1-ILOVA
2-ILOVA
|
T/r |
Chora-tadbirlar nomi |
Amalga oshirish mexanizmi |
Bajarish muddati |
Moliyalashtirish manbai |
Ijro uchun masʼullar |
|
I. Maktabgacha taʼlim tizimida | |||||
|
1. |
Maktabgacha taʼlim muassasalari uchun belgilangan davlat taʼlim talablari va taʼlim dasturlarini qayta koʻrib chiqish. |
1) Maktabgacha taʼlim vazirligi mutaxassislaridan iborat ishchi guruh tuzish; |
2019-yil iyun |
Mablagʻ talab etilmaydi |
Maktabgacha taʼlim vazirligi (A. Shin), Davlat ekologiya qoʻmitasi (B. Kuchkarov) |
|
2) davlat taʼlim talablari va taʼlim dasturlariga ekologik taʼlim-tarbiya yoʻnalishida ilgʻor milliy va xorijiy tajribani oʻrganish va ular asosida bolajonlarda ekologik madaniyatni shakllantirish parametrlarini belgilash; |
2019-yil oktabr |
||||
|
3) davlat taʼlim standarti va oʻquv dasturlari mazmunini bolajonlarda ekologik madaniyatni shakllantirish parametrlaridan kelib chiqqan holda tahlil qilish va qoʻshimcha indikatorlarni belgilash. |
2020-yil yanvar |
||||
|
2. |
“Ilk qadam” tayanch dasturining atrof muhit va tabiatga doir mavzularini tahlil qilish hamda zarur oʻzgartirishlar kiritish. |
1) dasturda ona tabiatni asrab-avaylash, ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish toʻgʻrisidagi mavzularni koʻpaytirish; |
2019-yil avgust |
Mablagʻ talab etilmaydi |
Maktabgacha taʼlim vazirligi (A. Shin), Davlat ekologiya qoʻmitasi (B. Kuchkarov) |
|
2) “Ilk qadam” tayanch dasturida koʻzda tutilgan ekologik taʼlimga oid mavzular va amaliy mashgʻulotlarni toʻlaqonli ravishda tashkil etish maqsadida “Ekolog bolajon” dasturini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish. |
2019-yil oktabr |
||||
|
3. |
Maktabgacha taʼlim muassasalarida “Ekologiya burchaklari”ni tashkil etish. |
1) maktabgacha taʼlim muassasalarining “Ekologiya burchaklari” namunalarini ishlab chiqish va tasdiqlash; |
2019-yil avgust |
Maktabgacha taʼlimni rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari |
Maktabgacha taʼlim vazirligi (A. Shin), Davlat ekologiya qoʻmitasi (B. Kuchkarov), Oʻzbekiston ekologik harakati (B. Alixanov) |
|
2) maktabgacha taʼlim muassasalarining tasdiqlangan namuna asosida “Ekologiya burchaklari”ni tashkil etish. |
2019-2020-yillar davomida |
||||
|
4. |
Muhim ekologik sanalarga bagʻishlab bolajonlar oʻrtasida tabiat qoʻynida turli amaliy mashgʻulotlar oʻtkazish. |
1) tabiatni asrab-avaylash borasida butun jahon va mamlakatimizda nishonlanadigan muhim ekologik sanalar roʻyxatini tuzish; |
2019-yil iyun |
Ijrochilar mablagʻlari |
Maktabgacha taʼlim vazirligi (A. Shin), Davlat ekologiya qoʻmitasi (B. Kuchkarov), Oʻzbekiston ekologik harakati (B. Alixanov) |
|
2) ekologik sanalar boʻyicha bolajonlarga beriladigan turli yosh guruhlari uchun “Ekolog bolajon” dasturi asosida tizimli mashgʻulotlar rejasini ishlab chiqish; |
2019-yil dekabr |
||||
|
3) har bir ekologik sanaga bagʻishlab tabiat qoʻynida bolajonlar uchun ekologik mashgʻulotlar oʻtkazib borish. |
2020-yil yanvar oyidan boshlab muntazam ravishda |
||||
|
5. |
Oʻzbekiston Respublikasi Qizil kitobiga kiritilgan oʻsimlik va hayvonlar haqidagi dastlabki tushunchalarni maktabgacha yoshdagi bolalar ongiga singdirish boʻyicha dasturlarga tegishli mavzularni kiritish. |
1) Oʻzbekiston Respublikasi Qizil kitobiga kiritilgan oʻsimliklar va hayvonlar haqidagi dastlabki tushunchalarni maktabgacha yoshdagi bolalar ongiga singdirish boʻyicha dasturlarga kiritiladigan mavzular boʻyicha oʻquv-metodik materiallarni tayyorlash; |
2020-yil fevral |
Mazkur maqsadlar uchun ajratilgan Davlat budjeti mablagʻlari |
Maktabgacha taʼlim vazirligi (A. Shin), Oʻzbekiston ekologik harakati (B. Alixanov) |
|
2) takomillashtirilgan dasturlarni belgilangan tartibda tasdiqlash; |
2020-yil aprel |
||||
|
3) yangilangan dasturlardan maktabgacha taʼlim muassasalarida foydalanishni tashkil etish. |
2020-yil iyun oyidan muntazam ravishda |
||||
|
II. Umumiy oʻrta va oʻrta maxsus taʼlim tizimida | |||||
|
6. |
Umumiy oʻrta va oʻrta maxsus taʼlim tizimi uchun belgilangan davlat taʼlim talablari va taʼlim dasturlarini qayta koʻrib chiqish. |
1) Xalq taʼlimi vazirligi mutaxassislaridan iborat ishchi guruh tuzish; |
2019-yil iyun |
Mablagʻ talab etilmaydi |
Xalq taʼlimi vazirligi (Sh. Shermatov) Davlat ekologiya qoʻmitasi (B.Kuchkarov) |
