17.05.2019 yildagi 414-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Investitsiya va boshqaruv kompaniyalari faoliyati to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik va innovatsiyalar sohasidagi loyihalarni moliyalashtirish mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2018-yil 24-noyabrdagi PF-5583-son Farmonini ijro etish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Investitsiya va boshqaruv kompaniyalari faoliyati to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining investitsiyalar va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari E.M. Ganiyev hamda O‘zbekiston Respublikasi innovatsion rivojlanish vaziri I.Yu. Abduraxmonov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2019-yil 17-may,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
414-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 17-maydagi 414-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Investitsiya va boshqaruv kompaniyalari faoliyati to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Nizom investitsiya va boshqaruv kompaniyalarining maqsadlari, vazifalari, funksiyalari, mezonlari, faoliyat turini, shu jumladan, venchur moliyalashtirishni amalga oshirishda investitsiya va boshqaruv kompaniyalari monitoringini olib borish tartibini belgilaydi, shuningdek, ularning munosabatlarini tartibga soladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
investitsiya kompaniyasi — boshqaruv kompaniyasi tomonidan keyinchalik innovatsion va boshqa istiqbolli loyihalarga kiritish uchun malakali investorlarning jalb etilgan mablag‘larini shakllantirish va jamlash bilan bog‘liq faoliyatni amalga oshiruvchi tijorat tashkiloti;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
boshqaruv kompaniyasi — investitsiya kompaniyasining investitsiya hissasini ular o‘rtasida tuzilgan shartnomaga muvofiq boshqaradigan tijorat tashkiloti;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
venchur fondi — jamlangan pul mablag‘larini faqat yuqori xavfli venchur loyihalariga investitsiya qilish uchun mo‘ljallangan, boshqaruv kompaniyasi boshqaruvidagi investitsiya kompaniyasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
malakali investorlar — milliy valyutada va/yoki O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining hissa kiritilgan kundagi kursi bo‘yicha xorijiy valyutada 500 million so‘mdan kam bo‘lmagan miqdordagi pul mablag‘lari tarzidagi investitsiya hissalarini investitsiya kompaniyalariga kiritgan yuridik va jismoniy shaxslar, shu jumladan, xorijiy shaxslar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
investitsiya hissalari — malakali investor tomonidan investitsiya kompaniyasiga investitsiya faoliyatini amalga oshirish uchun berilgan va investitsiya kompaniyasining ustav kapitaliga ulush hisoblanmaydigan pul mablag‘lari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xavf darajasi yuqori bo‘lgan venchur loyihalari — odatda rivojlanishning dastlabki yoki faoliyatni kengaytirish bosqichidagi, kutiladigan foyda uzoq muddatda olinadigan tijorat xususiyatiga ega bo‘lgan, mablag‘larni yo‘qotish ehtimoli yuqori bo‘lgan loyihalar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
innovatsion faoliyat — intellektual mahsulotni yaratishga va undan foydalanishga, o‘ziga xos g‘oyalarni tadqiq qilib tovarlar va xizmatlar shakliga keltirishga hamda ushbu tovarlar va xizmatlarga bo‘lgan talablar samarali qondirilishini tashkil etishga yo‘naltirilgan faoliyat.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Investitsiya kompaniyalarining faoliyati
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Investitsiya kompaniyalarining faoliyati litsenziyalanmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Investitsiya kompaniyalari faqat tijorat loyihalarga keyinchalik kiritish uchun malakali investorlarning pul mablag‘lari shakllantirilishi va jamlanishi bilan bog‘liq faoliyatni amalga oshirish uchun tashkil etilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Quyidagilar investitsiya kompaniyalarining samaradorligini baholash mezonlari hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
foydani oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashkilotning faoliyat ko‘rsatishi va rivojlanishi jarayonida uning moliyaviy barqarorligini ta’minlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
investitsiya strategiyasini amalga oshirishning eng samarali usullarini ta’minlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
joriy va kelgusi davrlarda tashkilot mulkdorlarining farovonligini oshirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Quyidagilar investitsiya kompaniyalarining vazifalari hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
investitsiya bozori rivojlanishini tahlil qilish va prognozlashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashkilot investitsiya faoliyatining strategik yo‘nalishlarini ishlab chiqish va uning investitsiya (moliyaviy) resurslarini shakllantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
investitsiya loyihalarining investitsion jozibadorligini, alohida moliyaviy vositalarni baholash va ulardan eng samaralisini tanlab olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
