LexUZ sharhi
Mazkur Konvensiya O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 26-dekabrdagi O‘RQ-511-sonli “Fonogramma tayyorlovchilarning manfaatlarini ularning fonogrammalari noqonuniy takrorlanishidan muhofaza qilish to‘g‘risidagi Konvensiyaga (Jeneva, 1971-yil 29-oktabr) O‘zbekiston Respublikasining qo‘shilishi haqida”gi Qonuni bilan ratifikatsiya qilingan.
Fonogrammalarni noqonuniy takrorlash tobora kengayib borayotgani hamda shu tufayli mualliflar, ijrochi-artistlar va fonogrammalarni tayyorlovchilar manfaatlariga ziyon yetayotganidan tashvishga tushayotgan qatnashchi-davlatlar:
fonogrammalarni tayyorlovchilar manfaatlarining shu kabi harakatlardan muhofaza qilinishi ijrolari va asarlari ko‘rsatib o‘tilgan fonogrammalarda yozilgan ijrochi-artistlar va mualliflarning ham manfaatlariga javob berishiga ishonch hosil qilgan holda,
bu sohada Birlashgan millatlar tashkilotining ta’lim, fan va madaniyat masalalari bo‘yicha hamda Butunjahon intellektual mulk tashkilotining bu sohada amalga oshirgan ishlarining qimmatini e’tirof etgan holda,
amaldagi xalqaro konvensiyalarga hech qanday ziyon keltirmaslikka, xususan, ijrochi-artistlar va radioeshittirish organlari, shuningdek fonogrammalar tayyorlovchilari manfaatlarining muhofazasini ta’minlayotgan 1961-yil 26-oktabrdagi Rim konvensiyasining keng miqyosda qabul qilinishiga biron-bir tarzda to‘sqinlik qilmaslikka intilgan holda,
b) “fonogramma tayyorlovchisi” deganda, ovozlarni birinchi bo‘lib fonogrammaga yozib olgan yuridik yoki jismoniy shaxs,
s) “nusxa” deganda, fonogrammadan bevosita yoki bilvosita yozib olingan va shu fonogrammada qayd etilgan ovozlarning hammasini yoxud bir qismini qamrab olgan tashuvchi,
d) “omma orasida tarqatish” deganda, ijro yoki asar nusxalari bevosita yoki bilvosita to‘liq holda yoki istalgan qismi ommaga taqdim etiladigan har qanday harakat tushuniladi.
Har bir qatnashchi-davlat boshqa biron qatnashchi-davlat fuqarosi bo‘lgan fonogramma tayyorlovchilarining manfaatlarini tayyorlovchining roziligisiz fonogramma nusxalarining tayyorlanishidan va bunday nusxalarning olib kirilishidan, aytib o‘tilgan tayyorlash yoki olib kirish har gal ularni omma orasida tarqatish maqsadida amalga oshirilayotgan bo‘lsa, shuningdek ushbu nusxalarning omma orasida tarqatilishidan muhofaza qilish majburiyatini oladi.
Har bir qatnashchi-davlat qonunchiligi mazkur Konvensiya qo‘llanadigan yuridik chora-tadbirlarni belgilash huquqini o‘zida saqlab qoladi, bunda ushbu chora-tadbirlar quyidagi chora-tadbirlar orasidan bitta yoki undan ortig‘ini o‘z ichiga oladi: mualliflik huquqini yoki boshqa alohida huquqni taqdim etish vositasida muhofaza qilish; nopok raqobatga tegishli qonunchilik vositasida muhofaza qilish; jinoiy sanksiyalar vositasida muhofaza qilish.
Har bir qatnashchi-davlatning milliy qonunchiligida taqdim etilayotgan muhofazaning amal qilish muddatini belgilash huquqi saqlab qolinadi. Biroq, agar milliy qonunchilikda muayyan muhofaza muddati ko‘zda tutilgan bo‘lsa, bu muddat, yo fonogrammaning birinchi yozuvi amalga oshirilgan yil oxiridan, yoki fonogramma birinchi marta nashr qilingan yil oxiridan boshlab, yigirma yildan kam bo‘lmasligi kerak.
Qatnashchi-davlatlardan biri, o‘zining milliy qonunchiligiga binoan, fonogramma tayyorlovchilari manfaatlarining muhofazasini ta’minlaydigan shartlar sifatida olib qaraladigan rasmiyatchiliklarning bajarilishini talab qilgan hollarda, ushbu rasmiyatchiliklar bajarilgan hisoblanadi: agar omma orasida tarqatilayotgan fonogrammalarning hamma ruxsat etilgan nusxalari, yoki ularning upakovkasi, ushbu fonogramma muhofaza ostida ekanligini aniq ko‘rsatib turadigan, birinchi nashr yili ko‘rsatilgan ® belgisi ko‘rinishidagi maxsus yozuvga ega bo‘lsa; agar nusxalar yoki ularning upakovkasi fonogramma tayyorlovchisini, uning huquqiy vorisini yoki litsenziya egasini, uning familiyasini tilga olish, marka yoki boshqa biron tegishli belgini ko‘rsatish yo‘li bilan aniqlab bermasa, bu holda yozuv tayyorlovchi, uning huquqiy vorisi yoki mutlaq litsenziya egasining familiyasini ham o‘z ichiga olishi kerak.
