06.05.2019 yildagi 373-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 06.05.2019 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori

Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Eksportni ragʻbatlantirish agentligi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Eksportga koʻmaklashish va uni ragʻbatlantirishni kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 20-dekabrdagi PQ-4069-son va “Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligining faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida” 2019-yil 28-yanvardagi PQ-4135-son qarorlariga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Quyidagilar Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Eksportni ragʻbatlantirish agentligining asosiy vazifalari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
eksportni rivojlantirish va qoʻllab-quvvatlash sohasida davlat siyosati amalga oshirilishida ishtirok etish, eksport salohiyatini rivojlantirish davlat dasturlari amalga oshirilishiga koʻmaklashish;

eksport qiluvchilarni, shu jumladan, chet elda, marketing, narx belgilash, transport logistikasi, sertifikatlash, standartlashtirish va sifat nazorati, soliq va bojxona maʼmuriyatchiligi, chet el bozorlariga “yagona darcha” prinsipi orqali kirish masalalari boʻyicha axborot va maslahat bilan qoʻllab-quvvatlash;

xorijiy xaridorni izlashga koʻmaklashish va eksport kontrakti tuzish, shu jumladan, uni tayyorlash bosqichigacha muzokaralar jarayoniga koʻmaklashish;

milliy mahsulotlarni xorijga eksport qilish boʻyicha vazirliklar, respublika idoralari, viloyatlar va tumanlar (shaharlar) hokimliklari bilan oʻzaro hamkorlikni taʼminlash hamda eksport qiluvchilarga eksportni qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari, mavjud imtiyozlar va preferensiyalar, vakolatli davlat hokimiyati organlarining vazifalari va funksiyalari haqidagi maʼlumotlar bilan tanishish imkonini yaratish;

elektron tashqi savdo platformasini yuritish, mahalliy eksport qiluvchilar, ishlab chiqariladigan mahsulotlar va xizmatlar haqidagi maʼlumotlar bazasini yuritish, ishlab chiqarish va eksport faoliyati bilan shugʻullanuvchi tadbirkorlik subyektlariga yetakchi xalqaro elektron savdo maydonlariga kirishda koʻmaklashish;

mahalliy ishlab chiqaruvchilarning sifatli mahsulotlarni ishonchli yetkazib beruvchi ekanligini tasdiqlash uchun oʻzbek brendlari va mahsulotlarini xorijda targʻib qilish boʻyicha “Made in Uzbekistan” dasturini amalga oshirish, shu jumladan, “Made in Uzbekistan” milliy koʻrgazmasini, tarmoq va mintaqaviy koʻrgazmalarni va tovarlar yarmarkalarini har yili oʻtkazish, shuningdek, xalqaro koʻrgazmalar va taqdimotlarda ishtirok etish orqali amalga oshirish;

eksport qiluvchi tashkilotlar uchun oʻquv seminarlari va treninglar hamda xorijiy mamlakatlardagi tadbirkorlik subyektlari uchun tashqi savdo faoliyati masalalari boʻyicha biznes-forumlar tashkil etish va oʻtkazish;

eksport qiluvchi tashkilotlarga ham respublikada, ham xorijda standartlashtirish va sertifikatlashtirishning xalqaro tizimlarini joriy etishga, xorijiy vakolatli organlarda milliy mahsulotlarni hamda koʻrgazma stendlarini roʻyxatdan oʻtkazishga, respublika tashkilotlarining xalqaro koʻrgazmalar-yarmarkalarda ishtirok etishini, shu jumladan, anʼanaviy milliy mahsulotlar va brendlarni potensial sotish bozorlariga kiritishda taqdimotlar va reklama kompaniyalari oʻtkazilishiga moliyaviy koʻmaklashish;
Keyingi tahrirga qarang.

3. Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Eksportni ragʻbatlantirish agentligi (keyingi oʻrinlarda Agentlik deb ataladi) toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining investitsiyalar va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari boʻyicha oʻrinbosari E.M. Gʻaniyev hamda investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S.U. Umurzakov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2019-yil 6-may,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
373-son

Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 6-maydagi 373-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Eksportni ragʻbatlantirish agentligi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM

1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Eksportni ragʻbatlantirish agentligining (keyingi oʻrinlarda Agentlik deb ataladi) maqomi, funksiyalari, vazifalari, huquqlari, javobgarligi, faoliyatini tashkil etish tartibini, shuningdek, uning rahbarlarining funksional vazifalari va javobgarligini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Agentlik oʻz faoliyatini Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, investitsiyalar va tashqi savdo vazirining buyruqlariga, shuningdek, ushbu Nizomga va boshqa qonun hujjatlariga amal qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agentlik oʻzining vazifalari va funksiyalarini amalga oshirish doirasida eksport salohiyatini rivojlantirish masalalari boʻyicha vazirliklar, idoralar, xoʻjalik birlashmalari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlar bilan oʻzaro hamkorlik qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Agentlik davlat muassasasi shaklidagi yuridik shaxs hisoblanadi, oʻz faoliyatini amalga oshirish uchun zarur boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Gʻaznachiligida shaxsiy gʻazna hisobvaraqlariga va bank hisob raqamlariga, shu jumladan, xorijiy valyutadagi hisob raqamlariga, shu jumladan, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan va oʻz nomi davlat tilida yozilgan muhrga hamda Agentlik nomi va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan blankalarga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Agentlikning rasmiy nomi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) davlat tilida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toʻliq nomi — Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Eksportni ragʻbatlantirish agentligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qisqartirilgan nomi — Eksportni ragʻbatlantirish agentligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) ingliz tilida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toʻliq nomi — Export Promotion Agency under the Ministry of Investments and Foreign Trade of the Republic of Uzbekistan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qisqartirilgan nomi — Export Promotion Agency;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) rus tilida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toʻliq nomi — Agentstvo prodvijeniya eksporta pri Ministerstve investitsiy i vneshney torgovli Respubliki Uzbekistan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qisqartirilgan nomi — Agentstvo prodvijeniya eksporta.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Agentlik joylashgan joy (pochta manzili): Toshkent shahri, Taras Shevchenko koʻchasi, 34-uy.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Agentlikning asosiy vazifalari va funksiyalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Quyidagilar Agentlikning asosiy vazifalari hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
eksportni rivojlantirish va qoʻllab-quvvatlash sohasida davlat siyosati amalga oshirilishida ishtirok etish, eksport salohiyatini rivojlantirish davlat dasturlari amalga oshirilishiga koʻmaklashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
eksport qiluvchilarni, shu jumladan, chet elda, marketing, narx belgilash, transport logistikasi, sertifikatlash, standartlashtirish va sifat nazorati, soliq va bojxona maʼmuriyatchiligi, chet el bozorlariga “yagona darcha” prinsipi orqali kirish masalalari boʻyicha axborot va maslahat bilan qoʻllab-quvvatlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xorijiy xaridorni izlashga koʻmaklashish va eksport kontrakti tuzish, shu jumladan, uni tayyorlash bosqichigacha muzokaralar jarayoniga koʻmaklashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
