25.05.2019 yildagi 430-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yovvoyi holda oʻsuvchi oʻsimliklarning ekish materiallari haqiqatda ekilganligini tasdiqlash hamda ularni yetishtiruvchi pitomnik va plantatsiyalarni davlat hisobiga olish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentini tasdiqlash haqida
(qaror nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 16-sentabrdagi 588-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.09.2025-y., 09/25/588/0834-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 15-fevraldagi “Qizilmiya va boshqa dorivor oʻsimliklarni yetishtirish hamda sanoat usulida qayta ishlanishni samarali tashkil etishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 138-son qarori ijrosini taʼminlash maqsadida, shuningdek, yovvoyi holda oʻsuvchi oʻsimliklarni yetishtirish pitomniklari va plantatsiyalarini barpo etish va ularning davlat hisobini yuritish masalalarini tartibga solish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Yovvoyi holda oʻsuvchi oʻsimliklarning ekish materiallari haqiqatda ekilganligini tasdiqlash hamda ularni yetishtiruvchi pitomnik va plantatsiyalarni davlat hisobiga olish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatishning maʼmuriy reglamenti ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 16-sentabrdagi 588-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.09.2025-y., 09/25/588/0834-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi hamda mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan birgalikda uch oy muddatda amalda faoliyat yuritayotgan yovvoyi holda oʻsuvchi oʻsimliklar, shu jumladan qizilmiya va boshqa dorivor oʻsimliklarni yetishtirish boʻyicha pitomniklar va plantatsiyalarni xatlovdan oʻtkazsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 20-oktabrdagi 290-son qarori bilan tasdiqlangan oʻsimlik dunyosi obyektlaridan foydalanish va oʻsimlik dunyosi obyektlaridan foydalanish sohasida ruxsat berish tartib-taomillaridan oʻtish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomning 1-bandi uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Ushbu Nizomning talablari pitomniklar, plantatsiyalar, tomorqa, xususiy bogʻlar va dala hovlilarda yetishtiriladigan oʻsimlik obyektlariga nisbatan tatbiq etilmaydi”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazirning birinchi oʻrinbosari — Oʻzbekiston Respublikasi transport vaziri A.J. Ramatov va Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi raisi B.T. Kuchkarovlar zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2019-yil 25-may,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
430-son
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 25-maydagi 430-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yovvoyi holda oʻsuvchi oʻsimliklarning ekish materiallari haqiqatda ekilganligini tasdiqlash hamda ularni yetishtiruvchi pitomnik va plantatsiyalarni davlat hisobiga olish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatishning
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
MAʼMURIY REGLAMENTI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Reglament yovvoyi holda oʻsuvchi oʻsimliklarning ekish materiallari haqiqatda ekilganligini tasdiqlash hamda ularni yetishtiruvchi pitomnik va plantatsiyalarni davlat hisobiga olish boʻyicha davlat xizmatini (keyingi oʻrinlarda — davlat xizmati) koʻrsatish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Davlat xizmati Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi, Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalari (keyingi oʻrinlarda — vakolatli organ) tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi oʻrinlarda — YIDXP) va Davlat xizmatlari markazlari orqali koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ushbu Reglamentda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yovvoyi holda oʻsuvchi oʻsimliklar — madaniylashtirilmagan va tabiiy muhitda oʻsadigan daraxtlar, butalar, oʻtsimonlar, qirqquloqsimonlar, yoʻsinsimonlar, suv oʻtlari, lishaynikalar va zamburugʻlar, shuningdek, ularning noyob hamda yoʻqolib borayotgan turlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
