08.05.2019 yildagi 387-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuqori tezlikdagi temir yo‘l uchastkalarida harakat xavfsizligini ta’minlashga oid chora-tadbirlar amalga oshirilishini tashkil etish va muvofiqlashtirish, shuningdek, nazorat qilish bo‘yicha idoralararo komissiya to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Idoralararo kollegial organlarni tubdan qisqartirish va yanada optimallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 28-avgustdagi PF-5527-son Farmoniga muvofiq, shuningdek, yuqori tezlikdagi poyezdlar harakati xavfsizligi darajasini oshirishga, aloqador davlat boshqaruvi organlari, xo‘jalik yurituvchi subyektlar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va huquqni muhofaza qiluvchi organlarning yuqori tezlikdagi temir yo‘l uchastkalarida yuk va yo‘lovchilar tashish xavfsizligini ta’minlash tizimini takomillashtirishga oid masalalarni va vazifalarni hal etish doirasida kelishilgan va samarali o‘zaro hamkorligini ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlar ishlab chiqilishini muvofiqlashtirish va amalga oshirilishini nazorat qilish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. “Toshkent-Samarqand” temir yo‘l uchastkasida yuqori tezlikdagi poyezdlar harakati xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha Idoralararo komissiya yuqori tezlikdagi temir yo‘l uchastkalarida harakat xavfsizligini ta’minlashga oid chora-tadbirlar amalga oshirilishini tashkil etish va muvofiqlashtirish, shuningdek, nazorat qilish bo‘yicha idoralararo komissiya etib qayta tashkil etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Quyidagilar Idoralararo komissiyaning asosiy vazifalari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuqori tezlikdagi temir yo‘l uchastkalarida yuk va yo‘lovchilar tashish xavfsizligini ta’minlash sohasini davlat tomonidan tartibga solishni takomillashtirishga ko‘maklashish, poyezdlarning yuqori tezlikdagi harakatini tashkil etish sohasiga chetdan asossiz aralashishning oldini olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuqori tezlikdagi temir yo‘l uchastkalarida yuk va yo‘lovchilar tashish xavfsizligi darajasini oshirishga qaratilgan faoliyat yuzasidan manfaatdor vazirliklar va idoralar, temir yo‘l transporti korxonalari va boshqa tashkilotlar o‘rtasida samarali o‘zaro hamkorlikni, shu jumladan, axborot hamkorligini ta’minlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuqori tezlikdagi temir yo‘l uchastkalarida yuk va yo‘lovchilar tashish xavfsizligini ta’minlash chora-tadbirlari amalga oshirilishi monitoringini olib borish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuqori tezlikdagi temir yo‘l uchastkalarida harakat xavfsizligini ta’minlashga oid chora-tadbirlar amalga oshirilishini tashkil etish va muvofiqlashtirish, shuningdek, nazorat qilish bo‘yicha idoralararo komissiya to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuqori tezlikdagi temir yo‘l uchastkalarida harakat xavfsizligini ta’minlashga oid chora-tadbirlar amalga oshirilishini tashkil etish va muvofiqlashtirish, shuningdek, nazorat qilish bo‘yicha idoralararo komissiyaning tarkibi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ular qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari — transport vaziri A.J. Ramatov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2019-yil 8-may,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
387-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 8-maydagi 387-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuqori tezlikdagi temir yo‘l uchastkalarida harakat xavfsizligini ta’minlashga oid chora-tadbirlar amalga oshirilishini tashkil etish va muvofiqlashtirish, shuningdek, nazorat qilish bo‘yicha idoralararo komissiya to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Nizom yuqori tezlikdagi temir yo‘l uchastkalarida harakat xavfsizligini ta’minlashga oid chora-tadbirlar amalga oshirilishini tashkil etish va muvofiqlashtirish, shuningdek, nazorat qilish bo‘yicha idoralararo komissiyaning (keyingi o‘rinlarda Idoralararo komissiya deb ataladi) asosiy vazifalari, funksiyalari, huquqlari, javobgarligi, faoliyatini tashkil etish va hisobot berishi tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Idoralararo komissiya yuqori tezlikdagi poyezdlar harakati xavfsizligi darajasini oshirishga, aloqador davlat boshqaruvi organlari, xo‘jalik yurituvchi