1.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.01.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi umumiy qoidalar / 10.01.04.00 Eksport va import / 10.01.04.02 Import]
[TSZ:
1.Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona / Eksport va import]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Import qilingan tovarlar harakatini monitoring qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, sertifikatlashtirish va metrologiya tizimlarini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 12-dekabrdagi PQ-4059-son qarori ijrosini taʼminlash hamda import qilingan tovarlar harakatini monitoring qilish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Import qilingan tovarlar harakatini monitoring qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — moliya vaziri J.A. Qoʻchqorov, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi raisi B.A. Musayev, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi raisi M.B. Azimov va “Oʻzstandart” agentligi bosh direktori D.N. Sattarov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2019-yil 16-may,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
410-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 16-maydagi 410-son qaroriga ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Import qilingan tovarlar harakatini monitoring qilish tartibi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Nizom import qilingan tovarlar harakatini monitoring qilish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Nizomning amal qilishi Oʻzbekiston Respublikasi hududiga tovarlarni import qiluvchi xoʻjalik yurituvchi subyektlarga (keyingi oʻrinlarda import qiluvchilar deb ataladi) tatbiq etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Import qilingan tovarlar harakatini nazorat qilish hamda soliqlar va bojxona toʻlovlari boʻyicha huquqbuzarliklarning oldini olish tartibi ushbu Nizomga ilovaga muvofiq sxema boʻyicha amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Tovarlar importi boʻyicha maʼlumotlarni shakllantirish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Davlat bojxona qoʻmitasi idoralararo axborot almashinuvi vositasi orqali quyidagi maʼlumotlarni:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi davlat soliq xizmati idoralari axborot-kommunikatsiya tizimi faoliyati samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2012-yil 30-oktabrdagi PQ-1843-son qaroriga asosan soliq toʻlovchilarning eksport-import operatsiyalari hamda tovarlar harakati toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni Davlat soliq qoʻmitasiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, sertifikatlashtirish va metrologiya tizimlarini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 12-dekabrdagi PQ-4059-son qarorga asosan soddalashtirilgan tartibda rasmiylashtirilgan import operatsiyalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni bojxona hujjatlari rasmiylashtirilgandan soʻng uch kun muddatda Davlat soliq qoʻmitasi va “Oʻzstandart” agentligiga taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Soliqlar va bojxona imtiyozlarini monitoring qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Davlat bojxona qoʻmitasidan kelib tushgan maʼlumotlar asosida davlat soliq xizmati organlarining maʼlumotlar bazasida har bir import qiluvchi boʻyicha nazorat kartochkalari yuritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Import qiluvchilar faoliyati davlat soliq xizmati organlarining “Tahlika-tahlil” dasturiy mahsulotidagi tahlil yoʻnalishlariga asosan tahlil qilinadi hamda yakuniy natijalar balli tizim asosida soliqqa oid huquqbuzarlik xavfi darajasidan kelib chiqib baholanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Baholash natijalariga koʻra, soliqqa oid huquqbuzarlik sodir etish xavfi quyidagi uchta darajaga boʻlinadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) soliqqa oid huquqbuzarlik sodir etish xavfi yuqori boʻlgan import qiluvchilar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) soliqqa oid huquqbuzarlik sodir etish xavfi oʻrtacha boʻlgan import qiluvchilar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) soliqqa oid huquqbuzarlik sodir etish xavfi past boʻlgan import qiluvchilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Soliqqa oid huquqbuzarlik sodir etish xavfi past boʻlgan import qiluvchilar nazoratdan chiqariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Soliqqa oid huquqbuzarlik sodir etish xavfi yuqori va oʻrtacha boʻlgan import qiluvchilarning faoliyati ular taqdim etgan moliyaviy va soliq hisobotlari hamda soliq toʻlovchilarning majburiyatlari paydo boʻlishi (tugatilishi) toʻgʻrisida maʼlumot taqdim etadigan idora va tashkilotlardan kelib tushgan maʼlumotlar asosida davlat soliq xizmati organlari tomonidan kameral nazoratdan oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Kameral nazorat natijasiga koʻra, soliq hisobotlarida tafovutlar mavjudligi aniqlansa, bu haqda soliq toʻlovchiga tegishli tuzatishlar kiritish hamda kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 70-moddasida belgilangan tartibda soliq toʻlovchiga talabnoma yuborilib, xatoliklarni bartaraf etish choralari koʻriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Kameral nazorat natijalari boʻyicha soliq toʻlovchi tomonidan taqdim etilgan axborotning ishonchliligini hamda import qiluvchining hisobotlarida aks ettirilgan soliq va bojxona imtiyozlarini qoʻllashning qonuniyligini tasdiqlash uchun joyiga chiqqan holda mavzuli ekspress-oʻrganish amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Kameral nazorat va mavzuli ekspress-oʻrganish natijasiga koʻra:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
import qilingan tovarlar realizatsiya qilinganligi hujjat bilan tasdiqlanganda, tovarlarni realizatsiya qilishdan tushgan tushum summasining hisobga olish registrlarida aks ettirilmaganligi, tovarlar realizatsiya qilinganligidan dalolat beruvchi hujjatlar almashtirilganligi, soxtalashtirilganligi yoki yoʻq qilinganligi, hisobda realizatsiya qilinmagan deb koʻrsatilgan tovarlarning omborda yoki realizatsiya qilish joyida mavjud emasligi aniqlangan taqdirda, Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksida belgilangan tartibda soliqlar va boshqa toʻlovlar hisoblanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
soliq va bojxona toʻlovlari boʻyicha imtiyozlar berilishi natijasida boʻshagan mablagʻlardan maqsadli va belgilangan muddatlarda foydalanilmagan yoki import qilingan tovarlarning imtiyozli davr tugashiga qadar boshqalarga berilishi (sotilishi), shuningdek, oʻz ehtiyoji (ishlab chiqarishi) uchun import qilingan tovarlar realizatsiya qilinganligi aniqlanganda, soliqlarni qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda undirish choralari koʻriladi.