pitomnik — tabiatni muhofaza qilish yoki foyda olish maqsadida daraxt, buta yoki yovvoyi holda oʻsuvchi oʻtsimon oʻsimliklarni sunʼiy yaratilgan sharoitlarda ekish, yetishtirish va koʻpaytirishga moʻljallangan kichik va oʻrta hajmdagi yer uchastkasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
plantatsiya — sanoat, ishlab chiqarish yoki foyda olish maqsadida daraxt, buta yoki yovvoyi holda oʻsuvchi oʻsimliklarni sunʼiy yaratilgan sharoitlarda ekish, yetishtirish va mahsulot olishga moʻljallangan katta hajmdagi yer uchastkasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ekish materiali — pitomnik va plantatsiyalar tashkil etish maqsadida yovvoyi holda oʻsuvchi oʻsimliklarni ekib koʻpaytirish va yetishtirish uchun foydalaniladigan urugʻ, nihol, qalamcha, koʻchat, piyoz, toʻganak, ildiz (qorabosh), toʻqima;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻsimliklarni yetishtiruvchi — daraxt, buta yoki yovvoyi holda oʻsuvchi oʻsimliklarning ekish materiallarini ekib, pitomnik va plantatsiyalar barpo etish faoliyati bilan shugʻullanuvchi jismoniy yoki yuridik shaxs va uning vakili.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Yovvoyi holda oʻsuvchi oʻsimliklarni yetishtirish boʻyicha pitomnik va plantatsiyalar oʻsimliklarni yetishtiruvchilarning yer uchastkalarida tashkil etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda suv muhofazasi zonalarida plantatsiyalar tashkil etilishiga yoʻl qoʻyilmaydi, shuningdek, sunʼiy ravishda sharoitlar yaratilmagan tabiiy muhitda inson omilisiz yovvoyi holda oʻsadigan oʻsimliklar joylashgan yer uchastkalari pitomnik va plantatsiyalar hisoblanmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Pitomnik va plantatsiyalarni tashkil etish uchun yer uchastkalari oʻsimlik yetishtiruvchilarga qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Respublikasining Qizil kitobiga kiritilgan kamyob va yoʻqolib ketish xavfi ostida turgan yovvoyi holda oʻsuvchi oʻsimliklar turlarining urugʻlari, koʻchatlari hamda nihollari pitomniklarda va plantatsiyalarda yetishtirilib, tabiiy muhitga ekilganidan keyin uch yil oʻtmasdan avval ularning urugʻlarini yigʻish yoki hosilini olish taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Pitomnik va plantatsiyalarda yetishtiriladigan yovvoyi holda oʻsuvchi oʻsimliklar turlari hamda ularning mahsulotlari oʻsimliklarni yetishtiruvchilarning mulki hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Pitomnik va plantatsiyalarda yetishtirilgan yovvoyi holda oʻsuvchi oʻsimliklarni yigʻish (tayyorlash) uchun toʻlov undirilmaydi va ruxsatnoma olish talab etilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Davlat xizmatlari markazlari va vakolatli organ oʻrtasidagi axborot almashinuvi elektron raqamli imzodan foydalangan holda, faqat elektron shaklda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Davlat xizmatini koʻrsatganlik uchun toʻlov undirilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Davlat xizmati ushbu Reglamentga 1-ilovadagi sxemaga muvofiq koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Yovvoyi holda oʻsuvchi oʻsimliklarning ekish materiallari haqiqatda ekilganligini tasdiqlash tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Oʻsimlik yetishtiruvchi yovvoyi holda oʻsuvchi oʻsimliklarning ekish materiallari haqiqatda ekilganligini tasdiqlashni soʻrab, Davlat xizmatlari markaziga shaxsan kelib murojaat etadi yoki davlat xizmatlaridan elektron shaklda foydalanish uchun YIDXP orqali roʻyxatdan oʻtadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Oʻsimlik yetishtiruvchi Davlat xizmatlari markaziga shaxsan kelib murojaat etganda, ushbu Reglamentga 2-ilovaga muvofiq shakldagi soʻrovnoma (keyingi oʻrinlarda — soʻrovnoma) Davlat xizmatlari markazi xodimi tomonidan toʻldirilib, oʻsimlik yetishtiruvchi tomonidan tasdiqlangandan soʻng barcha hujjatlar oʻn daqiqa ichida vakolatli organga elektron shaklda yuboriladi, YIDXP orqali murojaat qilinganda esa, avtomatik tarzda vakolatli organga yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soʻrovnomaga ekish materialining kelib chiqish asosini tasdiqlovchi quyidagi hujjatlarning nusxalari PDF, PNG yoki JPEG formatda ilova qilinadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻsimlik dunyosi obyektlaridan maxsus foydalanish uchun ruxsatnoma;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yovvoyi holda oʻsuvchi oʻsimliklar va ularning qismlarini olib kirish va olib chiqishga ruxsatnoma;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ekish materiali yetkazib berilgan taqdirda, pitomnik yoki plantatsiyaning Yovvoyi holda oʻsuvchi oʻsimliklarni yetishtirish boʻyicha pitomnik va plantatsiyalar reyestrida davlat hisobiga olinganligi toʻgʻrisida xabarnoma hamda ekish materialini yetkazib berish haqida shartnoma.