12.10.1995 yildagi 399-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aholiga maishiy xizmat ko‘rsatish korxonalari faoliyatini barqarorlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Respublika aholisiga maishiy xizmat ko‘rsatishni barqarorlashtirish va uning darajasini oshirish, xususiy tadbirkorlikni va kichik biznesni rivojlantirish asosida ushbu tarmoqda aralash iqtisodiyotni barpo etishni jadallashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
(1-2-bandlar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 19-sentabrdagi 446-sonli qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 16-avgustdagi PF-111-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.08.2024-y., 06/24/111/0623-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 16-avgustdagi PF-111-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.08.2024-y., 06/24/111/0623-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 16-avgustdagi PF-111-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.08.2024-y., 06/24/111/0623-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. O‘zbekiston Respublikasi aholiga maishiy xizmat ko‘rsatish qoidalari 5-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilansinki, aholiga maishiy xizmat ko‘rsatish qoidalari maishiy xizmatlar ko‘rsatish sohasida iste’molchilar bilan bajaruvchilar o‘rtasidagi munosabatlarni tartibga soladi va tashkiliy-huquqiy shakllaridan qat’i nazar, barcha yuridik shaxslarga, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi hududida xizmatlar ko‘rsatish (ishlarni bajarish) bilan shug‘ullanuvchi tadbirkor fuqarolarga joriy etiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 16-avgustdagi PF-111-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.08.2024-y., 06/24/111/0623-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(8-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 19-sentabrdagi 446-sonli qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan)
Oldingi tahrirga qarang.
(9-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 16-avgustdagi PF-111-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.08.2024-y., 06/24/111/0623-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(10-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 16-avgustdagi PF-111-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.08.2024-y., 06/24/111/0623-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. O‘zbekiston SSR Ministrlar Sovetining 1988-yil 5-avgustdagi 272-son qarori o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari M.Z. Usmonov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1995-yil 12-oktabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
399-son
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 19-sentabrdagi 446-sonli qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 19-sentabrdagi 446-sonli qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan)
Oldingi tahrirga qarang.
(2a-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 19-sentabrdagi 446-sonli qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 16-avgustdagi PF-111-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.08.2024-y., 06/24/111/0623-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 16-avgustdagi PF-111-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.08.2024-y., 06/24/111/0623-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining
1995-yil 12-oktabrdagi 399-son qaroriga
5-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi aholisiga maishiy xizmat ko‘rsatish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qoidalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Aholiga maishiy xizmat ko‘rsatish qoidalari maishiy xizmat ko‘rsatish sohasida iste’molchilar bilan bajaruvchilar o‘rtasidagi munosabatlarni tartibga soladi va O‘zbekiston Respublikasi hududida maishiy xizmatlar ko‘rsatish (ishlarni bajarish) bilan shug‘ullanadigan, mulkchilik shakllari va idoraviy bo‘ysunishidan qat’i nazar, barcha yuridik va jismoniy shaxslarga (bundan keyin “xo‘jalik yurituvchi subyektlar” deb ataladi) joriy qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoidalar buyurtmani qabul qilish, rasmiylashtirish, bajarish, berishga, buyurtmachi bilan hisob-kitob qilishga qo‘yiladigan talablarni, shuningdek, xo‘jalik yurituvchi subyekt va buyurtmachining mulkiy javobgarligini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Xo‘jalik yurituvchi subyektlar o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi va mazkur Qoidalar asosida amalga oshiradilar.