Hujjat kuchini yo‘qotgan 05.03.1999 03.02.1997 yildagi 61-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 05.03.1999
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VAZIRLAR MAHKAMASINING DON MAHSULOTLARI TIZIMIDA BOShQARISh VA IQTISODIY ISLOHOTLARNI ChUQURLAShTIRISh MASALALARINI MUVOFIQLAShTIRUVChI NAZORAT KENGAShINI TAShKIL ETISh TOʻGʻRISIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 5-martdagi 101-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari bilan tashkil etilgan respublika komissiyalari tarkibiga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida” qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Boshqaruv tizimini yanada takomillashtirish va bozor munosabatlari prinsiplarini amalga oshirish, don tayyorlashda, foydalanishda, uni hisobga olishda davlat tartibini oʻrnatish, ishlab chiqarishdan tortib tayyor mahsulotni sotishgacha boʻlgan barcha uchastkalarda suvisteʼmolchiliklarning oldini olish va aholini don mahsulotlari bilan taʼminlashni yaxshilash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Vazirlar Mahkamasining Don mahsulotlari tizimida boshqarish va iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish masalalarini muvofiqlashtiruvchi nazorat kengashi 1-ilovaga* muvofiq tarkibda tashkil etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
*1- ilova berilmaydi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Quyidagilar Nazorat kengashining asosiy vazifalari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
don tayyorlashdan tortib tayyor mahsulotni sotishgacha boʻlgan texnologik zanjirning barcha bosqichlarida korxonalarni boshqarish masalalarini muvofiqlashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bozor munosabatlari mexanizmlarini roʻyobga chiqarish, monopoliyaga qarshi qonunchilik talablarini bajarish va don mahsulotlari tizimida iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirishga yoʻnaltirilgan tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
don va don mahsulotlari ishlab chiqarish va ulardan foydalanish balanslari loyihalarini tayyorlash va Vazirlar Mahkamasiga taqdim etish, zarur boʻlganda, donni import qilish yuzasidan takliflar kiritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xoʻjaliklar tomonidan sotiladigan boshoqli don davlat xaridi hajmlari boʻyicha va donning xarid narxlari yuzasidan takliflar tayyorlash. Korxonalar bilan xoʻjaliklar oʻrtasida shartnomalar tuzilishini taʼminlash, oʻz vaqtida avans berish va don mahsulotlari tizimi korxonalari bilan don yetishtiruvchi xoʻjaliklar oʻrtasida oʻzaro hisob-kitoblarni toʻliq amalga oshirishga oid kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
boshoqli don tayyorlashni nazorat qilish, ularning saqlanishini taʼminlash va talon-toroj qilinishining oldini olish yuzasidan aniq chora-tadbirlarni amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
korxonalar va omborlardagi don, un va boshqa mahsulotlar resurslari hisobga olinishini takomillashtirish yuzasidan takliflar tayyorlash, dondan oqilona foydalanishni, un sarfini, shu jumladan non pishirish uchun un sarfini muntazam tekshirish va nazorat qilishni taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
korxonalarni rivojlantirish va texnik qayta jihozlash, xorijiy sarmoyalarni, ilgʻor texnologiyalarni jalb qilish va shu asosda mahsulot turining koʻpaytirilishi hamda sifati yaxshilanishini taʼminlash boʻyicha tadbirlar ishlab chiqish va ularni amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
don mahsulotlari tarmogʻi markaziy apparati, viloyat uyushmalari rahbar xodimlarining va korxonalari rahbarlarining oʻz lavozimlariga layoqatliligini va kasb malakasi darajasini muntazam oʻrganish, ularning bozor islohotlari talablariga va egallab turgan lavozimlariga muvofiqliklari yuzasidan takliflar kiritish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Vazirlar Mahkamasining Nazorat kengashi toʻgʻrisidagi Nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Nazorat kengashiga bir oy muddatda don mahsulotlari tizimida boshqarish va iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish masalalarini takomillashtirishga oid kompleks tadbirlarni ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga taqdim etish topshirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazir — Nazorat kengashining raisi Oʻ.T. Sultonov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1997-yil 3-fevral,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
61-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 3-fevraldagi 61-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Don mahsulotlari tizimida boshqarish va iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish masalalarini muvofiqlashtiruvchi nazorat kengashi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Don mahsulotlari tizimida boshqarish va iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish masalalarini muvofiqlashtiruvchi nazorat kengashi (Don mahsulotlari boʻyicha nazorat kengashi) Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 3-fevraldagi 61-son qarori bilan tashkil etilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Don mahsulotlari boʻyicha nazorat kengashi oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, mazkur Nizomga amal qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. Vazifalari va funksiyalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Quyidagilar Don mahsulotlari boʻyicha nazorat kengashining asosiy vazifalari va funksiyalari hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