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yer uchastkasining oʻsimlik yetishtiruvchiga tegishli ekanligini tasdiqlovchi hujjatlar (mulk yoki ijara, tekin foydalanish) vakolatli organ tomonidan “Raqamli hukumat” tizimi idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali mustaqil ravishda Oʻzbekiston Respublikasi Soliq qoʻmitasi va Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligidan olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻsimlik yetishtiruvchidan ushbu bandda koʻrsatilmagan boshqa hujjatlar va maʼlumotlarni talab qilishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soʻrovnomalar YIDXP orqali dam olish va bayram kunlaridan qatʼi nazar, har kuni 24 soat davomida yuborilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda soʻrovnomalar ish vaqtidan keyin yoki dam olish va bayram kunlarida tushganda, kalendar boʻyicha navbatdagi ish kuni arizalarning vakolatli organga tushgan va vakolatli organ tomonidan qabul qilingan kun deb hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Soʻrovnoma toʻldirilganidan soʻng oʻsimlik yetishtiruvchi maʼlumotlar toʻgʻriligini tekshiradi va imzolarni identifikatsiya qilishning zamonaviy vositalari (daktiloskopiya, elektron imzo, Mobil-ID va boshqalar) bilan tasdiqlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻsimlik yetishtiruvchi YIDXP orqali murojaat etgan taqdirda, soʻrovnomani elektron raqamli imzo bilan tasdiqlash talab etilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Vakolatli organ soʻrovnomani bir ish kunida koʻrib chiqadi hamda yovvoyi holda oʻsuvchi oʻsimliklarning ekish materiallari haqiqatda ekilganligini joyiga chiqqan holda oʻrganish vaqti koʻrsatilgan xabarnomani Davlat xizmatlari markaziga (shaxsan kelib murojaat etgan taqdirda) yoki oʻsimlik yetishtiruvchiga (elektron tarzda murojaat etgan taqdirda) YIDXP orqali elektron shaklda yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Vakolatli organ xabarnomada koʻrsatilgan muddatda, biroq soʻrovnoma yuborilgan kundan boshlab oʻn besh ish kundan ortiq boʻlmagan muddat ichida yovvoyi holda oʻsuvchi oʻsimliklarning ekish materiallari haqiqatda ekilganligi holatini oʻsimlik yetishtiruvchi ishtirokida oʻrganib chiqib, natijasi boʻyicha ikki nusxada dalolatnoma tuzadi hamda uning bir nusxasini oʻsimlik yetishtiruvchiga taqdim etadi. Bunda dalolatnomaga foto va video lavhalar ilova qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dalolatnoma shakli hamda foto va video lavhalarga qoʻyiladigan talablar vakolatli organ tomonidan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Vakolatli organ tuzilgan dalolatnoma asosida shu kunning oʻzida yovvoyi holda oʻsuvchi oʻsimliklarning ekish materiallari haqiqatda ekilganligini tasdiqlaydi yoki rad etadi va bu haqidagi xabarnomani Davlat xizmatlari markaziga (shaxsan kelib murojaat etgan taqdirda) yoki oʻsimlik yetishtiruvchiga (elektron tarzda murojaat etgan taqdirda) YIDXP orqali elektron shaklda yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Vakolatli organ quyidagi hollarda yovvoyi holda oʻsuvchi oʻsimliklarning ekish materiallari haqiqatda ekilganligini tasdiqlashni rad etadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
