Namangan shahri aholisi va xo‘jalik yurituvchi subyektlarini sifatli ichimlik suv bilan ta’minlashni yanada yaxshilash, shuningdek, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki bilan hamkorlikni kengaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
a) Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (keyingi o‘rinlarda YETTB deb ataladi) bilan O‘zbekiston Respublikasi o‘rtasida 2018-yil 8-oktabrda “Namangan viloyatida suv ta’minoti va kanalizatsiya tizimlarini modernizatsiya qilish” loyihasini (keyingi o‘rinlarda loyiha deb ataladi) amalga oshirish uchun 4 yillik imtiyozli davrni o‘z ichiga olgan 15 yil mobaynida qaytarish muddati bilan 60,0 mln AQSh dollari miqdorida qarz berish to‘g‘risida qarz bitimi imzolanganligi;
loyihani amalga oshirishda O‘zbekiston Respublikasining hissasi — soliq va bojxona imtiyozlari berish, YETTB krediti bo‘yicha foizlar va investitsiya davrida majburiyatlar bo‘yicha vositachilik haqi to‘lash tarzida — 14,61 mln AQSh dollariga teng ekanligi;
v) loyihani amalga oshirish davri 4 yilni (2019 — 2022-yillar) tashkil etishi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
“Namangan viloyatida suv ta’minoti va kanalizatsiya tizimlarini modernizatsiya qilish” loyihasining texnik-iqtisodiy asoslanishining asosiy texnik-iqtisodiy parametrlari 1-ilovaga* muvofiq;
“Namangan viloyatida suv ta’minoti va kanalizatsiya tizimlarini modernizatsiya qilish” loyihasi bo‘yicha Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki qarzini qaytarish va foizlarni to‘lashning prognoz jadvali 2-ilovaga* muvofiq;
“Namangan viloyatida suv ta’minoti va kanalizatsiya tizimlarini modernizatsiya qilish” loyihasi bo‘yicha Yevropa tiklanish va taraqqiyot bankining qarziga xizmat ko‘rsatish xarajatlarini qoplash yuzasidan ulushlarni taqsimlash prognozi 3-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
* 1 — 3-ilovalar rus tilidagi matnda berilgan.
Oldingi tahrirga qarang.
“O‘zsuvta’minot” aksiyadorlik jamiyati (keyingi o‘rinlarda “O‘zsuvta’minot” AJ deb ataladi) loyiha amalga oshirilishi, YETTBning qarz mablag‘laridan maqsadli va samarali foydalanish uchun mas’ul bo‘lgan ijro etuvchi agentlik hisoblanadi;
(3-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 29-dekabrdagi 786-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.12.2021-y., 09/21/786/1216-son)
qarz umumiy summasining 1 foizi miqdorida YETTB qarzining biryo‘la vositachilik haqini to‘lash YETTBning qarz mablag‘lari hisobiga amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
4. O‘zbekiston Respublikasi moliya vaziriga YETTB qarzini O‘zbekiston Respublikasi, “O‘zsuvta’minot” AJ, “Namangan suv ta’minoti” MChJ va Namangan viloyati hokimligi o‘rtasida qayta kreditlash to‘g‘risidagi bitimni imzolash vakolati berilsin.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 29-dekabrdagi 786-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.12.2021-y., 09/21/786/1216-son)
Oldingi tahrirga qarang.
5. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi O‘zbekiston Respublikasi va YETTB o‘rtasidagi qarz bitimi hamda YETTB qarzini O‘zbekiston Respublikasi va “O‘zsuvta’minot” AJ, “Namangan suv ta’minoti” MChJ va Namangan viloyati hokimligi o‘rtasida qayta kreditlash to‘g‘risidagi bitim bo‘yicha belgilangan tartibda yuridik xulosa bersin.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 29-dekabrdagi 786-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.12.2021-y., 09/21/786/1216-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(6-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 29-dekabrdagi 786-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.12.2021-y., 09/21/786/1216-son)
loyihaning tasdiqlangan texnik-iqtisodiy asoslanishi asosiy texnik-iqtisodiy parametrlariga muvofiq loyiha o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirilishini ta’minlaydigan tashkiliy-texnik tadbirlar amalga oshirilishi;
Oldingi tahrirga qarang.
ETTB qarzini qayta kreditlash to‘g‘risidagi bitimga muvofiq YETTB qarzini qaytarish va u bo‘yicha foizlarni to‘lash uchun zarur bo‘lgan mablag‘lar “Namangan suv ta’minoti” MChJ tomonidan o‘z vaqtida jamlanib borilishini ta’minlash uchun shaxsiy javobgarlik yuklansin.
(6-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 29-dekabrdagi 786-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.12.2021-y., 09/21/786/1216-son)
suv quvurlari inshootlari va tarmoqlarini qurish uchun zarur bo‘lgan yer uchastkalari belgilangan tartibda ajratilishini ta’minlasin;
Oldingi tahrirga qarang.
2020-yildan boshlab Namangan viloyati mahalliy budjeti parametrlarida YETTBning qarzi bo‘yicha foizlarni to‘lashga, asosiy qarzni qaytarishga “Namangan suv ta’minoti” MChJning ushbu maqsadlarga yo‘naltiriladigan o‘z mablag‘lariga qo‘shimcha ravishda mablag‘larni nazarda tutsin.
(7-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 29-dekabrdagi 786-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.12.2021-y., 09/21/786/1216-son)
8. O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Moliya vazirligi loyiha 2020-yil va keyingi yillar uchun mo‘ljallangan O‘zbekiston Respublikasi Investitsiya dasturlariga belgilangan tartibda kiritilishini ta’minlasin.
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari — transport vaziri A.J. Ramatov, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining investitsiyalar va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari E.M. G‘aniyev va O‘zbekiston Respublikasi uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vaziri M.X. Saliyev zimmasiga yuklansin.