|
2) davlat taʼlim talablari va taʼlim dasturlariga ekologik taʼlim-tarbiya yoʻnalishida ilgʻor milliy va xorijiy tajribani oʻrganish va ular asosida oʻquvchilarda ekologik madaniyatni shakllantirish parametrlarini belgilash; |
2019-yil oktabr |
||||
|
3) davlat taʼlim standartlari va oʻquv dasturlari mazmunini oʻquvchilarda ekologik madaniyatni shakllantirish parametrlaridan kelib chiqqan holda tahlil qilish va qoʻshimcha indikatorlarni belgilash. |
2020-yil yanvar |
||||
|
7. |
Umumiy oʻrta taʼlimning davlat taʼlim standarti va oʻquv dasturlari mazmunini ekologik bilim, koʻnikma, malaka va kompetensiyalar bilan boyitish. |
1) umumiy oʻrta taʼlim tizimidagi oʻquv fanlari mazmuniga tabiiy imkoniyatlar doirasida (majburlovchi vosita sifatida emas) ekologik bilim, koʻnikma, malaka va kompetensiyalarni singdirish; |
2020-yil iyun |
Mazkur maqsadlar uchun ajratilgan Davlat budjeti mablagʻlari |
Xalq taʼlimi vazirligi (Sh. Shermatov), Davlat ekologiya qoʻmitasi (B. Kuchkarov) |
|
2) matematika, iqtisodiy bilim asoslari fanlari mazmunini tejamkorlikka oid aniq iqtisodiy-ekologik masalalar bilan boyitish; |
2020-2021 oʻquv yilidan boshlab |
||||
|
3) geografiya, matematika, biologiya, iqtisodiy bilim asoslari fanlari mazmuniga ekologik baholash va ekologik prognozlashtirishga oid bilim, koʻnikma, malaka va kompetensiyalarni oʻquvchilarning yoshiga mos tarzda quyi (VII, VIII, IX) sinflardan boshlab kiritish. |
|||||
|
8. |
Muhim ekologik sanalarga bagʻishlab oʻquvchilar oʻrtasida tabiat qoʻynida turli amaliy mashgʻulotlar oʻtkazib borish. |
1) tabiatni asrab-avaylash borasida butun jahon va mamlakatimizda nishonlanadigan muhim ekologik sanalar roʻyxatini tuzish; |
2019-yil iyun |
Ijrochilar mablagʻlari |
Xalq taʼlimi vazirligi (Sh. Shermatov), Davlat ekologiya qoʻmitasi (B. Kuchkarov), Oʻzbekiston ekologik harakati (B. Alixanov) |
|
2) muhim ekologik sanalar boʻyicha pedagoglar uchun maxsus qoʻllanmalar ishlab chiqish; |
2020-yil iyul |
||||
|
3) har bir ekologik sanaga bagʻishlab tabiat qoʻynida oʻquvchilar uchun ekologik mashgʻulotlar oʻtkazish. |
2020-yil sentabr oyidan boshlab muntazam |
||||
|
9. |
Xalqaro grant loyihalari hisobiga oʻrta taʼlim maktablarida “Ekologiya burchaklari”ni tashkil etish va mazkur burchaklarni zarur materiallar bilan taʼminlash. |
1) respublikamizdagi oʻrta taʼlim maktablarida “Ekologiya burchaklari” tashkil etish boʻyicha takliflar tayyorlash; |
2019-yil sentabr |
Xalq taʼlimini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari, xalqaro grantlar |
Xalq taʼlimi vazirligi (Sh. Shermatov), Davlat ekologiya qoʻmitasi (B. Kuchkarov), Oʻzbekiston ekologik harakati (B. Alixanov) |
|
2) “Ekologiya burchaklari” tashkil etiladigan umumiy oʻrta taʼlim maktablari roʻyxatini shakllantirish; |
2019-yil dekabr |
||||
|
3) “Ekologiya burchaklari” tashkil etish va mazkur burchaklarni zarur materiallar bilan taʼminlash. |
2020-yil davomida |
||||
|
10. |
Umumiy oʻrta taʼlim tizimida respublika miqyosida bosqichma-bosqich “Eng yaxshi ekologik toza maktab”, “Eng yaxshi ekolog oʻquvchi” koʻrik tanlovlarini oʻtkazish. |
1) koʻrik tanlovni oʻtkazish nizomini ishlab chiqish va tasdiqlash; |
2019-yil dekabr |
Ijrochilar mablagʻlari |
Xalq taʼlimi vazirligi (Sh. Shermatov), Davlat ekologiya qoʻmitasi (B. Kuchkarov) |
|
2) koʻrik tanlovni oʻtkazishning respublikada |
2020-yil yanvar |
||||
|
3) koʻrik tanlovning maktab, tuman, shahar, viloyat va Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichlarini oʻtkazish; |
2020-yil mart — may oylaridan boshlab har yili |
||||
|
4) koʻrik tanlovning respublika bosqichini oʻtkazish va gʻoliblarni taqdirlash. |
2020-yil may oyidan boshlab har yili |
||||
|
III. Kasb-hunar taʼlimi tizimida | |||||
|
11. |
Kasb-hunar taʼlimi muassasalarining oʻquv dasturlarini yangilashda maqbul va mantiqiy tarzda ekologiya va atrof muhit muhofazasiga doir mavzularni kiritish. |
1) ekologiya va atrof muhit muhofazasiga doir mavzularni oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi tizimi oʻquv dasturlariga kiritish boʻyicha ishchi guruhlar tashkil etish; |
2019-yil iyun |
Mazkur maqsadlar uchun ajratilgan Davlat budjeti mablagʻlari |