soʻrovnoma va unga ilova qilingan hujjatlardagi maʼlumotlar notoʻgʻri yoki yolgʻon boʻlganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vakolatli organ vakilining dalolatnoma tuzish uchun yovvoyi holda oʻsuvchi oʻsimliklarning ekish materiallari ekilgan hududga kirishiga qarshilik koʻrsatilganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻsimliklarni yetishtiruvchi yovvoyi holda oʻsuvchi oʻsimliklarning ekish materiallari ekilgan hududda boʻlmaganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yovvoyi holda oʻsuvchi oʻsimliklarning ekish materiallari haqiqatda ekilmaganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻsimlik yetishtiruvchi dalolatnomani imzolashdan bosh tortganda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yovvoyi holda oʻsuvchi oʻsimliklarning ekish materiallari haqiqatda ekilganligini tasdiqlashni boshqa asoslarga koʻra rad etishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Pitomnik va plantatsiyalarni davlat hisobiga olish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Oʻsimlik yetishtiruvchi yovvoyi holda oʻsuvchi oʻsimliklar unib chiqqandan yoki ular hosil berishni boshlagandan soʻng pitomnik va plantatsiyalarni davlat hisobiga olishni soʻrab Davlat xizmatlari markaziga shaxsan kelib murojaat etadi yoki davlat xizmatlaridan elektron shaklda foydalanish uchun YIDXP orqali roʻyxatdan oʻtadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Oʻsimlik yetishtiruvchi Davlat xizmatlari markaziga shaxsan kelib murojaat etganda, soʻrovnoma Davlat xizmatlari markazi xodimi tomonidan toʻldirilib, oʻsimlik yetishtiruvchi tomonidan tasdiqlangandan soʻng barcha hujjatlar oʻn daqiqa ichida vakolatli organga elektron shaklda yuboriladi, YIDXP orqali murojaat qilinganda esa, avtomatik tarzda vakolatli organga yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Vakolatli organ soʻrovnomani besh ish kuni ichida koʻrib chiqib, pitomnik va plantatsiyalarni Yovvoyi holda oʻsuvchi oʻsimliklarni yetishtirish boʻyicha pitomnik va plantatsiyalar reyestrida davlat hisobiga oladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Vakolatli organ pitomnik va plantatsiyalar davlat hisobiga olingani toʻgʻrisidagi xabarnomani shu kunning oʻzida Davlat xizmatlari markaziga (shaxsan kelib murojaat etgan taqdirda) yoki oʻsimlik yetishtiruvchiga (elektron tarzda murojaat etgan taqdirda) YIDXP orqali elektron shaklda yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Vakolatli organ tomonidan davlat xizmatini koʻrsatish rad etilgan taqdirda, oʻsimlik yetishtiruvchiga besh ish kuni ichida kamchiliklarni bartaraf etish imkoniyati beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Davlat xizmatini koʻrsatish quyidagi holatlarda rad etiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu Reglamentning 23-bandida belgilangan muddatda oʻsimlik yetishtiruvchi tomonidan kamchiliklar bartaraf etilmaganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻsimlik yetishtiruvchi tomonidan taqdim etilgan hujjatlardagi maʼlumotlar notoʻgʻri yoki yolgʻon boʻlganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
pitomnik va plantatsiyalarni monitoring qilish natijasida yovvoyi holda oʻsuvchi oʻsimliklar koʻkarmaganligi aniqlanganda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat xizmatini koʻrsatishni boshqa asoslarga koʻra rad etishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Davlat xizmatini koʻrsatish rad etilgan yoki oʻsimlik yetishtiruvchining maʼlumotlari oʻzgargan taqdirda, oʻsimlik yetishtiruvchi davlat xizmatidan foydalanish yoxud pitomnik va plantatsiyalarni qayta davlat hisobiga olish uchun ushbu bobda belgilangan tartibda murojaat qilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Yakunlovchi qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Oʻzbekiston Respublikasi hududida yovvoyi holda oʻsuvchi oʻsimliklardan foydalanish hajmlarini nazorat qilish uchun vakolatli organning soʻroviga muvofiq oʻsimlik yetishtiruvchilar yovvoyi holda oʻsuvchi oʻsimliklar yetishtiriladigan pitomnik va plantatsiyaning yer uchastkasi, tayyorlangan oʻsimliklarning hajmlari va turlari toʻgʻrisida hisobot yili yakuni boʻyicha axborot taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Ushbu Reglament talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yovvoyi holda oʻsuvchi oʻsimliklarning ekish materiallari haqiqatda ekilganligini tasdiqlash hamda ularni yetishtiruvchi pitomnik va plantatsiyalarni davlat hisobiga olish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yovvoyi holda oʻsuvchi oʻsimliklarning ekish materiallari haqiqatda ekilganligini tasdiqlash hamda ularni yetishtiruvchi pitomnik va plantatsiyalarni davlat hisobiga olish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sxemasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Bosqichlar