milliy mahsulotlarni xorijga eksport qilish boʻyicha vazirliklar, respublika idoralari, viloyatlar va tumanlar (shaharlar) hokimliklari bilan oʻzaro hamkorlikni taʼminlash hamda eksport qiluvchilarga eksportni qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari, mavjud imtiyozlar va preferensiyalar, vakolatli davlat hokimiyati organlarining vazifalari va funksiyalari haqidagi maʼlumotlar bilan tanishish imkonini yaratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
elektron tashqi savdo platformasini yuritish, mahalliy eksport qiluvchilar, ishlab chiqariladigan mahsulotlar va xizmatlar haqidagi maʼlumotlar bazasini yuritish, ishlab chiqarish va eksport faoliyati bilan shugʻullanuvchi tadbirkorlik subyektlariga yetakchi xalqaro elektron savdo maydonlariga kirishda koʻmaklashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahalliy ishlab chiqaruvchilarning sifatli mahsulotlarni ishonchli yetkazib beruvchi ekanligini tasdiqlash uchun oʻzbek brendlari va mahsulotlarini xorijda targʻib qilish boʻyicha “Made in Uzbekistan” dasturini amalga oshirish, shu jumladan, “Made in Uzbekistan” milliy koʻrgazmasini, tarmoq va mintaqaviy koʻrgazmalarni va tovarlar yarmarkalarini har yili oʻtkazish, shuningdek, xalqaro koʻrgazmalar va taqdimotlarda ishtirok etish orqali amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
eksport qiluvchi tashkilotlar uchun oʻquv seminarlari va treninglar hamda xorijiy mamlakatlardagi tadbirkorlik subyektlari uchun tashqi savdo faoliyati masalalari boʻyicha biznes-forumlar tashkil etish va oʻtkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
eksport qiluvchi tashkilotlarga ham respublikada, ham xorijda standartlashtirish va sertifikatlashtirishning xalqaro tizimlarini joriy etishga, xorijiy vakolatli organlarda milliy mahsulotlarni hamda koʻrgazma stendlarini roʻyxatdan oʻtkazishga, respublika tashkilotlarining xalqaro koʻrgazmalar-yarmarkalarda ishtirok etishini, shu jumladan, anʼanaviy milliy mahsulotlar va brendlarni potensial sotish bozorlariga kiritishda taqdimotlar va reklama kompaniyalari oʻtkazilishiga moliyaviy koʻmaklashish;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Agentlik yuklangan asosiy vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) eksportni rivojlantirish va qoʻllab-quvvatlash sohasida davlat siyosati amalga oshirilishida ishtirok etish, eksport salohiyatini rivojlantirish davlat dasturlari amalga oshirilishiga koʻmaklashish sohasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ichki eksport infratuzilmasini takomillashtirish va eksport faoliyatini liberallashtirish, shuningdek, mahsulotlarni eksport qilishdagi toʻsiqlar va gʻovlarni bartaraf etish boʻyicha takliflarni oʻrganadi, tahlil qiladi va ishlab chiqadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
eksportga yoʻnaltirilgan mahsulotlarni ishlab chiqarishga, shu jumladan, meva va sabzavotlarni tayyorlash, qayta ishlash va saqlashga ilmiy yondashuv joriy etilishiga koʻmaklashadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublikaning eksport qiluvchi tashkilotlari mahsulotlariga tashqi sotish bozorlaridagi toʻsiqlar va cheklovlarni aniqlash boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasining chet eldagi savdo vakolatxonalari va elchixonalari bilan oʻzaro hamkorlik qiladi hamda kamsituvchi, tarif va notarif toʻsiqlarga samarali munosabat bildirishda ishtirok etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) eksport qiluvchilarni, shu jumladan, chet elda, marketing, narx belgilash, transport logistikasi, sertifikatlash, standartlashtirish va sifat nazorati, soliq va bojxona maʼmuriyatchiligi, chet el bozorlariga “yagona darcha” prinsipi orqali kirish masalalari boʻyicha axborot va maslahat bilan qoʻllab-quvvatlash sohasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jahon bozorida mahsulotlarga talab va hajmlarni tahlil qilish, taqqoslash va aniqlash boʻyicha axborot taqdim etadi, shuningdek, sotish bozorlari (xablar) mahsulotlar bilan toʻldirilganligini oʻrganadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tadbirkorlik subyektlarining ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarini yetkazib berish, transportda tashishning eng samarali usullarini joriy etish va xaridorlarga koʻrsatiladigan xizmatlar boʻyicha takliflarni ishlab chiqadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqaro sertifikatlar, standartlar va boshqa ruxsat beruvchi hujjatlar olinishida koʻmaklashadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shu jumladan, chet elda soliq va bojxona maʼmuriyatchiligi boʻyicha axborot taqdim etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) xorijiy xaridorni izlashga koʻmaklashish va eksport kontrakti tuzish, shu jumladan, uni tayyorlash bosqichigacha muzokaralar jarayoniga koʻmaklashish sohasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Internet tarmogʻida izlash, muzokaralar va yozishmalarga kirishish, elchixonalar va savdo vakolatxonalari bilan oʻzaro hamkorlik, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasiga taklifnomalarni, shu jumladan, viza bilan qoʻllab-quvvatlashni rasmiylashtirish va xorijiy delegatsiyalarning Oʻzbekiston Respublikasida boʻlishi dasturlarini tayyorlash yoʻli bilan xaridorlarni jalb etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xorijiy sheriklar bilan muzokaralar oʻtkazishda, eksport kontraktini tuzish, shu jumladan, eksport kontraktlari va bitimlari loyihalarini tayyorlash bosqichiga qadar mahsulotni yetkazib berish shartlarini muhokama qilishda tadbirkorlik subyektlariga koʻmaklashadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) milliy mahsulotlarni xorijga eksport qilish boʻyicha vazirliklar, respublika idoralari, viloyatlar va tumanlar (shaharlar) hokimliklari bilan oʻzaro hamkorlikni taʼminlash hamda eksport qiluvchilarga eksportni qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari, mavjud imtiyozlar va preferensiyalar, vakolatli davlat hokimiyati organlarining vazifalari va funksiyalari haqidagi maʼlumotlar bilan tanishish imkonini yaratish sohasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
eksport qiluvchilarni eksportni qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari, vakolatli davlat hokimiyati organlarining vazifavlari va funksiyalari toʻgʻrisida xabardor qilish yoʻli bilan chet elda milliy eksport mahsulotlarining kirishi boʻyicha respublika vazirliklari va idoralari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va tumanlar (shaharlar) hokimliklari bilan oʻzaro hamkorlik qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tadbirkorlik subyektlarini amaldagi soliq va bojxona imtiyozlari va preferensiyalari, shu jumladan, xorijiy mamlakatlarning imtiyozlari va preferensiyalari bilan tanishtiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) elektron tashqi savdo platformasini yuritish, mahalliy eksport qiluvchilar, ishlab chiqariladigan mahsulotlar va xizmatlar haqidagi maʼlumotlar bazasini yuritish, ishlab chiqarish va eksport faoliyati bilan shugʻullanuvchi tadbirkorlik subyektlariga yetakchi xalqaro elektron savdo maydonlariga kirishda koʻmaklashish sohasida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahalliy eksport qiluvchilar, ishlab chiqariladigan mahsulotlar va koʻrsatiladigan xizmatlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar bazasini yuritgan holda tegishli elektron tashqi savdo maydonchasini taʼminlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishlab chiqarish va eksport faoliyatini amalga oshiruvchi tadbirkorlik subyektlariga elektron savdoning yetakchi xalqaro maydonlariga kirish, shu jumladan, tijorat takliflarini tayyorlash va ularni yetakchi elektron savdo maydonchalarida joylashtirish boʻyicha koʻmaklashadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) mahalliy ishlab chiqaruvchilarning sifatli mahsulotlarni ishonchli yetkazib beruvchi ekanligini tasdiqlash uchun oʻzbek brendlari va mahsulotlarini xorijda targʻib qilish boʻyicha “Made in Uzbekistan” dasturini amalga oshirish, shu jumladan, “Made in Uzbekistan” milliy koʻrgazmasini, tarmoq va mintaqaviy koʻrgazmalarni va tovarlar yarmarkalarini har yili oʻtkazish, shuningdek, xalqaro koʻrgazmalar va taqdimotlarda ishtirok etish orqali amalga oshirish sohasida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shu jumladan, import qiluvchilarni, xorijiy mehmonlar va mutaxassislarni jalb etish, shuningdek, xorijiy va mahalliy ishbilarmon doiralar vakillari ishtirokida mavzuli seminarlar, sessiyalar, konferensiyalar va boshqa tadbirlarni tashkil etish yoʻli bilan “Made in Uzbekistan” milliy koʻrgazmasini har yili tashkil etadi va oʻtkazadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
eksport qiluvchi tashkilotlarning ishlab chiqariladigan mahsulotlar namunalari va tarqatma axborot materiallari bilan ishtirok etishi uchun xalqaro koʻrgazmalar va yarmarkalarida Oʻzbekiston pavilionini tashkil etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tijorat takliflarini va mahsulotlar namunalarini taqdim etgan holda xalqaro koʻrgazmalar va taqdimotlarda mahalliy eksport qiluvchi tashkilotlar nomidan ishtirok etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