subyektlar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va huquqni muhofaza qiluvchi organlarning O‘zbekiston Respublikasining yuqori tezlikdagi temir yo‘l uchastkalarida (keyingi o‘rinlarda yuqori tezlikdagi temir yo‘l uchastkalari deb ataladi) yuk va yo‘lovchilar tashish xavfsizligini ta’minlash tizimini takomillashtirishga oid masalalar va vazifalarni hal etish doirasida kelishilgan va samarali o‘zaro hamkorligini ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlar ishlab chiqilishini muvofiqlashtirish va amalga oshirilishini nazorat qilish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi (keyingi o‘rinlarda Transport vazirligi deb ataladi) huzurida tashkil etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Idoralararo komissiya doimiy asosda faoliyat yuritgan holda Idoralararo komissiya tarkibiga kiritilgan tashkilotlarga yuqori tezlikdagi temir yo‘l uchastkalarida yuk va yo‘lovchilar tashish xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha ushbu tashkilotlarga yuklangan vazifalar va funksiyalarini amalga oshirishda ko‘maklashishga, shuningdek, idoralararo hamkorlikni samarali tashkil etish va muvofiqlashtirishni ta’minlashga da’vat etilgan maslahatlashuv organi hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Idoralararo komissiyani tashkil etish va tugatish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (keyingi o‘rinlarda Vazirlar Mahkamasi deb ataladi) tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Idoralararo komissiyaning tarkibi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Idoralararo komissiya o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, Transport vazirligining buyruqlari va qarorlariga, ushbu Nizomga, shuningdek, boshqa qonunchilik hujjatlariga amal qiladi.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Idoralararo komissiya o‘z ishini O‘zbekiston Respublikasi transport vaziri tomonidan har yili tasdiqlanadigan chora-tadbirlar rejasiga muvofiq amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Idoralararo komissiyaning asosiy vazifalari va funksiyalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Quyidagilar Idoralararo komissiyaning asosiy vazifalari hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuqori tezlikdagi temir yo‘l uchastkalarida yuk va yo‘lovchilar tashish xavfsizligini ta’minlash sohasini davlat tomonidan tartibga solishni takomillashtirishga ko‘maklashish, poyezdlarning yuqori tezlikdagi harakatini tashkil etish sohasiga chetdan asossiz aralashishning oldini olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuqori tezlikdagi temir yo‘l uchastkalarida yuk va yo‘lovchilar tashish xavfsizligi darajasini oshirishga qaratilgan faoliyat yuzasidan manfaatdor vazirliklar va idoralar, temir yo‘l transporti korxonalari va boshqa tashkilotlar o‘rtasida samarali o‘zaro hamkorlikni, shu jumladan, axborot hamkorligini ta’minlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuqori tezlikdagi temir yo‘l uchastkalarida yuk va yo‘lovchilar tashish xavfsizligini ta’minlash chora-tadbirlari amalga oshirilishi monitoringini olib borish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Idoralararo komissiya unga yuklangan vazifalarni bajarish maqsadida quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) yuqori tezlikdagi temir yo‘l uchastkalarida yuk va yo‘lovchilar tashish xavfsizligini ta’minlash sohasini davlat tomonidan tartibga solishni takomillashtirishga ko‘maklashish, poyezdlarning yuqori tezlikdagi harakatini tashkil etish sohasiga chetdan asossiz aralashishning oldini olish sohasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuqori tezlikdagi temir yo‘l uchastkalarida yuk va yo‘lovchilar tashish xavfsizligini ta’minlashning davlat tizimini takomillashtirish bo‘yicha takliflarni tayyorlaydi va ko‘rib chiqadi, shuningdek, uni takomillashtirish strategiyasi amalga oshirilishini tashkil etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuqori tezlikdagi temir yo‘l uchastkalarida yuk va yo‘lovchilar tashish xavfsizligiga xavf soluvchi qoidabuzariklarni o‘rganadi, aniqlaydi hamda ularning oldini olish va bartaraf etish choralarini ko‘radi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuqori tezlikdagi temir yo‘l uchastkalarida jamoat tartibini ta’minlashni nazorat qilish chora-tadbirlari amalga oshirilishini muvofiqlashtiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuqori tezlikdagi temir yo‘l uchastkalariga yaqin joylashgan aholi punktlari, o‘quv muassasalari va tashkilotlarda profilaktika va tushuntirish ishlari olib borilishini ta’minlash yuzasidan nazoratni amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) yuqori tezlikdagi temir yo‘l uchastkalarida yuk va yo‘lovchilar tashish xavfsizligi darajasini oshirishga qaratilgan faoliyat yuzasidan manfaatdor vazirliklar va idoralar, temir yo‘l transporti korxonalari va boshqa tashkilotlar o‘rtasida samarali o‘zaro hamkorlikni, shu jumladan, axborot hamkorligini ta’minlash sohasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuqori tezlikdagi temir yo‘l uchastkalarida yuk va yo‘lovchilar tashish xavfsizligi holatini tahlil qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
manfaatdor vazirliklar va idoralar hamda boshqa tashkilotlarning yuqori tezlikdagi temir yo‘l uchastkalarida yuk va yo‘lovchilar tashish xavfsizligini ta’minlash sohasidagi o‘zaro hamkorligini tashkil etish, muvofiqlashtirish va takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqadi;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonunchilikka muvofiq Idoralararo komissiyaning maqsadlariga erishish uchun zarur bo‘lgan hujjatlar va materiallarni vazirliklar, idoralar va tashkilotlardan belgilangan tartibda so‘raydi;
(9-bandning 2 kichik bandi to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vazirliklar va idoralar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va tashkilotlarning yuqori malakali mutaxassislarini, oliy ta’lim muassasalari va ilmiy-tadqiqot institutlarining professor-o‘qituvchilari tarkibini (ularning rahbarlari roziligi bilan) Idoralararo komissiya ishida ishtirok etish uchun belgilangan tartibda jalb etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuqori tezlikdagi temir yo‘l uchastkalarida yuk va yo‘lovchilar tashish xavfsizligini ta’minlash masalalari yuzasidan vazirliklar, idoralar va tashkilotlarning faoliyatini muvofiqlashtiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuqori tezlikdagi temir yo‘l uchastkasiga tutash hududlarni obodonlashtirish, ko‘kalamzorlashtirish va shaharsozlik me’yorlari talablariga muvofiqlashtirishga doir chora-tadbirlarning amalda bajarilishi yuzasidan nazoratni amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
odamlarning hayoti va salomatligini, temir yo‘l transporti infratuzilmasi va obyektlari butligini saqlash maqsadida yuqori tezlikdagi temir yo‘l uchastkalari hududida xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlarni amalga oshirish jarayoni va natijalari ommaviy axborot vositalarida muntazam yoritib borilishini tashkil etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) yuqori tezlikdagi temir yo‘l uchastkalarida yuk va yo‘lovchilar tashish xavfsizligini ta’minlash chora-tadbirlari amalga oshirilishi monitoringini olib borish sohasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Idoralararo komissiya faoliyati sohasiga oid masalalar bo‘yicha ishlab chiqilgan va tasdiqlangan chora-tadbirlar rejalarining ijrosi monitoringini olib boradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Idoralararo komissiya qarorlari amalga oshirilishi uchun o‘z vakolatlari doirasida monitoring olib boradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Idoralararo komissiya a’zolarining takliflari, tavsiyalari va mulohazalari qabul qilinishi va tizimlashtirilishini ta’minlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Idoralararo komissiyaning huquqlari va javobgarligi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Idoralararo komissiya yuklangan vazifalar va funksiyalarni amalga oshirish uchun quyidagi huquqlarga ega:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat boshqaruvi organlari, xo‘jalik yurituvchi subyektlar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, huquqni muhofaza qiluvchi organlardan Idoralararo komissiyaning vakolatlari doirasiga kiruvchi masalalar bo‘yicha axborotni belgilangan tartibda so‘rash va olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Idoralararo komissiya faoliyati sohasiga oid masalalar yuzasidan davlat boshqaruvi organlari, xo‘jalik yurituvchi subyektlar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatini muvofiqlashtirishni takomillashtirishga qaratilgan qarorlar qabul qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuqori tezlikdagi temir yo‘l