Hujjat kuchini yo‘qotgan 11.03.1994 30.04.1992 yildagi 220-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 11.03.1994
Hujjat 30.04.1992 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTI HUZURIDAGI VAZIRLAR MAHKAMASINING
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASIGA MAHSULOT KELTIRISh VA UNI RESPUBLIKADAN ChETGA ChIQARISh BOʻYIChA VAZIRLAR MAHKAMASI ILGARI QABUL QILGAN QARORLARNING QANDAY BAJARILAYOTGANLIGI HAMDA BU IShDA ZARUR TARTIB OʻRNATISh ChORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
 LexUZ sharhi
Ushbu qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 11-martdagi 129-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining tovar-moddiy boyliklarni keltirish va olib ketish masalalari boʻyicha qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida” qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasi tomonidan respublika manfaatlarini himoya qilish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasidan chetga mahsulot chiqarishni tartibga soluvchi bir qator qarorlar qabul qilindi. Biroq kvotalash va litsenziya berish toʻgʻrisida tasdiqlangan nizom mavjud emasligi sababli joylarda mahsulotlarni chetga chiqarish boʻyicha belgilangan tartibning buzilishiga yoʻl qoʻyilmoqda, chetga mahsulot chiqarishni nazorat qiluvchi inspeksiyalar tomonidan mahsulotlarni zarur tartibda rasmiylashtirmasdan olib chiqib ketishga urinishga doir koʻplab faktlar aniqlanmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ayirboshlash operatsiyalari boʻyicha chetga mahsulot chiqarishda jiddiy qoida buzish hollari mavjud. Vazirliklar, idoralar, konsernlar, uyushmalar, birlashmalar va korxonalarning rahbarlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari barter boʻyicha mahsulot yetkazib berishlar yuzasidan shartnomalarning bajarilishini nazorat qilmayaptilar, natijada mahsulotlarning boshqa mintaqalarga joʻnatilishiga yoʻl qoʻyilmoqda, respublikaga ayirboshlash yoʻli bilan shartlashilgan mahsulotlarni keltirish esa qoniqarsiz amalga oshirilyapti.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan respublikaning 209 korxona va tashkilotlarini tanlab tekshirish natijasida 473 ta shartnoma boʻyicha respublikadan chetga 165,8 million soʻmlik mahsulot olib chiqib ketilganligi, buning evaziga respublikaga atigi 87,2 million soʻmlik tovar keltirilganligi aniqlandi. Fargʻona, Jizzax, Andijon, Qashqadaryo, Namangan va Surxondaryo viloyatlarida ayirboshlash shartnomalari boʻyicha mahsulotlar toʻliq olinmagan. Barter shartnomalari va bitimlari tuzishda mansabdor shaxslarning gʻarazli xatti-harakatlariga doir faktlar aniqlandi, ular ustidan jinoiy ish qoʻzgʻatilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasiga mahsulot keltirish va uni respublikadan chetga chiqarish ishida zarur tartib oʻrnatish, davlat ehtiyojlari uchun mahsulot yetkazib berishni taʼminlash va aholini ijtimoiy himoya qilish, Hamdoʻstlik davlatlari Davlat Boshliqlari va Hukumatlari Boshliqlarining 1992-yil 14-fevraldagi Bitimining 5-moddasiga muvofiq hukumatlararo savdo-iqtisodiy shartnomalarni bajarish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Belgilab qoʻyilsinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishlab chiqarish-texnika maqsadlaridagi mahsulotlarni, shu jumladan, qishloq xoʻjaligi mahsulotlari va xalq isteʼmoli mollarini davlat ehtiyojlari hajmlari va turlari boʻyicha yetkazib berish hamda mulkchilik va xoʻjalik yuritish shaklidan qatʼi nazar, ham ishlab chiqaruvchi, ham tayyorlovchi korxonalar, muassasalar va tashkilotlar, savdo-vositachi tashkilotlar, tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanuvchi fuqarolar tomonidan hukumatlararo shartnomalarning (kvotalangan mahsulot) bajarilishi kvotalar va litsenziyalar asosida amalga oshiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
koʻrsatib oʻtilgan mahsulotlarni yetkazib berishga kvotalar Oʻzbekiston Respublikasi shartnomalar va savdo boʻyicha davlat-aksionerlik uyushmasi (“Oʻzshartnomasavdo”) tomonidan beriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kvotalangan mahsulotlarni va chetga chiqarilishi Oʻzbekiston Hukumati tomonidan cheklab qoʻyilgan mahsulotlarni respublikadan chetga chiqarish uchun litsenziyalar “Oʻzshartnomasavdo” yoki uning topshirigʻiga koʻra, unga qarashli tashkilotlar tomonidan, shuningdek, boshqaruv organlari tomonidan, “Oʻzshartnomasavdo” bilan kelishilgan nomenklatura boʻyicha, 1-ilovaga muvofiq beriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahsulotlarni eksportga chiqarish Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligining litsenziyalari boʻyicha amalga oshiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birja bitishuvlari va savdo-vositachilik operatsiyalari boʻyicha mahsulotlarni olib chiqib ketish sotuvchilar tomonidan, tegishli organlardan olingan litsenziyalar boʻyicha, amalga oshiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bevosita shartnomalar va kooperatsiya boʻyicha yetkazib beriladigan qolgan barcha mahsulotlar, shuningdek, korxonalarda chet el investitsiyasi bilan tayyorlanadigan mahsulotlar respublikadan chetga tegishli shartnomalar mavjud boʻlgan taqdirda litsenziyasiz chiqariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasiga ishlab chiqarish-texnika maqsadidagi mahsulotlar va xalq isteʼmoli mollari yetkazib berishni kvotalash va litsenziyalash toʻgʻrisida ilova qilinayotgan Nizom tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. “Oʻzshartnomasavdo”, kvotalangan mahsulotlarni respublikadan chetga chiqarishga litsenziya berishga vakil qilingan boshqaruv organlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyat hokimliklari, Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Bojxona qoʻmitasi, “Oʻzbekiston havo yoʻllari” milliy aviakompaniyasi”, Oʻrta Osiyo temir yoʻllar boshqarmasi mahsulotlarni chetga chiqarishning belgilangan tartibiga rioya etilishini qattiq nazorat qilishni taʼminlasinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat matbuot qoʻmitasi “Oʻzshartnomasavdo” buyurtmasi boʻyicha zarur miqdorda litsenziya ish qogʻozlarini tayyorlashni taʼminlasin. “Oʻzshartnomasavdo” mahsulot yetkazib berish uchun litsenziya berishga ruxsat etilgan respublika boshqaruv organlarini koʻrsatib oʻtilgan ish qogʻozlari bilan taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Avtomobil transporti vazirligi, Oʻrta Osiyo temir yoʻllar boshqarmasi, “Oʻzbekiston havo yoʻllari” milliy aviakompaniyasi, xalq xoʻjaligi yuklarini tashishni amalga oshiruvchi respublika vazirliklari va idoralari litsenziyalar mavjud boʻlmagan taqdirda kvotalangan mahsulotlarni respublikadan chetga chiqarish uchun transport vositalari berilishiga yoʻl qoʻymasinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Respublikasi shartnomalar va savdo boʻyicha davlat-aksionerlik uyushmasi bir hafta muddat ichida Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi tovar-moddiy boyliklarni chetga chiqarilishini nazorat qiluvchi Davlat inspeksiyasiga kvotalangan mahsulotlar roʻyxatini yetkazsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Chetga chiqarish uchun Vazirlar Mahkamasi komissiyasi tomonidan litsenziyalar beriladigan mahsulotlar roʻyxati tasdiqlansin (2-ilova).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, respublika viloyatlari va Toshkent shahar hokimliklari, vazirliklar, idoralar, konsernlar, uyushmalar, birlashmalar va korxonalar rahbarlari davlat ehtiyojlari uchun topshiriq boʻyicha mahsulot yetkazib berishning korxonalar tomonidan bajarilishi, ayirboshlash operatsiyalarining samaradorligi va barter shartnomalari boʻyicha mahsulotlar keltirilishi ustidan qattiq nazorat oʻrnatsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Barter shartnomalariga muvofiq olib kelinadigan mahsulotlar boʻyicha materiallar har oyda umumlashtirib borilsin va ular tegishli komissiyalarda koʻrib chiqilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi barter shartnomalari boʻyicha oʻzaro mahsulot yetkazib berishning korxonalar va tashkilotlar tomonidan bajarilishini muntazam tekshirishni amalga oshirsin hamda natijalarni Vazirlar Mahkamasiga maʼlum qilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Vazirlar Mahkamasining 1990-yil 23-maydagi 223-son qarori, Vazirlar Mahkamasining 1991-yil 6-martdagi 59-son qarorining 7-bandi, Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 21-yanvardagi 23-son qarorining 7, 10, 11, 12-bandlari, Vazirlar Mahkamasining 1991-yil 28-noyabrdagi 252-son farmoyishi, Vazirlar Mahkamasining 1991-yil 30-maydagi 19/110-84-son va 1992-yil 16-yanvardagi 18-11-5-son topshiriqlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. MUTALOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1992-yil 30-aprel,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
220-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining
1992-yil 30-apreldagi 220-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mahsulotlarni respublikadan chetga chiqarish uchun litsenziya berishga vakolatli boshqaruv organlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ROʻYXATI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Boshqaruv organlarining nomi

