Hujjat kuchini yo‘qotgan 28.02.1994 28.02.1992 yildagi PF-357-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 28.02.1994
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Farmoni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻZBEKISTON ShARTNOMALAR VA SAVDO DAVLAT AKSIONERLIK UYuShMASINI TAShKIL QILISh TOʻGʻRISIDA
 LexUZ sharhi
Ushbu Farmon Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1994-yil 28-fevraldagi PF-772-sonli “Oʻzbekiston shartnomalar va savdo boʻyicha davlat-aksionerlik uyushmasi “Oʻzshartnomasavdo”ni tugatish hamda Oʻzbekiston ulgurji va birja savdosi boʻyicha respublika aksionerlik uyushmasi “Oʻzulgirjibirjasavdo”ni taʼsis etish toʻgʻrisida”gi Farmoni bilan oʻz kuchini yoʻqotdi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mulkchilik shaklidan qatʼi nazar, respublika korxonalari va tashkilotlarini moddiy-texnikaviy jihatdan taʼminlash, ishlab chiqaruvchilar bilan isteʼmolchilar oʻrtasidagi bozor munosabatlarini rivojlantirish va mustahkamlash, davlatlararo savdo-iqtisodiy hamkorligini kengaytirish, davlat ehtiyojlari hamda oʻzaro mahsulot yetkazib berish yuzasidan shartnomaviy majburiyatlarni ado etish uchun mahsulot ishlab chiqarish va uni yetkazib berish topshiriqlarini bajarish, shuningdek bozor iqtisodiyotiga oʻtish sharoitida moddiy zaxiralar bilan taʼminlashni tashkil qilishning asosiy shakli sifatida oʻzaro manfaatli bevosita xoʻjalik aloqalarini oʻrnatish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Moddiy-texnika taʼminoti davlat-kooperativ komiteti, unga qarashli birlashmalar va hududiy boshqarmalar, Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot komitetining Moddiy zaxiralar majmui hamda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Xom ashyo va yengil sanoat mahsulotlari bilan taʼminlash hamda sotish bosh boshqarmasining ayrim boʻlinmalari va ular xodimlarining soni hisobiga Oʻzbekiston shartnomalar va savdo davlat aksionerlik uyushmasi tashkil qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarida belgilangan tartibga muvofiq Oʻzbekiston shartnomalar va savdo davlat aksionerlik uyushmasiga qarashli respublika va viloyat moddiy-texnika taʼminoti boʻlinmalarini shartnomalar hamda tijorat-vositachilik xizmatlari respublika ixtisoslashtirilgan va hududiy aksionerlik firmalariga aylantirish maqsadga muvofiq deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilab qoʻyilsinki, mazkur uyushma respublika tijorat-vositachilik xoʻjalik uyushmasi boʻlib, davlat, jamoa, aksionerlik, ijara, kooperativ, xususiy va boshqa korxonalarni, yakka tartibda mahsulot ishlab chiqaruvchi tadbirkorlarni moddiy-texnika taʼminoti sohasida paychilik asoslarida ixtiyoriy ravishda birlashtiradi va oʻz faoliyatini toʻla xoʻjalik hisobi qoidalariga muvofiq amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston shartnomalar va savdo davlat aksionerlik uyushmasi zimmasiga quyidagi vazifalar yuklansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishlab chiqaruvchilar bilan isteʼmolchilar oʻrtasida oʻzaro manfaatli bevosita xoʻjalik aloqalarini oʻrnatish hamda rivojlantirish yuzasidan tijorat-vositachilik va ishlab chiqarish xizmatlarini amalga oshirish, xomashyo va materiallar yetkazib berish boʻyicha Vatanimizdagi va chet ellardagi tovar ishlab chiqaruvchilar bilan shartnomalar tuzish, moddiy zaxiralar va tovarlarning mulkchilik shaklidan qatʼi nazar, barcha isteʼmolchilarning erkin xarid qilishi va sotishini tashkil qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
moddiy-texnika taʼminoti sohasida bozor tarmoqlari majmuini rivojlantirishga doir tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish, savdo-vositachilik firmalari, tijorat markazlari, ulgurji va vositachi doʻkonlar tarmogʻini, tovar xomashyo birjalari va brokerlik idoralarini, lizing kompaniyalarini tashkil qilish hamda ularning faoliyatini muvofiqlashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublika isteʼmolchilarini moddiy-texnika zaxiralari bilan taʼminlashni va birja bitimlari boʻyicha mahsulot yetkazib berishni tashkil qilish masalalarida respublika birjalari, shuningdek boshqa davlatlarning birjalari bilan qalin hamkorlikni taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
moddiy-texnika zaxiralariga boʻlgan ehtiyojlarni oʻrganish, eng muhim mahsulot turlarini ishlab chiqarish va isteʼmol qilish nisbatlarini Oʻzbekiston taraqqiyot istiqbollarini belgilash komiteti bilan birgalikda ishlab chiqish, davlat ehtiyojlari uchun ularni ishlab chiqarish va yetkazib berish topshiriqlarini aniqlash hamda joylashtirish, Hamdoʻstlik davlatlari bilan hukumatlararo savdo-iqtisodiy bitimlarning loyihalarini tuzishga doir ishlarni tashkil qilish, oʻzaro mahsulot yetkazib berish yuzasidan shartnomaviy majburiyatlarning bajarilishini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
gʻoyat taqchil mahsulot turlari va tovarlar ishlab chiqarishni kengaytirish, eksport mahsulotlari yetkazib berishni yanada rivojlantirish, davlat ehtiyojlari va aholini ijtimoiy muhofaza qilish uchun chet ellardan moddiy-texnika zaxiralari hamda tovarlarni qoʻshimcha ravishda xarid qilish toʻgʻrisidagi takliflarni ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga taqdim etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikkilamchi zaxiralarni tayyorlash va qayta ishlashni tashkil qilish sanoat chiqitlaridan foydalanish, mahsulotlar joylanib, oʻraladigan idishlar tayyorlash va sotish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Shu narsa belgilab qoʻyilsinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston shartnomalar va savdo davlat aksionerlik uyushmasi oʻzining huquq doirasida qabul qiladigan qarorlar qaysi idoraga boʻysunishidan va mulkchilik shaklidan qatʼi nazar, Oʻzbekiston Respublikasi hududida faoliyat koʻrsatayotgan barcha xoʻjalik subyektlari uchun majburiydir;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
isteʼmolchilar bilan tuzilgan shartnomalarga muvofiq moddiy-texnika zaxiralari yetkazib berish toʻgʻrisidagi buyurtmalarning ijrosi uchun, shuningdek hukumatlararo savdo-iqtisodiy bitimlarga muvofiq kelayotgan mahsulotlar oʻz vaqtida aniq, belgilangan miqdorda taqsimlanishi uchun Oʻzbekiston shartnomalar va savdo davlat aksionerlik uyushmasi javobgar boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston shartnomalar va savdo davlat aksionerlik uyushmasiga hukumatlararo bitimlarning bajarilishi darajasiga qarab ana shu bitimlar boʻyicha respublika korxonalarining gʻoyat muhim mahsulot turlari va tovarlar yetkazib berishini tartibga solib turish huquqi berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasi bir hafta muddat ichida Oʻzbekiston shartnomalar va savdo davlat aksionerlik uyushmasining faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida qaror qabul qilib, uning Nizomini tasdiqlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. “Oʻzbekiston SSR Moddiy-texnika taʼminoti davlat komitetini Oʻzbekiston SSR Moddiy-texnika taʼminoti davlat-kooperativ komitetiga aylantirish toʻgʻrisida” Oʻzbekiston SSR Prezidentining 1991-yil 1-martdagi 148-son Farmoni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1992-yil 28-fevral,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PF-357-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1992-y., 4-son, 207-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1994-y., 3-son, 81-modda)