30.05.2019 yildagi 443-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 30.05.2019 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Sarmishsoy”, “Shahrisabz”, “Termiz” va “Qoʻqon” davlat muzey-qoʻriqxonalari faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Moddiy madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish sohasidagi faoliyatni tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 19-dekabrdagi PQ-4068-son qarori ijrosi yuzasidan, shuningdek, Navoiy, Qashqadaryo, Surxondaryo va Fargʻona viloyatlaridagi moddiy madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish, ularning atrofidagi tarixiy muhit bilan birga asrash va ulardan oqilona foydalanish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Moddiy madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish sohasidagi faoliyatni tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 19-dekabrdagi PQ-4068-son qaroriga muvofiq Navoiy, Qashqadaryo, Surxondaryo va Fargʻona viloyatlarida tegishlicha “Sarmishsoy”, “Shahrisabz”, “Termiz” va “Qoʻqon” davlat muzey-qoʻriqxonalari tashkil etilganligi maʼlamot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Belgilansinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Sarmishsoy” davlat muzey-qoʻriqxonasi — Navoiy viloyat tarixi va madaniyati davlat muzeyi filiali sifatida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Shahrisabz” davlat muzey-qoʻriqxonasi — Qashqadaryo viloyati Amir Temur nomidagi Shahrisabz shahar Moddiy madaniyat tarixi muzeyi negizida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Termiz” davlat muzey-qoʻriqxonasi — Surxondaryo viloyat tarixi va madaniyati davlat muzeyi negizida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Qoʻqon” davlat muzey-qoʻriqxonasi — Fargʻona viloyatidagi Qoʻqon madaniyati tarixi davlat muzeyi negizida tashkil etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Navoiy viloyat tarixi va madaniyati davlat muzeyi, “Sarmishsoy”, “Shahrisabz”, “Termiz” va “Qoʻqon” davlat muzey-qoʻriqxonalariga ijara haqining “nol” stavkasiga asosan biriktiriladigan moddiy madaniy merosning koʻchmas mulk obyektlari roʻyxati 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Belgilab qoʻyilsinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Sarmishsoy”, “Shahrisabz”, “Termiz” va “Qoʻqon” davlat muzey-qoʻriqxonalari Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi tizimidagi davlat muassasalari hisoblanadi;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Shahrisabz”, “Termiz”, “Qoʻqon” davlat muzey-qoʻriqxonalari tegishli ravishda Qashqadaryo viloyati Amir Temur nomidagi Shahrisabz shahar Moddiy madaniyat tarixi muzeyi, Surxondaryo viloyat tarixi va madaniyati davlat muzeyi, Qoʻqon madaniyati tarixi davlat muzeyining barcha huquq va majburiyatlari boʻyicha huquqiy vorisi hisoblanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Navoiy viloyat tarixi va madaniyati davlat muzeyi, “Shahrisabz”, “Termiz” va “Qoʻqon” davlat muzey-qoʻriqxonalari faoliyatini moliyalashtirishning amaldagi tartibi saqlab qolinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi ikki oy muddatda Navoiy, Qashqadaryo, Surxondaryo va Fargʻona viloyatlari hokimliklari bilan birgalikda tegishlicha “Sarmishsoy”, “Shahrisabz”, “Termiz” va “Qoʻqon” davlat muzey-qoʻriqxonalarining yuqori malakali, tashabbuskor, muzeylar hamda madaniy meros masalalari boʻyicha zarur bilim va amaliy tajribaga ega kadrlar bilan toʻldirilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Vazirlar Mahkamasining “2017 — 2027-yillarda davlat muzeylari faoliyatini takomillashtirish va moddiy-texnik bazasini mustahkamlash boʻyicha kompleks chora-tadbirlar dasturini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2017-yil 11-dekabrdagi 975-son qaroriga 2-ilovaga muvofiq oʻzgartirish kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining madaniyat vaziri B.S. Sayfullayev zimmasiga hamda Vazirlar Mahkamasining Yoshlar siyosati, madaniyat, maʼnaviyat, ommaviy axborot vositalari, ijodiy va jamoat tashkilotlari masalalari kotibiyatiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2019-yil 30-may,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
443-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 30-maydagi 443-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Navoiy viloyat tarixi va madaniyati davlat muzeyi, “Shahrisabz”, “Termiz” va “Qoʻqon” davlat muzey-qoʻriqxonalariga ijara haqining “nol” stavkasiga asosan biriktiriladigan moddiy madaniy merosning koʻchmas mulk obyektlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ROʻYXATI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Obyekt nomi

Obyekt joylashgan
manzil

Obyekt mulkdori

I. Navoiy viloyat tarixi va madaniyati davlat muzeyi

1.