Kasb-hunar taʼlim markazi (M. Xolmuxammedov), tasarrufida oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalari boʻlgan vazirliklar va idoralar, Oʻzbekiston ekologik harakati (B. Alixanov), Davlat ekologiya qoʻmitasi (B. Kuchkarov) |
|
2) kasbiy fanlarning oʻquv dasturlari tarkibiga maqbul va mantiqiy tarzda ekologiya va atrof muhit muhofazasiga oid mavzular kiritish orqali yangi tahrirdagi oʻquv dasturlarini ishlab chiqish; |
2019-yil davomida |
||||
|
3) ishlab chiqilgan yangi tahrirdagi oʻquv dasturlarini belgilangan tartibda tasdiqlash; |
2020-2021 oʻquv yilidan boshlab |
||||
|
4) kasb-hunar kollejlari oʻquvchilarining ekologik bilimlarini mustahkamlash uchun zarur metodik materiallarni tayyorlash va joylarga yetkazish; |
2020-yil avgust |
||||
|
5) yangi tahrirdagi oʻquv dasturlari asosida kasbiy fanlarning oʻquv adabiyotlarini yangilash va chop etishni tashkil etish. |
2020-2021 oʻquv yili |
||||
|
12. |
Ekologik bilimlar boʻyicha kasb-hunar kollejlari oʻquvchilari oʻrtasida “Yosh ekolog” musobaqasini oʻtkazish. |
1) “Yosh ekolog” musobaqasini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom loyihasini ishlab chiqish; |
2019-yil dekabr |
Ijrochilar mablagʻlari |
Davlat ekologiya qoʻmitasi (B. Kuchkarov), Kasb-hunar taʼlimi markazi (M. Xolmuxammedov), tasarrufida oʻrta maxsus, kasb-hu�ar taʼlimi muassasalari boʻlgan vazirlik va idoralar, Oʻzbekiston ekologik harakati, (B. Alixanov), Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi (A. Xodjayev) |
|
2) tasdiqlangan nizom asosida kasb-hunar kollejlari oʻquvchilari oʻrtasida musobaqani yuqori saviyada tashkil etish; |
2020-yil aprel oyidan boshlab muntazam |
||||
|
3) “Yosh ekolog” musobaqasi gʻoliblarini diplom va esdalik sovgʻalari bilan taqdirlash; |
|||||
|
4) musobaqa ommaviy axborot vositalari orqali yoritilishini taʼminlash. |
|||||
|
13. |
Ekologiya va atrof muhit muhofazasi boʻyicha taʼlim berishni takomillashtirishga oid seminarlar, davra suhbatlari, ijodiy uchrashuvlar, ilmiy-amaliy konferensiyalar dasturlarini ishlab chiqish hamda amalga oshirish. |
1) kasb-hunar kollejlarida tashkil etiladigan seminarlar, davra suhbatlari, ijodiy uchrashuvlar, ilmiy-amaliy konferensiyalar va boshqa tadbirlarning mavzulari, oʻtkazish joylari va muddatlarini oʻz ichiga olgan dasturni ishlab chiqish; |
2019-yil avgust oyidan boshlab muntazam |
Ijrochilar mablagʻlari |
Kasb-hunar taʼlimi markazi (M. Xolmuxammedov), tasarrufida oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalari boʻlgan vazirlik va idoralar, Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Ekoharakat deputatlar guruhi |
|
2) dastur asosida belgilangan tadbirlarni yuqori saviyada tashkil etish; |
|||||
|
3) ekologiya va atrof muhit muhofazasi boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar ommaviy axborot vositalari orqali yoritilishini taʼminlash. |
|||||
|
IV. Oliy taʼlim tizimida | |||||
|
14. |
Oliy taʼlimning 5630100 “Ekologiya va atrof muhit muhofazasi” bakalavriat taʼlim yoʻnalishining, shuningdek, oʻrta-maxsus taʼlim tizimining oʻquv rejasi va fan dasturlarini atrof muhitni muhofaza qilish bilan bogʻliq mavzular bilan toʻldirish. |
1) tayanch oliy taʼlim muassasalari va tegishli korxonalar mutaxassislaridan iborat ishchi guruhlar tuzish; |
2019-yil iyun |
Mablagʻ talab etilmaydi |
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (I. Majidov), Davlat ekologiya qoʻmitasi (B. Kuchkarov), tayanch oliy taʼlim muassasalari |
|
2) atrof muhitni muhofaza qilish hamda bu boradagi zamonaviy texnologiyalar bilan bogʻliq mavzular bilan boyitish; |
2020-yil aprel |
||||
|
3) yangilangan va takomillashtirilgan malaka talablari, oʻquv rejalari va fan dasturlarini belgilangan tartibda tasdiqlash; |
2020-yil iyun |
||||
|
4) dasturlarni amalga joriy etish. |
2020-yil iyun |
||||
|
15. |
Oliy taʼlimda ekologiya va atrof muhit muhofazasi sohasiga oid yangi yoʻnalish va mutaxassisliklar tashkil qilish yuzasidan asoslangan takliflarni tayyorlash. |
1) mintaqa va mamlakatda mavjud ekologik vaziyatdan, xalqaro tashkilotlar tadqiqotlarining natijalaridan hamda chiqindi bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish sohasidagi dolzarb vazifalardan kelib chiqib buyurtmachi tashkilot va korxonalarda zarur yoʻnalishlar va mutaxassisliklar roʻyxatini shakllantirish; |
2019-yil dekabr |