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mijozning tanishishi uchun qulay joylarda (asosan o‘zaro hisob-kitoblar amalga oshiriladigan joylarda, shuningdek, kirish va xaridorga ochiq bo‘lgan boshqa joylarda) quyidagi ma’lumotlar joylashtirilishi kerak:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuridik shaxs to‘g‘risidagi ma’lumotlar — o‘z korxonasining nomi, soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami (STIR), shuningdek, uning joylashgan joyi (pochta manzili va ish rejimi) hamda ushbu ma’lumotlarni (ish rejimi bundan mustasno) skanerlash imkonini beruvchi maxsus QR-kod;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yakka tartibdagi tadbirkor to‘g‘risidagi ma’lumotlar — davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganlik va ro‘yxatdan o‘tkazgan organning nomi, shuningdek, jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (JSHSHIR) hamda ushbu ma’lumotlarni skanerlash imkonini beruvchi maxsus QR-kod.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ma’lumotlarni skanerlash imkonini beruvchi maxsus QR-kod soliq to‘lovchining shaxsiy kabineti orqali soliq organlari tomonidan shakllantirib beriladi.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 2-apreldagi 148-sonli qaroriga asosan ikkinchi — beshinchi xatboshilar bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 02.04.2022-y., 09/22/148/0262-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 28-iyundagi 236-sonli qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan— O‘R QHT, 2002-y., 11-12-son, 97-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Xo‘jalik yurituvchi subyekt buyurtmachilar uchun mumkin bo‘lgan qulayliklarni yaratishga va o‘z faoliyatini aholi uchun qulay bo‘lgan vaqtda amalga oshirishga majburdir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Xo‘jalik yurituvchi subyekt aholiga abonement bo‘yicha xizmatlarni Aholiga abonement xizmati ko‘rsatish qoidalariga muvofiq belgilangan tartibda ko‘rsatishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Xo‘jalik yurituvchi subyektlar, ularning buyurtmalarni qabul qiladigan va beradigan bo‘linmalari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi aholisiga maishiy xizmat ko‘rsatishning mazkur qoidalarini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xizmatlarning aniq turlari uchun “Buyurtma qabul qilish, rasmiylashtirish va berish qoidalari” respublika standartlarini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ko‘rsatiladigan xizmatlar turlarini;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ko‘rsatiladigan xizmatlarning barcha turlariga texnik reglamentlar yoki standartlar;
(6-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 3-martdagi 45-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 10-son, 105-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xizmatlarning har bir turi uchun amalda bo‘lgan asoslangan narx va tariflarni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mulohazalar daftarini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xizmat ko‘rsatish joyiga kirish va chiqishda ish tartibi, oddiy va shoshilinch buyurtmalarni bajarish uchun belgilangan muddatlar, tuzatilgan va tayyorlangan buyumlarga beriladigan kafolat muddatlari to‘g‘risidagi axborotni (axborot chiroyli qilib bezatilgan va aniq, tushunarli bo‘lishi kerak);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
korxona manzili va telefon raqamlarini, rahbarning fuqarolarni qabul qilish kunlari va soatlarini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
