18.05.2019 yildagi 419-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 20.05.2019 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Guliston shahrida Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ona tili va adabiyoti fanini chuqur oʻqitishga ixtisoslashtirilgan maktab-internatni tashkil etish toʻgʻrisida
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nodir isteʼdodi, badiiy teran, lirik hamda falsafiy sheʼr va dostonlari, publitsistik asarlari bilan oʻzbek adabiyoti rivojiga ulkan hissa qoʻshgan Oʻzbekiston xalq shoiri Halima Xudoyberdiyeva nomini abadiylashtirish, shoira izdoshlarini kashf etish va ularning oʻz isteʼdodlarini keng namoyon qilishlari uchun zarur shart-sharoitlar yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Sirdaryo viloyati hokimligi, Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasining Guliston shahrida Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ona tili va adabiyoti fanini chuqur oʻqitishga ixtisoslashtirilgan maktab-internatni (keyingi oʻrinlarda maktab-internat deb ataladi) tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Sirdaryo viloyati hokimligi tomonidan maktab-internatni qurish uchun Guliston shahar I. Karimov koʻchasi hududidan 1.1 ga yer maydoni ajratilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Belgilab qoʻyilsinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maktab-internat Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi tizimidagi davlat umumtaʼlim muassasasi hisoblanadi, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi gʻaznachilik boʻlinmasida shaxsiy gʻazna hisobvaragʻiga, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan va oʻz nomi yozilgan muhrga, shtampga, blankalarga ega boʻladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2019-2020 oʻquv yilida maktab-internatning 5-6-7-8-sinflariga hamda 2020-2021 oʻquv yilidan boshlab 5-sinfiga 30 nafardan oʻquvchi tanlov asosida qabul qilinadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi xalq taʼlimi vaziriga maktab-internatning moddiy-texnik bazasi, imkoniyatlari, pedagog kadrlarning salohiyati va mavjud talab va ehtiyojdan kelib chiqqan holda keyingi yillarda oʻquvchilarni qabul qilish kvotalariga oʻzgartirishlar kiritish huquqi beriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi tegishli vazirlik va idoralar bilan birgalikda, tasdiqlangan loyiha-smeta hujjatlari asosida 2019-yilga moʻljallangan Investitsiya dasturiga 150 oʻrinli maktab-internat binosi va uning 100 oʻrinli yotoqxona binosini qurilish hamda jihozlash ishlarini qoʻshimcha ravishda kiritilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi va Sirdaryo viloyati hokimligi bilan birgalikda maktab-internatning qurilish ishlari boʻyicha loyiha-smeta hujjatlari jihozlarning texnik parametrlarini qoʻllagan holda ishlab chiqilishini va vakolatli ekspertiza organlari tomonidan belgilangan tartibda koʻrib chiqilishini taʼminlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sirdaryo viloyati hokimligi bilan birgalikda maktab-internatning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash maqsadida yotoqxona, oshxona, kutubxona, faollar zali va oʻquv-laboratoriya jihozlari hamda kompyuter texnikasi, oʻquv-metodik majmualar, oʻqituvchilar uchun metodik qoʻllanmalar va badiiy adabiyotlar bilan taʼminlash choralarini koʻrsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uch oy muddatda maktab-internatning ustavi tasdiqlanishini va belgilangan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtkazilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Maktab-internatning bino va inshootlarini qurish boʻyicha:
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sirdaryo viloyati hokimligining “Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyasi — buyurtmachi etib belgilansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bosh loyiha va bosh pudratchi tashkilot belgilangan tartibda tender (tanlov) savdolari natijasida aniqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi:
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
asoslangan hisob-kitoblar va tasdiqlangan loyiha-smeta hujjatlariga asosan Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yilga moʻljallangan Investitsiya dasturiga qoʻshimcha ravishda kiritiladigan maktab-internatning loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish, maktab-internatning 150 oʻrinli oʻquv binosini hamda 100 oʻrinli yotoqxona binosini qurish ishlarini boshlash uchun respublika budjetining qoʻshimcha manbalari hisobidan mablagʻ ajratish choralarini koʻrsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2019-2020 oʻquv yilidan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti parametrlarida “Taʼlim” sohasiga ajratilgan mablagʻlar doirasida maktab-internatning taʼminoti uchun zarur mablagʻlarni nazarda tutsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi Xalq taʼlimi vazirligi bilan birgalikda maktab-internatga 2019-2020 oʻquv yilidan boshlab oliy taʼlim muassasalarining oʻzbek tili va adabiyoti fakultetlarini tamomlagan iqtidorli pedagog-kadrlarni jalb etishni taʼminlasin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi bilan birgalikda maktab-internatga iqtidorli oʻquvchilarni saralab olish maqsadida ona tili va adabiyot fanlaridan ijodiy tanlov va Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi bilan birgalikda ona tili va adabiyot hamda chet tili fanlaridan test sinovi va psixologik-pedagogik diagnostika oʻtkazsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari A.A. Abduxakimov, Oʻzbekiston Respublikasi xalq taʼlimi vaziri Sh.X. Shermatov va Sirdaryo viloyati hokimi Gʻ.Gʻ. Mirzayev zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2019-yil 18-may,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
419-son