30.03.2019 yildagi 70-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sirdaryo viloyati hokimining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ichimlik suv taʼminoti xizmatlari tariflariga maxsus ustama haq belgilash toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 18-apreldagi “Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi PQ-2900-sonli va 2018-yil 30-noyabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasida ichimlik suv taʼminoti va kanalizatsiya tizimlarini rivojlantirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-4040-sonli qarorlari hamda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining 2019-yil 25-fevraldagi 05/1-4774-sonli topshirigʻiga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasining “Normativ-huquqiy hujjatlar toʻgʻrisida”gi Qonunining 6, 14-moddalari va “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonunining 6, 25-moddalariga asoslanib, qaror qilaman:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Uy-joy kommunal xoʻjaligini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlarini shakllantirish manbalaridan biri sifatida ichimlik suv xizmatlari tariflariga 50 soʻm/m3 va kanalizatsiya xizmatlari tariflariga 50 soʻm/m3 miqdorida ustama haq belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Belgilab qoʻyilsinki, ichimlik suv taʼminoti xizmatlari tariflariga belgilangan maxsus ustama haq summasi maqsadli tushum hisoblanadi, barcha soliq turlarini va boshqa majburiy toʻlovlarni hisoblashda soliqqa tortiladigan bazaga kiritilmaydi, shuningdek, suv taʼminoti tashkilotlarining moliyaviy natijalari toʻgʻrisidagi hisobotda aks ettirilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Viloyat moliya bosh boshqarmasi (A. Raximov), Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi viloyat hududiy boshqarmasi (Z. Mamatkarimov), tuman va shahar hokimliklariga joylarda ichimlik suv taʼminoti va kanalizatsiya xizmatlari tariflariga belgilangan maxsus ustama haq miqdoriga qatʼiy rioya qilinishi ustidan nazoratni amalga oshirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Tuman, shahar hokimliklari viloyat “Suvoqova” Davlat unitar korxonasi va uning shahar-tuman filiallari bilan birgalikda fuqarolarni oʻzini oʻzi boshqarish organlari va ommaviy axborot vositalari orqali hamda boshqa qulay, samarali usullarda yuridik shaxslar, jumladan tadbirkorlik subyektlari va aholiga ichimlik suv taʼminoti va kanalizatsiya xizmatlari tariflari uchun ustama haqlarini tartibini belgilangan tartibda yetkazish vazifasi yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Sirdaryo viloyat hokimining 2018-yil 14-fevraldagi “Ichimlik suv taʼminoti xizmatlari tariflariga maxsus ustama haq belgilash toʻgʻrisida”gi 100-sonli qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Qaror rasmiy nashrda eʼlon qilingan kundan boshlab kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Qaror “Sirdaryo haqiqati” gazetasida chop etilsin va viloyat hokimligining rasmiy veb-saytiga joylashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Viloyat hokimligi devonxona mudiri (Gʻ. Sodiqov) mazkur qaror qonuniy kuchga kirgan kuni tuman, shahar hokimliklariga, tegishli davlat organlari va tashkilotlarning hududiy boʻlinmalariga yuborilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Qarorning bajarilishini nazorat qilish viloyat hokimining oʻrinbosari J. Ibraximov zimmasiga yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hokim Gʻ. MIRZAYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Guliston sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1 maya 2019 g.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
№ 70
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.05.2019-y., 11/19/70/3091-son)