Navoiy viloyat tarixi va madaniyati davlat muzeyi

Navoiy viloyati, Karmana tumani, Sadoqat koʻchasi, 17-uy

Navoiy viloyati tarixi va madaniyati davlat muzeyi

2.

Qosim Shayx majmuasi

Navoiy viloyati, Karmana tumani, Sadoqat koʻchasi, 14-uy

Navoiy viloyati madaniy meros boshqarmasi

3.

Qiziltepa tumani tarixi muzeyi

Navoiy viloyati, Qiziltepa tumani, Oʻzbekiston shox koʻchasi, 1-uy

Qiziltepa tumani madaniyat boʻlimi

4.

Sarmishsoy davlat muzey-qoʻriqxonasi

Navoiy viloyati, Navbahor tumani, Olchin MFY

Navoiy viloyati madaniy meros boshqarmasi

II. “Shahrisabz” davlat muzey-qoʻriqxonasi

5.

Chubin madrasasi

Shahrisabz shahri, Amir Temur hiyoboni

Qashqadaryo viloyati madaniy meros boshqarmasi

6.

Shahrisabz shahrining
tarixiy qalasi

Shahrisabz shahri, Amir Temur hiyoboni

7.

Chorsu savdo gumbazi

Shahrisabz shahri,Jahongir koʻchasi

8.

Arxeologiya topilmasi
(xammom)

Shahrisabz shahri, “Shahrisabz tarixiy maydoni”

9.

Malik Ajdar masji?i

Shahrisabz shahri, “Shahrisabz tarixiy maydoni”

10.

Abdushukur Ogʻoliq masjidi masjid binosi

Shahrisabz shahri, “Shahrisabz tarixiy maydoni”

11.

Kunchiqar masjidi

Shahrisabz shahri, “Shahrisabz tarixiy maydoni”

III. “Termiz” davlat muzey-qoʻriqxonasi

12.

Zurmulla minorasi

Termiz tumani

Surxondaryo viloyati madaniy meros boshqarmasi

13.

Zarautsoy

Surxondaryo viloyat, Sherobod tumani

14.

Jarqoʻrgʻon minorasi

Jarqoʻrgʻon tumani

15.

Eski Termiz (Chingiztepa)

Termiz tumani

16.

Dalvarzintepa

Shoʻrchi tumani

17.

Kampirtepa

Muzrabod tumani

IV. “Qoʻqon” davlat muzey-qoʻriqxonasi

18.

Xudoyorxon oʻrdasi

Qoʻqon shahar, Istiqlol koʻchasi, 2-uy

Fargʻona viloyati madaniy meros boshqarmasi

19.

Jomeʼ masjid-madrasasi

Qoʻqon shahar, Hamza koʻchasi, 9-uy

20.

Muzey uchun qurilgan maxsus bino

Qoʻqon shahar, Yangi Chorsu koʻchasi, 266-uy

21.

Sobiq davlat banki binosi

Qoʻqon shahar, Istiqlol koʻchasi, 69-uy

22.

Sohibzoda Hazrat (Miyon Hazrat) madrasasi

Qoʻqon shahar, Muqimiy koʻchasi, 7-uy

23.

XIX asr oʻzbek xonadoni

Qoʻqon shahar, Taroqchilik koʻchasi, 30-uy

24.

Norboʻtabiy madrasasi

Qoʻqon shahar, Bekboʻtabek koʻchasi, 69-uy

25.

“Dahmai Modari xon” maqbarasi

Qoʻqon shahar, “Katta qabriston” qabristoni

26.

Dasturxonchi madrasasi

Qoʻqon shahar, Tinchlik koʻchasi, 20-uy

27.