Mablagʻ talab etilmaydi |
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (I. Majidov), Davlat ekologiya qoʻmitasi (B. Kuchkarov), tayanch oliy taʼlim muassasalari |
|
2) tizimning kadrlarga boʻlgan ehtiyoji va tahlillardan kelib chiqib ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish sohasiga oid yangi yoʻnalish va mutaxassisliklarni “Oliy taʼlim yoʻnalishlari va mutaxassisliklari klassifikatori”ga kiritish boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga asoslangan taklif tayyorlash. |
2020-yil iyun |
||||
|
16. |
Oliy taʼlim tizimining tegishli mutaxassisliklarida magistrlik dissertatsiyalari tayyorlanishida ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilishga oid masalalarni kiritish. |
1) oliy taʼlim muassasalarining noekologik taʼlim sohalari boʻyicha magistrlik dissertatsiyalarini shakllantirish; |
2020-yil sentabr oyidan boshlab muntazam ravishda |
Mablagʻ talab etilmaydi |
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (I. Majidov) |
|
2) dissertatsiya ishlarida ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilishga oid masalalarni yoritish boʻyicha magistr talabalarga metodik tavsiyalar berish; |
|||||
|
3) tegishli mutaxassisliklarda ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilishga oid masalalar dissertatsiyaning asosiy mavzu va yoʻnalishiga mantiqiy javob beradigan tarzda yoritib borilishini yoʻlga qoʻyish. |
|||||
|
17. |
Oliy taʼlim muassasalarini ekologiya va atrof muhit muhofaza sohasiga oid zarur oʻquv-metodik materiallar va boshqa foydali maʼlumotlar taqdim etishga moʻljallangan Internet tarmogʻidan keng foydalanishni taʼminlash. |
1) tegishli mutaxassislarni jalb etish; |
Ijrochilar mablagʻlari |
Davlat ekologiya qoʻmitasi (B. Kuchkarov), Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (I. Majidov), tasarrufida oliy taʼlim muassasalari boʻlgan vazirlik va idoralar | |
|
2) internet tarmogʻida mavjud ekologik muammolar va ularning yechimlariga qaratilgan ilmiy hamda ommabop maqolalar yoritib borish; |
2019-yil avgust oyidan boshlab muntazam ravishda |
||||
|
3) internet maʼlumotlari talabalarga yetkazilishini taʼminlash; |
|||||
|
4) ekologiya va atrof muhit muhofazasi taʼlimiga oid materiallarni oliy va oʻrta taʼlim muassasalari veb-saytlariga joylashtirish hamda davriy ravishda yangilab borilishini tashkil etish. |
|||||
|
18. |
Oliy taʼlim muassasalari talabalariga ekologiya va atrof muhit muhofazasi boʻyicha maʼlumotlar berishni kengaytirish. |
1) oliy taʼlim muassasalarining veb-saytlarida ekologiya va atrof muhit muhofazasi boʻyicha alohida sahifalar yaratish va uni zarur maʼlumotlar bilan toʻldirish; |
“Yoshlar — kelajagimiz” jamgʻarmasi mablagʻlari |
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (I. Majidov), Davlat ekologiya qoʻmitasi (B. Kuchkarov), Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi (Q. Quranbayev), Axborot kommunikatsiya texnologiyalarni rivojlantirish vazirligi (Sh. Sadikov) | |
|
2) oliy taʼlim muassasasining davriy nashrlarida alohida ruknlar ochish va maqolalar chop etilishini taʼminlash; |
2019-yil avgust oyidan boshlab muntazam ravishda |
||||
|
3) internet-platformalar va messenjerlarni va yoshlar oʻrtasida “xeshteg”lar tashkil qilish; |
|||||
|
4) oliy taʼlim muassasalari oʻrtasida ekologiya va atrof muhit muhofazasi yoʻnalishida targʻibot ishlarini kuchaytirishga bagʻishlangan koʻrik- tanlovlar tashkil etish. |
|||||
|
19. |
Oliy taʼlim muassasalarida ekologiya va atrof muhit muhofazasi yoʻnalishida oʻtkaziladigan tadbirlar dasturini ishlab chiqish va amalga oshirish |
1) har bir oliy taʼlim muassasasida ekologiya va atrof muhit muhofazasi yoʻnalishida oʻquv yili davomida oʻtkaziladigan tadbirlar dasturi tayyorlanishini tashkil etish; |
2019-yil avgust oyidan boshlab muntazam ravishda |
Ijrochilar mablagʻlari |
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (I. Majidov), tasarrufida oliy taʼlimi muassasalari boʻlgan vazirlik va idoralar, Davlat ekologiya qoʻmitasi (B. Kuchkarov), Oʻzbekiston ekologik harakati (B. Alixanov), Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Ekoharakat deputatlar guruhi, Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi (Q. Quranbayev) |
|