Litsenziya beriladigan mahsulotlar turi

Boshqaruv organlarining nomi Davlat ehtiyojlari va hukumatlararo bitimlarni bajarish uchun hajmlar va nomenklaturadagi mahsulot (kvotalangan mahsulot)

Bulardan tashqari “Oʻzshartnomasavdo” bilan kelishuv boʻyicha

Savdo vazirligi
‎Oʻzbekbirlashuv
Oziq-ovqat va nooziq-ovqat xalq isteʼmoli mollari
Neft mahsulotlari bilan taʼminlash davlat qoʻmitasi Neft mahsulotlari
“Oʻzoziqovqatsanoat” konserni Oziq-ovqat sanoati uchun xomashyo
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi kompleksini moddiy-texnikaviy taʼminlash va texnikani tuzatish davlat-kooperativ qoʻmitasi Qishloq xoʻjaligi mashinalari ularga ehtiyot qismlar va qoʻmita korxonalarida ishlab chiqariladigan mahsulotlar
Qishloq xoʻjaligi vazirligi “Uzsortsemovoshch”, “Uzzoovetsnab” ishlab chiqarish birlashmalarining mahsulotlari
“Oʻztibbiyottexnika” Respublika ishlab chiqarish birlashmasi Tibbiyot texnikasi va apparatlari
“Farmatsiya” Respublika ishlab chiqarish birlashmasi Dori-darmon vositalari
Davlat matbuot qoʻmitasi Poligrafiya asbob-uskunalari va ular uchun ehtiyot qismlar
Oʻzbekiston Meva-sabzavot va uzumchilik sanoati konserni Qayta ishlangan meva-sabzavot mahsulotlari
Xalq taʼlimi vazirligi Maktab asbob-anjomlari va oʻquv-koʻrgazma qoʻllanmalari
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, respublika viloyatlari hokimliklari, vazirliklari, idoralari, uyushmalari va davlat konsernlari Etkazib berish (kvotalar) boʻyicha davlat topshirigʻidan ortiqcha ishlab chiqarilgan mahsulot, chetga chiqarish uchun Vazirlar Mahkamasining ruxsati talab qilinadigan mahsulotdan tashqari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining
1992-yil 30-apreldagi 220-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasi Komissiyasining ruxsati bilan chetga chiqariladigan mahsulotlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ROʻYXATI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Qimmatbaho va kamyob metallar va ulardan tayyorlangan buyumlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Qimmatbaho toshlar va ulardan yoki ulardan foydalangan holda tayyorlangan buyumlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Strategik materiallar va raketa yonilgʻisining maxsus turlari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Qurol-yarogʻlar, ular uchun oʻq-dorilar, harbiy texnika, ehtiyot qismlar, butlovchi buyumlar va ular uchun priborlar (agar ular boshqa tarmoqlarda foydalanilmasa), portlovchi moddalar, portlatish vositalari), oʻq-dorilar hamda ularni ishlab chiqarish uchun maxsus materiallar va asbob-uskunalar, harbiylashtirilgan tashkilotlar shaxsiy sostavining maxsus aslaha-anjomlari va ularni ishlab chiqarish hamda ulardan foydalanishga doir normativ-texnik hujjatlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Raketa-kosmik komplekslar, harbiy maqsaddagi aloqa va boshqaruv tizimlari, ularni ishlab chiqarish va ishlatishga doir normativ-texnik hujjatlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Jangovar zaharlovchi moddalar, ulardan himoyalanish vositalari va ularni ishlab chiqarish hamda ishlatishga doir normativ-texnik hujjatlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Uran, boshqa parchalanuvchi materiallar va ulardan tayyorlangan buyumlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Rentgen asbob-uskunalari, priborlar va reaktiv moddalar hamda izotoplar ishlatilgan asbob-uskunalar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Ilmiy-tadqiqot va loyihalash ishlari, shuningdek, qurol-yarogʻ va harbiy texnikani yaratish boʻyicha fundamental qidiruv tadqiqotlari natijalari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Shifrlash texnikasi, uni ishlab chiqarish va ishlatishga doir normativ-texnik hujjatlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Zaharlar va narkotik moddalar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Etil spirti.