Tepaqoʻrgʻon arxeologik yodgorligi

Qoʻqon shahar, Poʻstindoʻz koʻchasi

Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 30-maydagi 443-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining “2017 — 2027-yillarda davlat muzeylari faoliyatini takomillashtirish va moddiy-texnik bazasini mustahkamlash boʻyicha kompleks chora-tadbirlar dasturini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2017-yil 11-dekabrdagi 975-son qaroriga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. 2a-ilovada (2017 — 2027-yillarda qayta tashkil etiladigan davlat muzeylari roʻyxati):
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) 12-pozitsiyaning “Qayta tashkil etiladigan muzeyning nomi” ustunidagi “Surxondaryo viloyat tarixi va madaniyati davlat muzeyi” soʻzlari “Termiz” davlat muzey-qoʻriqxonasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) 17-pozitsiyaning “Qayta tashkil etiladigan muzeyning nomi” ustunidagi “Qoʻqon madaniyati tarixi davlat muzeyi” soʻzlari “Qoʻqon” davlat muzey-qoʻriqxonasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) 18 va 19-pozitsiyalarning “Qayta tashkil etiladigan muzeyning nomi” ustunidagi “Qoʻqon madaniyati tarixi davlat muzeyining” soʻzlari “Qoʻqon” davlat muzey-qoʻriqxonasining” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. 3-ilovada (2018 — 2027-yillarda davlat muzeylari binolarini qurish, rekonstruksiya qilish, mukammal taʼmirlash va jihozlashning manzilli dasturi):
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) “Rekonstruksiya” boʻlimi 6-pozitsiyasining “Muzeylar nomi” ustunidagi “Surxondaryo viloyat tarixi va madaniyati davlat muzeyi” soʻzlari “Termiz” davlat muzey-qoʻriqxonasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) “Mukammal taʼmirlash” boʻlimida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26-pozitsiyaning “Muzeylar nomi” ustunidagi “Amir Temur nomidagi Shahrisabz shahar Moddiy madaniyat tarixi muzeyi” soʻzlari “Shahrisabz” davlat muzey-qoʻriqxonasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
44-pozitsiyaning “Muzeylar nomi” ustunidagi “Qoʻqon tarixi va madaniyati muzeyi” soʻzlari “Qoʻqon” davlat muzey-qoʻriqxonasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
45-pozitsiyaning “Muzeylar nomi” ustunidagi “Qoʻqon tarixi va madaniyati muzeyining Qoʻqon adabiyoti muzeyi filiali” soʻzlari “Qoʻqon” davlat muzey-qoʻriqxonasining Gʻafur Gʻulom nomidagi Qoʻqon adabiyoti muzeyi filiali” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) 47 — 49-pozitsiyalarning “Muzeylar nomi” ustunidagi “Qoʻqon tarixi va madaniyati muzeyining” soʻzlari “Qoʻqon” davlat muzey-qoʻriqxonasining” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. 4-ilova (Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti hisobidan moliyalashtiriladigan muzeylari, ularning filial va boʻlimlari roʻyxati) quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti hisobidan moliyalashtiriladigan muzeylari, ularning filial va boʻlimlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ROʻYXATI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Muzey nomi

Joylashgan hudud

Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjetidan moliyalashtiriladigan muzeylar

1.

Oʻzbekiston davlat sanʼat muzeyi

Toshkent shahri

2.

Oʻzbekiston tarixi davlat muzeyi

Toshkent shahri

3.

Temuriylar tarixi davlat muzeyi

Toshkent shahri

4.

Alisher Navoiy nomidagi davlat adabiyot muzeyi

Toshkent shahri

5.

Olimpiya shon-shuhrat muzeyi

Toshkent shahri

6.

Davlat geologiya muzeyi

Toshkent shahri

7.

Qurolli kuchlar tarixi davlat muzeyi

Toshkent shahri

8.

Qatagʻon qurbonlari xotirasi davlat muzeyi

Toshkent shahri

9.

Sogʻliqni saqlash muzey

Toshkent shahri

10.

Oʻzbekiston amaliy sanʼat va hunarmandchilik tarixi davlat muzeyi

Toshkent shahri

11.

Xalqaro madaniyat karvon saroyi

Toshkent shahri

Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlaridan moliyalashtiriladigan muzeylar

1.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi tarixi va madaniyati davlat muzeyi hamda uning quyidagi filiallari:

Nukus shahri

Muynoq Ekologiya muzeyi

Muynoq tumani

Ellikqalʼa tumani arxeologiya va tarix muzeyi

Ellikqalʼa tumani

2.

I.V. Savitskiy nomidagi Qoraqalpogʻiston davlat sanʼat muzeyi

Nukus shahri

3.

