1-ILOVA
|
Chora-tadbirlar |
Muddatlar |
Masʼul vazirliklar, idoralar, boshqa tashkilotlar | |
|
I. Investitsiya loyihalari roʻyxatini budjet tizimining budjetlari hisobidan shakllantirish | |||
|
1-bosqich |
2020 — 2022-yillarda Oʻzbekiston Respublikasining Investitsiya dasturi (keyingi oʻrinlarda — Dastur) loyihasiga kiritish uchun investitsiya takliflarini taqdim etish shakllarining namuna va maketlarini ishlab chiqish va tashabbuskorlarga joʻnatish. |
2019-yil 20-maygacha |
Iqtisodiyot va sanoat vazirligi |
|
2-bosqich |
Sohani va hududlarni rivojlantirish konsepsiyalari va dasturlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining qabul qilingan qarorlarini hisobga olgan holda Iqtisodiyot va sanoat vazirligiga Dastur loyihasiga kiritish uchun asoslangan investitsiya takliflarini taqdim etish. |
2019-yil 1-iyungacha |
Vazirliklar va idoralar, |
|
3-bosqich |
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligiga Dastur loyihasiga kiritish uchun davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida amalga oshiriladigan investitsion takliflarni taqdim etish. |
2019-yil 1-iyungacha |
DXSH agentligi |
|
4-bosqich |
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligiga Dastur loyihasiga kiritish uchun boʻsh turgan davlat mulki obyektlaridan foydalanish boʻyicha investitsiya takliflarini taqdim etish. |
2019-yil 1-iyungacha |
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi |
|
5-bosqich |
Dastur loyihasiga kiritish uchun taqdim etiladigan quyidagilarni nazarda tutuvchi investitsiya loyihalarining dastlabki roʻyxatini shakllantirish: boshqalar tasarrufiga oʻtuvchi obyektlar boʻyicha xarajatlarni moliyalashtirish, tugallangan obyektlar boʻyicha kreditor qarzdorligini soʻndirish; yangidan boshlanadigan loyihalar, loyiha hujjatlari va oʻrnatilgan tartibda tasdiqlangan ularni moliyalashtirish manbalari; davlat-xususiy sheriklik shartlari asosidagi loyihalarni amalga oshirish imkoniyatlari va tegishli hududlardagi boʻsh turgan davlat mulki obyektlari mavjudligi imkoniyatidan kelib chiqib — markazlashtirilgan manbalar hisobidan moliyalashtiriladigan loyihalar boʻyicha investitsiya takliflarini baholash. Birinchi navbatda, muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasini (elektr, gaz, suv taʼminotini, kanalizatsiya, yoʻl va boshqa infratuzilmani) rivojlantirish va moliyaviy tahlilning umumqabul qilingan uslubidan foydalanish zarurligini hisobga olgan holda ularni amalga oshirishning maqsadga muvofiqligini baholash natijalariga koʻra Dastur loyihasiga kiritish uchun taqdim etiladigan investitsiya loyihalarini saralashni amalga oshirish. |
2019-yil 20-iyungacha |
Iqtisodiyot va sanoatvazirligi |
|
6-bosqich |
2020 — 2022-yillar uchun ajratiladigan budjet mablagʻlarini kelishish uchun investitsiya loyihalarining shakllantirilgan roʻyxatini Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga yuborish. |
2019-yil 20-iyungacha |
Iqtisodiyot va sanoatvazirligi |
|
7-bosqich |
Budjet mablagʻlari hisobidan ajratiladigan kapital qoʻyilmalar hajmini koʻrib chiqish va kelishish. |
2019-yil 25-iyungacha |
Moliya vazirligi, Iqtisodiyot va sanoatvazirligi |
|
8-bosqich |
Oʻrnatilgan tartibda loyiha tashabbuskorlari bilan kelishilgan, taklif etilayotgan loyihalar manbalari, quvvatlari va joylashtirilishi uygʻunlashtirilishini taʼminlashni hisobga olgan holda, budjet tizimining budjetlari hisobiga moliyalashtiriladigan investitsiya loyihalarining manzilli roʻyxati dasturi loyihasini yigʻma holga keltirish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va savdo vazirligiga kiritish. |
2019-yil 25-iyungacha |
Iqtisodiyot va sanoatvazirligi |
|
II. Investitsiya loyihalari roʻyxatini XMI/XHMT, Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi, toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalar va boshqa markazlashtirilmagan manbalar hisobidan shakllantirish | |||
|
1-bosqich |
Dastur loyihasiga kiritish uchun investitsiya takliflarini taqdim etish shakllari namunalari va maketlarini ishlab chiqish va tashabbuskorlarga yuborish. |
2019-yil 20-maygacha |
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi |
|
2-bosqich |
Sohalar va hududlarni rivojlantirish konsepsiyalari va dasturlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining qabul qilingan qarorlarini hisobga olgan holda Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligiga Dastur loyihasiga kiritish uchun investitsiya takliflarini taqdim etish. |
2019-yil 1-iyungacha |
Vazirliklar va idoralar, |
|
3-bosqich |
Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligiga Dastur loyihasiga kiritish uchun davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida amalga oshiriladigan investitsion takliflarni taqdim etish. |
2019-yil 1-iyungacha |
DXSH agentligi |
|
4-bosqich |
Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligiga Dastur loyihasiga kiritish uchun boʻsh turgan davlat mulki obyektlaridan foydalanish boʻyicha investitsiya takliflarini taqdim etish. |
2019-yil 1-iyungacha |
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi |
|
5-bosqich |
Dastur loyihasiga kiritish uchun taqdim etiladigan quyidagilarni nazarda tutuvchi investitsiya loyihalarining dastlabki roʻyxatini shakllantirish: boshqalar tasarrufiga oʻtuvchi obyektlar boʻyicha xarajatlarni moliyalashtirish, tugallangan obyektlar boʻyicha kreditor qarzdorligini soʻndirish, yakunlovchi bosqichdagi obyektlari; yangidan boshlanadigan loyihalar, loyiha hujjatlari va oʻrnatilgan tartibda tasdiqlangan moliyalashtirish manbalari; markazlashtirilmagan manbalar, XMI/XHMT va Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan moliyalashtirilayotgan loyihalar boʻyicha — loyiha hujjatlariga muvofiq, iqtisodiy samaradorligi, ustuvorligi va maqsadga muvofiqligidan kelib chiqqan holda investitsiyaviy takliflarni baholash. Birinchi navbatda, muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasini (elektr, gaz, suv taʼminotini, kanalizatsiya, yoʻl va boshqa infratuzilma) rivojlantirish va moliyaviy tahlilning umumqabul qilingan uslubidan foydalanish zarurligini hisobga olgan holda, ularni amalga oshirishning maqsadga muvofiqligini baholash natijalariga koʻra Dastur loyihasiga kiritish uchun taqdim etiladigan investitsiya loyihalarini saralashni amalga oshirish. |
2019-yil 20-iyungacha |
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, |
|
III. 2020 — 2022-yillarga moʻljallangan Dastur loyihasini shakllantirish va tasdiqlash | |||
|
1-bosqich |
Taqdim etilgan takliflarni umumlashtirish va Dastur loyihasiga kiritish uchun taklif qilingan investitsiya loyihalarining dastlabki roʻyxatini shakllantirish. |
2019-yil 1-avgustgacha |
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Moliya vazirligi |
|
2-bosqich |
Dastur loyihasiga kiritish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga investitsiya loyihalarining dastlabki roʻyxatini kiritish. |
2019-yil 1-avgustgacha |
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi |
|
3-bosqich |
Dastur loyihasiga kiritiladigan investitsiya loyihalarining dastlabki roʻyxatini kelishish. |
2019-yil 10-avgustgacha |
Vazirlar Mahkamasi |
|
4-bosqich |
Loyiha-smeta hujjatlarini oʻrnatilgan tartibda oʻz vaqtida ishlab chiqish va kelishishni taʼminlash, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi qurilish vazirligining ekspertiza organlariga (ijtimoiy obyektlar boʻyicha) keyinchalik quyidagilarga kiritish uchun taqdim etish: budjet tizimining budjetlari boʻyicha — Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligiga; XMI/XHMT va Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi mablagʻlari, toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalar va boshqa markazlashtirilmagan manbalar boʻyicha — Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligiga. |
2019-yil 20-noyabrgacha |
Vazirliklar va idoralar, loyihalar tashabbuskorlari |
|
5-bosqich |
Dastur loyihasini Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritish. |
2019-yil 25-noyabrgacha |
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi |
|
6-bosqich |
Dastur loyihasini Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritish. |
2019-yil 5-dekabrgacha |
Vazirlar Mahkamasi |
|
7-bosqich |
Dasturni tasdiqlash. |
2019-yil 15-dekabrgacha |
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi |
|
8-bosqich |
Tasdiqlangan Dasturning parametrlarini kelgusi yil uchun har yili aniqlashtirish. |
1-aprelgacha |
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, loyihalar tashabbuskorlari |
2-ILOVA
|
Chora-tadbirlar nomlanishi |
Amalga oshirish shakli |
Amalga oshirish muddati |
Masʼul ijrochilar | |
|
1. |