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Radioaktiv materiallarning chiqindilari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Portlovchi moddalarning chiqindilari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Tarkibida qimmatbaho va kamyob metallar hamda qimmatbaho toshlar boʻlgan chiqindilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Belgilangan topshiriq boʻyicha xoʻjaliklar tomonidan mustaqil ravishda sotish uchun qoldirilgan va topshiriqlardagidan ortiqcha yetishtirilgan paxta tolasi, lint, oʻlik paxta, pilla, qora-koʻl, joʻl, teri xomashyosi, oʻsimlik moyi, shulxa, shrot, vino materiallari, don, guruch, mollar, shuningdek, respublikaga keltiriladigan oziq-ovqat mahsulotlarining barcha turlari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 30-apreldagi 220-son qarori bilan
TASDIQLANGAN
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasiga ishlab chiqarish-texnika maqsadidagi mahsulotlarni, shuningdek, qishloq, xoʻjaligi mahsulotlari va xalq isteʼmoli mollari* yetkazib berishni kvotalash va litsenziyalash toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NI3OM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* Keyingi oʻrinlarda — mahsulot deyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi shartnomalar va savdo boʻyicha davlat-aksionerlik uyushmasi (“Oʻzshartnomasavdo”)ni tashkil etish toʻgʻrisida” 1992-yil 28-fevraldagi Farmoniga va Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi shartnomalar va savdo boʻyicha davlat-aksionerlik uyushmasi (“Oʻzshartnomasavdo”) faoliyatini tashkil etish haqida” 1992-yil 9-martdagi 115-son qaroriga muvofiq ishlab chiqilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Hukumatlararo shartnomalarga kiritilgan nomenklatura boʻyicha mahsulotlarni, shuningdek, respublikaning ichki va respublikalararo ehtiyojlarni taʼminlash maqsadida qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetkazib berish uchun kvotalarni “Oʻzshartnomasavdo” ishlab chiqadi, bunda davlat ehtiyojlari va aholini ijtimoiy himoya qilish uchun mahsulot yetkazib berishning tasdiqlangan hajmlari hisobga olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzshartnomasavdo” bu kvotalarni respublika boshqaruv organlariga, vazirliklar, idoralar, konsernlar, uyushmalarga hamda kvotalangan mahsulotlarni respublikadan chetga chiqarishga litsenziyalar berish uchun Vazirlar Mahkamasi tomonidan vakil qilingan boshqa organlarga yetkazadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirliklar, idoralar, konsernlar, uyushmalar va boshqa organlar kvotalarni taqsimlaydilar va ularni oʻzlariga qarashli tashkilotlar va korxonalarga, shuningdek, isteʼmolchilarni mahsulot yetkazib beruvchilarga birkitib qoʻyish uchun taʼminot-sotish tashkilotlariga yetkazadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Kvotalangan hamda chetga chiqarilishi Oʻzbekiston Hukumati tomonidan cheklab qoʻyilgan mahsulotlar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasidan chetga chiqariladigan mahsulotlarga