navbatsiz xizmat ko‘rsatish huquqiga ega bo‘lgan fuqarolar toifalari ko‘rsatilgan ro‘yxatni qulay va ko‘zga darrov tashlanadigan joyga joylashtirishga majburdirlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xo‘jalik yurituvchi subyektlar o‘z ish xususiyatlari va imkoniyatlarini hisobga olib, yuqorida qayd etilganlar bilan birga buyurtmachilar e’tiboriga jurnallar, kataloglarni, buyumlarning tasdiqlangan namunalarini yoki ular tasvirlangan albomlarni, maishiy xizmatlarga bo‘lgan talabni hisobga olish jurnalini, materiallar, ehtiyot qismlar, furnitura namunalarini ularning bahosini ko‘rsatgan holda ham havola etishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. Buyurtma qabul qilish va uni rasmiylashtirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Xo‘jalik yurituvchi subyekt buyurtmani taklif etilayotgan xizmatlar ro‘yxatiga muvofiq qabul qilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Maishiy xizmatlar va ishlar uchun buyurtma va buyurtmanomalar bevosita korxonaning o‘zida, telefon, avtomat qurilmalar orqali, buyurtmachining ish, o‘qish, dam olish va turar joyida qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Buyurtmalarni tayyorlash uchun buyurtmalar moda jurnallari, buyurtmachi, rassom-modelyer eskizlari, shuningdek namunalar sifatida belgilangan tartibda tasdiqlangan modellar bo‘yicha amalga oshiriladi. Buyurtmachining xohishiga ko‘ra belgilangan shakldagi hujjatdagi uning imzosi bilan tasdiqlab beriladigan tasdiqlangan namunalar va tayyorlash texnologiyasidan chetga chiqishlarga korxona bilan kelishgan holda yo‘l qo‘yilishi mumkin. Buyurtmachiga modelni yoki buyum tuzilishini tanlashda, shuningdek buyum eskizini tuzishda imkoni boricha malakali maslahat berilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Buyurtmachi buyurtmani o‘z vaqtida olmaganligi uchun penya undirilishi to‘g‘risida ogohlantiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Maishiy xizmat ko‘rsatishga buyurtmalar belgilangan shakldagi hujjat bilan rasmiylashtiriladi, unda ko‘rsatilgan barcha rekvizitlar tushunarli qilib to‘ldiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Buyurtmalar buyurtmachining va xo‘jalik yurituvchi subyektning materiali (xom ashyosi)dan foydalanib bajariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Xo‘jalik yurituvchi subyekt material (xom ashyo)ni buyurtmachi ko‘z oldida ko‘rib chiqishi va uning yaroqliligi to‘g‘risidagi fikrini aytishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar xo‘jalik yurituvchi subyekt materialning yaroqsizligi yoki sifati pastligi, buyurtmachining ishni bajarish usuli haqidagi iltimosiga rioya qilishning imkoni yo‘qligi, shuningdek, bajarilayotgan ishning pishiqligi va yaroqliligiga ta’sir etishi mumkin bo‘lgan, korxonaga bog‘liq bo‘lmagan boshqa holatlar mavjudligi to‘g‘risida buyurtmachini ogohlantirmagan hamda belgilangan shakldagi hujjatda buni ko‘rsatib o‘tmagan bo‘lsa, bajarilayotgan buyurtmaning sifati uchun javob beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Buyurtmachi tomonidan ishni bajarish uchun berilgan material (xom ashyo)ning narxini buyurtmachi buyurtma qabul qilinayotgan vaqtda xo‘jalik yurituvchi subyekt bilan kelishib ko‘rsatadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Xizmatni bajarish uchun zarur bo‘ladigan material miqdori korxonada tasdiqlangan tegishli xizmat turlariga sarflanadigan norma asosida aniqlanadi va buyurtmachi bilan kelishib olinadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Xo‘jalik yurituvchi subyekt maishiy xizmatning O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi bilan taqiqlanmagan, barcha turlarini ko‘rsatishga haqlidir.
(9-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. Buyurtmani bajarish va uni berish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Maishiy xizmat ko‘rsatishga berilgan buyurtmalar korxonada amalda bo‘lgan normativ-texnik hujjatlar (texnologiya, sarf-xarajat normalari, lekal va boshqalar) asosida bajarilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Xo‘jalik yurituvchi subyekt:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
texnik reglamentlar yoki standartlar, shartnomaga va buyurtmachining istaklariga qat’iy amal qilgan holda yuqori sifatli xizmat ko‘rsatishni;
(2-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 3-martdagi 45-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 10-son, 105-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
buyurtmalarni bajarish muddatlariga rioya qilishni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
o‘zi tayyorlab bergan va tuzatgan buyurtmalarga beriladigan kafolat majburiyatlarini bajarishni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuksak xizmat ko‘rsatish madaniyatini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