don yetishtirishdan tortib tayyor mahsulotni sotishgacha boʻlgan texnologik zanjirning barcha bosqichlarida korxonalarni boshqarish masalalarini muvofiqlashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bozor munosabatlari mexanizmlarini roʻyobga chiqarish, monopoliyaga qarshi qonunchilik talablarini bajarish va don mahsulotlari tizimida iqtisodiy oʻzgartirishlarni yanada chuqurlashtirishga yoʻnaltirilgan tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
don va don mahsulotlari ishlab chiqarish va ulardan foydalanish balanslari loyihalarini tayyorlash va Vazirlar Mahkamasiga taqdim etish, zarur boʻlganda, donni import qilish yuzasidan takliflar kiritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xoʻjaliklar tomonidan sotiladigan boshoqli don davlat xaridi hajmlari boʻyicha va donning xarid narxlari yuzasidan takliflar tayyorlash. Korxonalar va xoʻjaliklar oʻrtasida shartnomalar tuzilishini taʼminlash, oʻz vaqtida avans berish va don mahsulotlari tizimi korxonalari bilan don yetishtiruvchi xoʻjaliklar oʻrtasida oʻz vaqtida oʻzaro hisob-kitoblarni toʻliq amalga oshirishga oid kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
boshoqli don tayyorlashni nazorat qilish, ularning saqlanishi hamda talon-taroj qilinishining oldini olish yuzasidan aniq chora-tadbirlarni amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
korxonalar va omborlarda don, un va boshqa mahsulotlar resurslarini hisobga olishni takomillashtirish yuzasidan takliflar tayyorlash, dondan oqilona foydalanishni, un sarfini, shu jumladan non pishirishga un sarfini muntazam tekshirish va nazorat qilishni taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
korxonalarni rivojlantirish va texnik qayta jihozlash, xorijiy sarmoyalarni, ilgʻor texnologiyalarni jalb qilish va shu asosda mahsulot turining koʻpaytirilishi va sifati yaxshilanishini taʼminlash boʻyicha tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
don mahsulotlari tarmogʻi markaziy apparati, viloyat uyushmalari rahbar xodimlari va korxonalari rahbarlarining oʻz lavozimiga layoqatliligini hamda kasb malakasi darajasini muntazam oʻrganish, ularning bozor islohotlari talablariga va egallab turgan lavozimlariga muvofiqliklari yuzasidan takliflar kiritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, vazirliklar, idoralar, konsernlar, uyushmalar, korporatsiyalar, shuningdek, mulkchilik shakllaridan qatʼi nazar, korxonalar va tashkilotlarning boshoqli don yetishtirish, ularni tayyorlash (chetdan olib kelish), don mahsulotlarini saqlash, qayta ishlash hamda sotish bilan bogʻliq masalalar boʻyicha faoliyatini muvofiqlashtirishni taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzdonmahsulot” davlat korporatsiyasi, davlat don inspeksiyasi va don mahsulotlari ishlab chiqarish tizimining boshqa tashkilotlari faoliyatini takomillashtirishga yordam koʻrsatish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. Huquqlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Don mahsulotlari boʻyicha nazorat kengashi koʻrsatib oʻtilgan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat boshqaruvi barcha organlari, mulkchilik shakllaridan qatʼi nazar, korxonalar va tashkilotlar tomonidan don va uni qayta ishlash mahsulotlarini tayyorlash, ularning sifati, ularni saqlash va ulardan oqilona foydalanishni taʼminlash masalalariga doir amaldagi qonun hujjatlari ijro etilishini tekshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vazirliklar, idoralar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, mulkchilik shakllaridan qatʼi nazar, korxonalar va tashkilotlar rahbarlarining ularning vakolatiga kiruvchi masalalar boʻyicha hisobotlarini tinglash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat organlari va boshqa organlar, korxonalar, xoʻjaliklar, muassasalar va tashkilotlardan, mansabdor shaxslardan oʻz faoliyatini amalga oshirish uchun zarur boʻlgan axborot va maʼlumotnoma materiallarini soʻrab olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nazorat kengashi majlislarida koʻrib chiqish uchun takliflar ishlab chiqish, zarur hisob-kitoblar va boshqa materiallarni tayyorlash boʻyicha guruhlar tuzish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tegishli materiallarni tayyorlash uchun mutaxassislar, olimlarni hamda davlat va xoʻjalik organlarining vakillarini jalb etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV. Ishni tashkil etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Don mahsulotlari boʻyicha nazorat kengashi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tashkil etiladi, qayta tashkil etiladi va tugatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Don mahsulotlari boʻyicha nazorat kengashini Vazirlar Mahkamasi tomonidan tayinlanadigan Rais boshqaradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Don mahsulotlari boʻyicha nazorat kengashi tarkibiga vazirliklar, idoralarning rahbarlari kiradi, ular Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Don mahsulotlari boʻyicha nazorat kengashining ishi rejalar asosida amalga oshiriladi, majlislar zaruriyatga qarab, biroq ikki oyda kamida bir marta oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Don mahsulotlari boʻyicha nazorat kengashi qarorlari ochiq ovoz berish yoʻli bilan qabul qilinadi va protokollar tarzida rasmiylashtiriladi. Ularning davlat organlari, mulkchilik shakllaridan qatʼi nazar, korxonalar, muassasalar va tashkilotlar tomonidan bajarilishi majburiy hisoblanadi.