Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.07.2022 06.02.1997 yildagi 66-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.07.2022
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori

SOLIQ VA TOʻLOV INTIZOMINI MUSTAHKAMLASh BOʻYIChA HUKUMAT KOMISSIYASI TOʻGʻRISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-iyuldagi 396-sonli “Qonunchilik bazasini yanada tizimlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soliq va toʻlov intizomini mustahkamlash boʻyicha Hukumat komissiyasi toʻgʻrisidagi Nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Oʻ. SULTONOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1997-yil 6-fevral,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
66-son

Vazirlar Mahkamasining
1997-yil 6-fevraldagi 66-son qarori bilan
TASDIQLANGAN
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soliq va toʻlov intizomini mustahkamlash boʻyicha Hukumat komissiyasi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM

I. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 5-dekabrdagi 431-son qaroriga muvofiq tuzilgan Soliq va toʻlov intizomini mustahkamlash boʻyicha Hukumat Komissiyasi (keyingi oʻrinlarda — komissiya deb ataladi) oʻz faoliyatini soliqlar, majburiy toʻlovlarning budjetga va budjetdan tashqari fondlarga oʻz vaqtida tushishini taʼminlash, soliq va toʻlov intizomini mustahkamlash yoʻli bilan vaqtida toʻlanmagan toʻlovlarni qisqartirish, soliqlar, toʻlovlarning budjet va budjetdan tashqari fondlarga toʻliq yigʻilishini taʼminlash maqsadida amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Komissiya oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlariga, shuningdek, mazkur Nizomga amal qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Komissiyaning oʻz vakolatlari doirasida qabul qilingan qarorlari va yozma koʻrsatmalari vazirliklar, idoralar, qoʻmitalar, mahalliy hokimiyat va boshqaruv organlari, xoʻjalik yurituvchi subyektlar va ularning birlashmalari (xoʻjalik uyushmalari), mansabdor shaxslar va fuqarolar tomonidan bajarilishi majburiy hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. Komissiyaning vazifalari va funksiyalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Quyidagilar Komissiyaning asosiy vazifalari va faoliyat yoʻnalishlari hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xoʻjalik yurituvchi subyektlar tomonidan soliq qonunchiligiga rioya etilishi, soliqlar va majburiy toʻlovlarning oʻz vaqtida va toʻliq toʻlanishini nazorat qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
budjetga vaqtida toʻlanmagan toʻlovlarni qisqartirish va amaldagi qonunchilikka muvofiq belgilangan soliqlar va majburiy toʻlovlarning toʻliq undirilishini taʼminlashga oid chora-tadbirlar ishlab chiqish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Asosiy vazifalari va faoliyat yoʻnalishlariga muvofiq Komissiyaga quyidagilar yuklanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
amaldagi qonunchilikka muvofiq soliqlar, budjetga va budjetdan tashqari fondlarga ajratmalar toʻlovchi xoʻjalik yurituvchi subyektlarni toʻla qamrab olish, shuningdek, ularni toʻlashdan bosh tortgan yuridik va jismoniy shaxslarni aniqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xoʻjalik yurituvchi subyektlar tomonidan budjet va budjetdan tashqari fondlarga soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarni oʻz vaqtida va toʻliq toʻlanishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
moliya, soliq va bojxona organlari tomonidan xoʻjalik yurituvchi subyektlarning budjet va budjetdan tashqari fondlar oldidagi qarzdorligini qisqartirish va bartaraf etishga doir qonunchilikda nazarda tutilgan chora-tadbirlarni toʻliq va oʻz vaqtida qoʻllash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xoʻjalik yurituvchi subyektlarning budjetga va budjetdan tashqari fondlarga toʻlovlarni oʻz vaqtida va toʻliq toʻlash masalalariga oid amaldagi qonunchilikka rioya etishlari masalalari yuzasidan tekshiruvlar oʻtkazish toʻgʻrisida qarorlar qabul qilish mexanizmini takomillashtirish va nazorat qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xoʻjalik yurituvchi subyektlarning budjet va budjetdan tashqari fondlar oldida qarzdorligining yuzaga kelishi sabablarini tahlil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