buyurtmachidan qabul qilingan materiallar (xom ashyo, buyumlar)ning saqlanishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
korxonada amalda bo‘lgan narx intizomiga rioya qilinishini ta’minlashi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Buyurtmalarni bajarish muddatlari xizmatlarning aniq turlari uchun “Buyurtma qabul qilish, rasmiylashtirish va berish qoidalari” respublika standartlariga muvofiq belgilanadi, mazkur qoidalar ushbu bo‘limining 4-bandida nazarda tutilgan hollar bundan istisno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Buyurtmani bajarish muddati buyurtma qabul qilingandan keyingi kundan boshlab hisoblanadi. Buyurtmachi xohishiga ko‘ra buyurtma shoshilinch ravishda bajarilishi mumkin. Bunday holda buyurtmani bajarish muddati belgilangan shakldagi hujjatda ko‘rsatilgan buyurtma qabul qilingan vaqt (kun, soat)dan boshlab hisoblanadi. Agar buyurtmani bajarish muddatining oxirgi kuni ish kuniga to‘g‘ri kelmasa, muddatning tugash kuni sifatida undan keyin keluvchi ish kuni qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. O‘ziga xos, nodir buyumlarni hamda konstruksiyasi va sxemasi o‘zgartirilgan apparatlarni bir marta tayyorlash va chet elda ishlab chiqarilgan buyumlarni tuzatish korxona tomonidan buyurtmachi bilan kelishib belgilangan muddatlarda bajariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Xizmatlarning ma’lum turlari buyurtmachi uyida ko‘rsatilishi mumkin, bunda korxona xodimning buyurtmachi bilan kelishilgan vaqtda kelishini ta’minlaydi, buyurtmachi esa xizmatni bajarish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratishi shart. Ustani uyga chaqirganlik uchun qo‘shimcha haq undiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Material (xom ashyo, buyum)ni korxonaga olib kelish va qaytarib olib ketish buyurtmachining istagiga ko‘ra qo‘shimcha haq hisobiga korxona transportida yoki buyurtmachining o‘zi tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Buyurtmachi buyurtmani bajarish jarayonida, agar ularni bajarish texnik jihatdan mumkin bo‘lsa, unga qisman o‘zgartirishlar kiritishi mumkin. Kiritiladigan barcha o‘zgartirishlar korxona bilan kelishib olingan bo‘lishi va belgilangan shakldagi hujjatga kiritilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Buyurtmachi quyidagi hollarda shartnomani bekor qilish huquqiga ega buladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
agar xo‘jalik yurituvchi subyekt shartnomani bajarishga o‘z vaqtida kirishmasa yoki buyurtmani bajarish muddati asossiz buzilayotgan bo‘lsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
agar bajarilgan ishdagi aniqlangan kamchiliklar buyurtmachi tomonidan belgilangan muddatda bartaraf etilmagan bo‘lsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
agar bajarilayotgan ishda jiddiy kamchiliklarga, shartnomadan chetga chiqishlarga yo‘l qo‘yilgan yoki buyurtma tuzatish mumkin bo‘lmagan nuqsonlar bilan bajarilgan bo‘lsa. Bunda, agar buyum buyurtmachi materialidan tayyorlangan bo‘lsa, buyurtmachi shu turdagi shunday sifatdagi materiallardan boshqa buyum tayyorlab berilishini talab qilishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shartnoma bekor qilingan taqdirda buyurtmachi zararning shartnoma bekor qilingan vaqtda amalda bo‘lgan narxlarda qoplanishini talab qilishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Buyurtmachi shartnomani ish tugallanishidan oldin istalgan vaqtda, xo‘jalik yurituvchi subyektga ishning bajarilgan qismi qiymatini to‘lab va zararlarni shartnomani bekor qilish vaqtida amalda bo‘lgan narxlarda qoplab, bekor qilishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Agar xo‘jalik yurituvchi subyekt ishni shartnoma shartlaridan chetga chiqib yomon bajargan yoki ishda boshqa kamchiliklarga yo‘l qo‘ygan bo‘lsa, buyurtmachi o‘z istagiga ko‘ra ko‘rsatilgan kamchiliklar mutanosib muddatda tekin tuzatib berilishini yoki buyurtmachi yo‘l qo‘ygan nuqsonlarni o‘z mablag‘lari bilan tuzatishga sarflagan xarajatlarni qoplashni, agar shartnomada buyurtmachining bunday huquqi yoki ish uchun beriladigan pulni tegishlicha kamaytirish nazarda tutilgan bo‘lsa, talab qilishga haqlidir. Bunda xo‘jalik yurituvchi subyekt neustoykani mazkur Qoidalar V bo‘limining 5-bandida belgilangan miqdorda to‘laydi.