 

Subyektlar

 

Tadbirlar

 

Bajarish muddati

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

I. Yovvoyi holda oʻsuvchi oʻsimliklarning ekish materiallari haqiqatda ekilganligini tasdiqlash

 

 

 

 

 

 

 

1-bosqich

 

Oʻsimlik yetishtiruvchi

 

Yovvoyi holda oʻsuvchi oʻsimliklarning ekish materiallari haqiqatda ekilganligini tasdiqlashni soʻrab Davlat xizmatlari markaziga shaxsan kelib murojaat etadi yoki davlat xizmatlaridan elektron shaklda foydalanish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida (keyingi oʻrinlarda — YIDXP) orqali roʻyxatdan oʻtadi.

 

Yovvoyi holda oʻsuvchi oʻsimliklar unib chiqqandan yoki ular hosil berishni boshlagandan soʻng

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

2-bosqich

 

Davlat xizmatlari markazi

 

Soʻrovnomani toʻldirib, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi, Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalariga (keyingi oʻrinlarda — vakolatli organ) elektron shaklda yuboradi.

 

Oʻn daqiqa ichida

 

 

 

 

 

 

YIDXP

 

 

Avtomatik ravishda

 

 

 

 

 

 

 

3-bosqich

 

Vakolatli organ

 

1. Soʻrovnomani koʻrib chiqadi hamda yovvoyi holda oʻsuvchi oʻsimliklarning ekish materiallari haqiqatda ekilganligini joyiga chiqqan holda oʻrganish vaqti koʻrsatilgan xabarnomani Davlat xizmatlari markazi yoki YIDXP orqali elektron shaklda yuboradi.

 

Bir ish kuni ichida

 

 

2. Yovvoyi holda oʻsuvchi oʻsimliklarning ekish materiallari haqiqatda ekilganligi holatini oʻsimlik yetishtiruvchi ishtirokida oʻrganib chiqib, natijasi boʻyicha ikki nusxada dalolatnoma tuzadi hamda uning bir nusxasini oʻsimlik yetishtiruvchiga taqdim etadi.

 

Xabarnomada koʻrsatilgan muddatda, biroq oʻn besh ish kundan ortiq boʻlmagan muddat ichida

 

 

3. Dalolatnoma asosida yovvoyi holda oʻsuvchi oʻsimliklarning ekish materiallari haqiqatda ekilganligini tasdiqlaydi yoki rad etadi va bu haqidagi xabarnomani Davlat xizmatlari markaziga (shaxsan kelib murojaat etgan taqdirda) yoki oʻsimlik yetishtiruvchiga (elektron tarzda murojaat etgan taqdirda) YIDXP orqali elektron shaklda yuboradi.