uchastkalarida harakat xavfsizligini ta’minlash sohasida davlat boshqaruvi organlari, xo‘jalik yurituvchi subyektlar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan olib borilayotgan ishlarning holati va natijadorligini o‘rganish, shuningdek, ularning ushbu yo‘nalishdagi faoliyatini takomillashtirish yuzasidan tavsiyalar tayyorlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat boshqaruvi organlari, xo‘jalik yurituvchi subyektlar, mahalliy ijro hokimiyat organlari, huquqni muhofaza qiluvchi organlar rahbarlarining Idoralararo komissiya faoliyati sohasiga oid masalalar yuzasidan hisobotlari va ma’ruzalarini eshitish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Idoralararo komissiya faoliyati sohasiga oid masalalarni o‘rganish va takliflar tayyorlash uchun mutaxassislar va ilmiy xodimlarni jalb etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Idoralararo komissiyaning sayyor yig‘ilishlari paytida “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyatining xizmat va maxsus vagonlaridan cheklovlarsiz va to‘lovlarsiz foydalanish;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Idoralararo komissiya qonunchilikka muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
(10-bandning sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Idoralararo komissiyaning raisi komissiya faoliyati tashkil etilishi, unga yuklangan vazifalar va funksiyalar sifatli ijro etilishi, shuningdek, Idoralararo komissiya samarasiz faoliyat yuritgan taqdirda, uni tugatish bo‘yicha takliflar o‘z vaqtida kiritilishi uchun shaxsan javob beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Idoralararo komissiya a’zolari ushbu Nizomga muvofiq ularga yuklangan vazifalar va funksiyalarni sifatli va samarali bajarish, shuningdek, Idoralararo komissiya yig‘ilishlarida shaxsan ishtirok etish uchun javob beradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Idoralararo komissiya a’zosining uzrli sababga ko‘ra komissiya yig‘ilishida shaxsan ishtirok etishi imkoni bo‘lmaganda komissiya yig‘ilishida ishtirok etish uchun tegishli vazirlik yoki idoradan uning o‘rnini bosuvchi xodim (rahbar) yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Idoralararo komissiya faoliyatini tashkil etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Transport vazirining o‘rinbosari Idoralararo komissiyaning raisi hisoblanadi, uning vakolatiga quyidagilar kiradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Idoralararo komissiya faoliyatiga rahbarlik qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Idoralararo komissiya yig‘ilishi (sayyor yig‘ilishi)ni chaqirish to‘g‘risida qaror qabul qilish va ushbu yig‘ilish kun tartibini belgilash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Idoralararo komissiya faoliyatini nazorat qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Idoralararo komissiyaga yuklangan vazifalar va funksiyalar bajarilishi yuzasidan Idoralararo komissiya a’zolarining faoliyatini muvofiqlashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Idoralararo komissiya tomonidan qabul qilingan qarorlarni tasdiqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu Nizom talablarini bajarmayotgan Idoralararo komissiya a’zolariga nisbatan tegishli choralar ko‘rish masalalari yuzasidan tegishli takliflar kiritgan holda Idoralararo komissiya a’zolari tomonidan Komissiyaning bayonnomalari ijro etilishi monitoringini olib borish va nazorat qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Idoralararo komissiyaning samarali faoliyatini ta’minlashga oid boshqa funksiyalarni bajarish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Idoralararo komissiya raisining o‘rinbosarlari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Idoralararo komissiya yig‘ilishi (sayyor yig‘ilishi)ni chaqirishni tashkil etadilar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Idoralararo komissiya faoliyatining asosiy yo‘nalishlari yuzasidan takliflar tayyorlanishini tashkil etadilar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tasdiqlangan rejaga muvofiq chora-tadbirlar rejasi bajarilishi va Idoralararo komissiya a’zolari ishi ustidan nazorat qiladilar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat boshqaruvi organlari, xo‘jalik yurituvchi subyektlar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan birgalikda Idoralararo komissiya tomonidan qabul qilingan qarorlarning bajarilishini