1.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.01.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi umumiy qoidalar / 10.01.07.00 Maxsus iqtisodiy zonalar]
[TSZ:
1.Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona / Chet el investitsiyalari. Konsessiya shartnomalari. Xorijdan mablagʻ jalb qilish. Erkin iqtisodiy zonalar]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Farmoni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Navoiy viloyatini innovatsion, yuqori texnologiyalarga asoslangan, eksportga yoʻnaltirilgan va import oʻrnini bosadigan ishlab chiqarishlar uchun erkin iqtisodiy zona sifatida belgilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Biznes yuritish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, innovatsion tadbirkorlik va yuqori texnologiyalarga asoslangan sanoatni rivojlantirish, shuningdek, Navoiy viloyati hududida mineral xom ashyo resurslarini chuqur qayta ishlash hamda ichki va tashqi bozorlarda raqobatbardosh mahsulotlarni ishlab chiqarish boʻyicha qoʻshimcha quvvatlarni tashkil etish maqsadida:
[OKOZ:
1.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.01.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi umumiy qoidalar / 10.01.07.00 Maxsus iqtisodiy zonalar]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Navoiy viloyati hududi keyinchalik belgilangan tartibda muddatini uzaytirish imkoniyati bilan 2030-yil 1-yanvarga qadar innovatsion, yuqori texnologiyalarga asoslangan, eksportga yoʻnaltirilgan va import oʻrnini bosadigan ishlab chiqarishlar uchun erkin iqtisodiy zona etib belgilansin.
[OKOZ:
1.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.01.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi umumiy qoidalar / 10.01.07.00 Maxsus iqtisodiy zonalar]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Belgilansinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Navoiy viloyatining hududiy chegaralari ichida innovatsion, yuqori texnologiyalarga asoslangan, eksportga yoʻnaltirilgan va import oʻrnini bosadigan ishlab chiqarishlarni tashkil etish boʻyicha investitsiya dasturlarini amalga oshirayotgan korxonalarga, hududda mavjud boʻlgan yoki yengil barpo etiladigan infratuzilmalarda ishlab chiqarishlarni ixcham joylashtirgan holda “Navoiy” erkin iqtisodiy zonasi (keyingi oʻrinlarda — “Navoiy” EIZ) ishtirokchisi maqomi beriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻz zimmasiga olgan investitsiya majburiyatlarini bajarmagan taqdirda, “Navoiy” EIZ ishtirokchilari bilan investitsiya bitimlarni bekor qilish, toʻxtatib turish va ularni “Navoiy” EIZ ishtirokchisi maqomidan mahrum etish faqatgina sud tartibida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[OKOZ:
1.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.01.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi umumiy qoidalar / 10.01.07.00 Maxsus iqtisodiy zonalar]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Navoiy viloyati maxsus iqtisodiy zonalar va kichik sanoat zonalari maʼmuriy kengashiga innovatsion, yuqori texnologiyalarga asoslangan, eksportga yoʻnaltirilgan va import oʻrnini bosadigan ishlab chiqarishlar sifatidagi yangidan amalga oshiriladigan investitsiya loyihalarini hamda “Navoiy” EIZ direksiyasining ijobiy xulosasi mavjud boʻlganda, ularga “Navoiy” EIZ ishtirokchisi maqomini taqdim etishni mustaqil ravishda belgilash huquqi berilsin.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 20-dekabrdagi PF-36-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.12.2021-y., 06/21/36/1175-son)
[OKOZ:
1.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.01.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi umumiy qoidalar / 10.01.07.00 Maxsus iqtisodiy zonalar]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Navoiy viloyati hokimligi Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Moliya vazirligi hamda Navoiy viloyatidagi Erkin iqtisodiy zonalar va kichik sanoat zonalar maʼmuriy kengashi bilan birgalikda bir oy muddatda innovatsion, yuqori texnologiyalarga asoslangan, eksportga yoʻnaltirilgan va import oʻrnini bosadigan ishlab chiqarishlarni belgilash, shuningdek, “Navoiy” EIZ ishtirokchisi maqomini berish uchun innovatsiya loyihalarini tanlab olish hamda uning qatnashchilarini roʻyxatga olishning soddalashtirilgan tartibini ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
[OKOZ:
1.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.01.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi umumiy qoidalar / 10.01.07.00 Maxsus iqtisodiy zonalar]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Erkin iqtisodiy zona sifatida Navoiy viloyatini rivojlantirishning asosiy yoʻnalishlari etib quyidagilar belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