Andijon viloyat tarixi va madaniyati davlat muzeyi hamda uning quyidagi boʻlim va filiallari:

Andijon shahri

Adabiyot va sanʼat boʻlimi

Andijon shahri

Bobur yodgorligi boʻlimi

Andijon shahri

Paxtaobod tuman tarixi muzeyi

Paxtaobod tumani

Tasviriy sanʼat boʻlimi

Andijon shahri

Choʻlpon yodgorligi boʻlimi

Andijon shahri

4.

“Buxoro” davlat muzey-qoʻriqxonasi hamda uning quyidagi boʻlim va filiallari:

Buxoro shahri

Abu Ali ibn Sino memorial muzeyi

Peshkoʻ tuman

“Ark” viloyat oʻlkashunoslik muzeyi

Buxoro shahri

Boy savdogar xonadoni uy-muzeyi

Buxoro shahri

Buxoro adabiyoti tarixi muzeyi

Buxoro shahri

Buxoro kulolchilik va varaxsha tarixi koʻrgazmasi

Buxoro shahri

Buxoro suv taʼminoti muzeyi

Buxoro shahri

Buxoro tarixi muzeyi*

Buxoro shahri

Buxoro tasviriy sanʼat muzeyi

Buxoro shahri

Buxoroda huquq va qonunchilik tarixi muzeyi

Buxoro shahri

Gilamboflik muzeyi

Buxoro shahri

Yogʻoch oʻymakorligi koʻrgazmasi

Buxoro shahri

Imom al-Buxoriy xotira muzeyi

Buxoro shahri

Kadimiy Poykent shaharchasi tarixi muzeyi

Qoraqoʻl tumani

Moxi-Xossa amaliy bezak sanʼati muzeyi

Buxoro shahri

Mutal Burxonov uy muzeyi*

Buxoro shahri

Naqshbandiya tariqati muzeyi

Kogon tumani

Romitan tuman tarixi muzeyi

Romitan tuman

Temirchilik hunari tarixi muzeyi

Buxoro shahri

Xattotlik tarixi muzeyi

Buxoro shahri

5.

Jizzax viloyat tarixi va madaniyati davlat muzeyi hamda uning quyidagi filiallari:

Sh.Rashidov tumani

Zomin tumani tarixi muzeyi

Zomin tumani

Xamid Olimjon va Zulfiya muzeyi

Jizzax shahri

Sharof Rashidov yodgorlik muzeyi

Jizzax shahri

6.

Qashqadaryo viloyat tarixi va madaniyati davlat muzeyi

Qarshi shahri

7.

“Shahrisabz” davlat muzey-qoʻriqxonasi va uning filiali:

Shahrisabz tumani

Qashqadaryo viloyati Shahrisabz shahridagi “Maqom muzeyi”

Shahrisabz shahri

8.

Navoiy viloyat tarixi va madaniyati davlat muzeyi hamda uning quyidagi filiallari:

Karmana tumani

Karmana tuman Qosim Shayx majmua muzeyi

Karmana tumani

Qiziltepa tuman tarixi muzeyi

Qiziltepa tumani

Nurota tuman tabiiy-meʼmoriy majmua muzeyi

Nurota tumani

“Sarmishsoy” davlat muzey-qoʻriqxonasi

Navbahor tumani

9.

Namangan viloyat tarixi va madaniyati davlat muzeyi hamda uning quyidagi filiallari:

Namangan shahri

Kosonsoy tumani tarixi muzeyi

Kosonsoy tumani

“Mugʻtepa” arxeologiya merosi obyektini muhofaza qilish va tadqiq etish majmuasi

Kosonsoy tumani

10.

“Samarqand” davlat muzey-qoʻriqxonasi hamda uning quyidagi boʻlim va filiallari:

Samarqand shahri

Ishtixon tuman tarixi muzeyi

Ishtixon shahri

Kattaqoʻrgʻon shahar tarixi muzeyi

Kattaqoʻrgʻon shahri

Mirzo Ulugʻbek muzeyi-majmuasi

Samarqand shahri

Paxtachi tuman tarixi muzeyi

Paxtachi tumani

Sadriddin Ayniy yodgorlik uy-muzeyi

Samarqand shahri

Samarqand viloyat oʻlkashunoslik muzeyi

Samarqand shahri

Samarqand shahar tarixi “Afrosiyob” muzeyi

Samarqand shahri

Oʻzbekiston Madaniyati tarixi davlat muzeyi

Samarqand shahri

Ergash Jumanbulbul oʻgʻli yodgorligi muzeyi*

Qoʻshrabot tumani

11.

