yagona tizimni yaratish boʻyicha texnik topshiriqlar va texnologik xususiyatlarni, shuningdek, Yagona tizimning faoliyat koʻrsatish tartibini ikki oy muddatda ishlab chiqsin va tasdiqlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yagona tizimni tasdiqlangan texnik topshiriqlarga muvofiq 2019-yil 1-sentabrga qadar joriy qilsin va ishga tushirsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Internet tarmogʻidan doimiy foydalanish va maʼlumotlarning belgilangan kvotalar doirasida axborot himoyasini taʼminlagan holda, www.sport.uz yagona axborot portalini bir oy muddatda “Uzinfocom” MChJning Davlat axborot tizimlarini yaratish va qoʻllab-quvvatlash boʻyicha yagona integrator server maydonida joylashtirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi qoshidagi Elektron hukumat va raqamli iqtisodiyot loyihalarini boshqarish markazi” DUK bilan birgalikda yaratilayotgan Yagona tizimni ikki oy muddatda “Elektron hukumat” tizimining foydalaniluvchilarini identifikatsiya qilish yagona axborot tizimi, jismoniy va yuridik shaxslarning markaziy maʼlumotlar bazalari bilan integratsiyalashtirishni taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi — Yagona axborot tizimining yuritilishi, ushbu tizimga maʼlumotlar muntazam kiritilishi va ularning dolzarbligi taʼminlanishi monitoringini amalga oshiradigan davlat organi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sertifikatlashtirish va kompyuterlashtirish markazi — Yagona tizimni ishlab chiquvchi va operator etib belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yagona tizimni ishlab chiqishda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sportchilar, trenerlar va jismoniy tarbiya-sogʻlomlashtirish hamda sport inshootlari haqidagi maʼlumotlar boʻyicha “Skm tizim” AT bilan avtomatlashtirilgan holda maʼlumotlar almashinuvi taʼminlansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublika taʼlim tashkilotlarining jismoniy tarbiya oʻqituvchilari (yoʻriqchilari) haqidagi maʼlumotlar bazasini, shuningdek, taʼlim tashkilotlari oʻquvchilari va talabalarining sport fanlari boʻyicha sinov imtihonlari natijalarining tahlilini oʻz ichiga olgan alohida kichik tizim yaratilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublika taʼlim tashkilotlarining jismoniy tarbiya oʻqituvchilari (yoʻriqchilari) tomonidan taʼlim tashkilotlari oʻquvchilari va talabalarining sport fanlari boʻyicha sinov imtihonlari natijalarini, shuningdek, sport musobaqalari tashkilotchilari tomonidan sportchilarning musobaqalarda erishgan sport natijalarini www.sport.uz axborot portali orqali kiritish imkoniyati inobatga olinsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sport maktablari oʻquvchi-sportchilarining bevosita trener-oʻqituvchilariga qonunchilikda belgilangan tartibda ustamalar belgilash huquqini beradigan sportdagi natijalarini www.sport.uz yagona axborot portalida hisobga olish va ular bilan tanishish imkoniyati taʼminlansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sportchilar, trenerlar, taʼlim tashkilotlarining jismoniy tarbiya oʻqituvchilari (yoʻriqchilari), respublikadagi jismoniy tarbiya-sogʻlomlashtirish va sport inshootlari haqidagi maʼlumotlar www.sport.uz yagona axborot portalida, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi ochiq maʼlumotlar portalida joylashtirilishi taʼminlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Maktabgacha taʼlim vazirligi, Halq taʼlimi vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, tasarrufida taʼlim tashkilotlari boʻlgan vazirliklar va idoralar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vazirliklar va idoralar, shuningdek, taʼlim tashkilotlarining jismoniy tarbiya oʻqituvchilari (yoʻriqchilari) haqidagi maʼlumotlar hamda oʻquvchilarning (talabalar) sport fanlari boʻyicha sinov imtihonlari natijalarini Yagona tizimga kiritish uchun masʼul boʻlgan tegishli mutaxassislari uchun seminarlar tashkil etilishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yagona tizimga maʼlumotlarni kiritishga masʼul boʻlgan jismoniy tarbiya oʻqituvchilari (yoʻriqchilari) va sport tadbirlari tashkilotchilari tegishli shaxslarining shaxsiy javobgarligi belgilanishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yagona tizimdagi maʼlumotlarni muntazam ravishda yangilab borish uchun oʻqituvchilar (yoʻriqchilar) va masʼul shaxslarning Internet tarmogʻi, tegishli uskunalar va kompyuter texnikasidan foydalanish sharoitlarini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yagona tizimning uzluksiz ishlashini va axborot xavfsizligini taʼminlash tadbirlari oʻtkazilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari A.A. Abduxakimov va Oʻzbekiston Respublikasi jismoniy tarbiya va sport vaziri D.X. Nabiyev zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2019-yil 3-iyun,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
454-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 03.06.2019-y., 09/19/454/3233-son; 13.08.2020-y., 09/20/481/1169-son)