innovatsion faoliyatni rivojlantirish, shuningdek, ilgʻor tajribani joriy etish hamda yuqori texnologiyalarga asoslangan ishlab chiqarishlarni tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuqori qoʻshilgan qiymatga ega eksportbop va import oʻrnini bosadigan mahsulotlarni ishlab chiqarish boʻyicha zamonaviy ishlab chiqarishlarni barpo etish uchun toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiyalarni jalb qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Navoiy viloyatining ishlab chiqarish va resurs salohiyatidan kompleks va samarali foydalanishni taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kimyo mahsulotlari va zamonaviy qurilish materiallari ishlab chiqarish, tabiiy toshlarni qayta ishlash hamda mahalliy xom ashyo va materiallar negizida sanoatning boshqa yoʻnalishlari boʻyicha klasterlar yaratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qimmatbaho toshlar va metallarni qayta ishlash sohasida yangi zamonaviy ishlab chiqarishlarni tashkil etish, shuningdek, zargarlik mahsulotlarini ishlab chiqarish sohasiga innovatsion texnologiyalarni joriy qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
viloyat korxonalari oʻrtasida sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish orqali yuqori texnologiyalarga asoslangan ishlab chiqarishlarni mahalliylashtirish jarayonlarini chuqurlashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
viloyatning, birinchi navbatda tuman markazlari va yirik aholi punktlarining transport, muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirish, shuningdek, viloyat hududida yirik logistika markazini tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hudud iqtisodiyotining ixtisoslashgan kadrlarga boʻlgan joriy va istiqboldagi ehtiyojidan kelib chiqib yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash.
[OKOZ:
1.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.01.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi umumiy qoidalar / 10.01.07.00 Maxsus iqtisodiy zonalar]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Navoiy viloyati hududida innovatsion, yuqori texnologiyalarga asoslangan, eksportga yoʻnaltirilgan va import oʻrnini bosadigan ishlab chiqarishlar uchun erkin iqtisodiy zona tashkil etish boʻyicha komissiya tarkibi 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin, unga Navoiy viloyatini kompleks rivojlantirish hamda uning hududida innovatsion, yuqori texnologiyalarga asoslangan, eksportga yoʻnaltirilgan va import oʻrnini bosadigan ishlab chiqarishlarni tashkil etish boʻyicha ishlarni muvofiqlashtirish masʼuliyati yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[OKOZ:
1.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.01.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi umumiy qoidalar / 10.01.07.00 Maxsus iqtisodiy zonalar]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. “Navoiy” EIZ ishtirokchisi maqomini olgan Navoiy viloyatidagi korxonalarga Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksi va Oʻzbekiston Respublikasining “Maxsus iqtisodiy zonalar toʻgʻrisida”gi Qonunida belgilangan tartibda alohida soliqlar, shuningdek, bojxona toʻlovlari boʻyicha imtiyozlarni qoʻllashning oʻziga xos xususiyatlari nazarda tutiladi.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 19-iyundagi PF-6011-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 19.06.2020-y., 06/20/6011/0780-son — 2020-yil 1-oktabrdan kuchga kiradi)
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.09.00.00 Soliq qonunchiligi / 07.09.06.00 Vaqtinchalik soliq imtiyozlari;
2.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.01.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi umumiy qoidalar / 10.01.07.00 Maxsus iqtisodiy zonalar]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Maʼlumot uchun qabul qilinsinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) ushbu Farmonning 7-bandida nazarda tutilgan imtiyozlar kiritilgan investitsiyalarning hajmiga qarab 3 yildan 10 yil muddatgacha, shu jumladan ekvivalenti:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
300 ming AQSH dollaridan 3 million AQSH dollarigacha hajmdagi investitsiyalar — 3 yil muddatga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3 million AQSH dollaridan 5 million AQSH dollarigacha hajmdagi investitsiyalar — 5 yil muddatga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5 million AQSH dollaridan 10 million AQSH dollarigacha hajmdagi investitsiyalar — 7 yil muddatga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10 million AQSH dollari va undan yuqori hajmdagi investitsiyalar — 10 yil muddatga beriladi;
(8-band “a” kichik bandining beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 19-iyundagi PF-6011-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 19.06.2020-y., 06/20/6011/0780-son — 2020-yil 1-oktabrdan kuchga kiradi)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) “Navoiy” EIZ ishtirokchisi maqomini olgan xoʻjalik yurituvchi subyektlarga eksport va import qilinadigan tovarlar uchun haq toʻlash va hisob-kitoblarning oʻzi uchun qulay shart va shakllaridan foydalanishiga ruxsat etiladi;
(8-bandning “v” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 19-iyundagi PF-6011-sonli Farmoniga asosan 2020-yil 1-oktabrdan chiqariladi — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 19.06.2020-y., 06/20/6011/0780-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) 2019-yil 1-iyundan boshlab xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarning taʼsischilari — “Navoiy” EIZ qatnashchilari va ularning oila aʼzolariga respublika hududidan chiqmasdan uzaytirish imkoniyati bilan, amal qilish muddati uch yilgacha boʻlgan “investitsiya vizasi” beriladi.
