1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.06.00.00 Oʻrmonlar va oʻrmon fondiga kirmaydigan oʻsimlik dunyosidan foydalanish va muhofaza qilish / 11.06.03.00 Oʻrmon fondiga kirmaydigan oʻsimlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish sohasidagi davlat boshqaruvi / 11.06.03.01 Oʻsimlik dunyosining davlat hisobi. Oʻsimlik dunyosining davlat kadastri. Oʻsimlik dunyosining monitoringi]
[TSZ:
1.Tabiiy resurslar / Oʻsimlik va hayvonot dunyosini muhofaza qilish va ulardan foydalanish]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yovvoyi holda oʻsuvchi oʻsimliklarni yetishtirish boʻyicha pitomniklar va plantatsiyalarni barpo etish va ularning davlat hisobini yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 15-fevraldagi “Qizilmiya va boshqa dorivor oʻsimliklarni yetishtirish hamda sanoat usulida qayta ishlanishni samarali tashkil etishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 138-son qarori ijrosini taʼminlash maqsadida, shuningdek, yovvoyi holda oʻsuvchi oʻsimliklarni yetishtirish pitomniklari va plantatsiyalarini barpo etish va ularning davlat hisobini yuritish masalalarini tartibga solish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Yovvoyi holda oʻsuvchi oʻsimliklarni yetishtirish boʻyicha pitomniklar va plantatsiyalarni barpo etish va ularning davlat hisobini yuritish tartibi toʻgʻrisidagi Nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi hamda mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan birgalikda uch oy muddatda amalda faoliyat yuritayotgan yovvoyi holda oʻsuvchi oʻsimliklar, shu jumladan qizilmiya va boshqa dorivor oʻsimliklarni yetishtirish boʻyicha pitomniklar va plantatsiyalarni xatlovdan oʻtkazsin.
[OKOZ:
1.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.03.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 20-oktabrdagi 290-son qarori bilan tasdiqlangan oʻsimlik dunyosi obyektlaridan foydalanish va oʻsimlik dunyosi obyektlaridan foydalanish sohasida ruxsat berish tartib-taomillaridan oʻtish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomning 1-bandi uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Ushbu Nizomning talablari pitomniklar, plantatsiyalar, tomorqa, xususiy bogʻlar va dala hovlilarda yetishtiriladigan oʻsimlik obyektlariga nisbatan tatbiq etilmaydi”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazirning birinchi oʻrinbosari — Oʻzbekiston Respublikasi transport vaziri A.J. Ramatov va Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi raisi B.T. Kuchkarovlar zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2019-yil 25-may,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
430-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 25-maydagi 430-son qaroriga ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yovvoyi holda oʻsuvchi oʻsimliklarni yetishtirish boʻyicha pitomniklar va plantatsiyalarni barpo etish va ularning davlat hisobini yuritish tartibi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy holatlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Nizom yovvoyi holda oʻsuvchi oʻsimliklar, shu jumladan qizilmiya va boshqa dorivor oʻsimliklarni yetishtirish boʻyicha pitomniklar va plantatsiyalarni (bundan keyin pitomniklar va plantatsiyalar deb yuritiladi) barpo etish, ularning davlat hisobini yuritish va ularni hisobga olish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Piomniklar va plantatsiyalar ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish organlarida davlat hisobiga qoʻyilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
pitomnik — daraxt va buta oʻsimliklarining urugʻdan koʻtariladigan koʻchatlari hamda nihollarini yoki oʻtsimon oʻsimliklarni tabiatni muhofaza qilish va boshqa maqsadlar uchun yetishtirishga ixtisoslashtirilgan xoʻjalik;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
plantatsiya — yovvoyi holda oʻsuvchi oʻsimliklarni tijorat, ishlab chiqarish va boshqa maqsadda sunʼiy yaratilgan sharoitlarda yetishtirishga moʻljallangan yer uchastkasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yovvoyi holda oʻsuvchi oʻsimliklar — tabiiy muhitda oʻsadigan daraxtlar, butalar, oʻtsimonlar, qirqquloqsimonlar, yoʻsinsimonlar, suvoʻtlar, lishaynikalar va zamburugʻlar, shu jumladan yovvoyi holda oʻsuvchi oʻsimliklarning noyob hamda yoʻqolib borayotgan turlari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ushbu Nizom bilan belgilagan tartibda barpo etilgan pitomniklar va plantatsiyalarda yetishtiriladigan yovvoyi holda oʻsuvchi oʻsimliklar ushbu pitomniklar va plantatsiyalarning egalari boʻlgan jismoniy va yuridik shaxslarning mulki hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Pitomniklar va plantatsiyalarda yetishtirilgan yovvoyi holda oʻsuvchi oʻsimlik turlaridan foydalanish