Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Vazirlar Mahkamasining “Oʻzpaxtasanoat” aksiyadorlik jamiyati korxonalarida ishlab chiqarilgan paxta tolasini sotish va hisob-kitoblar mexanizmini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2018-yil 12-fevraldagi 106-son qaroriga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Toʻqimachilik va tikuv-trikotaj sanoatini isloh qilishni yanada chuqurlashtirish va uning eksport salohiyatini kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 12-fevraldagi PQ-4186-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzpaxtasanoat” aksiyadorlik jamiyati korxonalarida ishlab chiqarilgan paxta tolasini sotish va hisob-kitoblar mexanizmini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2018-yil 12-fevraldagi 106-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2018-y., 2-son, 31-modda) ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Belgilansinki, 2019-yil 1-aprelga qadar tijorat banklari tomonidan birja savdolarida paxta tolasini sotib olish uchun toʻqimachilik tashkilotlariga berilgan bank kafolatlari ularning muddati tugagunga qadar amal qiladi.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish “Oʻzpaxtasanoat” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi A.E. Maksudov zimmasiga va Vazirlar Mahkamasining Yoqilgʻi-energetika sohasi va sanoatning bazaviy tarmoqlarini rivojlantirish masalalari kotibiyatiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2019-yil 24-aprel,
351-son
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 24-apreldagi 351-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Vazirlar Mahkamasining “Oʻzpaxtasanoat” aksiyadorlik jamiyati korxonalarida ishlab chiqarilgan paxta tolasini sotish va hisob-kitoblar mexanizmini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2018-yil 12-fevraldagi 106-son qaroriga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. 5-bandda:
a) toʻrtinchi xatboshidagi “, qolgan 85 foiziga bank kafolati berish” soʻzlari chiqarib tashlansin;
b) beshinchi xatboshidagi “, qolgan 65 foiziga bank kafolati berish” soʻzlari chiqarib tashlansin;
v) quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Bunda majburiyatning bajarilishi neustoyka, garov, qarzdorning mol-mulkini ushlab qolish, kafillik, kafolat, shu jumladan bank kafolati, zakalat hamda qonun hujjatlari yoki shartnomada nazarda tutilgan boshqacha usullar bilan taʼminlanishi mumkin”.
2. 1-ilova quyidagi mazmundagi 121-band bilan toʻldirilsin:
“121. 2019-yil hosilidan boshlab respublika tashkilotlariga paxta tolasini sotishda qoʻshilgan qiymat soligʻi jahon bozorlarida shakllangan narxlardan qatʼi nazar, paxta tolasining amaldagi sotish narxidan kelib chiqqan holda quyidagi formula boʻyicha hisoblaydi: 20/120 ga koʻpaytirilgan haqiqiy sotish narxi (qoʻshilgan qiymat soligʻi = haqiqiy sotish narxi × 20/120)”.
3. 2-ilovaning 14-bandda:
a) uchinchi xatboshidagi “, qolgan 85 foiziga bank kafolati berish” soʻzlari chiqarib tashlansin;
b) toʻrtinchi xatboshidagi “, qolgan 65 foiziga bank kafolati berish” soʻzlari chiqarib tashlansin;
v) quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Bunda majburiyatning bajarilishi neustoyka, garov, qarzdorning mol-mulkini ushlab qolish, kafillik, kafolat, shu jumladan bank kafolati, zakalat hamda qonun hujjatlari yoki shartnomada nazarda tutilgan boshqacha usullar bilan taʼminlanishi mumkin”.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.04.2019-y., 09/19/351/3009-son)