[OKOZ:
1.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.01.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi umumiy qoidalar / 10.01.07.00 Maxsus iqtisodiy zonalar]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Navoiy viloyati hokimligi bilan birgalikda bir oy muddatda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Navoiy” erkin iqtisodiy zonasi direksiyasi” davlat unitar korxonasini “Navoiy” erkin iqtisodiy zonasi direksiyasi” aksiyadorlik jamiyatiga (keyingi oʻrinlarda — “Navoiy” EIZ direksiyasi” AJ) aylantirsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Navoiy” EIZ direksiyasi” AJ tuzilmasida Eksportni qoʻllab-quvvatlash markazini tashkil qilsin hamda “Navoiy” EIZ qatnashchilariga maslahat, vositachilik xizmatlarini koʻrsatish, ularning Oʻzbekiston Respublikasi va xorijdagi koʻrgazma va ishbilarmonlik tadbirlariga ishtirokini tashkil qilish, ishtirokchining buyurtmasiga koʻra tijorat asosida marketing tadqiqotlarini oʻtkazish orqali ularga mahsulotlar eksportida koʻmaklashish Markazning asosiy vazifasi va faoliyat yoʻnalishi etib belgilansin.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 19-iyundagi PF-6011-sonli Farmoniga asosan 2020-yil 1-oktabrdan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 19.06.2020-y., 06/20/6011/0780-son)
[OKOZ:
1.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.01.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi umumiy qoidalar / 10.01.07.00 Maxsus iqtisodiy zonalar]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Belgilab qoʻyilsinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Navoiy” EIZ direksiyasi” AJning dastlabki ustav kapitali qayta tashkil etilayotgan “Navoiy” erkin iqtisodiy zonasi direksiyasi” DUKning mulklari hisobiga shakllantiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Navoiy” EIZ hududida joylashgan muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga xizmat koʻrsatish “Navoiy” EIZ direksiyasi” AJ buyurtmanomalariga binoan vazirliklar va idoralarning tegishli hududiy boʻlinmalari tomonidan amalga oshiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Navoiy” EIZ direksiyasi” AJ “Navoiy” erkin iqtisodiy zonasi direksiyasi” DUKning huquqlari va majburiyatlari boʻyicha vorisi hisoblanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Navoiy” EIZ direksiyasi” AJning ustav kapitalida davlat nomidan aksiyadorlik funksiyasi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi tomonidan amalga oshiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Navoiy” EIZ hududida binolar qurish “Navoiy” EIZ direksiyasi” AJ tomonidan oʻz mablagʻlari va/yoki xususiy investorlar mablagʻlari hisobiga amalga oshirilishi mumkin hamda keyinchalik ushbu bino va inshootlar tadbirkorlik subyektlariga uzoq muddatli ijaraga yoki sotib olish uchun taqdim etiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Navoiy” EIZ direksiyasi” AJ oʻziga berilgan vakolatlar doirasida Navoiy viloyati hududida joylashgan davlat ixtiyoridagi koʻchmas mulk obyektlarini boshqaradi hamda Navoiy viloyati maxsus iqtisodiy zonalar va kichik sanoat zonalari maʼmuriy kengashi bilan kelishgan holda Navoiy viloyati hududida investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun umumiy maydoni 5000 metr kvadratdan koʻp boʻlmagan, foydalanilmayotgan davlat mulki obyektlarini (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 16-iyundagi “Davlat mulki obyektlarini sotish tartib-taomillarini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-3067-son qarorining 1 va 2-ilovalarida koʻrsatilgan obyektlardan tashqari) “Navoiy” EIZ ishtirokchilariga taqdim etadi;
(11-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 20-dekabrdagi PF-36-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.12.2021-y., 06/21/36/1175-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Navoiy” EIZ ishtirokchilari uchun barcha, shu jumladan litsenziyalash va ruxsatnomalar olish boʻyicha davlat xizmatlari “Navoiy” EIZ direksiyasi” AJ va/yoki Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan “yagona darcha” tamoyili asosida taqdim etiladi.