Mualliflik huquqini yoki boshqa biron maxsus huquqni taqdim etish yo‘li bilan yoki jinoiy sanksiyalarni qo‘llash yo‘li bilan muhofazani ta’minlaydigan har bir qatnashchi-davlat o‘z qonunchiligida fonogrammalar tayyorlovchilari manfaatlarining muhofazasiga tegishli bo‘lgan va bunda xuddi adabiy va badiiy asarlar mualliflari manfaatlariga nisbatan yo‘l qo‘yiladigan xarakterdagi cheklovlani ko‘zda tutishi mumkin. Biroq majburiy litsenziyalar faqat quyidagi hamma shartlar qoniqtirilgan holdagina ko‘zda tutilishi mumkin:
a) takrorlash faqat ta’lim yoki ilmiy tadqiqotlar olib borish maqsadlarida foydalanish uchun mo‘ljallanadi;
b) litsenziya vakolatli organlari litsenziya taqdim etgan qatnashchi-davlat hududida takrorlash uchungina amal qiladi va eksport qilinadigan nusxalarga nisbatan tatbiq qilinmaydi;
c) litsenziya tufayli amalga oshirilgan takrorlash ko‘rsatib o‘tilgan organlar tomonidan, boshqa sabablar qatorida, takrorlanadigan nusxalar miqdori hisobga olingan holda belgilanadigan haqqoniy mukofotlanish huquqini beradi.
1) Ushbu Konvensiya mualliflar, ijrochi-artistlar, fonogramma tayyorlovchilar yoki radioeshittirish organlarining milliy qonunchilik yoki xalqaro konvensiyalar tomonidan taqdim etiladigan manfaatlarining muhofazasini cheklaydigan yoki ularga ziyon yetkazadigan hujjat sifatida mutlaqo izohlana olmaydi.
2) Har bir qatnashchi-davlatning milliy qonunchiligi, zarur hollarda, chiqishlari fonogrammaga yozilgan ijrochi-artistlar manfaatlarining muhofazasi amalda bo‘lish doirasini, shuningdek ular bunday muhofazadan foydalanishlari mumkin bo‘lgan shartlarni belgilaydi.
3) Bironta qatnashchi-davlat ushbu Konvensiya mazkur davlat hududida kuchga kirgunga qadar yozib olingan fonogrammalarga nisbatan ushbu Konvensiya qoidalarini bajarishga majbur emas.
4) Har qaysi qatnashchi-davlat, uning milliy qonunchiligi 1971-yil 29-oktabr holatiga fonogrammalar tayyorlovchilariga faqat birinchi yozib olingan joyga asoslanib ularning manfaatlariga muhofaza taqdim qilgan bo‘lsa, Butunjahon intellektual mulk tashkilotining Bosh direktori depozitlagan bildirishnoma asosida ushbu mezonni tayyorlovchining fuqaroligi mezonining o‘rniga qo‘llashini ma’lum qilishi mumkin.
1) Butunjahon intellektual mulk tashkilotining Xalqaro byurosi fonogrammalar muhofazasiga tegishli axborotni to‘playdi va nashr qiladi. Har bir qatnashchi-davlat Xalqaro byuroga kechiktirmay ushbu masala bo‘yicha hamma yangi qonunlar va rasmiy matnlarni kechiktirmay xabar qiladi.
2) Xalqaro Byuro har qanday qatnashchi-davlatga, uning iltimosiga binoan ushbu Konvensiyaga tegishli masalalar bo‘yicha axborot taqdim etadi, shuningdek tadqiqotlar olib boradi va ushbu Konvensiyada ko‘zda tutilgan muhofazaning amalga oshirilishini osonlashtirish maqsadida xizmat ko‘rsatilishini ta’minlaydi.
3) Xalqaro byuro 1- va 2-bandlarda bayon qilingan vazifalarni Ta’lim, ilm-fan va madaniyat masalalari bo‘yicha Birlashgan millatlar tashkilotining va Xalqaro mehnat tashkilotining vakolatlari doirasiga kiradigan masalalarga nisbatan ular bilan hamkorlikda bajaradi.
1) Ushbu Konvensiya Birlashgan millatlar tashkilotining Bosh kotibida depozitlanadi. Konvensiya Birlashgan millatlar tashkilotining, Birlashgan millatlar tashkiloti bilan bog‘liq ixtisoslashtirilgan muassasalardan birining yoki Atom energiyasi bo‘yicha Xalqaro agentlik yoki Xalqaro sud statuti tomonining a’zosi bo‘lgan istalgan qatnashchi-davlat tomonidan imzolash uchun 1972-yil 30-aprelga qadar ochiq bo‘ladi.