(11-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Mavzuli ekspress-oʻrganishlar natijasida soliq toʻlovchilar faoliyatida jinoyat alomatlari mavjud deb topilgan hollarda, davlat soliq xizmati organlari materiallarni qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuboradi.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Davlat soliq xizmati organlari tomonidan soliq toʻlovchi faoliyatida bojxona toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlarining buzilish holatlari aniqlangan taqdirda, davlat bojxona xizmati organlariga, metrologiya va sertifikatlashtirish toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlari buzilishi holatlari boʻyicha “Oʻzstandart” agentligiga va boshqa qonun buzilishlari toʻgʻrisida tegishli vazirliklar va idoralarga qonun buzilishlari holati aniqlangan kundan boshlab uch ish kunidan kechiktirmay maʼlumot taqdim etiladi.
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Bojxona toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlari buzilganligi toʻgʻrisida kelib tushgan maʼlumotlarni davlat bojxona xizmati organlari xavfni boshqarish tizimi doirasida tashqi iqtisodiy faoliyat qatnashchilarining xavflilik darajasidan kelib chiqib nazorat qilib boradilar.
(14-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. “Oʻzstandart” agentligi import qiluvchilar tomonidan muvofiqlik sertifikatini taqdim etmaganda, oʻz ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun respublika hududiga olib kirilgan oʻlchash vositalari uchun bojxona hujjatlari rasmiylashtirilgan kundan boshlab ikki oy davomida qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda muvofiqlik sertifikati olinishini nazorat qiladi.
(15-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Ushbu nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
(16-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Import qilingan tovarlar harakatini monitoring qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Import qilingan tovarlar harakatini nazorat qilish hamda soliqlar va bojxona toʻlovlari boʻyicha huquqbuzarliklarning oldini olish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bosqichlar
Subyektlar
Tadbirlar
Ijro muddati
1-bosqich
Davlat bojxona xizmati organlari
Soliq toʻlovchilarning eksport-import operatsiyalari hamda tovarlar harakati toʻgʻrisida maʼlumotlarni Davlat soliq qoʻmitasiga;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, sertifikatlashtirish va metrologiya tizimlarini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 12-dekabrdagi PQ-4059-son qaroriga asosan soddalashtirilgan tartibda rasmiylashtirilgan import operatsiyalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni “Oʻzstandart” agentligiga taqdim etish.
Bojxona rasmiylashtiruvidan keyin 3 kun muddatda
2-bosqich
Davlat soliq xizmati organlari
Har bir import qiluvchi kesimida nazorat kartochkalarini yuritish hamda maxsus dasturiy mahsulot orqali maʼlumotlarni tahlil qilish va soliqqa oid huquqbuzarlik sodir etish xavfi darajasi aniqlash.
Dasturiy mahsulot orqali avtomatik tarzda
3-bosqich
Davlat soliq xizmati organlari
Soliqqa oid huquqbuzarlik sodir etish xavfi yuqori va oʻrtacha boʻlgan import qiluvchilar faoliyatini kameral nazorat oʻtkazish va soliq hisobotlarida aniqlangan tafovutlarni bartaraf etish yuzasidan soliq toʻlovchiga Soliq kodeksning 70-moddasida belgilangan tartibda talabnomalar yuborish.
1 ish kuni mobaynida
4-bosqich
Davlat soliq xizmati organlari
Soliq toʻlovchilar tomonidan taqdim etilgan axborotlarning ishonchliligini hamda import qiluvchining hisobotlarida aks ettirilgan soliq va bojxona imtiyozlarini qoʻllashning qonuniyligini tasdiqlash maqsadida Soliq kodeksning 712-moddasida belgilangan tartibda mavzuli ekspress-oʻrganish oʻtkazish.
7 kalendar kun
5-bosqich
Davlat soliq xizmati organlari
Nazorat tadbirlari natijasida jinoyat alomatlari mavjud deb topilgan hollarda, materiallarni qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda huquqni muhofaza qiluvchi organlarga;
bojxona toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlari buzilishi holatlari boʻyicha davlat bojxona xizmati organlariga;
metrologiya va sertifikatlashtirish toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlari buzilishi holatlari boʻyicha “Oʻzstandart” agentligiga va boshqa qonun buzilishlar toʻgʻrisida tegishli vazirliklar va idoralarga maʼlumot taqdim etish.
3 ish kunidan kechiktirmay
6-bosqich
Davlat bojxona xizmati organlari
Bojxona toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlari buzilganligi toʻgʻrisida kelib tushgan maʼlumotlarni xavfni boshqarish tizimi doirasida nazorat qilish.
Doimiy
7-bosqich
“Oʻzstandart” agentligi
Tadbirkorlik subyektlari tomonidan oʻz ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun olib kirilgan oʻlchash vositalarini qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda muvofiqlik sertifikatini olinishini nazorat qilish.
Bojxona rasmiylashtiruvidan keyin 2 oy muddatda
(ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)