(11-bandning sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 20-apreldagi PF-113-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2022-y., 06/22/113/0330-son)
[OKOZ:
1.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.01.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi umumiy qoidalar / 10.01.07.00 Maxsus iqtisodiy zonalar]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Quyidagilar “Navoiy” EIZ direksiyasi” AJ faoliyatini moliyalashtirish manbalari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
EIZ ishtirokchilarini roʻyxatdan oʻtkazganlik uchun bir martalik toʻlovlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tasarrufida va boshqaruvida boʻlgan yer uchastkalari, binolar va inshootlarni ijaraga berishdan tushgan tushumlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Navoiy” EIZ direksiyasi” AJ tomonidan koʻrsatiladigan xizmatlar, shu jumladan marketing, konsalting, logistika, mehmonxona, taʼlim va kadrlar bilan bogʻliq xizmatlarni realizatsiya qilishdan tushgan tushumlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maqsadli budjet ajratmalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xorijiy va xalqaro tashkilotlarning grantlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jismoniy va yuridik shaxslarning xayriya mablagʻlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar.
[OKOZ:
1.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.01.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi umumiy qoidalar / 10.01.07.00 Maxsus iqtisodiy zonalar]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi “Navoiy” EIZ direksiyasi” AJ bilan birgalikda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) belgilangan tartibda “Navoiy” EIZ direksiyasi” AJning tuzilmasi tasdiqlanishi, taʼsis hujjatlari, emissiya risolasining roʻyxatdan oʻtkazilishi, shuningdek, uning organlari, shu jumladan yangi tashkil etilayotgan Eksportni qoʻllab-quvvatlash markazini inobatga olgan holda shakllantirilishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) ikki hafta muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi bilan birgalikda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Navoiy” EIZ hududida yangi korxonalarni joylashtirish boʻyicha “Navoiy” EIZ direksiyasi” AJ bilan ishtirokchilar oʻrtasida tuziladigan namunaviy investitsiya kelishuvi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Navoiy” EIZ direksiyasi” AJ tomonidan “Navoiy” EIZ ishtirokchilariga xizmatlar koʻrsatish boʻyicha namunaviy shartnoma ishlab chiqilishi va tasdiqlanishini taʼminlasin.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.01.00 Davlat dasturlari, konsepsiyalar va boshqalar]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. “Navoiy” EIZning ishlab chiqarish, muhandislik-kommunikatsiya va transport infratuzilmasini rivojlantirish boʻyicha chora-tadbirlar rejasi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
[OKOZ:
1.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.01.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi umumiy qoidalar / 10.01.07.00 Maxsus iqtisodiy zonalar]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda har yili Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirish davlat dasturlarini kelgusi yil uchun shakllantirishda “Navoiy” EIZning transport va muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirish uchun markazlashtirilgan moliyalashtirish manbalari hisobidan kapital qoʻyilmalar limitlarini nazarda tutsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Navoiy viloyati hokimligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi, Qurilish