litsenziyalar “Oʻzshartnomzsavdo” yoki uning topshirigʻiga muvofiq unga qarashli tashkilotlar tomonidan, shuningdek, buning uchun vakolat berilgan respublika boshqaruv organlari tomonidan, “Oʻzshartnomasavdo” bilan kelishilgan nomenklatura boʻyicha beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Mahsulotlarni Oʻzbekiston Respublikasidan chetga chiqarish uchun litsenziyalar ilova qilinayotgan forma boʻyicha beriladi (1-forma), ular qatʼiy hisobda turadi va uch nusxada rasmiylashtiriladi. Litsenziyaning asl nusxasi Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi tovar-moddiy boyliklarni chetga chiqarishni nazorat qiluvchi Davlat inspeksiyasiga** yuboriladi, bir nusxasi mahsulot yetkazib beruvchi korxonaga beriladi va oxirgisi litsenziya bergan organda saqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
** Keyingi oʻrinlarda mahsulotlarni chetga chiqarishni nazorat qiluvchi Davlat inspeksiyasi deb ataladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Mahsulotlarni respublika va chetga chiqarish uchun taʼminot-sotish yoki savdo tashkilotlarining isteʼmolchilarni mol yetkazib beruvchilarga birkitib qoʻyish toʻgʻrisidagi xabarnoma litsenziya boʻlib hisoblanishi mumkin. Bunday holda xabarnoma ikkita birinchi nusxada “litsenziya” shtampi bilan yozib beriladi, ulardan biri chetga chiqarishni nazorat qiluvchi Davlat inspeksiyasiga, ikkinchisi esa yetkazib beruvchiga yuboriladi. Litsenziyalar va xabarnomalarning nusxalari, shu jumladan, foto nusxasi, yuridik kuchga ega boʻlmaydi va mahsulotlarni chetga chiqarish uchun hujjat boʻlib hisoblanmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Mahsulotni chetga chiqarishni nazorat qiluvchi Davlat inspeksiyasi berilgan litsenziyalarning foydalanilganligi toʻgʻrisida yilning har choragida “Oʻzshartnomasavdo”ni xabardor qilib turadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Mulkchilik va xoʻjalik yuritish shakllaridan qatʼi nazar, manfaatdor korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning hamda tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanuvchi fuqarolarning iltimosnomalari mahsulotlarni respublika hududidan chetga chiqarish uchun litsenziya berishga asos boʻlib hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Litsenziyalar berish toʻgʻrisidagi masalalar iltimosnoma tushgan vaqtdan boshlab 7 kun ichida hal etiladi. Har bir litsenziyani berish uchun 150 soʻm miqdorida pul toʻlash belgilanadi, ushbu summa litsenziyani bergan tashkilotning budjetiga oʻtkaziladi. Bu toʻlovdan oʻz mahsulotlarini davlat ehtiyojlari va respublikalararo shartnomalar boʻyicha yetkazib beradigan korxona va tashkilotlar ozod qilinadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Litsenziya uchun pul toʻlash Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 4-yanvardagi 9-son qarori bilan belgilangan respublikadan chetga chiqariladigan mahsulot uchun soliqdan, Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 14-apreldagi 188-son qarori bilan belgilangan respublikadan chetga chiqariladigan qishloq xoʻjaligi mahsulotlari uchun boj toʻlashdan ozod qilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Asosli sabab bilan litsenziya bermaslik toʻgʻrisidagi qaror arizachiga yozma shaklda yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Arizachi litsenziya bermaslik yoki uning amal qilinishini toʻxtatish haqidagi qaror yuzasidan Respublika hakamlik sudlariga shikoyat qilish huquqiga