 

Dalolatnoma tuzilgan kunning oʻzida

 

 

 

 

 

 

 

II. Yovvoyi holda oʻsuvchi oʻsimliklarni yetishtirish boʻyicha pitomnik va plantatsiyalarni davlat hisobiga olish

 

 

 

 

 

 

 

4-bosqich

 

Oʻsimlik yetishtiruvchi

 

Pitomnik va plantatsiyalarni davlat hisobiga olishni soʻrab Davlat xizmatlari markaziga shaxsan kelib murojaat etadi yoki davlat xizmatlaridan elektron shaklda foydalanish uchun YIDXP orqali roʻyxatdan oʻtadi.

 

Oʻz xohishiga koʻra

 

 

 

 

 

 

 

5-bosqich

 

Davlat xizmatlari markazi

 

Soʻrovnomani toʻldirib, vakolatli organga elektron shaklda yuboradi.

 

Oʻn daqiqa ichida

 

 

 

 

 

 

YIDXP

 

 

Avtomatik ravishda

 

 

 

 

 

 

 

6-bosqich

 

Vakolatli organ

 

1. Soʻrovnomani koʻrib chiqib, pitomnik va plantatsiyalarni davlat hisobiga oladi yoki davlat hisobiga olishni rad etadi.

2. Pitomnik va plantatsiyalar davlat hisobiga olingani toʻgʻrisida xabarnomani Davlat xizmatlari markazi yoki YIDXP orqali elektron shaklda oʻsimlik yetishtiruvchiga yuboradi.

 

Besh ish kuni ichida

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yovvoyi holda oʻsuvchi oʻsimliklarning ekish materiallari haqiqatda ekilganligini tasdiqlash hamda ularni yetishtiruvchi pitomnik va plantatsiyalarni davlat hisobiga olish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yovvoyi holda oʻsuvchi oʻsimliklarning ekish materiallari haqiqatda ekilganligini tasdiqlash hamda ularni yetishtiruvchi pitomnik va plantatsiyalarni davlat hisobiga olish toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SOʻROVNOMA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

I. Oʻsimlik yetishtiruvchi — jismoniy shaxs haqida maʼlumotlar

1. Familiyasi, ismi va otasining ismi

2. JSHSHIR

3. Telefon raqami

4. Elektron pochta manzili (mavjud boʻlsa)

II. Oʻsimlik yetishtiruvchi — yuridik shaxs haqida maʼlumotlar

1. Yuridik shaxsning nomi

2. STIR

3. Joylashgan joyi

4. Telefon raqami

5. Elektron pochta manzili (mavjud boʻlsa)

III. Yovvoyi holda oʻsuvchi oʻsimliklarni yetishtirish boʻyicha pitomniklar va plantatsiyalar haqida maʼlumotlar

1. Yer uchastkasi joylashgan joy

2. Yer uchastkasi joylashgan nuqtaning geolokatsiyasi

3. Yer uchastkasi tegishliligi (mulk yoki ijara, tekin foydalanish)

4. Umumiy maydoni

5. Yetishtiriladigan oʻsimlik turlari

Davlat xizmatidan foydalanish maqsadi

Yovvoyi holda oʻsuvchi oʻsimliklarning ekish materiallari haqiqatda ekilganligini tasdiqlash.

Yovvoyi holda oʻsuvchi oʻsimliklarni yetishtirish boʻyicha pitomnik va plantatsiyalarni davlat hisobiga olish.

(ilovaning matni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 16-sentabrdagi 588-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.09.2025-y., 09/25/588/0834-son)
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.05.2019-y., 09/19/430/3186-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son; 08.07.2022-y., 09/22/375/0618-son; 17.09.2025-y., 09/25/588/0834-son)