vazirligi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi bilan birgalikda 2019-yil 1-iyunga qadar investitsiya loyihalarini amalga oshirish maqsadida Navoiy viloyatidagi qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan foydalanilmayotgan yer uchastkalari, foydalanilmayotgan va boʻsh turgan davlat mulki obyektlarini xatlovdan oʻtkazsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi, Energetika vazirligi, Transport vazirligi va Moliya vazirligi bilan birgalikda 2019-yil 1-sentabrga qadar Navoiy viloyatidagi har bir tuman markazlari, yirik aholi punktlarining transport tizimi va muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasini yanada rivojlantirish boʻyicha chora-tadbirlar dasturini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) 2019 — 2021-yillarda Navoiy viloyatida innovatsion faoliyatni rivojlantirish dasturini ishlab chiqsin va tasdiqlash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) 2019–2020-yillarda Navoiy viloyati hududida amalga oshirilishi taklif etilayotgan innovatsion va yuqori texnologiyali loyihalar roʻyxatini ishlab chiqsin va tasdiqlash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” davlat korxonasi bilan birgalikda Navoiy viloyatida Innovatsion texnologiyalarni joriy etish markazi faoliyatini tashkil etish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin, quyidagilar ushbu markazning asosiy vazifalari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqaro darajada patentlash imkoniyatiga ega boʻlgan ilmiy hajmdor va ilgʻor texnologiyali ishlanmalarni yaratish, yangi innovatsion mahsulotlarning namunalarini modellashtirish, maketlashtirish, tayyorlashda ishtirok etish va zamonaviy laboratoriya uskunalaridan foydalangan holda ularni sinovdan oʻtkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuqori texnologiyali innovatsion ishlab chiqarishlarni tashkil qilish uchun yangi istiqbolli gʻoyalar va innovatsion ilmiy hajmdor ishlanmalarni shakllantirish hamda ilmiy faoliyat natijalarini ishlab chiqarishga tatbiq etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hududda innovatsion ekotizim, shu jumladan biznes akseleratorlar, startaplar va kichik innovatsion korxonalarni tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hamkorlikda ilmiy tadqiqotlarni bajarish uchun akademik, oliy taʼlim va tarmoq fanlari bilan samarali hamkorlikni taʼminlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Navoiy” EIZ direksiyasi” AJ buyurtmanomalariga binoan “Navoiy” EIZ ishtirokchilari boʻlgan korxonalarning xorijiy xodimlariga hamda ularning oila aʼzolariga kirish, shu jumladan koʻp martalik vizalarni konsullik va boshqa yigʻimlarni undirmasdan belgilangan tartibda rasmiylashtirishni taʼminlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatik vakolatxonalari bilan birgalikda salohiyatli xorijiy investorlarni jalb qilish uchun yaratilgan sharoitlar va imkoniyatlar, hududning va mavjud mineral-xom ashyo resurslar salohiyatini xalqaro ishbilarmon doiralarda doimiy ravishda keng yoritilishini (taqdimotini) taʼminlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi, “Dunyo” axborot agentligi va boshqa ommaviy axborot vositalari bilan birgalikda mazkur Farmonning mohiyati va maqsadlarini xorijiy hamkorlar va investorlarga yetkazish chora-tadbirlarini koʻrsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi “Navoiy” EIZ direksiyasi” AJning buyurtmanomalariga binoan “Navoiy” EIZ ishtirokchilari boʻlgan korxonalarning xorijiy xodimlariga hamda ularning oila aʼzolariga davlat bojini undirmasdan turgan joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazish va uning muddatini uzaytirishni taʼminlasin.
