23.05.2019 yildagi PQ-4333-son
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 29-maydagi “Elektr energiyasi va tabiiy gaz yetkazib berish hamda iste’mol qilish sohasida to‘lov intizomini yanada mustahkamlash, shuningdek, ijro ishi yuritish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5059-son Farmoniga muvofiq, shuningdek, Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligida qatnashuvchi davlatlarning Shaxslarni davlatlararo qidirish to‘g‘risida 2010-yil 10-dekabr kuni Moskva shahrida imzolangan shartnomasi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi majburiyatlarining bajarilishini ta’minlash maqsadida:
3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 19-maydagi “Xalqaro shartnomani tasdiqlash to‘g‘risida”gi PQ-1532-son qarori 2-bandidagi “O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi” so‘zlari bilan almashtirilsin.