“Termiz” davlat muzey-qoʻriqxonasi

Termiz shahri

12.

Termiz arxeologiya muzeyi

Termiz shahri

13.

Sirdaryo viloyat tarixi va madaniyati davlat muzeyi

Guliston shahri

14.

Toshkent viloyat tarixi va madaniyati davlat muzeyi*

Nurafshon shahri

15.

Toshkent viloyati Angren shahar tarixi muzeyi

Angren shahri

16.

Toshkent viloyati Chirchiq shahar tarixi muzeyi

Chirchiq shahri

17.

Yangiyoʻl shahar Usmon Yusupov memorial uy-muzeyi

Yangiyoʻl shahri

18.

Fargʻona viloyat tarixi va madaniyati davlat muzeyi hamda uning quyidagi filiallari:

Fargʻona shahri

Margʻilon shahar tarix muzeyi

Margʻilon shahri

Uvaysiy uy-muzeyi

Margʻilon shahri

Erkin Vohidov uy-muzeyi*

Oltiariq tumani

19.

“Qoʻqon” davlat muzey-qoʻriqxonasi hamda uning quyidagi filiallari:

Qoʻqon shahri

Amaliy sanʼat muzeyi

Qoʻqon shahri

Buyuk allomalar muzeyi

Qoʻqon shahri

Gʻafur Gʻulom nomidagi Qoʻqon adabiyot muzeyi

Qoʻqon shahri

Muqimiy xujra muzeyi

Qoʻqon shahri

Xamza uy-muzeyi

Qoʻqon shahri

20.

“Ichan-qalʼa” davlat muzey-qoʻriqxonasi hamda uning quyidagi boʻlim va filiallari:

Xiva shahri

Amaliy sanʼat boʻlimi

Xiva shahri

Ilmiy-maʼrifiy boʻlim

Xiva shahri

Qadimgi Xorazm madaniyati boʻlimi

Xiva shahri

Qadimgi Xorazm tarixi boʻlimi

Xiva shahri

Tabiat boʻlimi

Xiva shahri

Madrasa tarixi boʻlimi

Xiva shahri

Tasviriy sanʼat tarixi boʻlimi

Xiva shahri

Xalq taʼlimi tarixi boʻlimi

Xiva shahri

Xiva xonligi tarixi boʻlimi

Xiva shahri

Xorazm musiqa tarixi boʻlimi

Xiva shahri

“Oʻzbekiston–ozod va obod Vatan!” mustaqillik ekspozitsiyasi

Xiva shahri

Hunarmandchilik tarixi boʻlimi

Xiva shahri

21.

Oʻzbekiston zamonaviy sanʼati muzeyi va uning quyidagi filiallari:

Urganch shahri

“Xorazm tarixi va madaniyati” muzeyi*

Urganch shahri

Komiljon Otaniyozov uy-muzeyi

Urganch shahri

Urganch shahar tarixi muzeyi

Urganch shahri

22.

Oʻzbekiston davlat tabiat muzeyi

Toshkent shahri

23.

Madaniyat va sanʼat koʻrgazmasi

Toshkent shahri

24.

Abdulla Qahhor uy-muzeyi

Toshkent shahri

25.

Gʻafur Gʻulom uy-muzeyi

Toshkent shahri

26.

Kamoliddin Behzod memorial bogʻ-muzeyi

Toshkent shahri

27.

Muxtor Ashrafiy uy-muzeyi

Toshkent shahri

28.

Oybek uy-muzeyi

Toshkent shahri

29.

Sergey Borodin uy-muzeyi

Toshkent shahri

30.

Sergey Yesenin muzeyi

Toshkent shahri

31.

Tamaraxonim uy-muzeyi

Toshkent shahri

32.

Oʻzbekiston kino sanʼati tarixi muzeyi

Toshkent shahri

33.

Oʻrol Tansiqboyev uy-muzeyi

Toshkent shahri

34.

Yunus Rajabiy uy-muzeyi

Toshkent shahri

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* Tashkil qilingandan soʻng budjetdan mablagʻ ajratiladi”.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.05.2019-y., 09/19/443/3214-son; 04.03.2021-y., 09/21/119/0190-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.04.2022-y., 09/22/209/0341-son; 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son)