(19-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 9-iyundagi PF-109-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.06.2026-y., 06/26/109/0580-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Vazirlar Mahkamasi ikki hafta muddatda erkin iqtisodiy zonalar hududida loyihalarni shakllantirish va amalga oshirishning barcha jihatlarini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatning ishlab chiqilishini yakunlasin, unda quyidagilar nazarda tutilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
erkin iqtisodiy zonalarning ixtisoslashuvini, investitsiya loyihalarini tanlashning aniq mezonlarini belgilash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
investorlarni jalb qilish uchun erkin iqtisodiy zonalarni muhandislik-transport infratuzilmasi, ijtimoiy-maishiy va madaniy-jamoat obyektlari bilan taʼminlagan holda zarur sharoitlar yaratish mexanizmlarini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
erkin iqtisodiy zonalarni boshqarish tizimini, shu jumladan direksiyalar faoliyatini tashkil etishning yagona standartlarini belgilash, koʻrsatilayotgan xizmatlar roʻyxatini kengaytirish hamda erkin iqtisodiy zonalar direksiyalarini tadbirkorlik subyektlarining ishonchli boshqaruviga, shu jumladan xorijiy kompaniyalarga topshirish orqali takomillashtirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Adliya vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi “Navoiy” EIZ direksiyasi” AJ va boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda xorijiy ekspertlarni jalb qilgan holda ikki oy muddatda “Navoiy” EIZ” hududida ish yuritishda ingliz tilidan foydalanib, ingliz standartlari, tamoyillari va normalari asosida “Navoiy” EIZ” ishtirokchilari oʻrtasidagi munosabatlarni tartibga solishni nazarda tutuvchi alohida huquqiy rejim oʻrnatish boʻyicha takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi ikki oy muddatda Navoiy viloyatida sanoat, injiniring, texnologiyalar va IT dasturlashning ustuvor yoʻnalishlari boʻyicha yuqori malakali kadrlar tayyorlashga ixtisoslashtirilgan xorijiy oliy oʻquv yurti filialini tashkil qilish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki, “Oʻzsanoatqurilishbank” ATB va Oʻzbekiston Respublikasining boshqa tijorat banklari bilan birgalikda ikki oy muddatda “Navoiy” EIZ hududida amalga oshiriladigan investitsiya loyihalarini moliyalashtirish uchun xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlarining 1 mlrd AQSH dollaridan kam boʻlmagan hajmdagi kredit liniyalarini bosqichma-bosqich jalb qilish boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
[OKOZ:
1.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.02.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmon va qarorlari]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga 3-ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi bir oy muddatda qonun hujjatlariga mazkur Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari E.M. Gʻaniyev zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2019-yil 15-may,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PF-5719-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 15-maydagi PF-5719-son Farmoniga 1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Navoiy viloyati hududida innovatsion, yuqori texnologiyalarga asoslangan, eksportga yoʻnaltirilgan va import oʻrnini bosadigan ishlab chiqarishlar uchun erkin iqtisodiy zona tashkil etish boʻyicha komissiya
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tarkibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
E.M. Gʻaniyev
—
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri oʻrinbosari, Komissiya raisi
J.A. Qoʻchqorov
—
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri oʻrinbosari — moliya vaziri
K.B. Tursunov
—
Navoiy viloyati hokimi
S.X. Bekenov
—
Oʻzbekiston Respublikasi investitsiyalar va tashqi savdo vazirining birinchi oʻrinbosari
R.A. Gulyamov
—
Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va sanoat vazirining birinchi oʻrinbosari
D.Sh. Sultonov
—
Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining oʻrinbosari
M.M. Mirzayev
—
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari
A.D. Asamov
—
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari
U.M. Islomov
—
Navoiy viloyati hokimining investitsiyalar, innovatsiyalar, sanoatni, turizmni rivojlantirish va xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish masalalari boʻyicha oʻrinbosari, Komissiya kotibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh: Komissiya aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimlarga yangi tayinlangan yoki zimmasiga tegishli funksiyalarni bajarish yuklangan shaxslar kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 15-maydagi PF-5719-son Farmoniga 2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Navoiy” EIZning ishlab chiqarish, muhandislik-kommunikatsiya va transport infratuzilmasini rivojlantirish boʻyicha
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
CHORA-TADBIRLAR REJASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
T/r
Muhandislik-kommunikatsiya yoki ishlab chiqarish infratuzilmasi turi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-iyundagi “Navoiy” erkin iqtisodiy zonasi faoliyatini kengaytirish va Navoiy viloyatida kichik sanoat zonalarini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ–3774-son qaroriga muvofiq EIZ tarkibiga kiritilgan obyektlar
1.
Ichki muhandislik kommunikatsiyalari(ichimlik suvi)
8,5 km
1 500,0
2019-yil avgustgacha
Suv taʼminoti va kanalizatsiya tizimlarini rivojlantirish jamgʻarmasi
Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatishi vazirligi
2.