2) Ushbu Konvensiya uni imzolagan mamlakatlar tomonidan ratifikatsiya yoki qabul qilinishi kerak. Konvensiya ushbu moddaning 1-bandida tilga olingan har qanday davlatning unga qo‘shilishi uchun ochiqdir.
3) Ratifikatsiya qilish, qabul qilish yoki qo‘shilish bo‘yicha aktlar Birlashgan millatlar tashkilotining Bosh kotibida depozitlanadi.
4) Ushbu Konvensiyaga a’zo bo‘lgan davlat shu paytdan e’tiboran o‘zining milliy qonunchiligiga muvofiq ushbu Konvensiya qoidalarini hayotga tatbiq qilishga qodir bo‘lishi kerakligi ko‘zda tutiladi.
1) Ushbu Konvensiya ratifikatsiya qilish, qabul qilish yoki qo‘shilishning beshinchi akti depozitlangandan keyin uch oy o‘tib kuchga kiradi.
2) Ushbu Konvensiyani ratifikatsiya qilayotgan yoki qabul qilayotgan yoxud ratifikatsiya qilish, qabul qilish yoki qo‘shilish to‘g‘risidagi beshinchi akt depozitlanganidan keyin qo‘shilayotgan har qanday davlat uchun ushbu Konvensiya Butunjahon intellektual mulk tashkilotining Bosh direktori 13-moddaning 4-bandiga muvofiq tegishli akt ushbu davlat tomonidan depozitlangani to‘g‘risida xabar qilgan sanadan uch oy o‘tib kuchga kiradi.
3) Har bir davlat ratifikatsiya qilish, qabul qilish yoki qo‘shilish paytida yoki keyinroq har qanday paytda, Birlashgan millatlar tashkilotining Bosh kotibiga bildirishnoma yuborgan holda, ushbu Konvensiya xalqaro munosabatlar o‘zi tomonidan ta’minlanayotgan hamma hududlarga yoki hududlardan birida qo‘llanishi mumkinligini ma’lum qiladi. Ushbu bildirishnoma u qabul qilinganidan keyin uch oy o‘tib kuchga kiradi.
4) Biroq avvalgi band hech qanday holatda ham ko‘rsatib o‘tilgan bandga muvofiq ushbu Konvensiya boshqa qatnashchi-davlat tomonidan joriy qilinayotgan istalgan hududdagi haqiqiy holat biron bir qatnashchi-davlat tomonidan indamay tan olinayotgani yoki qabul qilinayotganini bildiradi deb izohlanishi mumkin emas.
1) Har bir qatnashchi-davlat, Birlashgan millatlar tashkilotining Bosh kotibiga yozma bildirish yuborgan holda, ushbu Konvensiyani yo o‘z nomidan, yoki biron bir hudud nomidan, yoki 11-moddaning 3-bandida aytib o‘tilgan hamma hududlar nomidan denonsatsiya qilish (bekor deb e’lon qilish) huquqiga ega.
2) Denonsatsiya Birlashgan millatlar tashkilotining Bosh kotibi avvalgi bandda aytib o‘tilgan bildirishni qabul qilib olgan sanadan e’tiboran o‘n ikki oy o‘tgach kuchga kiradi.
1) Ushbu Konvensiya bir nusxada ingliz, ispan, rus va fransuz tillarida imzolanadi, bunda ushbu to‘rttala matn bir xil kuchga ega.
2 Matnning arab, golland, italyan, olmon va portugal tillariga rasmiy tarjimalari Butunjahon intellektual mulk tashkilotining Bosh direktori tomonidan, manfaatdor hukumatlar bilan maslahatlashgandan so‘ng, ta’minlanadi.
3) Birlashgan millatlar tashkilotining Bosh kotibi Butunjahon intellektual mulk tashkilotining Bosh direktorini, Ta’lim, ilm-fan va madaniyat masalalari bo‘yicha Birlashgan millatlar tashkilotining Bosh direktorini hamda Xalqaro mehnat byurosining Bosh direktorini
4) Butunjahon intellektual mulk tashkilotining Bosh direktori 9-moddaning 1-bandida zikr etilgan davlatlarga avvalgi bandning qo‘llanishi munosabati bilan olingan hamma bildirishnomalar to‘g‘risida, shuningdek ushbu Konvensiyaning 7-moddasi 4-bandiga muvofiq kelib tushgan hamma bayonotlar to‘g‘risida xabar beradi. U shuningdek ko‘rsatib o‘tilgan bayonotlar to‘g‘risida Ta’lim, ilm-fan va madaniyat masalalari bo‘yicha Birlashgan millatlar tashkilotining Bosh direktorini hamda Xalqaro mehnat byurosining Bosh direktorini ham xabardor qiladi.
5) Birlashgan millatlar tashkilotining Bosh kotibi ushbu Konvensiyaning tegishli tarzda tasdiqlangan ikkita nusxasini 9-moddaning 1-bandida tilga olingan barcha davlatlarga jo‘natadi.