egadir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Litsenziya beriladigan eng qisqa muddat — yilning 1 choragi, eng uzoq muddat — 1 yildir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Litsenziya (taʼminot-sotish tashkilotining birkitib qoʻyish toʻgʻrisidagi xabarnomasi), agar u asl nusxada boʻlsa, litsenziya berish huquqiga ega boʻlgan organning mansabdor shaxsi, vakolatli rahbari tomonidan imzolangan va muhr bilan tasdiqlangan boʻlsa haqiqiy hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Mazkur Nizom bilan belgilangan litsenziyalash tartibi respublika hududida joylashgan barcha korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, uyushmalar, kooperativlar, xususiy korxonalar uchun majburiy hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Mahsulotlarni chetga chiqarishga litsenziyalar olgan arizachilar ularni boshqa shaxslarga berish uchun huquqqa ega emaslar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Kvotalangan mahsulotlarni respublika hududidan tashqarida litsenziyasiz yoki litsenziya yoxud taʼminot-sotish tashkilotlarining birkitib qoʻyish toʻgʻrisidagi xabarnomasi boʻyicha hajmlardan oshirib sotish hollari aniqlanganda mahsulotni chetga chiqarishni nazorat qiluvchi Davlat inspeksiyasi organlari va nazorat qilish vazifasini bajaruvchi boshqa organlar tartibning buzilishiga yoʻl qoʻygan korxonalardan tegishli soliq inspeksiyalariga korxona joylashgan yerdagi mahalliy budjetga barcha tushumlarni oʻtkazish va koʻrsatilgan tushumlar miqdorida jarima undirish toʻgʻrisida qaror beradilar (2-forma). Agar bu mahsulotlar litsenziyalardagidan yoki taʼminot-sotish tashkiloti xabarnomasidagidan ortiqcha hajmlarda chetga chiqarilgan va ularga vakolatli boʻlmagan boshqaruv organi tomonidan litsenziyalar berilgan boʻlsa, u holda tushumlar miqdoridagi jarima respublika budjetiga oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Respublikadan chetga litsenziyasiz mahsulot chiqarish uchun transport vositalari berish faktlari aniqlanganda, mulkchilik shaklidan qatʼi nazar, shu transportni bergan korxonalardan transport xizmatlari uchun toʻlovlar qiymati respublika budjetiga undiriladi. Buning uchun mahsulotni chetga chiqarishni nazorat qiluvchi Davlat inspeksiyasi organlari tegishli solik; inspeksiyalariga ushbu mablagʻlarni respublika budjetiga undirib olish uchun ilova qilinayotgan forma (3-forma) boʻyicha qaror beradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Respublikadan chetga mahsulot chiqarishning belgilangan tartibi buzilgan hollarda fuqarolar va mansabdor shaxslar Oʻzbekiston Respublikasi maʼmuriy huquq buzishlar toʻgʻrisidagi Kodeksining 166-2-moddasi va Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 179-2-moddasiga muvofiq javob beradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Oʻzbekiston Respublikasi ichida mahsulotlarni tashish hech qanday toʻsiqsiz va litsenziyasiz amalga oshiriladi hamda mahsulotlarni chetga chiqarishni nazorat qiluvchi Davlat inspeksiyasi organlari tomonidan ushlab qolinmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Vazirlar Mahkamasining Komissiyasi tomonidan berilgan litsenziyalar bilan mahsulotlarni chetga chiqarishga ruxsat berish toʻgʻrisidagi iltimosnoma Vazirlar Mahkamasining tegishli boʻlimi tomonidan koʻrib chiqiladi va xulosalar mahsulot yetkazib beruvchi korxonani nazorat qiluvchi tarmoq boʻlimiga taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-forma
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