Ichki muhandislik kommunikatsiyalari(kanalizatsiya)
8,5 km
2 300,0
2019-yil avgustgacha
Suv taʼminoti va kanalizatsiya tizimlarini rivojlantirish jamgʻarmasi
Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatishi vazirligi
3.
Ichki muhandislik kommunikatsiyalari (tabiiy gaz)
3,7 km
2 330,0
2019-yil avgustgacha
Mahalliy budjet mablagʻlari
Energetika vazirligi
4.
Ichki muhandislik kommunikatsiyalari (elektr energiyasi)
6,8 km, 18 TP
20 130,0
2020-yil martgacha
Mahalliy budjet mablagʻlari
Energetika vazirligi
5.
Ichki avtoyoʻllar qoplamalarini taʼmirlash
4500 m.kv
1 125,0
2020-yil noyabrgacha
Mahalliy budjet mablagʻlari
Navoiy viloyati hokimligi
Karmana tumani hududida
1.
Ichki avtoyoʻllar qurish
17,5 km
35 000,0 gacha
2019-yil dekabrgacha
2019-yilga moʻljallangan Investitsiya dasturi doirasida
Navoiy viloyati hokimligi
Moddiy-texnik bazani mustahkamlash boʻyicha kompleks chora-tadbirlar
1.
Moddiy-texnik bazani mustahkamlash
3 000,0
2019-yil iyungacha
Mahalliy budjet mablagʻlari
Navoiy viloyati hokimligi
2.
IT-klaster uchun ishlab chiqarish binosini kapital taʼmirlash
5000 m.kv
1 500,0
2019-yil dekabrgacha
Oʻz mablagʻlariva mahalliy budjet mablagʻlari
“Navoiy” EIZ direksiyasi, Navoiy viloyati hokimligi
3.
Hududni koʻkalamzorlashtirish va obod qilish
170,0
2019-yil sentabrgacha
Mahalliy budjet mablagʻlari
Navoiy viloyati hokimligi
4.
“Navoiy” EIZ direksiyasi” AJ maʼmuriy binosini taʼmirlash
680,0
2019-yil iyungacha
Oʻz mablagʻlari
“Navoiy” EIZ direksiyasi
Jami xarajatlar:
67 735,0
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* Izoh: Loyihalarning yakuniy parametrlari loyihalarning loyiha-smeta hujjatlarini tasdiqlash va belgilangan tartibda tender savdolari oʻtkazish natijalari boʻyicha aniqlashtirilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 15-maydagi PF–5719-son Farmoniga 3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 26-oktabrdagi “Erkin iqtisodiy zonalar faoliyatini faollashtirish va kengaytirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-4853-son Farmonining 3-bandida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“boʻshab qoladigan mablagʻlarni yangi korxonalarni tashkil etish, shuningdek, mavjud ishlab chiqarishlarni modernizatsiyalash, rekonstruksiya qilish va texnik, texnologik qayta jihozlash, kengaytirish, ishlab chiqarish binolarini qurish, oʻz ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun zarur xom ashyo va materiallar xarid qilishga maqsadli yoʻnaltirgan holda oʻz ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun olib kiriladigan uskunalar, xom ashyo, materiallar hamda butlovchi buyumlarni, mahsulot eksport qilinganda vujudga keladigan qoʻshilgan qiymat soligʻining manfiy summasi qaytarilmasligi huquqi bilan bojxona toʻlovlaridan (bojxona rasmiylashtiruvi yigʻimlaridan tashqari)”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) toʻrtinchi xatboshidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan roʻyxatlar boʻyicha” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi huzuridagi “Loyihalar va import kontraktlarini kompleks ekspertiza qilish markazi” DUKning tovarlar roʻyxatini kompleks ekspertiza qilish natijalari boʻyicha ijobiy xulosasi boʻlgan taqdirda” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 21-dekabrdagi “Erkin iqtisodiy zonalar faoliyatini muvofiqlashtirish va boshqarish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” PF-5600-son Farmoni 1-bandi uchinchi xatboshi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.05.2019-y., 06/19/5719/3136-son; 19.06.2020-y., 06/20/6011/0780-son; 27.01.2021-y., 06/21/6146/0065-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.12.2021-y., 06/21/36/1175-son, 21.04.2022-y., 06/22/113/0330-son; 10.06.2026-y., 06/26/109/0580-son)