uchun toʻlov hamda yigʻish va tayyorlash uchun tegishli ruxsatnomalar talab qilinmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Pitomniklar va plantatsiyalarni barpo etish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Yovvoyi holda oʻsuvchi oʻsimliklarni yetishtirish plantatsiyalari suv muhofazasi zonalaridan tashqari, qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlar, oʻrmon fondi yerlari, zaxira yerlarda va boshqa yerlarda barpo etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yovvoyi holda oʻsuvchi oʻsimliklarni yetishtirish pitomniklari xoʻjalik yurituvchi subyektlarning yer uchastkalarida, oʻrmon xoʻjaligi va boshqa yerlarda barpo etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yovvoyi holda oʻsuvchi oʻsimliklar inson tomonidan oʻtqazilmagan va ekilmagan hamda ularni yetishtirish uchun sunʼiy ravishda tegishli sharoitlar yaratilmagan holda tabiiy muhitda oʻsadigan yer uchastkasi pitomnik va plantatsiya hisoblanmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Pitomniklar va plantatsiyalar barpo etish uchun yer uchastkalari tuman (shahar) hokimliklari tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarga (bundan keyin plantatorlar deb yuritiladi) doimiy foydalanish huquqi asosida qonun hujjatlarida belgilangan tartibda beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Yer uchastkalarini pitomniklar va plantatsiyalar barpo etish uchun doimiy foydalanishga berish Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 30-iyundagi 493-son qarori bilan tasdiqlangan tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun yer uchastkasini doimiy foydalanishga elektron auksion vositasida berish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomda belgilangan tartibda amalga oshiriladi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Pitomniklar va plantatsiyalarni davlat hisobiga olish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Pitomniklar va plantatsiyalarni davlat hisobiga olish Yovvoyi holda oʻsuvchi oʻsimliklarni yetishtirish pitomniklari va plantatsiyalari reyestriga tegishli qayd etish yoʻli bilan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yovvoyi holda oʻsuvchi oʻsimliklarni yetishtirish pitomniklari va plantatsiyalari reyestri (bundan keyin Reyestr deb yuritiladi) Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi (bundan keyin Davlat ekologiya qoʻmitasi deb yuritiladi) tomonidan olib boriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Reyestr Davlat ekologiya qoʻmitasining qarori bilan tasdiqlangan tartibda yuritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Pitomniklar va plantatsiyalarni davlat hisobiga olish ushbu Nizomga ilovaga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Pitomniklar va plantatsiyalarni davlat hisobiga olish uchun plantator ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish organlariga ekiladigan materialni ekish (koʻchirib oʻtqazish) toʻgʻrisida dalolatnoma tuzilish sanasidan koʻpi bilan oʻn besh kun oldin yozma yoki elektron murojaat yoʻli bilan ariza joʻnatadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Pitomniklar va plantatsiyalarni davlat hisobiga olish toʻgʻrisidagi arizaga quyidagilar ilova qilinadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tuman (shahar) hokimining pitomniklar va plantatsiyalarni barpo etish uchun yer uchastkasi ajratish toʻgʻrisidagi qarorining nusxasi yoki yer uchastkasidan foydalanish boʻyicha ijara shartnomasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish, qishloq xoʻjaligi (qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlarda), oʻrmon xoʻjaligi (oʻrmon fondi yerlarida) organlari vakillarining ishtiroki shart boʻlgan ekish (oʻtqazish) dalolatnomasining nusxasi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish organlari pitomniklar va plantatsiyalar barpo etish uchun ajratilgan yer uchastkasida ekiladigan materialni ekish (koʻchirib oʻtqazish) ishlarini monitoring qilish, shuningdek, ekish (koʻchirib oʻtqazish) dalolatnomasini kelishish uchun oʻz vakillarini joʻnatadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Plantator pitomniklar va plantatsiyalarda ekiladigan materialni ekishga (koʻchirib oʻtqazishga) qadar yetti kun avval ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish organi vakilining ishtirokini taʼminlash haqida oldindan murojaat qilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish organi vakilining ekiladigan materialni ekish (koʻchirib oʻtqazish) davrida ishtiroki shartdir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish organi plantatorning ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish organi vakilining ekishda (koʻchirib oʻtqazishda) ishtirokini taʼminlash toʻgʻrisidagi arizasi olingan paytdan boshlab ikki kun ichida