15.05.2019 yildagi 408-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori

Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Tarif va notarif tartibga solish kengashining faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligining faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida” 2019-yil 28-yanvardagi PQ-4135-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligining faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida” 2019-yil 28-yanvardagi PQ-4135-son qarori bilan Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzurida Tarif va notarif tartibga solish kengashi tashkil etilganligi va uning tarkibi belgilanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Quyidagilar Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Tarif va notarif tartibga solish kengashining asosiy vazifalari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bojxona bojlari stavkalarini belgilash va tashqi savdo faoliyatini amalga oshirishda notarif tartibga solish chora-tadbirlarini qoʻllash boʻyicha xalqaro tajribani oʻrganish hamda takliflarni ishlab chiqish;

ichki va tashqi bozorlarda yuzaga kelayotgan vaziyatdan kelib chiqib tarif va notarif tartibga solish tizimini yanada takomillashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish, shuningdek, bojxona toʻlovlari boʻyicha amaldagi imtiyozlar tizimiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha takliflarni shakllantirishda ishtirok etish;

Oʻzbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy faoliyatining Tovar nomenklaturasi va tovarlarni tasniflash qoidalarini takomillashtirish boʻyicha takliflar tayyorlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Tarif va notarif tartibga solish kengashi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining investitsiyalar va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari boʻyicha oʻrinbosari E.M. Ganiyev hamda Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S.U. Umurzakov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2019-yil 15-may,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
408-son

Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 15-maydagi 408-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Tarif va notarif tartibga solish kengashi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nizom

1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Tarif va notarif tartibga solish kengashi (keyingi oʻrinlarda Kengash deb ataladi) asosiy vazifalari, funksiyalari, huquqlari va faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Kengash umumdavlat manfaatlarining tadbirkorlar manfaatlari bilan oʻzaro aloqasini tartibga solish, sanoat tarmoqlarini jadal rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish, sogʻlom raqobat muhitini qoʻllab-quvvatlash va isteʼmolchilarning ehtiyojlarini qondirishga qaratilgan tarif va notarif tartibga solish boʻyicha takliflarni ishlab chiqish uchun tashkil etilgan kollegial maslahat organi hisoblanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Kengash oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, boshqa qonunchilik hujjatlariga hamda ushbu Nizomga amal qiladi.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Kengashning asosiy vazifalari, funksiyalari va huquqlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Quyidagilar Kengashning asosiy vazifalari hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bojxona bojlari stavkalarini belgilash va tashqi savdo faoliyatini amalga oshirishda notarif tartibga solish chora-tadbirlarini qoʻllash boʻyicha xalqaro tajribani oʻrganish hamda takliflarni ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ichki va tashqi bozorlarda yuzaga kelayotgan vaziyatdan kelib chiqib tarif va notarif tartibga solish tizimini yanada takomillashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish, shuningdek, bojxona toʻlovlari boʻyicha amaldagi imtiyozlar tizimiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha takliflarni shakllantirishda ishtirok etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy faoliyatining Tovar nomenklaturasi (keyingi oʻrinlarda TIF TN deb ataladi) va tovarlarni tasniflash qoidalarini takomillashtirish boʻyicha takliflar tayyorlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Kengash oʻziga yuklangan vazifalarni bajarish uchun quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) bojxona bojlari stavkalarini belgilash va tashqi savdo faoliyatini amalga oshirishda notarif tartibga solish chora-tadbirlarini qoʻllash boʻyicha xalqaro tajribani oʻrganish hamda takliflarni ishlab chiqish sohasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bojxona bojlari stavkalarini optimallashtirish, shuningdek, tashqi iqtisodiy faoliyat bilan bogʻliq boʻlgan hamda bojxona bojlari bilan bir xil iqtisodiy samaraga ega boʻlgan boshqa soliqlar, yigʻimlar va toʻlovlar boʻyicha takliflarni koʻrib chiqadi hamda tegishli xulosalarni ishlab chiqadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqaro tajribani, shuningdek, manfaatdor vazirliklar va organlar, Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi, tadbirkorlik subyektlarining (keyingi oʻrinlarda manfaatdor subyektlar deb ataladi) murojaatlarini oʻrganish asosida notarif tartibga solish choralarini qoʻllash boʻyicha takliflarni ishlab chiqadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) tarif va notarif tartibga solish tizimini yanada takomillashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish, shuningdek, bojxona toʻlovlari boʻyicha amaldagi imtiyozlar tizimiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish uchun takliflar shakllantirishda ishtirok etish sohasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ilgʻor xalqaro tajribani qoʻllash asosida notarif tartibga solish choralarini yanada takomillashtirish boʻyicha vakolatli organlar va manfaatdor subyektlarning takliflarini eshitadi hamda tegishli takliflar va tavsiyalarni ishlab chiqadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maʼmuriy toʻsiqlarni kamaytirish, shu jumladan, tashqi savdo sohasidagi muddatlarni qisqartirish va tartibotlarni soddalashtirish qismi boʻyicha tavsiyalarni ishlab chiqadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
muhokamalar asosida bojxona toʻlovlari boʻyicha imtiyozlar berish yuzasidan tavsiyalarni ishlab chiqadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
manfaatdor subyektlar uchun tarif va notarif tartibga solishga tegishli maʼlumotlarni va bojxona ishi boʻyicha tavsiyalarni tarqatadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ommaviy axborot vositalarida, shuningdek, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligining rasmiy veb-saytida Kengash faoliyati haqida jamoatchilikni xabardor qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) TIF TN va tovarlarni tasniflash qoidalarini takomillashtirishga qaratilgan takliflarni tayyorlash sohasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
manfaatdor subyektlarning TIF TNga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha murojaatlarini qoʻrib chiqadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovarlarni tasniflash boʻyicha xalqaro tajribani, shu jumladan, Jahon bojxona tashkilotining tavsiyalari asosida oʻrganib chiqadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TIF TN va tovarlarni tasniflash qoidalariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha tegishli takliflarni ishlab chiqadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Kengash oʻziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish doirasida quyidagi huquqlarga ega:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻziga yuklangan vazifalar doirasida davlat organlari va boshqa tashkilotlarga soʻrovlar yuborish hamda ulardan zarur statistik va tahliliy maʼlumotlarni olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kengash koʻrib chiqadigan masalalar boʻyicha aniq vakolatlar doirasida vazifalarni amalga oshirish boʻyicha Kengash tarkibiga kiruvchi davlat organlari rahbarlariga topshiriqlar berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tarif va notarif tartibga solish choralarini qoʻllash toʻgʻrisidagi takliflarni koʻrib chiqish va manfaatdor subyektlarga tushuntirishlar berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tarif va notarif tartibga solish choralarini qoʻllash toʻgʻrisida tashqi iqtisodiy faoliyat subyektlari uchun tavsiyalarni ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kengashga yuklangan vazifalar doirasida yigʻilishlar davomida yuridik va jismoniy shaxslarning murojaatlarini eshitish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TIF TN doirasida tovarlarni tasniflash boʻyicha tavsiyalar ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashqi iqtisodiy faoliyat subyektlari oʻrtasida soʻrovnomalar oʻtkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
zarur hollarda xalqaro ekspertlarni, davlat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlarining mutaxassislarini, ilmiy-tadqiqot markazlarining xodimlarini, oliy taʼlim muassasalarining olimlari va oʻqituvchilarini tegishli tashkilotlar rahbariyati bilan kelishilgan holda jalb qilish.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kengash qonunchilikka muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
(6-bandning oʻninchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Kengash manfaatdor subyektlarning murojaatlarini koʻrib chiqishda ariza beruvchilarning huquqlari va qonuniy manfaatlariga rioya qilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Kengash faoliyatini tashkil etish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Kengash raisi Kengash faoliyatga umumiy rahbarlik qiladi va unga yuklangan vazifalar bajarilishi uchun javob beradi, uning vakolatlari quyidagilardan iborat:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kun tartibini belgilash va Kengash yigʻilishlarini chaqirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kengash yigʻilishlarida raislik qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kengash yigʻilishlari reglamentini, ish rejasini, kun tartibi va yigʻilish bayonnomalarini tasdiqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kengash qabul qilgan qarorlar ijrosi yuzasidan nazoratni tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kengash aʼzolariga yuklangan vazifalarni bajarish yuzasidan uning aʼzolari ishini muvofiqlashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
manfaatdor subyektlardan tushgan murojaatlarni koʻrib chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu Nizomga muvofiq Kengashning samarali ishini taʼminlash boʻyicha boshqa funksiyalarni amalga oshirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kengash raisi yoki uning topshirigʻiga binoan Kengash raisining oʻrinbosari Kengash ishiga rahbarlik qiladi, uning faoliyatini rejalashtiradi, yigʻilishlarni olib boradi, Kengash qarorlari bajarilishini nazorat qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi Kengash faoliyatini tashkil etadi va Kengash kotibiyati hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Kengash kotibiyati Kengash faoliyatini tashkil etish boʻyicha quyidagi vazifalarni amalga oshiradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
manfaatdor subyektlarning takliflarini qabul qiladi va koʻrib chiqadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ariza beruvchilar bilan bevosita muhokamalar olib boradi hamda ishlab chiqarish va bojxona nazoratini amalga oshirish joylariga chiqib ularning faoliyatini oʻrganadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
takliflarni umumlashtiradi, Kengashning navbatdagi yigʻilishi kun tartibini shakllantiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu Nizomga muvofiq murojaatlarni koʻrib chiqishni muvofiqlashtirishni va Kengash faoliyatini tashkil etilishini taʼminlaydigan boshqa vazifalarni amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Kengash aʼzolari quyidagi huquqlarga ega:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kengash yigʻilishlarida koʻrib chiqiladigan masalalarni muhokama qilish va hal qilishda oʻz vakolatlarini boshqa shaxslarga yuklatish huquqisiz shaxsan ishtirok etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kengash yigʻilishida asosli sabablarga koʻra qatnashish imkoni boʻlmagan taqdirda, kun tartibiga kiritilgan masala boʻyicha oʻz fikrini yozma ravishda yuborish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yigʻilishlarda ovoz berish jarayonida asosli sabablarga koʻra qatnashish imkoni boʻlmagan Kengash aʼzosining fikrini koʻrib chiqish va inobatga olish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Kengash yigʻilishlari ichki va tashqi bozorlarda yuzaga keladigan vaziyatlar taʼsiriga javob berish zarur boʻlgan hollarda, biroq olti oyda kamida bir marta Kengash raisi tomonidan chaqiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kengash navbatdagi yigʻilishining dastlabki kun tartibi va materiallari yigʻilish oʻtkazilishidan kamida 10 kalendar kun oldin Kengash aʼzolariga yigʻilish xabarnomasi bilan birgalikda yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kengash aʼzolari tomonidan Kengashning navbatdagi yigʻilishidan kamida 5 kalendar kun oldin kun tartibiga kiritish uchun taklif qilingan masalalar dastlabki kun tartibidagi masalalarning qoʻshimcha roʻyxatiga kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yigʻilish davomida Kengash uning ochilishida tasdiqlangan yakuniy kun tartibiga istalgan vaqtda oʻzgartirishlar kiritish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Kengash faoliyati qarorlarni qabul qilishda uning vakolatlariga oid masalalarni erkin muhokama qilish, oshkoralik, jamoatchilik fikrini inobatga olish, teng huquqlilik va kollegiallik prinsiplariga asoslanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kengash faoliyatining asosiy shakli ishlab chiqilgan va tasdiqlangan kun tartibi asosida oʻtkaziladigan yigʻilishlar hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Kengash yigʻilishida belgilangan aʼzolar sonining kamida yarmi ishtirok etsa, Kengash qaror qabul qilishga vakolatlidir. Kengash qarorlari yigʻilishda ishtirok etayotgan Kengash aʼzolarining oddiy koʻpchilik ovozi bilan qabul qilinadi. Ovozlar teng boʻlgan taqdirda Kengash raisi yoki yigʻilishda raislik qilayotgan uning oʻrinbosarining ovozi hal qiluvchi hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kengash qarorlari bayonnoma shaklida rasmiylashtiriladi. Bayonnomalar Kengash raisi yoki Kengash yigʻilishida raislik qilayotgan uning oʻrinbosari hamda kotib tomonidan imzolanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kengash tomonidan koʻrib chiqilgan masalalar yuzasidan alohida fikrga ega boʻlgan Kengash aʼzolari uni yozma ravishda bayon etishga haqlidir, ushbu fikr Kengash yigʻilishining bayonnomasida aks ettirilishi va unga ilova qilinishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Kengash qabul qilgan qarorlar tegishli masalalar boʻyicha normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish uchun asos boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Manfaatdor subyektlardan tushgan murojaatlarni koʻrib chiqish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Manfaatdor subyektlarning murojaatlari Kengash kotibiyati tomonidan quyidagi masalalar boʻyicha qabul qilinadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovarlarga belgilangan bojxona boji stavkalarini optimallashtirish boʻyicha ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq shaklda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bojxona toʻlovlari boʻyicha imtiyozlar berish yoki imtiyozlarni bekor qilish boʻyicha ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq shaklda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tarif va notarif tartibga solishning boshqa masalalari boʻyicha ixtiyoriy shaklda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Murojaatlar davlat tilida va boshqa tillarda yozma yoki elektron shaklda topshirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Murojaatlar Kengash kotibiyatiga tushgan kundan boshlab oʻn besh kun ichida, agar ularni qoʻshimcha oʻrganib chiqish, qoʻshimcha hujjatlarni soʻrash yoki Kengash aʼzolarining xulosasini tayyorlash zarur boʻlgan taqdirda bir oygacha boʻlgan muddatda koʻrib chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Kengash kotibiyati Kengash qarori qabul qilingan kundan boshlab uch kun mobaynida manfaatdor subyektlar va Kengash aʼzolarini xabardor qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Kengash tomonidan manfaatdor subyektlarning murojaatlarini qabul qilish va koʻrib chiqish ushbu Nizomga 3-ilovaga muvofiq sxema boʻyicha amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Yakunlovchi qoida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Kengash faoliyatini qayta tashkil etish yoki tugatish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli qarori bilan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Tarif va notarif tartibga solish kengashi toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA

Tovarlarga bojxona bojini optimallashtirish masalalari boʻyicha
‎murojaat

_________________________________________________________________________________________________ (manfaatdor subyektning nomi)

‎‎Manzil va telefon raqami: ____________________________________________________________________________

Direktor (rahbar): __________________________________________________________________________________
Roʻyxatga olingan sana: _______________________________________________________________________________‎
Roʻyxatga olish joyi: _________________________________________________________________________________‎
‎‎Moliyaviy rekvizitlari (bank rekvizitlari): _____________________________________________________________
Rahbar:

___________________‎‎

__________________‎‎

imzo‎‎

sana

Bosh buxgalter:‎‎

___________________‎‎

__________________

‎‎(agar mavjud boʻlsa)

imzo

sana

‎‎Baʼzi javoblar uchun joy yetarli boʻlmagan yoki koʻrib chiqilayotgan muammoni hal etish bilan bogʻliq biror-bir oʻziga xos jihat hisobga olinmagan taqdirda, qoʻshimcha varaqlarni ilova qiling.

Manfaatdor subyektning buxgalteriya va statistika hisobotlari axborotning asosiy manbai hisoblanadi.

I. Tovarning nomi va bojxona bojining stavkasi‎‎

TIF TN kodi (10 ta raqamdan iborat) va mahsulot nomi:
‎__________________________________________________________________________________________________

Bojxona bojining amaldagi stavkasi:___________________________________________________________________

‎‎Taklif qilinayotgan bojxona boji stavkasi:______________________________________________________________
‎‎Bojning amaldagi stavkasini oʻzgartirishdan maqsadi:______________________________________________________‎
‎‎II. Manfaatdor subyekt haqida umumiy maʼlumotlar‎
‎‎Faoliyatning tashkiliy-huquqiy shakli:
‎‎_________________________________________________________________________________________________
‎‎Manfaatdor subyekt ishlab chiqarish va/yoki sotish bilan shugʻullanadigan asosiy tovarlarning roʻyxati*:
_____________________________________________________________________________________
Oʻxshash mahsulotlarni ishlab chiqaruvchi mahalliy tashkilotlar roʻyxati (agar mavjud boʻlsa):‎
‎‎______________________________________________________________________________________‎
‎‎______________________________________________________________________________________
‎‎Manfaatdor subyekt ishlab chiqaradigan mahsulotlar isteʼmolchilari boʻlgan tashkilotlar roʻyxati:‎

______________________________________________________________________________________‎

‎‎______________________________________________________________________________________‎
‎‎III. Mahsulot haqida umumiy maʼlumot‎

Boj stavkasini oʻzgartirish uchun ariza berilgan tovarning xususiyatlari va sifatini batafsil tavsiflab bering: _________________________________________________________________________________________________ ‎

Tovarni ishlab chiqarish uchun zarur boʻlgan ishlab chiqarish jarayonlarining mohiyatini tushuntiring: _________________________________________________________________________________________________‎‎‎

Tovar ishlatiladigan sohani tushuntiring (tarmoqlar, tashkilotlar, ishlab chiqarish jarayoni va boshqalar): _________________________________________________________________________________________________

‎‎Oʻzingiz ishlab chiqargan va import qilinadigan oʻxshash mahsulotlarning qiyosiy tavsifini bering (agar mavjud boʻlsa): _________________________________________________________________________________________________

Tavsif‎‎

Import qilingan tovar

Mahalliy tovar

Izoh‎‎

‎‎ ‎‎ ‎‎
‎‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎‎
‎‎ ‎‎ ‎‎‎ ‎‎‎
‎‎ ‎‎ ‎‎‎
‎‎ ‎‎ ‎‎‎
Oʻxshash tovarni ishlab chiqaradigan mahalliy sanoat tarmogʻi yoki manfaatdor subyekt tomonidan tovarning raqobatbardoshligini taʼminlash maqsadida koʻrilgan chora-tadbirlar haqida maʼlumot bering: ‎
______________________________________________________________________________________
‎‎______________________________________________________________________________________
______________________________________________________________________________________‎
IV. Boj stavkasini hisoblash va oʻzgartirish uchun maʼlumot‎‎‎

‎‎‏Koʻrsatkichlar

yillar (oxirgi 3 yildagi maʼlumotlar keltiriladi): ‎‎

‎‎20 ___ y.

20 ___ y.‎‎

20 ___ y.‎‎‎

Ichki bozorda mahalliy tovarning narxi, ming soʻm ming AQSH dollari ‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎
Ichki bozorda oʻxshash (import qilinadigan) tovar narxi, ming soʻm ming AQSH dollari ‎‎‎ ‎‎‎
‎‎‎ ‎‎‎
Respublikada ishlab chiqarish hajmi**, ming tonna (yoki boshqa birliklarda) ming soʻm ming AQSH dollari ‎‎ ‎‎‎
‎‎
‎‎
Manfaatdor subyektning ishlab chiqarish hajmi, ming tonna (yoki boshqa birliklarda) ming soʻm ming AQSH dollari ‎‎‎ ‎‎‎ ‎‎
Tarmoq tashkilotlarining ishlab chiqarish quvvati**, ming tonna ‎‎ ‎‎
‎‎Manfaatdor subyektning ishlab chiqarish quvvati, ming tonna ‎‎ ‎‎
‎‎Tarmoqda ishlaydigan xodimlar soni**, kishi ‎‎ ‎‎ ‎‎
‎‎Manfaatdor subyektning ishlovchilari soni, kishi ‎‎ ‎‎ ‎‎
Ushbu tovar importi, ming tonna ming soʻm mi?g AQSH dollari ‎‎ ‎‎‎ ‎‎‎ ‎‎
Ushbu mahsulot eksporti, ming tonna ming soʻm ming AQSH dollari ‎‎‎ ‎‎‎
‎‎‎ ‎‎
Mahsulot birligining oʻrtacha tannarxi, soʻm/tonna AQSH dollari/tonna ‎‎ ‎‎
‎‎‎
‎‎Import qilishda xarajatlar (bojxona boji, QQS, bojxona yigʻimi, aksizlar) ‎ ‎‎ ‎‎
Isteʼmol hajmida importning ulushi (ishlab chiqarish), % ‎‎ ‎‎ ‎‎
‎‎Ishlab chiqarish rentabelligi, % ‎‎ ‎‎ ‎‎
Mahalliy tovarni ishlab chiqarish hajmida eksportning ulushi, % ‎‎ ‎‎ ‎‎
Mahalliy tovarning eksport narxi (yetkazib berish shartlarini koʻrsating)‎‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎
Ushbu jadvaldagi maʼlumotlarga istalgan zarur izohlarni keltiring.‎‎
V. Boj stavkasi oʻzgarishining taʼsiri tahlili‎‎
Tovarni ishlab chiqarishni�g yuzaga kelishi mumkin boʻlgan oʻsishi (kamayishi)ni baholash:
_____________________________________________________________________________________‎‎
Tovarga (import va mahalliy) yuzaga kelishi mumkin boʻlgan talabning kamayishi (oʻsishi) ni baholash:__________________________________________________________________________________________
‎‎_____________________________________________________________________________________
Ichki bozorda mahalliy va import tovarlarini sotish nisbati boʻyicha mumkin boʻlgan oʻzgarishlarni (kamayish/oʻsish) baholash:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* Agar tashkilotlar birlashmasi ariza beruvchi sifatida ish koʻrayotgan boʻlsa, tegishli birlashmaga kiradigan har bir tashkilot boʻyicha materiallar taqdim etiladi.

** Manfaatdor subyektda boʻlmagan maʼlumotlarni talab qilish taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Tarif va notarif tartibga solish kengashi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA

Bojxona toʻlovlari boʻyicha imtiyozlar berish yoki imtiyozlarni bekor qilish
‎yuzasidan murojaat

______________________________________________________________________________________________
‎(manfaatdor subyektning nomi)

‎‎Manzil va telefon raqami: ____________________________________________________________________________

Direktor (rahbar): ___________________________________________________________________________________
Roʻyxatga olingan sana: ________________________________________________________________________________‎
Roʻyxatga olish joyi: _________________________________________________________________________________‎
‎‎Moliyaviy rekvizitlari (bank rekvizitlari): ______________________________________________________________
Rahbar:

___________________‎‎

__________________‎‎

imzo‎‎

sana

Bosh buxgalter:‎‎

___________________‎‎

__________________

‎‎(agar mavjud boʻlsa)

imzo

sana

‎‎Baʼzi javoblar uchun joy yetarli boʻlmagan yoki koʻrib chiqilayotgan muammoni hal etish bilan bogʻliq biror-bir oʻziga xos jihat hisobga olinmagan taqdirda, qoʻshimcha varaqlarni ilova qiling.

Manfaatdor subyektning buxgalteriya va statistika hisobotlari axborotning asosiy manbai hisoblanadi.

I. Tovarning nomi va bojxona bojining stavkasi‎‎

TIF TN kodi (10 ta raqamdan iborat) va mahsulot nomi:
‎__________________________________________________________________________________________________

Koʻrilayotgan tovarni kiritish (chiqarib tashlash)da zarur boʻlgan normativ hujjatning nomi, sanasi va raqamini koʻrsating:___________________________

Bojxona toʻlovlarining amaldagi stavkasi:________________________________
Ushbu tovar uchun imtiyozlarni berish (bekor qilish)dan maqsad:
‎__________________________________________________________________________________________________
‎‎II. Manfaatdor subyekt haqida umumiy maʼlumotlar‎
‎‎Faoliyatning tashkiliy-huquqiy shakli:
‎‎_________________________________________________________________________________________________
‎‎Manfaatdor subyekt ishlab chiqarish va/yoki sotish bilan shugʻullanadigan asosiy tovarlarning roʻyxati*:
_____________________________________________________________________________________
Ariza berilgan tovar ishtirokida mahsulot ishlab chiqaruvchi mahalliy tashkilotlar roʻyxati (agar mavjud boʻlsa):
‎‎______________________________________________________________________________________‎
‎‎______________________________________________________________________________________
‎‎Manfaatdor subyekt ishlab chiqaradigan tovar isteʼmolchilari boʻlgan tashkilotlar roʻyxati:‎

______________________________________________________________________________________‎

‎‎______________________________________________________________________________________‎
‎‎III. Tovar haqida umumiy maʼlumot‎

Imtiyozlarni berish yoki ularni bekor qilish soʻralgan tovarning xususiyatlari va sifatini batafsil tavsiflang:_______________________________________________

Tovar qoʻllaniladigan sohani tushuntiring (tarmoqlar, tashkilotlar, ishlab chiqarish jarayoni va boshqalar):________________________________________________

Siz import qiladigan va mahalliy ishlab chiqarishning oʻxshash tovarining qiyosiy tavsifini bering (agar mavjud boʻlsa): ________________________________________________________

Tavsif‎‎

Import qilingan tovar

Mahalliy tovar

Izoh‎‎

‎‎ ‎‎ ‎‎
‎‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎‎
‎‎ ‎‎ ‎‎‎ ‎‎‎
‎‎ ‎‎ ‎‎‎
IV. Imtiyozlarni berish (bekor qilish) maqsadga muvofiqligini hisoblash uchun maʼlumot‎‎‎

‎‎‏Koʻrsatkichlar

yillar (oxirgi 3 yildagi maʼlumotlar keltiriladi): ‎‎

‎‎20 ___ y.

20 ___ y.‎‎

20 ___ y.‎‎‎

Ichki bozorda mahalliy tovarning narxi, ming soʻm ming AQSH dollari ‎‎ ‎‎
Oʻxshash (import qilinadigan) tovar narxi, ming soʻm ming AQSH dollari ‎‎‎ ‎‎‎
Respublikada ushbu tovarni ishlab chiqarish hajmi**, ming soʻm ming AQSH dollari
‎‎
‎‎
Taklif etilgan tovar ishtirokida ishlab chiqariladigan tovarlar (xizmatlar) hajmi, ming soʻm ming AQSH dollari
Taklif etilgan tovar ishtirokida ishlab chiqariladigan mahsulotning oʻrtacha tannarxi, soʻm/tonna AQSH dollari/tonna ‎‎ ‎‎
Ushbu tovarni import qilishdagi xarajatlar (bojxona boji, QQS, bojxona yigʻimi, aksizlar) ‎‎ ‎‎
Isteʼmol (ishlab chiqarish) hajmida taklif etilayotgan tovar importi ulushi, % ‎‎ ‎‎ ‎‎
Ishlab chiqarish rentabelligi, % ‎‎ ‎‎ ‎‎
Ushbu jadvaldagi maʼlumotlarga istalgan zarur izohlarni keltiring.‎‎
V. Bojxona toʻlovlari boʻyicha imtiyozlar berish (bermaslik)ning taʼsirini tahlil qilish
Ishlab chiqarishning yuzaga kelishi mumkin boʻlgan oʻsishini (kamayishini) baholash: __________________________________________________________________________________________________
Import hajmi dinamikasini baholash:
‎‎______________________________________________________________________________________
Ushbu tovar ishtirokida ishlab chiqarilgan tovarlar (xizmatlar) qiymatining kamayishiga (oʻsishiga) baho berish:
‎__________________________________________________________________________________________________
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetining zararlarini qoplash manbalarini koʻrsating, kompensatsiya miqdori boʻyicha hisob-kitoblar keltiring (agar hisob-kitoblar mavjud boʻlsa):
‎__________________________________________________________________________________________________
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* Agar tashkilotlar birlashmasi ariza beruvchi sifatida ish koʻrayotgan boʻlsa, tegishli birlashmaga kiradigan har bir tashkilot boʻyicha materiallar taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
** Manfaatdor subyektda boʻlmagan maʼlumotlarni talab qilish taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Tarif va notarif tartibga solish kengashi toʻgʻrisidagi nizomga
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Tarif va notarif tartibga solish boʻyicha kengashi tomonidan manfaatdor subyektlarning murojaatlarini qabul qilish va koʻrib chiqish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SXEMASI

(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.05.2019-y., 09/19/408/3138-son; 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)