ta’minlaydilar, tegishli axborot va takliflarni Idoralararo komissiya raisiga kiritadilar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Idoralararo komissiya raisi bo‘lmaganda yoki uning topshirig‘i bo‘yicha Idoralararo komissiya yig‘ilishlariga raislik qiladilar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Idoralararo komissiyaning samarali ish olib borishini ta’minlash maqsadida boshqa funksiyalarni bajaradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Idoralararo komissiya a’zolari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Idoralararo komissiya yig‘ilishlarida (sayyor yig‘ilishlarida) ko‘rib chiqiladigan kun tartibidagi masalalar bo‘yicha muhokamada ishtirok etadilar va qarorlar qabul qilinishini ta’minlaydilar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuqori tezlikdagi temir yo‘l uchastkalarida yuk va yo‘lovchilar tashish xavfsizligini ta’minlash bilan bog‘liq bo‘lgan dolzarb masalalar yuzasidan Idoralararo komissiyaga takliflar kiritadilar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Idoralararo komissiya tomonidan ko‘rib chiqiladigan masalalar yuzasidan xulosalar tayyorlaydilar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Idoralararo komissiyaning bayonnoma qarorlari va qo‘yilgan vazifalarning ijrosi yakunlari to‘g‘risidagi hisobotni Idoralararo komissiya raisiga taqdim etadilar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Idoralararo komissiyaning samarali ish olib borishini ta’minlashga oid boshqa funksiyalarni bajaradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Idoralararo komissiyaning a’zolari yig‘ilish o‘tkazilishidan kamida ikki ish kuni oldin yig‘ilish (sayyor yig‘ilish) o‘tkazilish vaqti, joyi va kun tartibi to‘g‘risida xabardor qilinishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Yig‘ilish (sayyor yig‘ilish)ni Idoralararo komissiya raisi (rais yo‘qligida uning o‘rinbosari) olib boradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yig‘ilish (sayyor yig‘ilish) unda a’zolar tarkibining uchdan ikki qismi qatnashganda huquqiy kuchga ega bo‘ladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Idoralararo komissiya yig‘ilishlari (sayyor yig‘ilishlari) Idoralararo komissiyaning ish rejasiga muvofiq, biroq bir oyda kamida bir marta, shuningdek, komissiya vakolatiga tegishli bo‘lgan shoshilinch masalalarni ko‘rib chiqish zarurati yuzaga kelganda o‘tkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Idoralararo komissiya yig‘ilishlari (sayyor yig‘ilishlari) bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Idoralararo komissiyasi yig‘ilishlari (sayyor yig‘ilishlari)ga yig‘ilishda ko‘rib chiqilayotgan masalalardan kelib chiqqan holda Idoralararo komissiya tarkibiga kiritilmagan aloqador davlat boshqaruvi organlari, xo‘jalik yurituvchi subyektlar, mahalliy ijro hokimiyat organlari, huquqni muhofaza qiluvchi organlarning rahbarlari va mutaxassislari taklif etilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Idoralararo komissiyaning ishchi organi va kotibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Transport vazirligi huzuridagi Transport nazorati inspeksiyasi Idoralararo komissiyaning ishchi organi (keyingi o‘rinlarda Ishchi organ deb ataladi) hisoblanadi.
(20-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 15-dekabrdagi 668-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 18.12.2023-y., 09/23/668/0945-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Idoralararo komissiyaning raisi tomonidan tayinlanadigan komissiya kotibi Idoralararo komissiyaning ishini yuritadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Idoralararo komissiyaning Ishchi organi va kotibi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Idoralararo komissiya faoliyatining tashkiliy-texnik ta’minotini amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ish rejasining loyihasini tayyorlaydi, uni Idoralararo komissiya muhokamasiga kiritadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Idoralararo komissiya yig‘ilishi (sayyor yig‘ilishi)da ko‘rib chiqish uchun materiallar o‘z vaqtida tayyorlanishini ta’minlaydi, uning ishi o‘z vaqtida va sifatli bajarilishi uchun zarur bo‘lgan axborot va materiallarni aloqador davlat boshqaruvi organlari, xo‘jalik yurituvchi subyektlar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, huquqni muhofaza qiluvchi organlardan so‘raydi va oladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Idoralararo komissiya yig‘ilishi (sayyor yig‘ilishi)ning kun tartibidagi masalalar bo‘yicha tahliliy materiallarni tayyorlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuqori tezlikdagi temir yo‘l uchastkalarida yuk va yo‘lovchilar tashish xavfsizligini ta’minlash masalalari bo‘yicha Idoralararo komissiyaga yuridik va jismoniy shaxslardan tushgan murojaatlarni umumlashtiradi va Idoralararo komissiyaning vakolatiga kiradigan masalalar yuzasidan uning qarorlari loyihalarini tayyorlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Idoralararo komissiya faoliyati sohasiga oid tasdiqlangan chora-tadbirlar rejalari ijrosi monitoringini olib boradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Idoralararo komissiya a’zolarining takliflari, shuningdek, mulohazalarini qabul qiladi va tizimlashtiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Idoralararo komissiya yig‘ilishi (sayyor yig‘ilishi) uchun zarur hujjatlar o‘z vaqtida tayyorlanishini ta’minlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Idoralararo komissiya raisi bilan yig‘ilish (sayyor yig‘ilish) o‘tkazish muddati va joyini, shuningdek, taklif etilganlar ro‘yxatini kelishadi, Idoralararo komissiya a’zolarini va taklif etilgan shaxslarni yig‘ilish (sayyor yig‘ilish) sanasi, vaqti va o‘tkaziladigan joyi haqida xabardor qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Idoralararo komissiya yig‘ilishi bayonnomalarini rasmiylashtiradi va tasdiqlangan bayonnomalar nusxalari Idoralararo komissiya a’zolari, aloqador davlat boshqaruvi organlari, xo‘jalik yurituvchi subyektlar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborilishini ta’minlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Idoralararo komissiya qarorlari ijrosi monitoringini olib boradi va uning yakunlarini Idoralararo komissiya yig‘ilishi (sayyor yig‘ilishi)da ko‘rib chiqish uchun kiritadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Idoralararo komissiyaning qarorlariga hamda Idoralararo komissiya raisi va uning o‘rinbosarlarining topshiriqlariga muvofiq boshqa funksiyalarni bajaradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-bob. Idoralararo komissiya qarorlarini qabul qilish va ularning bajarilishini ta’minlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Idoralararo komissiya qarorlari Idoralararo komissiyaning yig‘ilishda (sayyor yig‘ilishda) ishtirok etayotgan a’zolarining oddiy ko‘pchilik ovozi bilan qabul qilinadi. Ovozlar teng bo‘lganida Idoralararo komissiya raisining ovozi hal qiluvchi ovoz hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Idoralararo komissiyasining har bir a’zosi qabul qilinayotgan qaror yuzasidan o‘z fikrini yozma ravishda bildirishga haqlidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Qarorlarni tezkor qabul qilish maqsadida Idoralararo komissiya raisi Idoralararo komissiya vakolatiga kiradigan alohida masalalar yuzasidan ularni Idoralararo komissiya a’zolari bilan so‘rovnoma o‘tkazish orqali qaror qabul qilish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Idoralararo komissiya yig‘ilishi (sayyor yig‘ilishi)da qabul qilingan qarorlar bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi va ushbu bayonnoma Idoralararo komissiya raisi tomonidan tasdiqlanadi va bir hafta muddatda Idoralararo komissiya a’zolari, davlat boshqaruvi organlari, xo‘jalik yurituvchi subyektlar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Idoralararo komissiya qarorlari bajarilishini nazorat qilish Idoralararo komissiyaning ishchi organi tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Har bir yig‘ilish (sayyor yig‘ilish) yakunlari bo‘yicha Idoralararo komissiya transport vaziriga amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida axborot taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-bob. Yakunlovchi qoida
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilikka muvofiq javob beradilar.
(27-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 8-maydagi 387-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuqori tezlikdagi temir yo‘l uchastkalarida harakat xavfsizligini ta’minlashga oid chora-tadbirlar amalga oshirilishini tashkil etish va muvofiqlashtirish, shuningdek, nazorat qilish bo‘yicha Idoralararo komissiyasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TARKIBI
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