2) tadbirlar dasturiga muvofiq yoshlar ishtirokida “flesh-mob”, eko-tadbirlar, seminarlar, davra suhbatlari, ijodiy uchrashuvlar, ilmiy-amaliy konferensiyalar va boshqalarni yuqori saviyada tashkil etish; |
|||||
|
3) oliy taʼlim muassasalarining axborot-resurs markazlarini ekologiya va atrof muhit masalalariga oid oʻquv va ilmiy adabiyotlar bilan taʼminlash; |
|||||
|
4) ekologiya va atrof muhit muhofazasi boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar ommaviy-axborot vositalari orqali yoritilishini taʼminlash. |
|||||
|
20. |
Mintaqa va mamlakatda mavjud ekologik muammolar mavzulariga bagʻishlangan seminar va davra suhbatlari tashkil etish. |
1) mintaqa mamlakatlarining ekologiya va atrof muhit muhofazasi sohasidagi mutasaddi tashkilotlari bilan hamkorlikni yoʻlga qoʻyish; |
2019-yil sentabr |
Mablagʻ talab etilmaydi |
Davlat ekologiya qoʻmitasi (B. Kuchkarov), Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (I. Majidov), tasarrufida oliy taʼlim muassasalari boʻlgan vazirlik va idoralar |
|
2) mintaqada mavjud ekologik muammolar boʻyicha tashkil etiladigan seminar va “davra suhbatlari” mavzulari, dasturlarini birgalikda kelishish; |
2019-yil oktabr |
||||
|
3) seminar va davra suhbatlarini oʻtkazish joyi va vaqtini aniqlash; |
2019-yil noyabr |
||||
|
4) ushbu tadbirlarda ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish sohasi xodimlari hamda oliy taʼlim muassasalari professor-oʻqituvchilari va talabalarining ishtirokini taʼminlash. |
2020-yil aprel |
||||
|
21. |
Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish sohasiga oid mavjud muammolar boʻyicha bitiruv malakaviy ishlari va magistrlik dissertatsiyalari mavzulari bazasini shakllantirish. |
1) ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish sohasiga oid bazaviy muammolar bankini shakllantirish; |
2019-yil sentabr |
Mablagʻ talab etilmaydi |
Davlat ekologiya qoʻmitasi (B. Kuchkarov), Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (I. Majidov) |
|
2) mavjud muammolar asosida bitiruv malakaviy ishlari, magistrlik dissertatsiyalari mavzularini shakllantirish va amaliy izlanishlar olib borilishini tashkil etish; |
2019-yil noyabr oyidan boshlab muntazam ravishda |
||||
|
3) ushbu faoliyatni amalga oshirishda korxonalar, tashkilotlar va muassasalarda yetarli sharoitlarni yaratish. |
2020-yil sentabr |
||||
|
V. Oliy taʼlimdan keyingi taʼlim tizimida | |||||
|
22. |
Ekologik muammolar va ularning yechimlari bilan bogʻliq mavzular boʻyicha ilmiy-tadqiqot loyihalarini ishlab chiqish. |
1) korxona va tashkilotlarning ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilishga oid muammolar yechimlariga bagʻishlangan fundamental, amaliy, innovatsion ilmiy-tadqiqot loyihalarini tayyorlash; |
2020-yil aprel |
Ijrochilar mablagʻlari, xalqaro grantlar |
Innovatsion rivojlanish vazirligi (I. Abduraxmanov), Davlat ekologiya qoʻmitasi (B. Kuchkarov), Fanlar akademiyasi (B. Yuldashev), Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (I. Majidov), manfaatdor davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari |
|
2) ilmiy-tadqiqot ishlarini Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi tizimidagi tashkilotlar va boshqa korxonalar hamda tayanch oliy taʼlim muassasalari laboratoriyalarida olib borish; |
2020-yil may oyidan boshlab muntazam ravishda |
||||
|
3) loyiha doirasida bajarilgan ilmiy-tadqiqot natijalarini amaliyotga joriy etish. |
|||||
|
23. |
Xalqaro grant loyihalari doirasida xalqaro konferensiya, seminar-trening, davra suhbatlarida soha mutaxassislari, professor-oʻqituvchilar va ilmiy xodimlarning ishtirok etishlarini taʼminlash. |
1) tegishli xalqaro grant loyihalarda ishtirok etish choralarini koʻrish; |
2020-yil yanvar |
Xalqaro grantlar |
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (I. Majidov), Davlat ekologiya qoʻmitasi (B. Kuchkarov), tayanch oliy taʼlim muassasalari |
|
2) soha mutaxassislari, professor-oʻqituvchilar va ilmiy xodimlarning turli grant loyihalari va tajriba almashinuv dasturlari doirasida seminar-trening, konferensiya, mahorat darslarida ishtirokini taʼminlash. |
Muntazam ravishda |
||||
|
VI. Kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash taʼlim tizimida | |||||
|
24. |
Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish sohasi mutaxassislari malakasini oshirish va qayta tayyorlash boʻyicha davlat talablari, oʻquv dasturlarini zamonaviy talablar asosida ishlab chiqish va malaka oshirishni hamkorlikda tashkil etish. |
1) Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi huzuridagi malaka oshirish va qayta tayyorlash markazida taʼlim oladigan mutaxassislar uchun belgilangan oʻquv rejasi va dasturlarni qaytadan koʻrib chiqish va tasdiqlash; |
2019-yil iyun |
Davlat ekologiya qoʻmitasining budjetdan tashqari mablagʻlari, ijrochilar mablagʻlari, xalqaro grantlar |
Davlat ekologiya qoʻmitasi (B. Kuchkarov), Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (I. Majidov), manfaatdor davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari |
|
2) qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslarida dars mashgʻulotlarini olib boradigan tajribali mutaxassislar va professor-oʻqituvchilar tarkibini shakllantirish; |
2019-yil iyul |
||||
|
3) mashgʻulotlarni zamonaviy talablar asosida ilgʻor xorijiy tajribadan kelib chiqqan holda olib borish. |
2019-yil avgust oyidan boshlab muntazam ravishda |
||||
|
VII. Maktabdan tashqari taʼlim tizimida | |||||
|
25. |
Maktabdan tashqari taʼlim tizimida ekologik taʼlim-tarbiya jarayonlarini rivojlantirish. |
1) maktabdan tashqari taʼlim muassasalarining tegishli yoʻnalishi (ekologiya va oʻlkashunoslik) oʻquv dasturlarini tahlil qilish; |
2019-yil avgust oyidan boshlab muntazam ravishda |
Mablagʻ talab etilmaydi |
Xalq taʼlimi vazirligi (Sh. Shermatov), Davlat ekologiya qoʻmitasi (B. Kuchkarov) |
|
2) oʻquv dasturlari mazmunini bolalarning qiziqishini oshiruvchi, mustaqil ekologik tadqiqotlar olib borishga yoʻnaltirilgan mashgʻulot va topshiriqlar bilan boyitish; |
|||||
|
3) maktabdan tashqari taʼlim muassasalarining tegishli yoʻnalishlariga bolalar qamrovini koʻpaytirishning taʼsirchan mexanizmlarini ishlab chiqish. |
|||||
|
VIII. Vazirliklar va tashkilotlar hamkorligida | |||||
|
26. |
Tarbiyalanuvchilar va oʻquvchilar uchun ona tabiatni asrab-avaylash va ularda tabiatga nisbatan mehr-muhabbat tuygʻularini kuchaytirish mavzusida turli teatrlashtirilgan tomoshalar tashkil etish. |
1) maktabgacha taʼlim muassasalari hamda umumiy oʻrta va oʻrta maxsus taʼlim muassasalari uchun muhim boʻlgan ona tabiatni asrab-avaylash mavzusidagi maxsus tomoshalar ssenariylarini ishlab chiqish; |
Muntazam ravishda |
Madaniyat vasanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi |
Madaniyat vazirligi (B. Sayfullayev), Maktabgacha taʼlim vazirligi (A. Shin), Xalq taʼlimi vazirligi (Sh. Shermatov), Davlat ekologiya qoʻmitasi (B. Kuchkarov), Oʻzbekiston ekologik harakati(B. Alixanov) |
|
2) respublikaning hududlarida joylashgan madaniyat muassasalari (teatr va boshqa tomoshagohlar) tomonidan maktabgacha taʼlim muassasalari hamda umumiy oʻrta va oʻrta maxsus taʼlim muassasalarida ekologik tomoshalarni tashkil qilish. |
|||||
|
27. |
Maktabgacha taʼlim muassasalaridagi tarbiyalanuvchilar va bolajonlar uchun moʻljallangan ekologik adabiyotlar va ekologik ertaklarni chop etish. |
1) maktabgacha taʼlim muassasalari va ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish mutaxassislaridan iborat tartibda mualliflar guruhini shakllantirish; |
2019-yil iyun |
Ijrochilar mablagʻlari |
Davlat ekologiya qoʻmitasi (B. Kuchkarov), Maktabgacha taʼlim vazirligi (A. Shin) |
|
2) bolajonlar uchun moʻljallangan ekologik adabiyotlarning mavjudligini inventarizatsiya qilish; |
2019-yil avgust |
||||
|
3) bugungi kun talablaridan kelib chiqib mazkur sohaga oid yangi bolalar adabiyotlarini ishlab chiqish. |
2020-yil iyun |
||||
|
28. |
Maktabgacha taʼlim muassasalarida faoliyat olib borayotgan pedagoglar uchun ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish sohasiga oid maxsus qoʻllanmalar ishlab chiqish. |
1) maktabgacha taʼlim muassasalari va ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish mutaxassislaridan iborat tartibda mualliflar guruhini shakllantirish; |
2019-yil iyun |
Ijrochilar mablagʻlari |
Davlat ekologiya qoʻmitasi (B. Kuchkarov), Maktabgacha taʼlim vazirligi (A. Shin) |
|
2) ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish sohasidagi bugungi kun talablaridan kelib chiqib mazkur sohaga oid yangi qoʻllanmalarni ishlab chiqish. |
2020-yil iyun |
||||
|
29. |