j) eksport qiluvchi tashkilotlar uchun oʻquv seminarlari va treninglar hamda xorijiy mamlakatlardagi tadbirkorlik subyektlari uchun tashqi savdo faoliyati masalalari boʻyicha biznes-forumlar tashkil etish va oʻtkazish sohasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
savdo vakolatxonalari va yetakchi xorijiy oʻquv markazlari bilan hamkorlikda eksport qiluvchi tashkilotlar uchun xorijiy taʼlim seminarlarini va treninglarni oʻtkazadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tajribali xorijiy mutaxassislar va ekspertlarni jalb etgan holda eksport qiluvchilar uchun ilgʻor taʼlim dasturlari asosida taʼlim seminarlari va treninglarni tashkil etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
z) eksport qiluvchi tashkilotlarga ham respublikada, ham xorijda standartlashtirish va sertifikatlashtirishning xalqaro tizimlarini joriy etishga, xorijiy vakolatli organlarda milliy mahsulotlarni hamda koʻrgazma stendlarini roʻyxatdan oʻtkazishga, respublika tashkilotlarining xalqaro koʻrgazmalar-yarmarkalarda ishtirok etishini, shu jumladan, anʼanaviy milliy mahsulotlar va brendlarni potensial sotish bozorlariga kiritishda taqdimotlar va reklama kompaniyalari oʻtkazilishiga moliyaviy koʻmaklashish sohasida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ham respublikada, ham chet elda standartlashtirish va sertifikatlashning xalqaro tizimlarini joriy etish boʻyicha eksport qiluvchi tashkilotlarga moliyaviy koʻmaklashadi, xorijiy vakolatli organlarda milliy mahsulotlarni ushbu yoʻnalishlarda xarajatlarning tegishli qismini qoplash yoʻli bilan roʻyxatdan oʻtkazadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
koʻrgazma stendlarini tashkil etishda va xalqaro koʻrgazmalar-yarmarkalarda ishtirok etishda, taqdimotlar va reklama kampaniyalarini oʻtkazishda, shu jumladan, anʼanaviy milliy mahsulotlarning potensial sotish bozorlariga kirishda eksport qiluvchilarni moliyaviy qoʻllab-quvvatlaydi;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Agentlikning huquqlari va javobgarligi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Agentlik yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga egadir:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahalliy ishlab chiqaruvchilarning eksport mahsulotlari xorijiy bozorlarga kirishi masalalari boʻyicha statistik maʼlumotlar, takliflar, xulosalar va boshqa zarur materiallarni belgilangan tartibda olish, shuningdek, Agentlikka yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish bilan bogʻliq masalalar boʻyicha yozishmalar olib borish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi investitsiyalar va tashqi savdo vaziri bilan kelishgan holda oʻxshash xorijiy agentliklar va tashkilotlar bilan texnik va iqtisodiy axborotni ayirboshlash, vazirliklar, idoralar va tashqi iqtisodiy faoliyat subyektlaridan zarur axborotni belgilangan tartibda soʻrash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi investitsiyalar va tashqi savdo vaziri bilan kelishgan holda Oʻzbekiston Respublikasi hududida va uning tashqarisida mahalliy, xorijiy va xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik qilish, aloqalar va munosabatlar oʻrnatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi rahbariyatiga Agentlikka yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish bilan bogʻliq takliflarni belgilangan tartibda kiritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻzaro hamkorlik qilish, ishlarni bajarishga va xizmatlar koʻrsatishga muzokaralar olib borish va shartnomalar tuzish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agentlikka yuklangan vazifalar va funksiyalarni amalga oshirishga mahalliy va Oʻzbekiston Respublikasi investitsiyalar va tashqi savdo vaziri bilan kelishgan holda xorijiy ekspertlarni belgilangan tartibda jalb etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonun hujjatlariga muvofiq eksportga yoʻnaltirilgan mahsulotlarni ishlab chiqarish, saqlash, qayta ishlashni tashkil etish uchun tadbirkorlik subyektlari muassislari (ishtirokchilari) tarkibiga kirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
budjetdan tashqari mablagʻlarni tijorat banklarining depozitlariga joylashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agentlik qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlish mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Agentlik unga yuklangan vazifalar va funksiyalar samarali bajarilishi uchun javob beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Agentlik rahbarlarining asosiy funksional vazifalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Quyidagilar Agentlik direktorining asosiy funksional vazifalari hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari, shuningdek, boshqa normativ-huquqiy hujjatlar talablariga rioya qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agentlik faoliyatiga umumiy rahbarlik qilish, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va boshqa qonun hujjatlari bilan Agentlikka yuklangan vazifalar va funksiyalar bajarilishini tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari bilan tasdiqlangan Agentlik faoliyatini yanada takomillashtirish boʻyicha kompleks dasturlar va tadbirlar ijrosini chuqur va tanqidiy tahlil qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining, uning oʻrinbosarlari va maslahatchilarining, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi investitsiyalar va tashqi savdo vazirining topshiriqlarini ijro etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
faoliyatning ayrim uchastkalariga rahbarlik qilish uchun Agentlik mansabdor shaxslarining vakolatlarini aniqlash va ularning shaxsiy javobgarligi darajasini belgilash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agentlik faoliyati rejalashtirilishini tashkil etish, Agentlik va uning mansabdor shaxslarining har choraklik ish rejalarini tasdiqlash, ular bajarilishi ustidan nazoratni taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining hujjatlari va topshiriqlari ijrosini tashkil etish va monitoringini olib borish, Agentlik faoliyatida ijro intizomini mustahkamlash boʻyicha kompleks amaliy chora-tadbirlarni amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agentlik xodimlarini lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agentlikda kadrlarni tanlash va joy-joyiga qoʻyish, ularning samarali faoliyati uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, Agentlikning kadrlar zaxirasini shakllantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agentlik xodimlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishni tashkil etishning zamonaviy shakllari Agentlik faoliyatiga joriy etilishini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agentlik rahbarlari va xodimlarining xizmat safarlarini Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Mansabdor shaxslarning xorijiy mamlakatlarga chiqish tartibini takomillashtirish choralari toʻgʻrisida” 2014-yil 5-martdagi PQ-2142-son va “Xorijiy xizmat safarlarida boʻlish samaradorligi va xorijiy delegatsiyalarning Oʻzbekiston Respublikasiga tashriflarini tashkil etish uchun mansabdor shaxslarning shaxsiy masʼuliyatini yanada oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 3-avgustdagi PQ-3170-son qarorlari talablariga toʻliq muvofiq tashkil etish va amalga oshirish, xizmat safarlarining asosliligini, samaradorligi va natijadorligini taʼminlash, xizmat safari sarf-xarajatlari uchun ajratiladigan mablagʻlardan maqsadli va oqilona foydalanish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agentlik xodimlari tomonidan Agentlik xodimlarining Odob-axloq qoidalari talablariga rioya qilishini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agentlik tizimida “Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining talablariga muvofiq korrupsiya va boshqa huquqbuzarliklarning oldini olish choralarini koʻrish, shuningdek, huquqni qoʻllash amaliyoti va qonunchilikni takomillashtirish boʻyicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish yoʻli bilan ularni aniqlash, tahlil qilish, ularning sabablari va shartlarini bartaraf etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agentlik vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini ijro etish, elektron hujjatlar aylanishi tizimini keng joriy etish va undan samarali foydalanish, yuridik va jismoniy shaxslarning tushayotgan murojaatlari boʻyicha maʼlumotlar bazasini shakllantirish boʻyicha ishlarni nazorat qilish va muvofiqlashtirish, ularni koʻrib chiqish natijalari hisobga olinishi va kuzatib borilishini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agentlik xodimlari tomonidan bajarilishi majburiy boʻlgan buyruqlar chiqarish va koʻrsatmalar berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agentlik xodimlarini ragʻbatlantirish va intizomiy javobgarlikka tortish masalalarini hal etish, shu jumladan, ularning egallab turgan lavozimda bundan buyon boʻlishining maqsadga muvofiqligi toʻgʻrisidagi masalalarni koʻrib chiqish, ularning shaxsiy javobgarligi chora-tadbirlarini amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agentlikning tuzilmasini va shtatdagi xodimlari sonini oʻzgartirish toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi investitsiyalar va tashqi savdo vaziriga takliflar kiritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonuniylik va mehnat intizomining yoʻl qoʻyilgan buzilishlari holatlari boʻyicha oʻz vakolatlari doirasida xizmat surishtiruvlari oʻtkazilishini tayinlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonun hujjatlarida belgilangan tartibda Agentlik mol-mulkini boshqarish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Quyidagilar Agentlik direktorining oʻrinbosari va tarkibiy boʻlinmalari rahbarlarining asosiy funksional vazifalari hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agentlik tarkibiy boʻlinmalari xodimlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari, shuningdek, boshqa normativ-huquqiy hujjatlar talablariga rioya qilinishini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mutasaddilik qilinadigan tarkibiy boʻlinmalar faoliyatiga bevosita rahbarlik qilish, ushbu boʻlinmalarga yuklangan vazifalar va funksiyalar bajarilishini tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi rahbariyatining hujjatlari va topshiriqlari ijrosini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijro intizomini mustahkamlash boʻyicha kompleks amaliy chora-tadbirlarni amalga oshirish, topshiriqlar oʻz vaqtida va sifatli ijro etilishi uchun tarkibiy boʻlinmalar xodimlarining shaxsiy javobgarligini oshirish chora-tadbirlarini koʻrish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agentlik qarorlari, direktorning buyruqlari va topshiriqlari oʻz vaqtida va sifatli ijro etilishini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tarkibiy boʻlinmalarning har choraklik ish rejalari ishlab chiqilishini taʼminlash, ularni tasdiqlash uchun kiritish, ularda koʻrsatilgan vazifalar va tadbirlar oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tarkibiy boʻlinmalarga yuklangan vazifalar bajarilishini nazorat qilish va muvofiqlashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tarkibiy boʻlinmalar faoliyati masalalari boʻyicha qonun hujjatlarini takomillashtirish boʻyicha takliflarni ishlab chiqish va ularni koʻrib chiqish uchun Agentlik rahbariyatiga kiritish hamda keyinchalik Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi rahbariyatiga kiritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agentlik tarkibiy boʻlinmalarida kadrlarni tanlash va joy-joyiga qoʻyishda direktorga takliflarni taqdim etish, ularning kasbiy mahoratini, oʻz ishini bilishini, amaliy tajribasini, ishbilarmonlik va maʼnaviy-axloqiy sifatlarining yuqari darajasini taʼminlash, ularning kasbiy malakasini oshirish chora-tadbirlarini koʻrish, tarkibiy boʻlinmalarda kadrlar zaxirasini shakllantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agentlik tarkibiy boʻlinmalari xodimlari va rahbarlari faoliyati samaradorligi va natijadorligini tanqidiy tahlil qilish, yigʻilishlarda ularning shaxsiy hisobotlarni eshitish, yakunlar boʻyicha zarur chora-tadbirlar koʻrish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agentlik xodimlarining Odob-axloq qoidalari talablariga rioya qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni talablariga muvofiq Agentlikning tarkibiy boʻlinmalarida korrupsiya va boshqa huquqbuzarliklarning oldini olish chora-tadbirlarini koʻrish, shuningdek, huquqni qoʻllash amaliyoti va qonunchilikni takomillashtirish chora-tadbirlarini ishlab chiqish va amalga oshirish yoʻli bilan korrupsiya va boshqa huquqbuzarliklarni aniqlash, tahlil qilish, ular sodir etilishiga koʻmaklashuvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat sirlariga va maxfiy axborotga taalluqli axborot bilan ishlashda qonun hujjatlari talablariga rioya qilish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Agentlik faoliyatini tashkil etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Agentlikka Oʻzbekiston Respublikasi investitsiyalar va tashqi savdo vazirining taqdimnomasi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod qilinadigan direktor boshchilik qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Direktorning Oʻzbekiston Respublikasi investitsiyalar va tashqi savdo vaziri tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod qilinadigan bir nafar oʻrinbosari boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Direktor