iqtisodiyotni rivojlantirishning belgilangan ustuvorliklariga muvofiq, vaqtida toʻlanmagan toʻlovlarga penya qoʻshishni toʻxtatgan holda, toʻlovni kechiktirish va (yoki) boʻlib-boʻlib toʻlash imkoni berilishi mumkin boʻlgan toʻlovlarni vaqtida toʻlamagan korxonalar va tashkilotlar roʻyxatini belgilash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
budjetga oʻz vaqtida toʻlanmagan toʻlovlarni kechiktirish va (yoki) boʻlib-boʻlib toʻlash imkonini berishning asosiy prinsiplari, shartlari va tartibini belgilash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toʻlovni kechiktirish va boʻlib-boʻlib toʻlash shartlari va tartibiga xoʻjalik yurituvchi subyektlar tomonidan rioya etilishini nazorat qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
budjet va budjetdan tashqari fondlarga toʻlovlar toʻliq va oʻz vaqtida toʻlanishi va budjetga qoʻshilishi masalalari boʻyicha vazirliklar va idoralarning faoliyatini muvofiqlashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
budjetga vaqtida toʻlanmagan toʻlovlarni qisqartirish va amaldagi qonunchilikka muvofiq belgilangan soliqlar va majburiy toʻlovlarning toʻliq undirilishini taʼminlash chora-tadbirlarini belgilash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
budjetga va budjetdan tashqari fondlarga vaqtida toʻlanmagan toʻlovlarni qisqartirish boʻyicha topshiriqlarning bajarilishini nazorat qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Moliya vazirligi tomonidan respublika budjetining daromadlari va xarajatlariga oid pul hisoblarini oʻtkazish yakunlarini koʻrib chiqish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. Komissiyaning huquqlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Komissiya quyidagi huquqlarga ega:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat soliq qoʻmitasi va Moliya vazirligining taklifiga binoan budjet va budjetdan tashqari fondlarga vaqtida toʻlanmagan toʻlovlarni, penya qoʻshishni toʻxtatgan holda, kechiktirish va (yoki) boʻlib-boʻlib toʻlashga ruxsat berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
belgilangan topshiriqlarning bajarilmasligida aybdor boʻlgan shaxslarni amaldagi qonunchilikka muvofiq javobgarlikka tortgan holda, tarmoq va hududlar boʻyicha vaqtida toʻlanmagan toʻlovlarni qisqartirish yuzasidan har oyda topshiriqlar belgilash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
belgilangan tartibda moliya, soliq va bojxona organlari faoliyati tekshirilishini tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
soliq qonunchiligini buzganligi va budjetga va budjetdan tashqari fondlarga toʻlovlar oʻz vaqtida va toʻliq toʻlanishini taʼminlamaganligi uchun idoralar, mulkchilik shaklidan qatʼi nazar, korxonalar va tashkilotlar, joylardagi davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining rahbarlarini egallab turgan lavozimidan boʻshatishgacha boʻlgan javobgarlikka tortish toʻgʻrisidagi takliflarni Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining koʻrib chiqishi uchun kiritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vazirliklar, idoralar, banklar, korxonalar, birlashmalar (xoʻjalik uyushmalari), mahalliy hokimiyat va boshqaruv organlari rahbarlarining soliqlar hamda majburiy toʻlovlarning budjetga va budjetdan tashqari fondlarga oʻz vaqtida kelib tushishi masalalari boʻyicha hisobotlarini tinglash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qoʻyilgan vazifalarni bajarish uchun tegishli vazirliklar, idoralar, korxonalar va tashkilotlarning, joylardagi davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining mutaxassislarini jalb etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV. Komissiya faoliyatini tashkil etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Komissiya ishi Komissiya raisi tomonidan tasdiqlanadigan ish rejalariga muvofiq muntazam majlislar (bir oyda kamida bir marta) oʻtkazish yoʻli bilan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Komissiya tarkibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarori bilan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Komissiya oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga hisob beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Komissiya kotibiyati funksiyasi Vazirlar Mahkamasining Umumiqtisodiyot boʻlimiga yuklanadi.