investitsiya portfelni shakllantirish va uni daromad olish, xavf-xatar va likvidlik mezonlari bo‘yicha baholash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
alohida investitsiya dasturlari va loyihalar amalga oshirilishini joriy rejalashtirish va boshqarish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
samarasiz investitsiya loyihalarini amalga oshirishni o‘z vaqtida to‘xtatish (alohida moliyaviy vositalarni sotish) bo‘yicha qarorlar tayyorlash va kapitalni qayta investitsiyalash.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Investitsiya kompaniyasi uning ta’sis hujjatida va O‘zbekiston Respublikasi qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda har yili tashqi audit o‘tkazilishini tashkil etishga majburdir.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Boshqaruv kompaniyalarining faoliyati
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Boshqaruv kompaniyasining maqomi ushbu nomi ta’sis hujjatlarida majburiy qayd etilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Boshqaruv kompaniyasi investitsiya kompaniyalari cheklanmagan soni investitsiya hissalarini boshqarish faoliyatini amalga oshirishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Boshqaruv kompaniyasining mohiyati loyihani moliyalashtirish, loyihalarni baholashni, zaruratga ko‘ra loyihani birgalikda moliyalashtirish uchun boshqa investorlarni jalb etishni, investitsiya kompaniyalarining pul mablag‘larini jamlashni talab qiladigan biznes-loyihani topishdan iboratdir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Boshqaruv kompaniyalari o‘z faoliyatini loyihani mustaqil moliyalashtirib, zarurat bo‘lganida loyihani moliyalashtirishda ishtirok etish uchun boshqa investitsiya kompaniyalarini jalb qilib, o‘z mablag‘lari hisobiga amalga oshirishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Loyihani moliyalashtirishda bir qancha investitsiya kompaniyalari ishtirok etayotgan bo‘lsa, tomonlar shartnoma asosida mustaqil ravishda bu jarayonda qaysi biri boshqaruv kompaniyasi sifatida ish yuritishini belgilab olishadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Investitsion shartnomaga ko‘ra taraflar o‘zlarining investitsiya hissalarini o‘tkazishlari uchun boshqaruv kompaniyasi maxsus hisob raqami ochadi. Boshqaruv kompaniyasi tuzilgan shartnomaga muvofiq belgilangan loyihani moliyalashtirish uchun malakali investorlar va investitsiya kompaniyalarining investitsiya hissalarini ushbu hisob raqamida jamlaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Boshqaruv kompaniyasi ta’sis hujjatida va qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda va tarkibda ichki audit xizmatini tashkil etishi shart.
(14-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Venchur fondi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Investitsiya kompaniyasi o‘zining asosiy faoliyati bo‘yicha venchur moliyalashtirish yo‘nalishida venchur fondi ochadi va bunda uning uchun boshqaruv kompaniyasiga aylanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Investitsiya kompaniyasi venchur fondini boshqarish uchun venchur fondining ustav kapitalini shakllantiradi va pul mablag‘larini faqat xavf darajasi yuqori bo‘lgan venchur loyihalari uchun jamlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Yuridik va jismoniy shaxslar, shu jumladan, uni tashkil etish to‘g‘risidagi ta’sis shartnomasini imzolagan xorijiy yuridik va jismoniy shaxslar venchur fondi muassislari bo‘lishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Venchur fondi faoliyatning quyidagi asosiy turlarini amalga oshiradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuridik va jismoniy shaxslarning, shu jumladan, xorijiy yuridik va jismoniy shaxslarning pul mablag‘larini keyinchalik innovatsion faoliyatga investitsiya qo‘yishdan foyda ko‘rish maqsadida jamlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yangidan tashkil etilgan va mavjud tashkilotlarning ustav fondida ulushli ishtirok etish yo‘li bilan, shuningdek, ushbu tashkilotlarga garov bilan ta’minlanmagan qarzlar berish yo‘li bilan innovatsiyalarni ishlab chiqish va joriy etishni moliyalashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bo‘sh turgan pul mablag‘larini ichki bozorda yuqori likvidli moliyaviy vositalarga joylashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fond aksiyadori (ishtirokchisi) bo‘lgan tashkilotlarni boshqarishda ishtirok etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Venchur fondlari ham iqtisodiyotning muayyan sektori (ixtisoslashtirilgan venchur fondlari), ham iqtisodiyotning turli tarmoqlarining (universal venchur fondlari) innovatsion loyihalarini moliyalashtirishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Venchur fondi muassislari o‘rtasidagi munosabatlar uni tashkil etish to‘g‘risidagi ta’sis shartnomasi bilan tartibga solinadi, u fondni tashkil etish bo‘yicha birgalikdagi faoliyat tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. O‘zbekiston Respublikasi qonunchilik hujjatlari tomonidan qo‘yiladigan talablardan tashqari, venchur fondining ustavida quyidagi qoidalar majburiy tartibda bo‘lishi kerak:
(21-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fondning investitsion faoliyatiga cheklovlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
venchur fondining investitsiya aktivlari boshqaruvchisining huquqlari va majburiyatlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar, u bilan ishonchli boshqarish shartnomasini tuzish tartibi, zarar yetkazilgan hollarda fond va uning aksiyadorlari oldidagi javobgarligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mablag‘larni jalb qilish tartibi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
innovatsion loyihalarga investitsiya kiritish to‘g‘risida qaror qabul qilish tartibi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
investitsiya kiritilgan korxonalardan chiqish to‘g‘risida qaror qabul qilish tartibi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
dividendlarni to‘lash tartibi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Venchur fondining nomlanishida “venchur fond” so‘zlari bo‘lishi kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Venchur fondi boshlang‘ich ustav fondi O‘zbekiston Respublikasi qonunchilik hujjatlari bilan belgilangan tartibda to‘liq shakllantirganidan keyin hamda boshqaruv kompaniyasi bilan fondning investitsiya aktivlarini unga ishonchli boshqaruvga berish to‘g‘risida shartnoma tuzilganidan so‘ng mablag‘larni investitsiyaga jalb etish huquqiga ega bo‘ladi.
(23-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. O‘zaro munosabatlarni tartibga solish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Investitsiya kompaniyasi, boshqaruv kompaniyasi va malakali investorlar o‘rtasidagi munosabatlar O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga zid bo‘lmagan doirada shartnoma shartlari taraflar tomonidan mustaqil belgilanishidan, shu jumladan, ularning birgalikdagi faoliyatida yuzaga keladigan nizolarni hal etish shakllari va usullari erkin tanlanishidan kelib chiqib faqat shartnoma asosida tartibga solinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Investitsiya kompaniyalari ishlab turgan va yangi tashkil etilgan xo‘jalik yurituvchi subyektlar ustav kapitallaridagi ulushlarni sotib olish, qimmatli qog‘ozlarni sotib olish, investitsiyan kompaniyalarning xo‘jalik yurituvchi subyektlarining ustav kapitalidagi ulushlarni mahalliy va xorijiy investorlarga realizatsiya qilish, ko‘chmas mulk va boshqa aktivlarni sotib olish hamda O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi bilan taqiqlanmagan boshqa shakllarda investitsiya kiritish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Investitsiya loyihalarini tanlab olish boshqaruv kompaniyasi tomonidan belgilangan investitsiya strategiyasiga muvofiq mustaqil ravishda amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Ustav kapitalida davlat ulushi, davlat organlari, shuningdek, siyosiy partiyalar, notijorat tashkilotlar, kasaba uyushmalari, jamoat fondlari va diniy tashkilotlar mavjud bo‘lgan yuridik shaxslar boshqaruv kompaniyasi muassislari bo‘la olmaydi. O‘zbekiston Respublikasi qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
(27-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-bob. Soliq solish
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Investitsiya va boshqaruv kompaniyalariga, shuningdek, venchur fondlariga soliq solish O‘zbekiston Respublikasi qonunchilik hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
(28-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-bob. Investitsiya va boshqaruv kompaniyalari faoliyati monitoringini olib borish
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Investitsiya va boshqaruv kompaniyalari faoliyati monitoringini olib borish O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan faqat investitsiya va boshqaruv kompaniyalarining samarali faoliyatiga to‘sqinlik qilayotgan sabablarni aniqlash va o‘rganish maqsadida amalga oshiriladi.
(29-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 9-iyundagi 323-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.06.2022-y., 09/22/323/0508-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Monitoring O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Milliy statistika qo‘mitasi, Soliq qo‘mitasi investitsiya va boshqaruv kompaniyalarining ishtirokisiz mustaqil ravishda olinadigan ochiq ma’lumotlar va axborot asosida, shuningdek, investitsiya va boshqaruv kompaniyalarining murojaatlari asosida amalga oshiriladi.
(30-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 6-oktabrdagi 627-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.10.2025-y., 09/25/627/0901-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8-bob. Yakunlovchi qoida
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Ushbu Nizom talablariga rioya qilinmaganligi uchun investitsiya va boshqaruv kompaniyalari O‘zbekiston Respublikasi qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
(31-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 20.05.2019-y., 09/19/414/3156-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son; 10.06.2022-y., 09/22/323/0508-son; 07.10.2025-y., 09/25/627/0901-son)