unga ishtirok etadigan masʼul vakil toʻgʻrisidagi axborotdan iborat tegishli javobni joʻnatishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish organining masʼul vakil oʻz muddatida kelmagan taqdirda, plantator uch kun ichida ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish organini xabardor qilishi hamda kelishish uchun foto yoki video ilova bilan tasdiqlovchi ekish (koʻchirib oʻtqazish) dalolatnomasini joʻnatishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish organi plantatordan xabarnoma va ekish (koʻchirib oʻtqazish) dalolatnomasi olingan paytdan eʼtiboran uch kun ichida unda koʻrsatilgan dalillarni tekshirib koʻrishi hamda ular tasdiqlangan taqdirda kiritilgan ekish (koʻchirib oʻtqazish) dalolatnomasini kelishishi va plantatorga joʻnatishi, shuningdek masʼul vakilga nisbatan intizomiy javobgarlik choralarini koʻrishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Arizani koʻrib chiqish va javob berish muddati uch ish kunidan oshmasligi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Arizani koʻrib chiqish yakunlari boʻyicha ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish organlari tomonidan pitomniklar va plantatsiyalar davlat hisobiga olinganligi toʻgʻrisida Reyestrdagi tartib raqamini koʻrsatgan holda yoki pitomniklar va plantatsiyalarni davlat hisobiga olish rad etilgani toʻgʻrisida rad etish sabablarini koʻrsatgan holda javob beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Pitomniklar va plantatsiyalarni hisobga olish uchun toʻsqinlik qiluvchi holatlar bartaraf etilgan taqdirda, plantatorlar ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish organlariga ushbu Nizom bilan belgilangan tartibda qaytadan murojaat qilishga haqlidirlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Oʻzbekiston Respublikasi hududida yovvoyi holda oʻsuvchi oʻsimliklardan foydalanish hajmlarini nazorat qilish uchun ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish organlarining soʻroviga muvofiq plantatorlar yovvoyi holda oʻsuvchi oʻsimliklar yetishtiriladigan pitomnik va plantatsiyaning uchastkasi (turlari boʻyicha), tayyorlangan oʻsimliklarning hajmlari (turlari boʻyicha) toʻgʻrisida hisobot yili uchun axborot taqdim etadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Yakunlovchi holatlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Plantatorlar tomonidan majburiyatlar buzilganda, shuningdek, pitomniklar va plantatsiyalar barpo etish uchun ajratilgan yer uchastkalaridan ular tomonidan maqsadga nomuvofiq foydalanilgan taqdirda, tumanlar hokimlarining yer uchastkalari ajratish toʻgʻrisidagi qarorlari qonun hujjatlari bilan belgilangan tartibda bekor qilinishi, yer uchastkalari esa zaxira yerlarga oʻtkazilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yovvoyi holda oʻsuvchi oʻsimliklarni yetishtirish boʻyicha pitomniklar va plantatsiyalarni barpo etish va ularning davlat hisobini yuritish tartibi toʻgʻrisida Nizomga ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yovvoyi holda oʻsuvchi oʻsimliklarni, shu jumladan qizilmiya va boshqa dorivor oʻsimliklarni yetishtirish boʻyicha pitomniklar va plantatsiyalarni davlat hisobiga olish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sxemasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bosqichlar
Subyektlar
Tadbirlar
Bajarish muddatlari
1-bosqich
Plantator
1. Yovvoyi holda oʻsuvchi oʻsimliklarni, shu jumladan qizilmiya va boshqa dorivor oʻsimliklar yetishtiradigan pitomniklar va plantatsiyalarni davlat hisobiga olish uchun zarur boʻlgan hujjatlarni taqdim etish.
2. Yovvoyi holda oʻsuvchi oʻsimliklarni, shu jumladan qizilmiya va boshqa dorivor oʻsimliklar yetishtiradigan pitomnikda va plantatsiyada ekiladigan materialni ekish (koʻchirib oʻtqazish) ishlarini oʻtkazishda ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish organi vakilining ishtirokini taʼminlash uchun ariza bilan murojaat qilish.
1. Ekish (koʻchirib oʻtqazish) toʻgʻrisida dalolatnoma tuzilgan sanadan eʼtiboran koʻpi bilan 15 kun oldin.
2. Ekiladigan materialni ekishdan (koʻchirib oʻtqazishdan) 7 kun oldin.
2-bosqich
Davlat ekologiya qoʻmitasi
Ishtiroki taʼminlanadigan masʼul vakil toʻgʻrisidagi axborotni joʻnatish.
Ariza kelib tushgan paytdan eʼtiboran 2 kun ichida.
3-bosqich
Plantator
Ekish (koʻchirib oʻtqazish) dalolatnomasini ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish organiga joʻnatish.
Ekish (koʻchirib oʻtqazish) ishlari yakunlangandan soʻng 3 kun ichida.
4-bosqich
Davlat ekologiya qoʻmitasi
Arizani koʻrib chiqish hamda yovvoyi holda oʻsuvchi oʻsimliklarni, shu jumladan qizilmiya va boshqa dorivor oʻsimliklarni yetishtiradigan pitomnik va plantatsiyani davlat hisobiga olish yoki davlat hisobiga olishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilish.