O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat tibbiyot muassasalari va sog‘liqni saqlashni boshqarish organlari xodimlarini moddiy rag‘batlantirishni kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 7-noyabrdagi PQ-4007-son qarori)
Mazkur qaror O‘zbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-fevraldagi 80-sonli “Maxsus elektron tizim orqali ayrim faoliyat turlarini litsenziyalash tartibi to‘g‘risidagi yagona nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga asosan 2022-yil 1-martdan o‘z kuchini yo‘qotadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat tibbiyot muassasalari va sog‘liqni saqlashni boshqarish organlari xodimlarini moddiy rag‘batlantirishni kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 7-noyabrdagi PQ-4007-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda ular qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — moliya vaziri J.A. Qo‘chqorov va O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vaziri A.K. Shadmanov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2019-yil 13-may,
398-son
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 13-maydagi 398-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar
1. Vazirlar Mahkamasining “Farmatsevtika faoliyatini litsenziyalash tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 12-maydagi 284-son qarorida (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2017-y., 5-son, 71-modda):
a) 1-ilovaning 61-bandiga quyidagi mazmundagi xatboshi qo‘shilsin:
“murojaat shaklidan (elektron shaklda yoki o‘zi kelgan holda) qat’i nazar davlat boji summasining 20 foizi budjetdan tashqari Rivojlantirish va sog‘liqni saqlashni boshqarish organlari xodimlarini moddiy rag‘batlantirish jamg‘armasining hisob raqamlariga o‘tkaziladi”;
b) 4-ilovaning 44-bandiga quyidagi mazmundagi to‘rtinchi xatboshi qo‘shilsin:
“20 foizi murojaat qilish shaklidan (elektron shaklda yoki o‘zi kelgan holda) qat’i nazar — budjetdan tashqari Rivojlantirish va sog‘liqni saqlashni boshqarish organlari xodimlarini moddiy rag‘batlantirish jamg‘armasining hisob raqamlariga o‘tkaziladi”;
to‘rtinchi xatboshi beshinchi xatboshi deb hisoblansin.
2. Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 21-iyundagi 405-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2017-y., 6-son, 111-modda) bilan tasdiqlangan Tibbiy faoliyatni litsenziyalash tartibi to‘g‘risidagi Nizomning 41-bandida:
a) quyidagi mazmundagi to‘rtinchi xatboshi qo‘shilsin:
“20 foizi murojaat qilish shaklidan (elektron shaklda yoki o‘zi kelgan holda) qat’i nazar — budjetdan tashqari Rivojlantirish va sog‘liqni saqlashni boshqarish organlari xodimlarini moddiy rag‘batlantirish jamg‘armasining hisob raqamlariga o‘tkaziladi”;
b) to‘rtinchi xatboshi beshinchi xatboshi deb hisoblansin.
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 14.05.2019-y., 09/19/398/3124-son)