Hududiy ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish boshqarmalari va joylardagi maktabgacha taʼlim muassasalari hamda umumiy oʻrta va oʻrta maxsus taʼlim muassasalari pedagoglari oʻrtasida ekologik taʼlim yuzasidan seminar va davra suhbatlarini tashkil qilish. |
1) pedagoglar hamda ekologiya va atrof muhit muhofazasi sohasi xodimlari bilan hamkorlik oʻrnatish; |
Muntazam ravishda |
Mablagʻ talab etilmaydi |
Davlat ekologiya qoʻmitasi (B. Kuchkarov), Maktabgacha taʼlim vazirligi (A. Shin), Xalq taʼlimi vazirligi (Sh. Shermatov), Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (I. Majidov), Oʻzbekiston ekologik harakati (B. Alixanov) |
|
2) mavjud ekologik masalalar boʻyicha tashkil etiladigan seminar va davra suhbatlari mavzulari, dasturlarini kelishish; |
|||||
|
3) seminar va davra suhbatlarini oʻtkazish joyi va vaqtini aniqlash, mutaxassislarni taklif etish; |
|||||
|
4) seminar mashgʻulotlarida ekologiya va atrof muhit muhofazasi sohasi xodimlari hamda taʼlim muassasalari professor oʻqituvchilari ishtirokini taʼminlash. |
|||||
|
30. |
Maktabgacha taʼlim muassasalarini Oʻzbekistonning tabiati, noyob hayvonot va oʻsimlik dunyosi, ularni asrab-avaylash toʻgʻrisidagi plakatlar va fotorasmlar bilan taʼminlash. |
1) Oʻzbekis�onning goʻzal tabiati aks etgan, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Qizil kitobiga kiritilgan noyob turlarning roʻyxatini tuzish, ularning fotorasmlarini yigʻish va tayyorlash; |
2019-2020-yillar |
Ijrochilar mablagʻlari |
Davlat ekologiya qoʻmitasi (B. Kuchkarov), Maktabgacha taʼlim vazirligi (A. Shin) |
|
2) tabiatni asrab-avaylash toʻgʻrisidagi bolalarning ekologik ongi va madaniyatini shakllantiradigan tarbiyaviy ahamiyatga ega boʻlgan plakatlar va fotorasmlarni tayyorlash; |
|||||
|
3) maktabgacha taʼlim muassasalarini fotorasmlar va maxsus plakatlar bilan taʼminlash. |
|||||
|
31. |
Barcha taʼlim turlarida ekologiya va atrof muhit muhofazasiga oid zarur oʻquv-metodik materiallar va boshqa foydali maʼlumotlar taqdim etishga moʻljallangan “ekologiya.uz” saytini yaratish. |
1) internet tarmogʻida yaratiladigan yangi veb-saytning konsepsiyasini ishlab chiqish boʻyicha ishchi guruh tuzish; |
2019-yil iyun |
Ijrochilar mablagʻlari |
Davlat ekologiya qoʻmitasi (B. Qoʻchqorov), Axborot kommunikatsiyalari Xalq taʼlimi vazirligi (Sh. Shermatov), Maktabgacha taʼlim vazirligi (A. Shin), Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (I. Majidov), Oʻzbekiston ekologik harakati (B. Alixanov) |
|
2) veb-saytning texnik vazifasini ishlab chiqish va ushbu jarayonga tegishli mutaxassislarni shartnoma asosida jalb etish; |
2019-yil avgust |
||||
|
3) tayyorlangan veb-sayt loyihasini koʻrib chiqish hamda uni ishga tushirish uchun zarur boʻlgan tashkiliy masalalarni hal etish; |
2019-yil sentabr |
||||
|
4) veb-sayt maʼlumotlari oʻquvchilar va talabalarga yetkazilishini takomillashtirish maqsadida taʼlimni boshqarish boʻyicha vakolatli organlarning taʼlim xizmatlarini koʻrsatishga ixtisoslashgan rasmiy veb-saytlarida ekologiya.uz saytiga oʻtish yorliqlarini joylashtirish; |
2019-yil dekabr |
||||
|
|
5) ekologiya va atrof muhit muhofazasi taʼlimiga oid materiallarni saytga joylashtirish hamda ular doimiy ravishda yangilab borilishini tashkil etish. |
Muntazam ravishda |
|||
|
32. |
Ekologik taʼlim-tarbiyaga oid elektron-metodik vositalarni yaratish va onlayn rejimda foydalanish imkoniyatini kengaytirish. |
1) geografiya, biologiya oʻquv fanlarining ekologik mazmuni keng yoritilishini taʼminlaydigan elektron metodik qoʻllanma va tavsiyalarni ishlab chiqish va internet tarmogʻiga joylashtirish; |
2019-yil oktabr oyidan boshlab muntazam ravishda |
Davlat ekologiya qoʻmitasining budjetdan tashqari mablagʻlari |
Davlat ekologiya qoʻmitasi (B. Kuchkarov), Xalq taʼlimi vazirligi (Sh. Shermatov), Oʻzbekiston ekologik harakati (B. Alixanov), Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Sadikov) |
|
2) maktabdan tashqari taʼlim muassasalarining tegishli yoʻnalishlari uchun bolalarning mustaqil ekologik tadqiqotlar olib borishiga moʻljallangan virtual ish daftarlari va ularning yuritilishiga koʻmaklashuvchi elektron metodik tavsiyalarni ishlab chiqish; |
2019-yil noyabr |
||||
|