(10-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 11-sentabrdagi 562-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Xo‘jalik yurituvchi subyekt buyurtmachi bergan material (xom ashyo, buyum)dan noto‘g‘ri foydalanilganligi uchun javob beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ish yakunlanganda yoki buyurtma bekor qilinganda korxona materialning ortib qolgan qismini yoki korxona buyurtmani bajarishga kirishmagan bo‘lsa, uning hammasini qaytarishga majburdir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Xo‘jalik yurituvchi subyekt buyurtmani bajarish uchun buyurtmachiga berilayotgan material sifati uchun javob beradi va material sifatsiz bo‘lib chiqqan holda, uni buyurtmachi talabiga ko‘ra o‘z hisobidan almashtirishga majburdir.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Xo‘jalik yurituvchi subyekt tomonidan tayyorlangan va tuzatilgan buyumlarni markirovka qilish va o‘rash xizmatlarning har bir turi texnik reglamentlari yoki standartlari talablariga muvofiq amalga oshiriladi.
(13-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 3-martdagi 45-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 10-son, 105-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Tayyorlangan, tuzatilgan buyumlar, tuzatilgan uy-ro‘zg‘or mashina va priborlari, radioelektron apparatlar buyurtmachi ishtirokida tekshirilishi lozim. Buyurtmachi xo‘jalik yurituvchi subyekt tomonidan shartnoma shartlariga muvofiq, bajarilgan ishni ko‘rib chiqishga va qabul qilib olishga majburdir. Xo‘jalik yurituvchi subyekt buyurtmachiga kafolat muddati ko‘rsatilgan kafolat talonini, agar “Buyurtma qabul qilish, rasmiylashtirish va berish qoidalari” respublika standartlariga muvofiq belgilanadigan bunday talon bo‘lsa, berishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar buyurtmachi kafolat muddatiga ega bo‘lmagan buyumlarni qabul qilishda xo‘jalik yurituvchi subyektga ishni bajarishdagi shartnoma shartlaridan chetga chiqishlarni darhol ma’lum qilmasa, u keyinchalik bu chetga chiqishlarni asos qilib keltirish huquqidan mahrum bo‘ladi. Ishni oddiy qabul qilishda aniqlanishi mumkin bo‘lmagan buyurtmani bajarishda yo‘l qo‘yilgan chetga chiqishlar va boshqa kamchiliklar to‘g‘risida buyurtmachi bu nuqsonlar aniqlangan zahoti korxonani xabardor qilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Buyurtmachi ko‘rsatilgan xizmatlar haqini to‘laganligini (buyumni olganligini) kvitansiyada yoki boshqa hisobga olish hujjatida o‘z imzosi bilan tasdiqlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hisobga olish hujjatlari qo‘llanilmaydigan ishlarda buyurtmachining xizmat haqini to‘laganligi to‘g‘risidagi yozma tasdig‘i talab etilmaydi, unga haq to‘langanligini tasdiqlovchi kassa cheki beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xo‘jalik yurituvchi subyekt buyurtmachiga unga ko‘rsatilgan xizmat sifati to‘g‘risida o‘z fikrini bildirish imkoniyatini ta’minlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Xo‘jalik yurituvchi subyekt buyurtmani qabul qilganligini tasdiqlovchi belgilangan shakldagi hujjat yo‘qotib qo‘yilgan taqdirda buyurtmachi bu haqda buyurtmani qabul qilgan xo‘jalik yurituvchi subyektni xabardor qilishga majbur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunday holda buyurtmada ko‘rsatilgan buyum buyurtmachining pasporti yoki uning shaxsini tasdiqlovchi boshqa hujjat ko‘rsatilgan holda uning yozma arizasiga ko‘ra beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Buyurtmachi buyumni olish uchun kelmagan taqdirda xo‘jalik yurituvchi subyekt belgilangan shakldagi hujjatda ko‘rsatilgan buyurtmani bajarish muddati tugagan kundan olti oy o‘tgandan keyin va ikki marta yozma ogohlantirishdan so‘ng (bildirish qog‘ozi yuborib) buyumni belgilangan tartibda sotib yuborishga, sotishdan tushgan pulni esa korxonaga tegishli to‘lovlarni (shu jumladan buyurtmachini buyurtma bajarilganligi