Hujjat kuchini yo‘qotgan 29.12.2023 29.04.2019 yildagi 364-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 29.12.2023
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi davlat bojxona xizmati organi xodimining yoki uning yaqin qarindoshlarining mol-mulkiga xizmat majburiyatlarini bajarishi bilan bog‘liq holda yetkazilgan zararning o‘rnini qoplash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 29-dekabrdagi 700-sonli “O‘zbekiston Respublikasi davlat bojxona xizmati organlarining shaxsiy tarkibi hamda ularning oila a’zolarini ijtimoiy himoya qilish tizimini tartibga solish to‘g‘risida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Davlat bojxona xizmati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq davlat bojxona xizmati organlari xodimlarining yoki ularning yaqin qarindoshlarining mol-mulkiga xizmat majburiyatlarini bajarishi bilan bog‘liq holda yetkazilgan zararning o‘rnini qoplash tartibini joriy etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. O‘zbekiston Respublikasi davlat bojxona xizmati organi xodimining yoki uning yaqin qarindoshlarining mol-mulkiga xizmat majburiyatlarini bajarishi bilan bog‘liq holda yetkazilgan zararning o‘rnini qoplash tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining investitsiyalar va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari E.M. G‘aniyev va O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi raisi M.B. Azimov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2019-yil 29-aprel,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
364-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 29-apreldagi 364-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi davlat bojxona xizmati organi xodimining yoki uning yaqin qarindoshlarining mol-mulkiga xizmat majburiyatlarini bajarishi bilan bog‘liq holda yetkazilgan zararning o‘rnini qoplash tartibi to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi davlat bojxona xizmati organi xodimining (keyingi o‘rinlarda xodim deb ataladi) yoki uning yaqin qarindoshlarining (ota-onalar, aka-ukalar, opa-singillar, er-xotinlar, farzandlar, shuningdek er-xotinlarning ota-onalari, aka-ukalari va opa-singillari) mol-mulkiga xizmat majburiyatlarini bajarishi bilan bog‘liq holda yetkazilgan zararning o‘rnini qoplash tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Xodimning yoki uning yaqin qarindoshlarining mol-mulkiga yetkazilgan zararning o‘rni xodimning o‘z xizmat majburiyatlarini bajarishi vaqtida yetkazilgan taqdirdagina qoplanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Nizom davlat bojxona xizmati organlaridan pensiyaga chiqarilgan shaxslarga, agar zarar ularning yoki yaqin qarindoshlarining mol-mulkiga davlat bojxona xizmati organlaridagi xizmat majburiyatlarini bajarishi bilan bog‘liq holda yetkazilgan bo‘lsa, tatbiq etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Zararni qoplash masalasini ko‘rib chiqish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Mazkur Nizomni amalga oshirish maqsadida xodimning yoki uning yaqin qarindoshlarining mol-mulkiga xizmat majburiyatlarini bajarishi bilan bog‘liq holda yetkazilgan zararning o‘rnini qoplash masalasini o‘rganish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi markaziy apparatida, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri bo‘yicha bojxona boshqarmalarida, “Toshkent-AERO” ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi, Bojxona instituti va Milliy kinologiya markazida (keyingi o‘rinlarda bojxona organlari deb ataladi) qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda doimiy faoliyat ko‘rsatuvchi komissiyalar tuziladi.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Komissiya tarkibi bojxona organining tegishli xizmatlari xodimlaridan tashkil topadi va bojxona organi rahbari tomonidan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Zarar o‘rnini qoplash bo‘yicha tegishli hujjatlarni yig‘ish va rasmiylashtirish bojxona organlarining Kadrlar boshqarmasi va joylardagi kadrlar bo‘limlari (keyingi o‘rinlarda kadrlar xizmatlari deb ataladi) tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. O‘z mol-mulkiga yetkazilgan zararning o‘rnini qoplash maqsadida xodim yoki uning yaqin qarindoshlari bojxona organi rahbariga bildirgi (ariza) bilan murojaat qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ariza u kelib tushgan kunning o‘zida bojxona organi rahbari tomonidan kadrlar xizmatiga yo‘naltiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Mol-mulkka yetkazilgan zararning o‘rnini qoplash haqidagi bildirgi (ariza) kelib tushgan kundan boshlab uch kun muddatda bojxona organining kadrlar xizmati tomonidan tegishli komissiyaga quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mol-mulkiga yetkazilgan zararning o‘rnini qoplash haqida xodimning bildirgisi yoki uning yaqin qarindoshlarining arizasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mol-mulkiga zarar yetkazilgan holatlar bo‘yicha tekshiruv xulosasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mol-mulkiga yetkazilgan zarar miqdorini tasdiqlovchi hujjatlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Komissiya tomonidan hujjatlar ular taqdim etilgan kundan boshlab o‘n besh kun muddatda ko‘rib chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Hujjatlarni ko‘rib chiqish natijasi bo‘yicha mol-mulkka yetkazilgan zararning o‘rni qoplanishi yoki uni qoplash rad etilishi to‘g‘risida