Oʻzbekiston Respublikasining Investitsiya dasturlarini shakllantirish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomni yangi tahrirda tasdiqlash, undashu jumladan quyidagilarni nazarda tutish. investitsiya dasturlarini ishlab chiqish, kelishish, kiritish va tasdiqlash masalalari; investitsiya loyihalarini ishlab chiqish boʻyicha loyihalar tashabbuskorlarining vakolatlari, muddatlari, masʼuliyatlari; investitsiya dasturlariga kiritish uchun investitsiya loyihalarini tanlab olish mezonlari; investitsiya loyihalarini koʻrib chiqish va kelishish mexanizmlari; vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlarning xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlari (keyingi oʻrinlarda — XMI/XHMT) bilan kelishilgan oʻzaro hamkorligi; avval investitsiya dasturlariga kiritilgan va yangidan amalga oshirilayotgan investitsiya loyihalarini moliyalashtirish tartibini takomillashtirish; tasdiqlangan investitsiya dasturlariga oʻzgartirishlar (tuzatishlar) kiritishning soddalashtirilgan tartibi; investitsiya dasturlarini koʻrib chiqishda ortiqcha maʼmuriy bosqichlarni chiqarib tashlash hamda moliyaviy xarajatlarni qisqartirish. |
Vazirlar Mahkamasining qarori |
2019-yil 1-iyunga qadar |
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (S. Umurzoqov), Iqtisodiyot va sanoat vazirligi (B. Xodjayev), Moliya vazirligi (D. Sultonov), manfaatdor vazirliklar va idoralar |
|
2. |
Qonun hujjatlariga quyidagilarni nazarda tutuvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish: oʻtkazish muddatlarini qisqartirishga yoʻnaltirilgan, oʻzgartirish va qoʻshimchalarni oʻz ichiga olgan xarid qilish tartib-taomillari jarayonlarini jadallashtirish; Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi tomonidan qayta eʼlon qilingan savdolarni kuzatib borish, asoslanmagan retenderlar oʻtkazishga yoʻl qoʻygan aybdor shaxslarga maʼmuriy choralar qoʻllash; xarid va baholash komissiyalari umumiy tarkibida ijro etuvchi agentlik vakillarining soni oshishiga yoʻl qoʻymaslik, shuningdek, XMI/XHMT ishtirokidagi loyihalar boʻyicha xarid tartib-taomillarini oʻtkazish jarayonida raqobatni cheklashga olib keladigan yoki olib kelishi mumkin boʻlgan holatlar yuzasidan qatʼiy nazorat oʻrnatish; savdolar ishtirokchilaridan hujjatlarni qabul qilishda asoslanmagan rad javoblarini berishga yoʻl qoʻymaslik va uni aniqlash, shuningdek, tanlov saralovi natijalari boʻyicha eʼlon qilingan gʻoliblarga shartnomalarni taqdim etish; loyihalarni amalga oshirish guruhlari faoliyati samaradorligini baholash mezonlarini, loyihalarni amalga oshirish guruhlari xodimlarini lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod etishning aniq tartibini oʻrnatish, ularning faoliyatiga talablarni belgilash; loyihalarni amalga oshirish guruhlari xodimlari malakasini oshirishning malaka talablari va tartibini joriy etish, malaka oshirish kurslarini muvaffaqiyatli tamomlaganligi toʻgʻrisida sertifikatlar berish. |
Qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish |
2019-yil 10-iyunga qadar |
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (S. Umurzoqov), Iqtisodiyot va sanoat vazirligi (B. Xodjayev), Moliya vazirligi (D. Sultonov), manfaatdor vazirliklar va idoralar |
|
3. |
Davlat qabul komissiyaga yozma bildirish xati yoʻllash orqali loyiha tashabbuskoriga qurilishi tugallangan obyektlardan belgilangan maqsadlarda foydalanishni amalga oshiruvchi huquqni taqdim etishni nazarda tutadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalarni qonun hujjatlariga kiritish. |
Qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish |
2019-yil 1-iyulga qadar |
Qurilish vazirligi (B. Zakirov), Davergeodezkadastr (A. Abdullayev), Iqtisodiyot va sanoat vazirligi |
|
4. |
Qonun hujjatlariga mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishida ortda qolayotgan, ayniqsa tuman va shaharlarda, yer uchastkalarini ajratish mexanizmlarini yanada soddalashtirishni nazarda tutuvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish. |
Qonun hujjatlariga oʻzgartirishva qoʻshimchalar kiritish |
2019-yil 1-iyulga qadar |
Davergeodezkadastr (A. Abdullayev), Qurilish vazirligi (B. Zakirov), Iqtisodiyot va sanoat vazirligi |
|
5. |
Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari balansida mavjud boʻlgan, mulk asosida munitsipal obligatsiyalarni chiqa�ish va aylanmaga kiritish huquqini Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga berishni nazarda tutuvchi munitsipal obligatsiyalarni chiqarish va muomalaga kiritish tartibini reglamentatsiya qilish. |
Qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish |
2019-yil 1-avgustga qadar |
Kapital bozorini rivojlantirish agentligi (A. Nazirov), Moliya vazirligi (D. Sultonov), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, manfaatdor vazirliklar va idoralar |
|
6. |
Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishda ortda qolayotgan tuman va shaharlarda investitsiya loyihalarini amalga oshirishda investorlarni yanada ragʻbatlantirishni nazarda tutadigan takliflarni tayyorlash va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritish. |
Qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish |
2019-yil 1-iyulga qadar |
Iqtisodiyot va sanoat vazirligi |
|
7. |
Iqtisodiyot, investitsiyalarni jalb qilish, eksport, tashqi iqtisodiy faoliyat sohasi boʻyicha hokim oʻrinbosarlarining funksional vazifalarini aniqlash, ularning vakolatlarini aniq chegaralashga alohida eʼtibor qaratgan holda mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatini takomillashtirish boʻyicha normativ-huquqiy hujjatlarning qabul qilinganligini hisobga olgan holda Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 27-apreldagi “Viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimliklari boshqaruv apparatlari toʻgʻrisidagi namunaviy nizomlarni tasdiqlash haqida”gi 123-son qarorini yangi tahrirda ishlab chiqish va qabul qilish. |
Vazirlar Mahkamasi qarori |
2019-yil 1-iyulga qadar |
Vazirlar Mahkamasi (A. Ramatov, |
|
8. |
Quyidagilar orqali Investitsiya portalini takomillashtirish: xorijiy tajribani hisobga olgan holda Investitsiya portali interfeysini yangilash; investorlarni onlayn-konsultatsiya qilish tizimini joriy etish; Investitsiya portali foydalanuvchilari uchun sharoitlar yaratish maqsadida interaktiv funksiyalarni joriy etish va faollashtirish; Investitsiya portalini boshqa vazirlik va idoralarning axborot tizimlari bilan integratsiya qilish; Investitsiya portalini, ayniqsa xorijdagi ommaviy axborot vositalarida ommalashtirish. |
Tashkiliy chora-tadbirlar |
2019-yil 1-iyunga qadar |
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (S. Umurzoqov), Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirlig (Sh. Sodiqov), manfaatdor vazirliklar va idoralar |
|
9. |
Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi hamda Iqtisodiyot va sanoat vazirligi tomonidan taqdim etilgan salohiyatli xorijiy investorlar uchun va xalqaro ishbilarmon doiralarida hududlarning tasdiqlangan loyiha takliflari hamda investitsiya pasportlarining doimiy asosda taqdimot qilib borilishini taʼminlash. |
Taqdimotlar va uchrashuvlar oʻtkazish jadvali |
Tasdiqlash — 2019-yil 25-mayga qadar Amalga oshirish — jadvalga muvofiq |
Tashqi ishlar vazirligi (A. Komilov), Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (S. Umurzoqov), Iqtisodiyot va sanoat vazirligi (B. Xodjayev) |
|
10. |
Loyihalarni amalga oshirish guruhlari xodimlari va investitsiya boʻlinmalari xodimlarini oʻqitish va malakasini oshirish boʻyicha loyiha sikli, XMI/XHMT ishtirokida amalga oshirilayotgan loyihalarni boshqarish va monitoring qilish, asosiy tamoyillar va tayanch hujjatlari, xorijiy konsultantlar bilan ishlash, tenderlar tashkil qilish, xaridlar, xorijiy standartlarga muvofiq buxgalteriya hisobini yuritish va moliya hisobotini tuzish boʻyicha oʻquv kurslarini tashkil qilish. |
Oʻquv kurslarini oʻtkazish jadvali |
Tasdiqlash — 2019-yil 1-iyulga qadar Amalga oshirish — jadvalga muvofiq |
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (S. Umurzoqov), Moliya vazirligi (D. Sultonov), Iqtisodiyot va sanoat vazirligi (B. Xodjayev), manfaatdor vazirliklar va idoralar |
|
11. |
Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizm�tlari portalid� 2020 — 2022-yillar uchun Oʻzbekiston Respublikasining Investitsiya dasturi loyihasiga kiritish uchun taklif etilayotgan Toshkent shahri boʻyicha investitsiya takliflarini jamoatchilik bilan eksperiment tartibida keng muhokama qilishni oʻtkazish. |
Tashkiliy chora-tadbirlar |
2019-yil 1-iyunga qadar |
Toshkent shahar hokimligi |
3-ILOVA
|
“ |
Infratuzilmaviy loyihalar tahlili guruhi |
”; |
tuzilmasi