to‘g‘risida xabardor qilish va saqlash xarajatlarini ham) chegirib, belgilangan muddatda talab qilib olingunga qadar korxona deponentiga kiritib qo‘yishga haqlidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV. Buyurtmachi bilan hisob-kitob qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Buyurtmachi maishiy xizmatlar qiymatini korxonada amalda bo‘lgan va tasdiqlangan, xizmatlarning har bir turiga ishlab chiqilgan kalkulyatsiya asosida tuziladigan narx va tariflar bo‘yicha to‘laydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maishiy xizmatlarning narx belgilanmagan bir martalik ayrim turlari uchun bir martalik kalkulyatsiya tuziladi va narx buyurtmachi bilan kelishib olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xo‘jalik yurituvchi subyekt buyurtmachi iltimosiga ko‘ra buyurtmani rasmiylashtirishda nazarda tutilmagan xizmatlarni bajargan taqdirda buyurtmachi ularning qiymatini qo‘shimcha tarzda to‘laydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Korxona ish bilan to‘liq ta’minlanmagan davrda aholi talabini oshirish maqsadida korxona xizmatlarning amaldagi narxlaridan mavsumiy chegirishlarni qo‘llashga haqlidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Xo‘jalik yurituvchi subyektning xizmatlar ko‘rsatish vaqtida ishlatiladigan va xizmatlar qiymatiga kiritilmagan materiallari (xom ashyo, buyumlari) qiymati buyurtmachi tomonidan korxonada belgilangan narxlar bo‘yicha qo‘shimcha ravishda to‘lanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Xo‘jalik yurituvchi subyekt shartnoma shartlarini bajarmagan taqdirda maishiy xizmat ko‘rsatishning alohida shartlari va qo‘shimcha turlari uchun nazarda tutilgan ustamalar (qo‘shimcha haq) undirilmaydi. Bunda xo‘jalik yurituvchi subyekt buyurtmachiga buyurtmani bajarish muddatini buzganligi uchun penya, buyurtmani sifatsiz bajarganligi uchun esa mazkur qoidalarning V bo‘limi 4 va 5-bandlarida ko‘rsatilgan miqdorda neustoyka to‘laydi.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 11-sentabrdagi 562-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Ko‘rsatilgan xizmatlar qiymatini to‘lashda quyidagi tartibga rioya qilinishi kerak:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
radioelektron apparatlar, poyabzal, kiyim-kechakni tuzatish, sartaroshlik xizmatlari uchun haq buyurtma bajarilgandan keyin olinadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
murakkab uy-ro‘zg‘or texnikasini tuzatish xizmati uchun buyurtmachi xo‘jalik yurituvchi subyekt bilan kelishilgan, ammo 15 foizdan kam bo‘lmagan miqdorda oldindan haq to‘laydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mebelni tayyorlash va tuzatish, uy-joy va turar joy bo‘lmagan binolarni tuzatish va qurish, poyabzal tayyorlash va yakka tartibda kiyim tikish bo‘yicha xizmatlar uchun buyurtmachi buyurtmani rasmiylashtirishda ish qiymatining 50 foizi miqdorida avans to‘lashi kerak;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tantanali tadbirlarda xizmat ko‘rsatish, marosimlarni o‘tkazish, aholini kurslarda o‘qitish (haqi bir oy oldin to‘lanadi) kinofotolaboratoriya va suratkashlik, kimyoviy tozalash, kir yuvish, ovoz yozib olish studiyalari, transport, ma’lumot-axborot, vositachilik va komfort xizmatlari uchun to‘lovlar buyurtmani rasmiylashtirishda to‘liq to‘lanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Buyurtmachi istalgan xizmat turini rasmiylashtirishda o‘z xohishiga ko‘ra uning qiymatini to‘liq to‘lashi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Xo‘jalik yurituvchi subyekt tomonidan tayyorlangan va tuzatilgan buyumlarning kafolat muddatlari amaldagi texnik reglamentlar yoki standartlar bilan aniqlanadi va tayyor buyurtma egasi tomonidan olingan kundan boshlab hisoblanadi, buyumlar buyurtmachi aybi bilan o‘z vaqtida olinmagan taqdirda — shartnomada ko‘rsatilgan buyurtmani bajarish muddati tamom bo‘lgan kundan boshlab hisoblanadi.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 3-martdagi 45-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 10-son, 105-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