komissiya qarori qabul qilinadi va bojxona organi rahbari tomonidan tasdiqlanadigan bayon bilan rasmiylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Komissiya qarori uch kun muddatda manfaatdor shaxslarga yetkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Komissiya raisi va a’zolari zararning o‘rnini qoplash yoki qoplashni rad etish to‘g‘risidagi komissiya qarorining qonuniyligi va to‘g‘ri qabul qilinganligiga mas’ul hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Zararning o‘rnini qoplash tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Mol-mulkka yetkazilgan zararning haqiqiy miqdorini aniqlash, bojxona organi tomonidan baholash tashkiloti jalb qilingan holda, mol-mulkiga zarar yetkazilgan shaxsning ishtirokida amalga oshiriladi. Bunda zarar miqdori uning o‘rnini qoplash vaqtida amal qilayotgan bozor narxlaridan kelib chiqqan holda aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Hisob-kitoblar naqd pul ko‘rinishida yoki pul o‘tkazish yo‘li bilan amalga oshiriladi. Zarar natura shaklida, teng qiymatdagi mulkni berish, uni ta’mirlash yoki boshqa ko‘rinishlarda ham qoplanishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Nizomda nazarda tutilgan to‘lovlar bojxona organlarining moliya-iqtisodiyot xizmatlari tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Mol-mulkka yetkazilgan zararning o‘rnini qoplash bo‘yicha tegishli qaror qabul qilinganidan so‘ng, ushbu zararning o‘rni bojxona organlari tomonidan o‘n kun muddatda manfaatdor shaxslarga qoplab berilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Mol-mulkka yetkazilgan zararning o‘rnini qoplash bilan bog‘liq xarajatlar O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi va keyinchalik aybdor shaxslardan undirib olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Zararni aybdor shaxslardan undirish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Xodimning yoki uning yaqin qarindoshlarining mol-mulkiga yetkazilgan zararning o‘rnini qoplagan bojxona organi bu bilan bog‘liq xarajatlarni zarar yetkazilishi uchun aybdor bo‘lgan yuridik va jismoniy shaxslardan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda undirish choralarini ko‘radi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda aybdor shaxslarni topish maqsadida vakolatli organlarga tegishli so‘rovnomalar yuborilishi va qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa zarur tadbirlar amalga oshirilishi mumkin.
(16-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Bojxona organlari moliya-iqtisodiyot xizmatlari tomonidan zararning o‘rni qoplangan kundan boshlab ikki kun muddatda zararning o‘rni qoplanganligini tasdiqlovchi hujjatlar (to‘lov topshiriqnomasi, chiqim kassa orderlari, to‘lov vedomstlari hisob-faktura va boshqalar) nusxalari tegishli bojxona organining yuridik xizmatiga aybdor shaxslardan zarar summasini undirish choralarini ko‘rish uchun taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Bojxona organlarining yuridik xizmatlari zararning o‘rni qoplanganligini tasdiqlovchi hujjatlar qabul qilingan kundan boshlab o‘n kun muddatda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aybdor shaxslarga nisbatan da’vo (qarshi da’vo) kiritish uchun qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda zarur hujjatlarni rasmiylashtiradi va ularga nisbatan da’vo (qarshi da’vo) kiritish choralarini ko‘radi;
(18-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sudlarda tegishli bojxona organi vakili sifatida ishtirok etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
undirishga qaratilgan, lekin undirilmay qolgan mablag‘larni (aybdor jismoniy shaxs vafot etgan, I guruh nogironlik ro‘yxatiga kiritilgan hollarda) mablag‘larni hisobdan chiqarish uchun sud qarorlari yoki boshqa hujjatlarni tegishli bojxona organining moliya-iqtisodiyot xizmatiga taqdim etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
o‘z vakolati doirasida zararning o‘rnini qoplash xarajatlarini undirish bilan bog‘liq boshqa tadbirlarni amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Xodimning yoki uning yaqin qarindoshlarining mol-mulkiga xizmat majburiyatlarini bajarishi bilan bog‘liq holda yetkazilgan zararning o‘rnini qoplash mazkur Nizomning ilovasidagi sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Yakunlovchi qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Xodimning yoki uning yaqin qarindoshlarining mol-mulkiga xizmat majburiyatlarini bajarishi bilan bog‘liq holda yetkazilgan zararning o‘rnini qoplash bo‘yicha nizo va kelishmovchiliklar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.
(20-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Mazkur Nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javobgar bo‘ladilar.
(21-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi davlat bojxona xizmati organi xodimining yoki uning yaqin qarindoshlarining mol-mulkiga xizmat majburiyatlarini bajarishi bilan bog‘liq holda yetkazilgan zararning o‘rnini qoplash tartibi to‘g‘risidagi nizomga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi davlat bojxona xizmati organi xodimining yoki uning yaqin qarindoshlarining mol-mulkiga xizmat majburiyatlarini bajarishi bilan bog‘liq holda yetkazilgan zararning o‘rnini qoplash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sxemasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.04.2019-y., 09/19/364/3035-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)