.... shifri boʻyicha mahsulotlarni Oʻzbekiston Respublikasidan
‎chetga chiqarish uchun

‎LITSENSIYA № . . . 199 yil “. . .” ______


‎KODLAR

________________________________________________________________________________________________________‎

(litsenziya bergan organning nomi)

________________________________________________________________________________________________________‎

(Oʻzbekiston Respublikasi hududida joylashgan mahsulot yetkazib beruvchi korxona, tashkilotning nomi, uning joylashgan oʻrni, pochta va bank rekvizitlari)

________________________________________________________________________________________________________‎

Kod‎


‎________________________________________________________________________________________________________‎

(isteʼmolchining nomi, manzilgohi)‎

Kod‎ ‎

Amalda boʻlish muddati . . . . gacha‎

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Mahsulotning nomi

Mahsulot-ning kodi Oʻlchov birligi Oʻlchov birligi kodi Chetga chiqarishga ruxsat etilgan mahsulotlarning miqdori

Asos: (isteʼmolchi bilan tuzilgan shartnomaning nomeri va sanasi

1‎‎ 2‎ 3‎ 4‎ 5‎ 6‎‎
_____________________________________
_____________________________________


‎Litsenziya bergan organ ‎rahbarining imzosi _____________

_____________________________________
_____________________________________
Muhr
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-forma
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
‎‎__________________________________________________________________________________________

(qaror bergan organning nomi)

__________________________________________________________________________________________‎‎

(tartib buzilishiga yoʻl qoʻygan korxona (tashkilot)ning nomi)


‎Tegishli soliq summalarini undirish toʻgʻrisida
‎199 yil “ . . ” . . . . . . dagi

. . . -son QAROR

_____________________________________________________________________________‎___ asosida‎
(tekshirish akti)

Oʻzbekiston Respublikasi hududidan chetga litsenziyalarsiz (ajratilgan kvotadan ortiqcha),
‎umumiy summasi ________boʻlgan mahsulotlarni olib chiqib ketish fakt(lar)i aniqlandi.

Amaldagi qonunchilikka muvofiq Oʻzbekiston Soliq inspeksiyasiga

‎‎__________________________________________________________________________________________

(nohiya, shaharning nomi)

budjet daromadiga tushum summasi va koʻrsatilgan tushumlar miqdorida jarima
‎undirishni tavsiya qilaman.


‎Qarorni bergan shaxsning lavozimi,
‎familiyasi, ismi va otasining ismi

Imzo ___________

‎Muhr
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-forma
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
‎‎_________________________________________________________________________________________

(qaror bergan organning nomi)

_________________________________________________________________________________________‎‎

(tartib buzilishiga yoʻl qoʻygan korxona (tashkilot)ning nomi)


‎Tegishli soliq summalarini undirish toʻgʻrisida
‎199 yil “ . . ” . . . . . . dagi

. . . -son QAROR

_____________________________________________________________________________‎___ asosida‎
(tekshirish dalolatnomasi)

Oʻzbekiston Respublikasi hududidan chetga litsenziyadagidan (ajratilgan kvotadan)
‎ ortiqcha mahsulot chiqarish uchun transport vositalari ajratish fakt(lar)i aniqlandi.
‎ Transport xizmati koʻrsatishga toʻlov qiymati _______________ soʻm.

Amaldagi qonunchilikka muvofiq ‎‎_____________________________________ ga koʻrsatilgan
‎summani

(soliq inspeksiyasining nomi)

respublika budjeti daromadiga undirishni tavsiya qilaman.


‎Qarorni bergan shaxsning lavozimi,
‎ familiyasi, ismi va otasining ismi

Imzo ___________

‎Muhr