V. Mulkiy javobgarlik
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Buyurtmachi maishiy xizmat sifatiga oid e’tirozlarni buyurtmani qabul qilish va berish joyida belgilangan kafolat muddatlari mobaynida, kafolat muddati bo‘lmagan buyumlarga e’tirozlarni esa buyurtmani olish vaqtida bildirishga haqlidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Buyurtmani uyda bajarish uchun xodimlar buyurtmachi bilan kelishilgan vaqtda kelmasa, buyurtmachi xo‘jalik yurituvchi subyektdan yetkazilgan moddiy zararni to‘lashni talab qilishga haqlidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Xo‘jalik yurituvchi subyekt buyurtmachi e’tirozini darhol, qo‘shimcha o‘rganish va tekshirishni talab qiladiganlarini esa — e’tiroz bildirilgan kundan boshlab 15 kun mobaynida ko‘rib chiqishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Xo‘jalik yurituvchi subyektning shartnoma shartlaridan ish sifatini yomonlashtiradigan darajada chetga chiqishi yoki boshqa kamchiliklar bilan bog‘liq da’volar buyurtmachi tomonidan ish qabul qilib olingan kundan boshlab 6 oy mobaynida, agar nuqsonlarni ishni qabul qilib olishning oddiy usulida aniqlash mumkin bo‘lmasa — ish qabul qilib olingan kundan boshlab bir yil mobaynida berilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qurilma va inshootlardagi ishni qabul qilib olishning oddiy usulida aniqlanishi mumkin bo‘lmagan kamchiliklarga oid da’voni buyurtmachi ish qabul qilib olingan kundan boshlab uch yil mobaynida berishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar shartnomada kafolat muddati nazarda tutilgan va ishdagi nuqsonlar to‘g‘risidagi murojaat kafolat muddati doirasida berilgan bo‘lsa, da’vo muddati nuqson to‘g‘risida murojaat qilingan kundan boshlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Xo‘jalik yurituvchi subyekt buyurtmani bajarish muddatini buzgan taqdirda, u buyurtmachiga har bir kun uchun buyurtmaning buyurtma qabul qilingan paytdagi qiymatining 1 foizi miqdorida, lekin ish yoki buyurtma qiymatining 50 foizidan ortiq bo‘lmagan miqdorda penya to‘laydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Buyurtmachi bajarilgan buyurtmani o‘z vaqtida olib ketmagan hollarda xo‘jalik yurituvchi subyekt buyurtmachidan kvitansiyada ko‘rsatilgan buyurtmani bajarish muddati tamom bo‘lgan kundan boshlab kechiktirilgan har bir kun uchun ish qiymatining 1 foizi miqdorida, lekin ish qiymatining 50 foizidan ortiq bo‘lmagan miqdorda penya undiradi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Buyurtma sifatsiz bajarilgan taqdirda xo‘jalik yurituvchi subyekt buyurtmachiga ish va xizmatlarning buyurtmani bajarish vaqtidagi qiymatining 20 foizi miqdorida neustoyka to‘laydi.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 11-sentabrdagi 562-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Buyurtmachiga tegishli bo‘lgan buyum (material, xom ashyo)ni to‘liq yoki qisman yo‘qotgan (ishdan chiqargan) xo‘jalik yurituvchi subyekt uch kun muddatda uni xuddi shunday buyum (material, xom ashyo) bilan almashtirishi yoki buyurtmachiga yetkazilgan zararni shu vaqtda amalda bo‘lgan narxlarda qoplashi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bajaruvchi va buyurtmachi o‘rtasida yuzaga kelgan nizolar xo‘jalik yurituvchi subyektlar rahbariyati tomonidan yoki sud orqali hal qilinadi.
(O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari to‘plami, 1995-y., 10-son, 40-modda; O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2002-y., 11-12-son, 97-modda; 2014-y., 10-son, 105-modda; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 02.04.2022-y., 09/22/148/0262-son, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son; 16.08.2024-y., 06/24/111/0623-son)