1.

lavozimi bo‘yicha

O‘zbekiston Respublikasi transport vazirining o‘rinbosari, komissiya rahbari

2.

 Karimov J.A.

O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Transport nazorati inspeksiyasi boshlig‘i, komissiya rahbarining o‘rinbosari

3.

Kamalov A.S.

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ boshqaruvi raisining o‘rinbosari, komissiya rahbarining o‘rinbosari

3.

kelishuv bo‘yicha

O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati xodimi

4.

Muhammedov G.B.

O‘zbekiston Respublikasi transport prokurorining o‘rinbosari

5.

Jo‘rayev M.U

O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining o‘rinbosari

6.

Irisbayev E.X.

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari

7.

Mo‘minov A.A.

O‘zbekiston Respublikasi favqulodda vaziyatlar vazirining o‘rinbosari

8.

To‘laganov K.N.

O‘zbekiston Respublikasi qurilish vazirining o‘rinbosari

9.

Lavozimi bo‘yicha

O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi raisi

10.

Ro‘ziboyev B.K.

O‘zbekiston Respublikasi suv xo‘jaligi vazirining birinchi o‘rinbosari

11.

O‘tayev U.Ch.

O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi raisining o‘rinbosari

12.

Habibullayev Sh.X.

O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi raisining o‘rinbosari

13.

Adilov O.Ch.

O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi raisining o‘rinbosari — bosh muhandis

14.

lavozimi bo‘yicha

“O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ boshqaruvi raisining birinchi o‘rinbosari

15.

Musayev B.P.

“O‘ztransgaz” AJ boshqaruvi raisining o‘rinbosari

16.

lavozimi bo‘yicha

tegishli viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xo‘jaliklar bo‘yicha o‘rinbosarlari — tegishli hududga aloqador masalalar qismi bo‘yicha

17.

To‘laganov Sh.T.

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ yuqori tezlikli harakat boshqarmasi boshlig‘i

18.

lavozimi bo‘yicha

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ texnik va texnologik nazorat boshqarmasi boshlig‘i

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izohlar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Idoralararo komissiya a’zolari boshqa ishga o‘tgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimlarga yangidan tayinlangan yoki zimmasiga tegishli funksiyalarni bajarish yuklangan shaxslar kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Zarurat bo‘lganida Idoralararo komissiya ishiga manfaatdor davlat boshqaruvi organlari, xo‘jalik yurituvchi subyektlar va boshqa tashkilotlarning mutaxassislari jalb etiladi.
(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 29-yanvardagi 48-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.01.2025-y., 09/25/48/0093-son)
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 10.05.2019-y., 09/19/387/3122-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 20.11.2021-y., 09/21/694/1075-son, 09/22/153/0266-son; 18.12.2023-y., 09/23/668/0945-son; 30.01.2025-y., 09/25/48/0093-son)