Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Baliq ovlash xoʻjaliklariga tabiiy suv havzalari uchastkalarini ajratish, baliqni sanoat yoʻli bilan ovlash, baliq ovlash xoʻjaliklarining tabiiy suv havzalaridan foydalanganligi uchun ijara toʻlovini hisoblash va undirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 2-sentabrdagi 441-sonli “Davlatga tegishli suv havzalarini tadbirkorlik subyektlariga “E-auksion” elektron savdo platformasi orqali ijaraga berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida ”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Tabiiy suv havzalarida mahsuldorlik oshirilishi evaziga baliq ovlash xoʻjaliklarining manfaatdorligini oshirish, baliq ovlash xoʻjaliklari uchun ijara toʻlovlarini maqbul tarzda belgilash zaruratini hisobga olgan holda, baliq ovlash xoʻjaliklariga berilgan tabiiy suv havzalaridan foydalanganlik uchun ijara toʻlovlarini hisoblash va undirish tartibini soddalashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 7-avgustdagi 593-son qarori bilan tasdiqlangan Baliq ovlash xoʻjaliklariga tabiiy suv havzalari uchastkalarini ajratish, baliqni sanoat yoʻli bilan ovlash, baliq ovlash xoʻjaliklarining tabiiy suv havzalaridan foydalanganligi uchun ijara toʻlovini hisoblash va undirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
3. Ushbu qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran uch oy oʻtgach kuchga kiradi.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari boʻyicha maslahatchisi A.D. Vaxabov hamda Oʻzbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi raisi B.T. Norqobilov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2019-yil 15-may,
403-son
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 15-maydagi 403-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Baliq ovlash xoʻjaliklariga tabiiy suv havzalari uchastkalarini ajratish, baliqni sanoat yoʻli bilan ovlash, baliq ovlash xoʻjaliklarining tabiiy suv havzalaridan foydalanganligi uchun ijara toʻlovini hisoblash va undirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. 45-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Ijaraga berilgan tabiiy suv havzasi uchastkalari boʻyicha ijara haqi miqdori quyidagi formula boʻyicha aniqlanadi:
Ih= H1 * Mu * Is, bunda:
Ih — ijara haqi;
H1 — bir gektarning oʻrtacha mahsuldorligi, kg (10 kg belgilangan oʻzgarmas koeffitsiyent);
Mu — suv havzasi uchastkasining umumiy maydoni, ga;
Is — mazkur Nizomga 2-ilovaga muvofiq amaldagi eng kam ish haqi miqdorining foiz stavkasi, soʻmda”.
2. Nizomga 2-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Baliq ovlash xoʻjaliklari tomonidan toʻlanadigan ijara haqi toʻlovini hisoblashda suv havzalari uchastkalari mahsuldorligiga bogʻliq holda qoʻllaniladigan stavkalar
MIQDORI
MIQDORI
|
Mahsuldorlik, |
Eng kam oylik ish haqi, foiz |
Ijara haqini hisoblash formulasi |
|
10 gacha |
100,0 |
(10 x 1 x 100 % EKIH/ 100) |
|
10,1 — 30 gacha |
90,0 |
(10 x 1 x 90 % EKIH/ 100) |
|
30,1 — 50 gacha |
80,0 |
(10 x 1 x 80 % EKIH/ 100) |
|
50,1 — 70 gacha |
70,0 |
(10 x 1 x 70 % EKIH/ 100) |
|
70,1 — 80 gacha |
60,0 |
(10 x 1 x 60 % EKIH/ 100) |
|
80,1 — 90 gacha |
50,0 |
(10 x 1 x 50 % EKIH/ 100) |
|
90,1 — 100 gacha |
40,0 |
(10 x 1 x 40 % EKIH/ 100) |
|
100,1 dan yuqori |
30,0 |
(10 x 1 x 30 % EKIH/ 100) |
Eslatma:
1) bir gektarning oʻrtacha mahsuldorligi, kg (10 kg belgilangan oʻzgarmas koeffitsiyent);
2) suv havzasi uchastkasining umumiy maydoni, ga;
3) 1 ga tabiiy suv havzaga qoʻllaniladigan eng kam ish haqi miqdorining foiz stavkasi;
4) eng kam oylik ish haqining (EKIH) bir baravari miqdorida.
Bunda: 1 ga tabiiy suv havzasiga eng yuqori 100 foizli stavka boʻyicha hisoblangan ijara haqi eng kam oylik ijara haqining 10 foiz miqdorida.
1) 10 x 1 x 100% x 202730 / 100 — 20 273 soʻm — 10 kg.
2) 10 x 1 x 90% x 202730 / 100 — 18 246 soʻm — 30 kg.
3) 10 x 1 x 80% x 202730 / 100 — 16 218 soʻm — 50 kg.
4) 10 x 1 x 70% x 202730 / 100 — 14 191 soʻm — 70 kg.
5) 10 x 1 x 60% x 202730 / 100 — 12 163 soʻm — 80 kg.
6) 10 x 1 x 50% x 202730 / 100 — 10 136 soʻm — 90 kg.
7) 10 x 1 x 40% x 202730 / 100 — 8 109 soʻm — 100 kg.
8) 10 x 1 x 30% x 202730 / 100 — 6 081soʻm — 100.1 kg. dan yuqori
1 ga suv havzaga eng past 30 foizli stavka boʻyicha hisoblangan ijara haqi — 6 081 soʻm.
(10 x 1 x 30% EKIH / 100) — 6 081
Izoh. Eng kam oylik ish haqi miqdori oʻzgarishi bilan birga ijara haqi summasining miqdori ham oʻzgaradi”.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.05.2019-y., 09/19/403/3134-son)