ish tashkil etilishini taʼminlaydi va Agentlik faoliyatiga umumiy rahbarlik qiladi, shuningdek, Agentlik faoliyatining sifati va pirovard natijalari uchun javob beradi va Oʻzbekiston Respublikasi investitsiyalar va tashqi savdo vaziri bilan kelishgan holda Agentlikni xalqaro munosabatlarda ifodalaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agentlik direktori boʻlmaganida uning vakolatlarini direktor oʻrinbosari amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Agentlikning xorijiy mamlakatlardagi vakolatxonalari Oʻzbekiston Respublikasi investitsiyalar va tashqi savdo vaziri bilan kelishgan holda Agentlik direktori tomonidan tashkil etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xorijiy mamlakatlardagi vakolatxonalar faoliyati Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi tomonidan belgilanadigan tartibga binoan muvofiqlashtiriladi va boshqariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-bob. Agentlik faoliyati samaradorligi va natijadorligini baholash mezonlari va ishchi indikatorlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Agentlik faoliyati, uning samaradorligi va natijadorligi yuzasidan muntazam baholanishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Agentlik faoliyati samaradorligi va natijadorligini baholash Oʻzbekiston Respublikasi investitsiyalar va tashqi savdo vaziri tomonidan tasdiqlanadigan Agentlik faoliyati samaradorligi va natijadorligini baholash mezonlari va ishchi indikatorlari asosida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Agentlik faoliyati samaradorligi va natijadorligini baholash yakunlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi tomonidan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agentlik rahbarlari va xodimlariga nisbatan ragʻbatlantirish (mukofotlash) yoki tegishli intizomiy javobgarlik choralarini koʻrish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish va Agentlik faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari koʻriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Agentlik faoliyati samaradorligi va natijadorligini baholash tartibi va metodikasi qonun hujjatlari bilan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-bob. Agentlikni moliyalashtirish va moddiy-texnik taʼminlash, uning xodimlari mehnatiga haq toʻlash va ularni moddiy ragʻbatlantirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Quyidagilar Agentlik faoliyatini moliyalashtirish manbalari hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari, xalqaro va xorijiy hukumat, xalqaro moliyaviy tashkilotlar, moliyaviy institutlar va boshqa donorlarning grantlari va kreditlari (qarzlari);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuridik va jismoniy shaxslar — Oʻzbekiston Respublikasi rezidentlari va norezidentlarining xayriya ehsonlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Agentlik xodimlarining ish haqi lavozim maoshi, mukofotlar, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan qoʻshimcha haqlar va ustamalardan iborat boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Agentlik xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Agentlik xodimlariga Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan tartibga muvofiq uzluksiz ish staji (uzoq muddat uzluksiz xizmati uchun) ustamalar toʻlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Oʻzbekiston Respublikasi investitsiyalar va tashqi savdo vaziri tomonidan Agentlik xodimlari uchun qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa toʻlovlardan qatʼi nazar asosiy egallab turgan lavozimi boʻyicha Agentlikning budjetdan tashqari mablagʻlari hisobiga lavozim maoshlariga (tarif stavkalariga) ustamalar va boshqa ragʻbatlantiruvchi toʻlovlar belgilanishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agentlikning ayrim tashabbuskor va yuqori malakali xodimlariga belgilangan tartibda lavozim maoshiga (tarif stavkasiga) shaxsiy ustamalar belgilanishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8-bob. Yakunlovchi qoida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Agentlikni qayta tashkil etish va tugatish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 06.05.2019-y., 09/19/373/3093-son; 11.07.2020-y., 09/20/437/1065-son, 09.01.2021-y., 09/21/6/0004-son, 30.03.2021-y., 09/21/167/0255-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.10.2021-y., 09/21/631/0950-son; 30.09.2022-y., 09/22/556/0879-son; 15.10.2022-y., 09/22/605/0932-son; 21.01.2025-y., 09/25/18/0055-son)