3) taʼlim muassasalari uchun ekologik yoʻnalishdagi multimedia vositalarini yaratish; |
2019-yil dekabr |
||||
|
4) taʼlim muassasalari uchun ekologik yoʻnalishdagi oʻquvchilarda tejamkorlik madaniyatini shakllantirishga doir videoroliklarni yaratish. |
2020-yil mart |
||||
|
33. |
Bolalar va yoshlar auditoriyasiga moʻljallangan ekologik mavzulardagi videoroliklar, multiplikatsion, badiiy va televizion filmlar hamda xorijiy mamlakatlarning dasturlaridan olingan televideniye materiallarini tizimli ravishda namoyish qilish. |
1) bolalar va yoshlarga moʻljallangan mavjud materiallar va ularning sifatini tahlil qilish; |
2019-yil iyun |
Mazkur maqsadlar uchun ajratilgan Davlat budjeti mablagʻlari |
Oʻzbekiston ekologik harakati (B. Alixanov), Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi (A. Xodjayev), Yoshlar ittifoqi (Q. Quranboyev), Maktabgacha taʼlim vazirligi (A. Shin), (Sh. Shermatov), Madaniyat vazirligi (B. Sayfullayev) |
|
2) ekologik mavzular boʻyicha yoshlar, ayniqsa bolalar uchun tushunarli boʻlgan hamda ularning ekologik bilimlarini oshirishga qaratilgan materiallarni yaratish dasturini ishlab chiqish; |
2019-yil oktabr |
||||
|
3) ishlab chiqilgan dastur doirasida videorolik, videoklip, multiplikatsion filmlar, badiiy va televizion filmlar, xorijiy televideniye dasturlaridan olingan va oʻzbek tiliga tarjima qilingan qiziqarli telekoʻrsatuvlar, telefilm va telelavhalar, yoshlarga moʻljallangan ommabop, maʼrifiy va koʻngilochar koʻrsatuvlar tayyorlash; |
2020-yil may oyidan boshlab muntazam ravishda |
||||
|
4) tayyorlangan materiallarni televideniyedan tashqari maktabgacha taʼlim muassasalarida hamda umumtaʼlim maktablarida tizimli namoyish qilib borish. |
|||||
|
34. |
Ekologik muammolar va ularning yechimlari bilan bogʻliq mavzular boʻyicha materiallar tayyorlash va ommaviy axborot vositalarida yoritib borish. |
1) ekologik muammolar va ularni hal etish boʻyicha tayyorlanadigan materiallar mavzularini tanlash; |
Muntazam ravishda |
Mablagʻ talab etilmaydi |
Davlat ekologiya qoʻmitasi (B. Kuchkarov), Oʻzbekiston ekologik harakati (B. Alixanov), Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi (A. Xodjayev), Yoshlar ittifoqi (Q. Quranboyev) |
|
2) har bir mavzu boʻyicha iqtidorli yoshlarni jalb etgan holda ijodiy guruhlar tashkil etish; |
|||||
|
3) ijodiy guruhlar tomonidan OAV uchun konsepsiyada bayon qilingan yoʻnalishlar boʻyicha tegishli mavzularda materiallar tayyorlash. |
|||||
|
4) tayyorlangan materiallarni OAVda yoritib borish. |
|||||
|
35. |
Mintaqa va mamlakatda mavjud ekologik muammolar mavzulariga bagʻishlangan seminar va davra suhbatlari tashkil etish. |
1) mintaqada mamlakatlarining ekologiya va atrof muhit muhofazasi sohasidagi mutasaddi tashkilotlari bilan hamkorlikni yoʻlga qoʻyish; |
2019-yil avgust |
Mablagʻ talab etilmaydi |
Davlat ekologiya qoʻmitasi (B. Kuchkarov), Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, (I. Majidov), tasarrufida oliy taʼlim muassasalari boʻlgan vazirlik va idoralar |
|
2) mintaqada mavjud ekologik muammolar boʻyicha tashkil etiladigan seminar va davra suhbatlari mavzulari, dasturlarini birgalikda kelishish; |
2019-yil oktabr |
||||
|
3) seminar va davra suhbatlarini oʻtkazish joyi va vaqtini aniqlash; |
2019-yil noyabr |
||||
|
4) ushbu tadbirlarda ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish sohasi xodimlari hamda oliy taʼlim muassasalari professor-oʻqituvchilari va talabalarining ishtirokini taʼminlash. |
2019-yil dekabr |
||||
|
36. |
Oʻzbekistonda ekologik taʼlimning samaradorligini oshirish yoʻllari mavzusida respublika konferensiyasini tashkil etish. |
1) respublika konferensiyasini tashkil etish boʻyicha ishchi guruhni tasdiqlash; |
2019-yil oktabr |
Ijrochilar mablagʻlari |
Davlat ekologiya qoʻmitasi (B. Kuchkarov), Oʻzbekiston ekologik harakati (B. Alixanov), Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Ekoharakat deputatlar guruhi, manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda |
|
2) konferensiya oʻtkazish joyi va vaqtini belgilash; |
2019-yil dekabr |
||||
|
3) konferensiyani yuqori saviyada oʻtkazish hamda ommaviy axborot vositalarida yoritilishini taʼminlash; |
2020-yil iyul |
||||
|
4) konferensiya natijalari boʻyicha tezislar toʻplamini chop etish. |
2020-yil sentabr |
||||